Laboratoriya mashg’ulotlari o’quv rejasiga binoan laboratoriya mashg’ulotlarini o’tkazish ko’zda tutilmagan.
Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar Ushbu o’quv fani bo’yicha talabaning mustaqil ishi ma’ruzalar matni va tavsiya etilgan adabiyotlar bilan ishlashni, texnik xizmat ko‟rsatishni tashkil qilish bo’yicha amaliy ko’nikmalarni egallashni, laboratoriya ishlarini o’tishga tayyorgarlik ko’rishni, sinov natijalariga ishlov berishni, kurs loyihasiga ijodiy yondoshib mustaqil bajarishni o’z ichiga oladi.
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
- darslik va o’quv qo’llanmalar bo’yicha fan boblari va mavzularini o’rganish;
- tarqatma materiallar bo’yicha ma’ruzalar qismini o’zlashtirish;
- avtomatlashtirilgan o’rgatuvchi va nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash;
- maxsus adabiyotlar bo’yicha fanlar bo’limlari yoki mavzulari ustida ishlash;
- yangi texnikalarni, apparaturalarni, jarayonlar va texnologiyalarni o’rganish;
- talabaning o’quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog’liq bo’lgan fanlar bo’limlari va mavzularni chuqur o’rganish;
- faol va muammoli o’qitish uslubidan foydalaniladigan o’quv mashg’ulotlari;
- masofaviy (distanstion) ta’lim.
Dasturning informatsion uslubiy taminoti O’qitish davrida fan bo’yicha tayyorlangan elektron darsliklar, ma’ruza matni, labaratoriya va amaliy ishlarni bajarish bo’yicha tayyorlangan elektron versiyalar hamda GM-Uzbekistan va boshqa turdagi avtomobillarning tuzilishi va ularga xizmat ko’rsatish, texnologik jihozlarni ishlatish bilan bog’liq jarayonni aks ettiruvchi videofil’m va slaydlardan foydalaniladi.
Talabalar bilimini baholash
1. Talabalar bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi. Bunda 5, 4 va 3 baxolar kursdan-kursga ko‘chirish uchun asos bo‘lsa, 0, 1 va 2 baholar nazorat turlariga kirish uchun yetarli bo‘lmaydi va belgilangan muddatlarda talaba fandan qayta topshira olmasa akademik qarzdor hisoblanadi.
2. Oraliq nazorat turini o‘tkazish va mazkur nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimini baholash tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Oraliq nazorat ballari yakuniy nazorat o‘tkaziladigan muddatdan kamida bir hafta muddatda umumlashtirilishi va talabalarga fan o‘qituvchisi tomonidan yetkazilishi shart.
3. Yakuniy nazorat turini o‘tkazish va mazkur nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimini baholash o‘quv mashg‘ulotlarini olib bormagan professor-o‘qituvchi tomonidan yoki markazlashgan holda axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda amalga oshirilishi mumkin. Agar belgilangan fan bo‘yicha mashg‘ulot o‘tgan professor-o‘qituvchi(lar)dan boshqa fan bo‘yicha mutaxassis bo‘lmagan hollarda, tegishli kafedra mudiri yakuniy nazorat muddatidan kamida bir oy muddat oldin fakultet dekaniga mutaxassis bilan ta’minlash yuzasidan yozma murojaat qiladi. Ushbu holatlarda fakultet dekani fan bo‘yicha mutaxassis topish uchun bevosita mas’ul hisoblanadi.
5. Tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi yakuniy nazorat turini o‘tkazishda ishtirok etishi taqiqlanadi.
6. Yakuniy nazorat turini o‘tkazishda kelishuv asosida boshqa oliy ta’lim muassasalarining tegishli fan bo‘yicha professor-o‘qituvchilari jalb qilinishi mumkin.
7. Talaba tegishli fan bo‘yicha yakuniy nazorat turi o‘tkaziladigan muddatga qadar oraliq nazorat turini topshirgan bo‘lishlari shart. Oraliq nazoratlarni olishda mashg‘ulotlarda qatnashayotgan talabalarni to‘liq qamrab olish professor-o‘qituvchining zimmasiga yuklanadi.
8. Oraliq nazorat turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‘yicha “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi.
9. Yakuniy nazorat turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‘yicha “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
10. Talaba uzrli sabablarga ko‘ra oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan taqdirda ushbu talabaga tegishli nazorat turini qayta topshirishga fakultet dekanining farmoyishi asosida ruxsat beriladi.
11. Talabaga oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini qayta topshirish uchun berilgan muddat davomida talaba tomonidan qayta topshirishlar soni 2 martadan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
12. Talaba oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini birinchi marta qayta topshirishdan o‘ta olmagan taqdirda, fakultet dekani tomonidan komissiya tuziladi. Komissiya tarkibi tegishli fan bo‘yicha professor-o‘qituvchi va soha mutaxassislari orasidan shakllantiriladi.
13. Ikkinchi marta oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini o‘tkazish va talabani baholash mazkur komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
14. Berilgan muddat davomida mavjud bo‘lgan qarzdorlikni topshira olmagan talaba bo‘yicha fakultet dekani bildirgi bilan institut rektorini xabardor qiladi va ushbu talaba rektor buyrug‘i asosida kursdan qoldiriladi.
15. Kursda qoldirilgan talaba fanni (fanlarni) o‘zlashtirmagan semestr boshidan to‘lov-kontrakt asosida mazkur o‘quv yilining tegishli semestri uchun tasdiqlangan o‘quv rejaga muvofiq o‘qishni davom ettiradi.
16. Baholash natijasidan norozi bo‘lgan talabalar fakultet dekani tomonidan tashkil etiladigan Apellyasiya komissiyasiga apellyasiya berish huquqiga ega.
17. Apellyasiya komissiyasi tarkibiga talabani baholashda ishtirok etmagan tegishli fan professor-o‘qituvchilari orasidan komissiya raisi va kamida to‘rt nafar a’zo kiritiladi.
19. Talaba baholash natijasidan norozi bo‘lgan taqdirda, baholash natijasi e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida apellyasiya berishi mumkin. Talaba tomonidan berilgan apellyasiya Apellyasiya komissiyasi tomonidan 2 kun ichida ko‘rib chiqilishi lozim.
20. Talabaning apellyasiyasini ko‘rib chiqishda talaba ishtirok etish huquqiga ega.
21. Apellyasiya komissiyasi talabaning apellyasiyasini ko‘rib chiqib, uning natijasi bo‘yicha tegishli qaror qabul qiladi. Qarorda talabaning tegishli fanni o‘zlashtirgani yoki o‘zlashtira olmagani ko‘rsatiladi. Apellyasiya komissiyasi tegishli qarorni fakultet dekani va talabaga yetkazilishini ta’minlaydi.
“Xizmat ko’rsatishni tashkil qilish”fanidan baholash mezoni Mazkur fan o’quv rejasi bo’yicha 7-8-semestrlarda o’tiladi. Fan yo’nalish bo’yicha quyidagicha taqsimlanadi.
Fanning nomi
Ta’lim yo’nalishi
Semestrlar
Ma’ruza
Amaliy mashg’uloti
Tajriba
mashg’uloti
Mustaqil ta’lim
Jami
“Xizmat ko’rsatishni tashkil qilish”
XS(AT)
8
36
36
-
72
108
Ma’ruza (shu jumladan muammoli, tarqatma materiallar asosida), amaliy va seminar mashg’uloti soatlaridan iborat bo’lib ON va YaN baholarining taqsimoti quyidagicha bo’lishi tavsiya etiladi.