Oʻzbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi navoiy davlat


Orignal - makektni bosib chiqarish



Download 16,63 Mb.
bet58/160
Sana20.06.2022
Hajmi16,63 Mb.
#678711
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   160
Bog'liq
Majmu Kompyuter taminoti 2-semestr uchun

Orignal - makektni bosib chiqarish.Odatda, nashriyotlarda bosib chiqaruvchi qurilma sifatida lazerli printerlar ishlatiladi. Lazerli printerda biror narsani bosib chiqarish uchun drayver dastur - kompyuter bilan printer orasida ma’lumot almashinuvini boshqaruvchi maxsus dasturli ta’minot zarur. Drayver dasturlar operatsion sistema tarkibiga kiradi va printer bilan birga berilgan bo‘ladi. WINDOWS 95 sistemasida kerakli printerni o‘rnatish uchun Printers (printerlar) papkasidagi printerlar ro‘yxatini ochish va printer nomini tanlash kerak. Agar siz POST SCRIPT tiliga moslashgan printerni ishlatsangiz, unda TRUE TYPE garnituralarini POST SCRIPT egri chiziqlariga moslashtiruvchi rejimni o‘rnatishingiz kerak. Buning uchun tanlangan printerning Properties Xususiyatlar) oynasida Fonts(Shriftlar) qismiga tegishli oyna ochiladi. Bu oynada Always Use True Type Fonts (Doim True Type shriftlaridan foydalanish) kaliti(pereklyuchatel) o‘rnatiladi. So‘ng Send Fonts As (Shriftni uzatish usullari) tugmasida sichqoncha tugmasini bitta bosib, Send True Type Fonts As (True Type shriftlarini uzatish usullari) ro‘yhatidan Outline (Konturlar) satrini tanlanadi.

Hujjatni bosib chiqarish muloqot oynasi.

Hujjatni bosib chiqarishda Print muloqot oynasidan foydalanamiz. Muloqot oynasining o‘ng tomonida joylashgan tugmalarning har birita mos o‘zining muloqot oynasi ochiladi.




Amaliy Mashg‘ulot

1-Amaliy mashg‘ulot: Mavzu: Kompyuterni qismlarga ajratish, tizimli blok qismlari bilan tanishish, kompyuterga qo‘shimcha yangi texnik qurilmalarni ulash.


Tizim platasi (motherboard) - qurilmalami va hisoblashlami boshqaruvchi asosiy qurilma bo'lib, unga mikroprotsessor, tezkor va kesh xotira, mikrosxemalari, kontroller va turli adapter, elektrosxemalar o'matiladi. Tizim platasi asosan quyidagi qurilmalardan tashkil topadi. Mikroprotsessor - kompyutemi boshqarish va barcha hisob ishlari, buyruqlami bajarilishini ta ’minlaydi. Mikroprotsessor turli amallami tez bajarish qobiliyatiga ega. Uning tezligi sekundiga 100 million amalga va undan ortiq boiish i mumkin. Uning tezligi megagerslarda hisoblanadi va protsessor nomidan keyin yoziladi. Masalan, Pentium 700. Tezkor xotira - protsessor uchun zarur bo'lgan dasturlar va ma’lumotlarni saqlaydi. Kompyuter o'chirilishi bilan tezkor xotiradagi ma’lumotlar o'chiriladi. Qattiq disk (doimiy xotira - hard disk drive) - dastur va ma’lumotlami doimo saqlaydi. U ba’zan ≪vinchester≫ deb ham nomlanadi. Vinchester nomi birinchi yaratilgan qattiq disk nomidan kelib chiqqan (1973-yilda IBM firmasi tomonidan yaratilgan qattiq disk nomi ≪30/30≫ bo'lgan va bu mashhur Winchester miltig'ining kalibrga o'xshar edi). Ular hajm va ishlash tezligi bilan farqlanadi. Qattiq diskdagi dastur va ma’lumotlar esa o'chirilmaydi. Kesh xotira - kompyuter tomonidan dasturlar ishlash jarayonida ko ‘p ishlatilgan ma’lumotlami saqlash uchun foydalaniladi. Bu xotira tezkor va doimiy xotira o'rtasida joylashadi. Kontroller (adapterlar) - ular har xil tashqi qurilmalar ishini ta’minlaydi. Ishlash holatlari bilan farqlanadi (video platasi, tovush platasi, tarmoq platasi va ...). Disk yurituvchilar - bu egiluvchan va kompakt disklardagi ma’lumotlarni o'qish va yozish ishlarni bajaradigan qurilma. Kiritish-chiqarish porti orqali mikroprotsessor bilan ma ’lumot almashinadi. Ichki qurilmalar bilan ma’lumot almashinuv uchun maxsus portlar hamda umumiy poitlar mavjud. Umumiy portlar 2 xil bo'ladi: parallel (LPT1. LPT4) va ketma-ket (C0M1, ...,COM3). Parallel portlar kiritishchiqarishni ketma-ket portga nisbatan tezroq bajaradi. Har bir poll o'zining shaxsiy manziliga va raqamiga ega bo'lib, ulaming umumiy soni 65536 taga yetadi. BIOS (Basic input output system) - o ‘z tarkibidagi bir marta yozib qoldirilgan ma’lumotlar majmuasini saqlab turuvchi va alohida mikrosxema hisoblangan xotira turi hisoblanadi. Odatda, bu xotiradagi ma’lumotlami uni ishlab chiquvchi korxona (firma) yozib qoldiradi. Bu ma’lumotlar kompyuter elektr manbadan o'chirilgan holda ham saqlanadi va alohida mikroakkumlyatorli batareyalardan oziqlanadi. Bu xotira turi faqat ma’lumotlami o'qish rejimida ishlaydi. Shuning uchun bunday xotirada kompyuteming qurilmalarini tekshiruvchi test dastiirlar, operatsion tizimlaming yuklovchi dastur modullari saqlanadi.
Ona plata bilan tanishish, uning turini, imkoniyatlarini aniqlash
Kompyuterlarning ona plata arxitekturasi funksional jihatdan boyitilib va asosiy protsessorning unumdorligi oshishi bilan doimiy ravishda mukammallashtirib boriladi. Bu uning eng muhim qismi, kompyuterning yuragi bo‘lib, uning elektron tarkibiy qismini tashkil qiladi. U yoki bu ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan standartlashtirilgan ona plata modeli unda qo‘llanilgan mikrosxemalar to‘plami va elementlarning joylashish topologiyasi bilan belgilanadi. Standartlashtirilgan g‘ilof shakliga qarab, o‘lchami bo‘yicha turli ona platalar ishlab chiqariladi. Shaxsiy kompyuterlar uchun eng keng tarqalgan ona plata formatlari AT, ATX (305×244 mm o‘lchamli), mikro ATX (244×244 mm) va FlexATX (229×191 mm). Zamonaviy ona platalarning asosini tashkil etuvchilari, uning g‘ilofiga joylashtirilgan bo‘ladi: protsessor razyomlari, kengaytirish slotlari bilan magistral liniyalari, apparat xotira modullarining razyomlari, chipset mikrosxemalari uchun razyomlar. Bu konstruktiv elementlar yuqori darajali birlashtirish bilan apparat pog‘onasidagi asosiy elektron tashkil etuvchilarni birlashtiradi. Ko‘pincha ona platalarda audio va video vositalarning elektron tashkil etuvchilari joylashtiriladi. Tashqi qurilmalarning tizimli blokka ulanishi, razyomlari tizimli blokning old yoki orqa panellarga joylashtirilgan, tashqi interfeys vositalari yordamida tashkil qilinadi. Masalan, sichqoncha ko‘rinishidagi boshqaruv qurilmasini ulash uchun COM-port, bosmaga chiqarish qurilmasi uchun LPT-port ishlatiladi. Hozirgi kunda o‘nlab firmalar tuzilishi, ular tomonidan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan protsessor turlari va ularning taktlash chastotalari hamda ishchi kuchlanishlarning kattaliklari bilan farqlanuvchi, turli xil tizimli bloklarni katta miqdorda ishlab chiqarmoqdalar. Tizimli platalar har xil turdagi tizimli, lokal va tashqi shinalarning interfeyslarini quvvatlaydi. SHK ning ishlash samaradorligi qo‘llanuvchi shinalar tarkibiga va bu shinalar uchun mo‘ljallangan platadagi mavjud slotlar miqdoriga bog‘liqdir.
Integral sxemalar haqida tushuncha, ona plataga o’rnatilgan o’rnatilgan chiplar, mikroelektron vositalar va qurilmalarning tuzulish prinsipi
Qo’shimcha integral mikrosxemalar. ShK ning tizimli shinasiga va MPga tipik tashqi qurilmalar bilan bir qatorda ba'zi bir qo’shimcha integral mikrosxemalar ulangan bo’lishi mumkin; ular mikroprosessorning ish imkoniyatlarini kengaytiradi va yaxshilaydi: matematik soprotsessor, xotiraga bevosita murojaat qilish nazoratchisi, kiritish-chiqarish soprotsessor, uzilishlar nazoratchisi va boshqalar.Matematik soprotsessor qayd qilingan va ko’chib yuradigan nuqtali ikkilik sonlar ustida, ikkilik kodlangan o’nlik sonlar ustida amallar bajarishni tezlashtirish uchun, ba'zi bir transtsendent, shu jumladan trigonometrik funktsiyalarni hisoblash uchun keng ishlatiladi. Matematik soprotsessor o’zining buyruqlar tizimiga ega va asosiy MP bilan parallel (vaqt bo’yicha kelishilgan holda), lekin MP boshqaruvi ostida ishlaydi. Amallarni bir necha o’n martalab tezlashtiradi. MP ning oxirgi modellari, 80486 DX MP dan boshlab, soprotsessorni o’z strukturasi ichiga olgan Integral elektron (integral elektron) elektron uskuna yoki komponent. Muayyan jarayonlar yordamida transistor bir elektron, rezistorlar, kondansatörler va induktorlar va boshqa komponentlar va kabellararo bog'lanish uchun zarur bo'lgan kichik bir parcha yoki bir nechta kichik yarim Supero'tkazuvchilar gofret yoki dielektrik substratda ishlab chiqarilgan, so'ngra qobiq ichiga joylashtirilgan, Mikro tuzilmaning barcha tarkibiy qismlarini mikro-miniatizatsiyaga, past kuch-quvvatga, aql-idrok va katta qadamning yuqori ishonchliligini ta'minlash uchun mikrokompyuterning kerakli elektron funksiyasi. Bu tumanda "IC" harflari bilan ifodalanadi. 1950 va 60-yillarning oxirlarida ishlab chiqarilgan yangi yarimo'tkazgichli qurilma. Bu oksidlanish, litografiya, diffuziya, epitaksi, alyuminiy va boshqa yarimo'tkazgichli ishlab chiqarish jarayonlari, yarimo'tkazgich, qarshilik, va boshqa komponentlar va ularning ulash simlari kichik silikon qismlarga birlashtiriladi va keyin payvandlash elektron qurilmalar qobig'iga kiritiladi. Paket qobig'ida dumaloq qobiq turi, tekislik turi yoki ikki qatorli to'g'ridan-to'g'ri plastinka turi va shunga o'xshash shakllar mavjud. Texnologik uskunalarni, texnologiyani qayta ishlash, qadoqlash sinovlari, ommaviy ishlab chiqarish va loyihalashning innovatsion qobiliyatlarini o'zida aks ettirgan chip ishlab chiqarish texnologiyasi va dizayn texnologiyasini o'z ichiga olgan o'rnatilgan elektron texnologiyasi.
Xotira va uning turlari. Kesh xotira, xotira ierarxiyasi
Xotira-ma’lumot va dasturlarni saqlash uchun xizmat qiladi va quyidagilarga bo’linadi:
1.Operativ xotira 2. Kesh xotira 3. BIOS xotira 4.CMOS(yarim doimiy xotira) 5. Video xotira
Kesh xotira. Kesh xotira kompyuterning ishlash tezligini oshirish uchun ishlatiladi. U tezkor xotira va mikroprotsessor orasida joylashgan bolib, uning yordamida amallar bajarish tezkor xotira orqali bajariladigan amallardan ancha tez bajariladi. Shuning uchun kompyuter xotiraning koproq ishlatiladigan qismi nusxasini kesh xotirada saqlab turadi. Mikroprotsessorning xotiraga murojaatida, avvalo, kerakli programma va berilganlar kesh xotirada qidiriladi. Berilganlarni kesh xotirada qidirish vaqti tezkor xotiradagiga nisbatan ancha kam bolgani uchun kesh xotira bilan ishlash vaqti ancha kam boladi.
Umumiy foydalanuvchiga mo’ljallangan registrlar
Ichki registrlar (protsessorli xotira) mashinaning yaqin oradagi ish taktlarida bevosita qo‘llaniladigan axborotni qisqa muddatli saqlash, yozish va uzatish uchun mo‘ljallangan. U mashinaning yuqori tezkorligini ta’minlash uchun registrlar asosida quriladi, chunki asosiy xotira har doim ham tezkor mikroprotsessorning samarali ishlashi uchun axborotni zarur bo‘lgan yozish, izlash va o‘qish tezligini ta’minlab bera olmaydi. Registrlar – xotiraning turli uzunlikdagi tez ishlovchi yacheykalaridir (umumiy xotira yacheykalaridan farqli ravishda 1 bayt standart uzunlikka va nisbatan past tezlikka ega). Unda ko‘pincha kerakli konstantlar saqlanadi, ba’zi protsessorlarda ichki registrlar turli xil manzillashlarni amalga oshirish uchun qo‘llaniladi.
Windows operatsion tizimini kompyuterga o’rnatish
Kompyuterdan to‘liq foydalanishdan oldin, unga operatsion tizim o‘rnatilishi kerak bo‘ladi. Operatsion tizimni bir marta o‘rnatib, uning qurilmalari haqida o‘ylamasdan va qo‘shimcha o‘rnatish va qayta o‘rnatishlar bilan shug‘ullanmasdan, unda yillab ishlash istagi hammada bor. Lekin afsuski Windows tizimi kamchiliklardan holi emas. Windows tizimidan o‘rtacha foydalanish muddati – tizimni keying qayta o‘rnatishgacha bo‘lgan vaqt taxminan bir yilni tashkil qiladi. Shuning uchun operatsion tizimni o‘rnatish yoki qayta o‘rnatishni bilish barcha foydalanuvchilar uchun kerak bo‘ladi.
Operatsion tizimni o‘rnatish usullari. Yangi kompyuterga operatsion tizimni «toza» qattiq diskka o‘rnatiladi. Quyida operatsion tizimni o‘rnatishning umumiylashtirilgan usullari keltirilgan. «Toza» qattiq diskka o‘rnatish. Bu usuldan yangi kompyuterga o‘rnatish uchun yoki oldin to‘plangan ma’lumotlarni yo‘qotish bilan tizimni qaytadan o‘rnatish uchun foydalaniladi. Bu operatsiyani bajarishda yuklovchi disk talab etiladi.
Mavjud bo‘lgan Windows operatsion tizimi ustidan o‘rnatish. Bu turdagi o‘rnatish mavjud bo‘lgan ilovalarning ishlash xususiyatini saqlab qolish bilan tizimning yangilanishini ifodalaydi. Bu kompyuterni «tozalash» nomaqbul yoki sermashaqqat jarayon bo‘lganda optimal variant bo‘lib hisoblanadi. Bugungi kunda Windows oilasiga ko‘plab operatsion tizim va ularning turlari kiradi. Shu sababli tizimni bunday o‘rnatish har doim ham mumkin emas. Ba’zida bunday o‘rnatishni bajarish uchun qo‘shimcha shartlarga rioya qilish talab qilinadi.
Operatsion tizimni xuddi shu versiyasi ustiga o‘rnatish. Bu usul qiyin topiladigan xatolarni to‘g‘rilash va ishlash barqarorligini oshirish uchun xizmat qiladi. Bunday o‘rnatish davomida tizimli fayllarni va operatsion tizimning ichki aloqasini qayta tiklash mumkin. Ilovalarning ishlash xususiyati saqlanadi, muammolar yo‘q bo‘ladi. Windows operatsion tizimini o‘rnatish jarayoni har qanday usulda ham deyarli bir xil. Birinchi bosqich – o‘rnatish ustasini (master ustanovki) tayyorlash va ishga tushirish. Bunda foydalanuvchi qatnashmaydi va joriy operatsion muhitning doirasida amalga oshiriladi.

Download 16,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish