O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti tarix fakultеti


Jamiyat, davlat va huquqning o`zaro nisbati



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/50
Sana16.03.2022
Hajmi0,68 Mb.
#495741
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   50
Bog'liq
O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'lim vazirligi

 
Jamiyat, davlat va huquqning o`zaro nisbati. 
 
Reja:
 
1.
Kishilik jamiyatining xilma-xil shakllari. Ibtidoiy jamoa hamda mulkchilik, sinflar, davlat va 
huquqning kelib chiqishida ijtimoiy-iqtisodiy o`zgarishlarning ahamiyati. 
2.
Davlat va huquq – jamiyat taraqqiyotiga ta`sir qiluvchi omillari. 
3.
Davlat va huquqning o`zaro nisbati, bog’liqligi va jamiyatdagi o`rni. 
4.
Jamiyat va fuqarolik jamiyat tushunchasi: g’oyalar, koncepciyalar. Jamiyat va davlatning 
farqlanishi.
5.
Mamlakatimiz asosiy qonunida jamiyat davlat va huquq masalalari.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muhaddasdir.T., O’zbеkiston, 1996,T.,3
2. KarimovI.A. O’zbеkiston: milliy istiqlol, iqtisod,siyosat,mafko’ra. T.O’zbеkiston, 1993 . 
3. Azizho’jaеv A.A. Davlatchilik va ma'naviyat.T. 1997. 
4. Saidov A.Tajihonov U. Davlat va huquq nazariyasi. T.1 “Adolat” 2001.
5. Tеoriya gosudarstva i prava M. 1994. 
6. Islomov Z. Davlat va huquq nazariyasi. Ma'ru’zalar matni.T.Univеrsitеt.2000 y. 
7. Karimova O., hafforov Z. Davlat va huquq asoslari T.,O’hituvchi.1995 y. 


8. Holmo’minov H.T. Davlat va huquq nazariyasi. O’huv qo’llanmasi. T. 2000.
9. Najimov M.K, Soburov N. «Davlat : asosiy tushuncha va atamalar». T. 2002 yil. 
10.Abdullaеv M.I. Tеoriya gosudarstva i prava: Uchеbnik.-SPb.: Pitеr, 2003. -
Jamiyat tushunchasi. Insoniyat tarixida murakkab hodisa sifatida jamiyat, davlat, huquq 
to’g’risida turli fikrlar mavjud bo’lib kelgan. Inson yaralibdiki, har doim jamiyat bilan aloqada bo’lib, u 
jamiyatdan tashqarida yashay olmaydi. 
Jamiyat insonsiz mavjud bo’lmasligi kabi inson ham jamiyatsiz mavjud emas. Jamiyatning 
yuksalishida, rivojlanishida, ulkan yutug’larga ega bo’lishida eng birinchi o’rinni inson egallaydi. 
Inson vujudga kelishi bilan u yashashga intiladi, oldidagi to’sqinliklarni, qiyinchiliklarni 
yengishga harakat qiladi, izlanadi, tirishib-tirmashib hayot uchun kurashadi. Bu kurash, yashash 
jarayonida davlat, jamiyat insonga yordam beradi. 
Inson o’z fikri, hayot tajribasi orqali jamiyatda o’zining yashash tarzini, huquqiy holatini o’rganishi 
zarurligini bilib boradi. Davlat idoralarida ishlovchi insonlar maxsus tartib doirasida qonun - qoidalar 
qabul qilinishini amalga oshiradilar. Bu qonun - qoidalarni ham inson taklif etadi, davlat organlari 
tasdiqlaydi. Inson juda katta kuchga, salohiyatga ega. 
Jamiyat esa odamlarning o’zaro bog’liqligi, hamkorligi asosida tashkil topadi, shakllanadi, 
rivojlanadi. Jamiyat bugun birlashib ertaga tarqalib ketadigan uyushma emas. Bu mustahkam, bir-biriga 
bog’langan, doim yashash imkoniyatiga ega jamoa uyushmasidir. Jamoa esa insonlardan tashkil topadi. 
Demak inson – jamiyat asoschisi. Jamiyatni insonsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. 
Inson vujudga kelishi davridan boshlab jamiyatda o’z xulqi, yurish-turish tartibini shakillantirib 
borgan. Odamlarning birinchi munosabatlari tartib, axloq qoidalari asosida namoyon bo’lgan. 
Jamiyatda insonlar ma’lum bir qiziqish, ehtiyoj, manfaatlarga ko’ra birlashadilar va o’zaro 
munosabatda bo’ladilar. Jamiyatda biologik qonunlar emas, balki ijtimoiy qonunlar amal qiladi va bu 
qonunlar insonlar bilan bog’liq bo’ladi. 
Inson - birlashgan jamiyat murakkab, tobora rivojlanib, takomillashib boradigan oilaviy, milliy, 
sinfiy, tabaqaviy, diniy, axloqiy munosabatlarni keltirib chiqaradigan ijtimoiy taraqqiyot mahsulidir. 
Jamiyat ilmiy adabiyotlarda ko’p jihatdan ijtimoiy munosabatlar tizimi nuqtai nazaridan o’rganiladi, 
uning negizini iqtisodiy munosabatlar tashkil etish va uning asosida turli ustqurmalar, masalan, siyosat, 
davlat, huquq, sa’nat, adabiyot va boshqalar qurilishi e’tirof etiladi. 
Jamiyat vujudga kelganidan boshlab bugungi kunga qadar rivojlanib kelmoqda. Jamiyatda turli 
ijtimoiy yoki siyosiy vazifani bajaruvchi tashkilotlar, uyushmalar, birlashmalar paydo bo’ladi. 
Jamiyatning birinchi tabiiy bo’g’ini sifatida oila paydo bo’lgan. Oila jamoasi qarindoshlik 
munosabatlariga asoslangan. Oila jamoasi tashqi hujumdan himoyalanib, harbiy yurishlar tashkil qilish, 
jamoa bo’lib ov qilish uchun qarindoshlik asosida yirik uyushmalarga birlashishi mumkin bo’lgan. 
Sekin-asta mehnat, oziq-ovqat, oila-nikoh munosabatlari vujudga kelgan. 
Kishilarning dastlabki uyushmasi umumiy mehnat, mulk, qon-qarindoshchilikka asoslangan 
tashkilotlarga bo’lingan. Bu tashkiliy tuzilish urug’ deb atalgan. Urug’ kishilarning shaxsiy uyushmasi 
bo’lgan. Urug’ni obro’-e’tiborli, izzat-hurmatga sazovor shaxs ijtimoiy asosda boshqargan va kishilar 
ustidan hokimlik qilgan. Ushbu hokimiyat ijtimoiy hokimiyat bo’lib, jamiyatni tartibga soladi. 
Hokimiyat tufayli jamiyat hayotida sodir bo’ladigan ijtimoiy munosabatlar tartibga solinadi va ular 
ma’lum bir maqsad va vazifalarning bajarilishiga yo’naltirilgan bo’ladi. 
Jamiyatning ilk davrida hokimiyatning oliy organi barcha urug’ a’zolarining yig’ini, majlisi bo’lgan. 
Urug’ rahbari-oqsoqolning urug’ga rahbarlik qilishi imkoniyatlari cheksiz bo’lgan. U zarur bo’lganda 
urug’ a’zolarining umumiy yig’ilishlarida muhim masalalarni hal qilgan. Ayrim qoida va odat 
normalarini buzganlarga nisbatan chora ko’rgan. 
Urug’larning ko’payishi, hayotning rivojlanishi insoniyat tomonidan kashf etilgan jamiyatning yangi 
tarixiy bosqichga o’sib o’tishiga olib keldi. Yangi bosqichning o’ziga xos xususiyati davlat va 
huquqning paydo bo’lishidir. 
Jamiyat- (arabcha “jamiyat”-jamlangan, birlashgan). Keng ma’noda: tarixan qaror topgan, muayyan 
ehtiyoj va manfaatlar asosida o’zaro birlashgan guruhlar sinflar, qatlamlar. faoliyatlarining majmuidir. 
Tor ma’noda: ijtimoiy munosabtlarning muayyan shaklidir. 


Jamiyat va davlatni aynan bir narsa deb qaramaslik lozim, jamiyat tushunchasi davlat tushunchasiga 
qaraganda keng ma’noni ifodalaydi. 
Davlat paydo bo’lguniga qadar jamiyatda ijtimoiy hokimiyat bo’lib, uning o’ziga xos xususiyatlari 
quyidagilardan iborat: 
-Ijtimoiy hokimiyat faqatgina urug’ doirasida amal qilgan va qon-qarindoshlik urug’ning irodasini 
ifoda etgan; 
-Ijtimoiy hokimiyat ilk demokratiyaga asoslangan bo’lib, o’z-o’zini boshqarishni amalga oshirgan; 
-Ijtimoiy hokimiyatning organi bo’lib, oqsoqollar, harbiy boshliqlarning urug’ yig’ini bo’lgan; 
-Davlat paydo bo’lguniga qadar jamiyatda munosabatlar ijtimoiy normalar bilan tartibga solingan; 
-Ijtimoiy munosabatlar urf-odat qoidalari bilan tartibga solingan; 
-Ijtimoiy normalar kishilarning ongida va ularning xulqida namoyon bo’lgan; 
-Ijtimoiy qabila va urug’ a’zolarining qiziqishini ifoda etgan va uni yozib qo’yilmagan; 
-Ijtimoiy normalar asosan odat kuchi bilan ta’minlangan, shuningdek, ishontirish (e’tiqod) va 
majburlash choralari bilan amalga oshirilgan; 
-Normalar asosan taqiqlash usuli bilan ta’minlangan. 
Kishilik jamiyatining paydo bo’lishida urug’-qabila shakllari. 
Kishilik jamiyati taraqqiyotidagi eng uzoq vaqt, hozirgi zamon fani ma’lumotlariga qaraganda, ikki 
million yildan ortiq vaqt hukm surgan ibtidoiy jamoa tuzumi odamzodning paydo bo’lishidan to 
davlatning tashkil topishigacha bo’lgan davrni o’z ichiga olib, bu vaqtda hali davlat va huquq bo’lmagan 
edi. Bu davr ibtidoiy jamiyat deb nomlangan. Lekin davlat va huquqning paydo bo’lish jarayoni aynan 
shu davrdan asta-sekin shakllana boshlangan.
Jamiyatning asosiy bo’g’ini va uni boshqarishning birlamchi shakli urug’ bo’lib, unda ishlab 
chiqarish urug’ a’zolarining birgalikdagi mehnatiga asoslangan va ishlab chiqarish vositalari, mehnat 
qurollari, iste’mol mahsulotlari hamda barcha mulklar umumiy bo’lgan. 
Urug’ bu ekzogamiya nikoh tartibi va qarindoshlikning bir tomonlama (ota yoki ona tomonidan) 
hisoblanishi bilan, jamoaviy mehnat, hududning umumiyligi, e’tiqodning birligi, ijtimoiy hayotdagi 
demokratik talab tartiblari bilan ta’riflanadi..
Neolit inqilobi iste’molchilar jamoasini ishlab chiqaruvchilar jamoasiga aylantirdi. Ularni o’troq 
turmush tarziga o’tishga va ma’lum hududda joylashishga tayyorladi. Urug’ jamoasida mehnat 
taqsimoti, oziq - ovqat taqsimoti va nikoh-oila munosabatlari aniq va qat’iy belgilab qo’yilgan edi. 
Taqsimot odamlarning yoshiga, jinsiga va boshqa belgilariga ko’ra amalga oshirilar edi. Urug’ 
jamoasiga urug’ oqsoqollari boshchilik qilardi. Ular jamoaning yaxshi yashashi uchun sharoitlar 
yaratish, manfaatlarini himoya qilish, o’lja qilib olingan mahsulotlarni taqsimlash bilan shug’ullangan. 
O’ziga yuklatilgan vazifalarni muvaffaqiyatli ado etgan rahbarlarning jamoa ichida obro’-e’tibori ortib 
borgan. 
Urug’chilik tuzumida hokimiyat urug’ jamoasiga tegishli edi. Birgalikda hayot kechirishning hamma 
masalalari: ishlab chiqarish faoliyati, urush olib borish, diniy marosimlar o’tkazish, kishilar o’rtasidagi 
nizolarni hal qilish va boshqa jamoa ishlari urug’ a’zolarining umumiy yig’ilishida qarab chiqilar va hal 
etilardi. Urug’ a’zolarning majlisi (umumiy yig’ilishi) uning oliy hokimiyat organi edi. 
Oqsoqollar va harbiy boshliqlar hech qanday imtiyozlardan foydalanmasdilar, alohida boshqarish 
yoki majbur etish apparatlariga ega emas edilar va ularning qo’llaridagi hokimiyat birdan-bir shaxsiy 
ma’naviy obro’lariga hamda barcha urug’ a’zolarining ularga bo’lgan hurmatiga tayanardi. Jamoa 
yig’inida urug’ oqsoqoli yoki harbiy boshliq, ya’ni barcha ijtimoiy ishlarni boshqaruvchi saylanardi. 
Urug’ oqsoqollari va harbiy boshliqlar istalgan vaqtda umumiy yig’ilish tomonidan almashtirilishi 
mumkin bo’lgan. Ular o’z funksiyalarini urug’ning nazorati ostida amalga oshirganlar. Urug’ 
yig’ilishining qarori uning hamma a’zolari uchun majburiy bo’lgan. Oqsoqolning o’zi ham boshqa 
jamoa a’zolari kabi jamoa an’analarini, urf-odatlarini, yurish-turish qoidalarini so’zsiz bajarishi lozim 
edi. Aks holda, u o’z o’rnini boshqasiga bo’shatishga majbur bo’lar edi, ya’ni uning o’rniga boshqasi 
saylanar edi. 


Urug’ jamoasida ibodat qilish va u bilan bog’liq urf-odatlar, diniy marosimlar, an’analar va axloq 
qoidalari yuzaga kelgan. Kishilar xulq - atvor va yurish-turish qoidalariga rioya qilganlar. Bordi-yu bu 
qoidalar buzilsa, uni butun urug’da, uning yig’ilishida muhokama qilinar edi. Qoidalarni buzgan 
kishiga nisbatan izza qilish, unga tanbeh berish, ogohlantirish, urug’dan quvib yuborish kabi jamoat 
ta’sir choralari qo’llanilgan.
Davlatning vujudga kelishi. 
Ishlab chiqarishni tashkil etish va nazorat qilish, oziq-ovqat va boshqa resurslarni saqlash, 
taqsimlash, qo’shni guruhlar bilan ayirboshlash, yer uchastkalarini qayta taqsimlash zaruriyati kerakli 
bilimlarga va mahoratlarga ega bo’lgan maxsus qatlamlarning ajralib chiqishiga olib kelgan. 
Boshqaruvchilar faoliyati asta-sekin ixtisoslashib doimiy kasbga aylanib bordi. Ijtimoiy hokimiyat
jamiyatni boshqaruvchilar - ma’muriy oqsuyaklar, zodagonlarning hukmronligiga aylandi. Urushlar 
himoya vositasidan qo’shimcha ishchi kuchini qo’lga kiritish vositasiga aylandi. Asirlar qullarga 
aylantirildi. Mulkiy tengsizlik bilan bir qatorda ijtimoiy tengsizlik yuzaga keldi. 
Davlat bu ma’lum hududda yuqori hukmronlikka ega tashkilotdir. Italiyalik tafakkur Nikkola 
Makkavelli (1469-1527) dalatga stato (lotin tili statis – status) degan ma’no bergan. Aristotel – davlat 
aql idroki, haqiqat, chiroy va umumiy huzur-halovat, degan edi. T. Gobbs – davlatni jahannomga teng 
deb, uning og’zidan olov chiqadi, burnidan tutun, nafasi ko’mirni kuydiradi, bo’ynida kuch bor va uning 
oldida daxshat ham yordam beraolmaydi, degan edi. 
O’z mavqelaridan foydalanib tobora ko’proq yer, mol –mulk, harbiy o’ljalarni egallab ola 
boshlagan dohiylar, lashkarboshilar, kohinlar - ruhoniylar guruhi ajralib chiqa boshladi. Ularning 
hokimiyati shaxsiy manfaatni himoya qilishga, qullar va boshqariluvchilarni ushlab turish va 
bo’ysundirishga tobora ko’proq xizmat qila boshladi. Dohiylar va lashkarboshilar hokimiyati saylab 
qo’yilmasdan, asta-sekin meros bo’lib qola boshladi. Ularning atrofida doimiy harbiy drujina jamlana 
boshladi.
Urug’chilik demokratiyasi o’rniga harbiy demokratiya vujudga keldi. Urug’ a’zolari boshqaruvda 
ishtirok etishda davom etdilar, lekin hukmronlik qilish yo’lboshchilar va harbiylar qo’liga o’tdi. 
Iqtisodiyotda va jamiyat tuzilmasida yuz berayotgan o’zgarishlar keskin nizolarni keltirib chiqardi. 
Urug’-qabila tashkiloti sharoitida ularni hal etish imkoni bo’lmay qoldi. Boshqa siyosiy tashkilot zarur 
edi. Mana shu siyosiy tashkilot davlat bo’lib chiqdi.
Shunday qilib, hozirgi zamon tarixiy, etnografik, arxeologik va boshqa ma’lumotlarning yorqin 
guvohlik berishicha, ibtidoiy jamoa tuzumining tabiiy rivojlanishi natijasida paydo bo’lgan jamoa 
tepasida turuvchi tuzilmalardan davlat tashkil topgan. Davlatlar tarixiy taraqqiyotning notekis 
rivojlanishi natijasida turli qit’alarda va turli xalqlarda turli vaqtlarda sodir bo’lgan hamda asrlar 
davomida, ba’zan ming yillab davom etgan. 
Davlatlarning tashkil topishi bu - insoniyatning ibtidoiy jamiyatdan sivilizatsiyaga yorib o’tishi edi. 
Dunyoda birinchi sivilizatsiya va davlatlar qadimgi Sharqda miloddan avvalgi IV-III ming yillikda 
tashkil topgan. Markaziy Osiyo hududida miloddan avvalgi I ming yillikning boshlarida ilk davlat 
uyushmalari paydo bo’la boshlagan. Yevropaning ko’pgina xalqlarida ibtidoiy jamoa tuzumining 
yemirilishi va davlatning tashkil topish jarayoni o’rta asrlarda nihoyasiga yetgan. Afrika va yer yuzining 
boshqa ba’zi joylarida to XIX-XX asrlargacha davlatdan oldingi oila-urug’ munosabatlari yashab kelgan 
va bu yerlarda davlatning tashkil topishi tabiiy rivojlanish natijasida emas, balki Yevropa 
mustamlakachiligi oqibatida vujudga kelgan. 
Davlat yaxshi ham yomon ham bo’lmaydi. U qonun va qoidalarga suyangan holda odamlar, guruhlar 
o’rtasidagi kelishmovchiliklarni tartibga solib turish uchun zarur. 
Davlat jamiyatning muhim tarkibiy elementidir. U jamiyatda asosan siyosiy funksiyalarni bajaradi. 
Davlat jamiyat rivojining muayyan bosqichida yuzaga kelgan bo’lib, u o’zining shakllanishi va 
rivojlanishida uzoq va murakkab yo’lni bosib o’tgan. Dastlabki bosqichda davlat eng avvalo 
majburlashga asoslangan. Demokratiya sharoitida, ya’ni insoniyat XXI asrga qadam qo’ygan bugungi 
kunda davlat sivilizatsiya talablariga mos tarzda rivojlanmoqda. Davlat hokimiyatni amalga oshiruvchi 
vositadir. Uning faoliyati hayotning hamma sohasiga ta’sir qiladi.


Islom Karimov davlat tushunchasiga shunday ta’rif beradi: “Davlat inson manfaatlari va huquqlari, 
uning tinch-totuv hayoti va kelajagini tashkil etish va himoyalash kabi ulug’vor maqsadlarga xizmat 
qiluvchi tashkilotdir”.1 
Bugungi kunda huquqshunos, sotsiolog olimlar davlat tushunchasini ta’riflashda turlicha 
yondashmoqdalar. Ularning ilmiy ishlari va asarlarida davlat tushunchasiga yangicha qarash vujudga 
kelgan: 
“Davlat - suverenitetga, boshqaruvning hamda fuqarolar huquq va erkinliklarini himoya 
qilishning maxsus apparatiga ega bo’lgan, shuningdek, huquq normalari (qoidalari)ni yaratishga qodir 
bo’lgan, ommaviy hokimiyatning siyosiy-hududiy tashkilotidir”.2 
“Davlat bu - muayyan hududni ishg’ol etgan va yagona hokimiyatga uyushgan xalqdir, davlat bu - 
insonlarning yashash qoidasi shakli”.
Davlat bu siyosiy hokimiyat tashkilotidir. U jamiyat rivojlanishining industrlashtirishgacha 
bo’lgan davrida (yangi davrgacha) hukmron sinfning irodasini ifodalagan va himoya qilgan. 
Industrlashtirishdan keyingi davrda esa, davlat hokimiyat tepasida turgan demokratik ko’pchilik va 
xalqning manfaatlarini ifodalagan.
Jamiyatda yashash uchun ilk vujudga kelgan kishilar birgalikda yashashi shart edi. Endi 
hayvoniylikdan odamiylikka o’tayotgan insonlar tashqaridan ularga keladigan zarbalarni yengish, ular 
bilan kurashish uchun birga yashashga majbur edilar. Zarbalarni qaytarish qurollari, ovqat topish 
muammolari odamlarga osonlikcha yetib kelmagan. Ilk insonlar boshlaridan qanchadan - qancha 
musibatlar o’tkazgan.
Jamiyatda ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi bilan jamiyat boshqaruvining urug’ jamoa 
shakli munosabatlarida jiddiy o’zgarishlar ro’y bera boshladi. Miloddan avvalgi VII-V ming yilliklarda 
jamiyat hayotida yirik mehnat taqsimotlari ro’y berdiki, bu chuqur oqibatlar keltirib chiqardi. Mehnat 
taqsimoti chorvachilik dehqonchilikdan ajralib chiqdi. Shu davrgacha ishlab chiqarilgan mahsulotlar 
qatoriga sut, go’sht, jun, yog’, teri kabi mahsulotlar qo’shildi. Dehqonchilikda ham, chorvachilikda ham 
ixtisoslashishning kuchayib borishi oqibatida mehnat unumdorligi oshib bordi. Bu voqea neolit davrida 
yuz berganligi uchun neolit inqilobi deb ataldi. U o’zida o’zlashtiruvchi iqtisodiyotdan ishlab 
chiqaruvchi iqtisodiyotga o’tish davrini ifodalaydi. Ishlab chiqaruvchi xo’jalik urug’chilik jamoalari 
a’zolarining nafaqat eng zarur ehtiyojlarini qondirgan, balki ortiqcha mahsulotning paydo bo’lishiga 
olib kelgan.
Ekologik muhit qulay mintaqalarda (issiq iqlim, tuproqning hosildorligi, suv resurslari) o’troq 
dehqonchilik jamoalari paydo bo’lgan, aholining soni va zichligi o’sib borgan. 
Oila-urug’ guruhlari ajralib chiqqan. Bu davrdagi nikoh va oila munosabtlari oilaning matriarxal 
(yunoncha- “ona urug’i”) shakli ajralib turadi. Ya’ni, unda ayollar hukmron mavqega ega bo’lgan, mulk 
va nasab ona urug’i bo’yicha o’tgan. Bir necha uylar, chorva-mollari, ishlab chiqarish mulkiga aylanib 
borgan. Jamiyatda inson ongi, qarashlari, mehnat rivoj topgan sari nikoh munosabatlarida ham 
o’zgarishlar yuzaga keldi. Urug’chilik davrida matriarxatdan patriarxat (yunoncha – “ota urug’i”)ga 
o’tila boshlandi. 
Bu davrga kelib erkaklarda topilgan daromadlarni oilasiga, o’z xotini va undan tug’ilgan 
farzandlarga olib kelish tuyg’usi vujudga keldi. Bu davr sivilizatsiya deb atalib, yakka nikohning kelib 
chiqishiga asos bo’ldi. Monogam (yunoncha “bir nikohlilik”) oilaning birinchi tarixiy shakli patriarxal 
oiladir. Bu oilaning asosida ishlab chiqarish qurollari va boshqa mulklarga egalik otaning qo’lida edi. 
Neolit inqilobi tufayli kelib chiqqan jarayonlar chuqurlashib kengayib borgan.
Metall eritish va metall qurollar tayyorlash ishlab chiqarish vositalarining takomillashish omili 
bo’ldi. Temirdan yasalgan buyumlarning paydo bo’lishi, mehnat unumdorligining o’sishi, ishlov 
beriladigan yer maydonini kengaytirish ishlab chiqarishni takomillashtirish imkonini berdi. Metall 
asboblar quyish va kulolchilik hamda to’qimachilikning rivojlanishi ijtimoiy mehnatda ikkinchi yirik 
bo’linishga, mehnat taqsimotiga olib keldi. 
Dehqonchilikdan hunarmandchilik ajralib chiqdi. Bu hunarmandchilik ishlab chiqarish 
buyumlarini oziq-ovqat mahsulotlariga almashtirishni keltirib chiqardi. Ya’ni tovar ishlab chiqarish 
1
I.A.Karimov Konstitutsiya kuniga bag’ishlangan nutqi. “Huquq, pravo” jurnali 1999 yanvar soni.

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish