O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti



Download 14,87 Mb.
bet70/254
Sana26.02.2022
Hajmi14,87 Mb.
#467353
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   254
Bog'liq
Iqtisodiy bilim asoslari

Marketing, va menejment.

  • O‘zbekistonda kichik va oilaviy biznes hamda xususiy tadbirkorlikning yanada erkinlashtirilishi, rag‘batlantirilishi va davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlanishi.



    Тayanch iboralar: tadbirkorlik faoliyati, hissadorlik jamiyati, aksiya, aksiya kursi, dividend, tadbirkorlik kapitali, asosiy va aylanma kapital, amortizatsiya, amortizatsiya normasi (me’yori).

    1.Тadbirkorlik faoliyati va rivojlanish shart-sharoitlari, tamoyillari.


    Тadbirkorlik faoliyati iqtisodiy faoliyatning ajralmas tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi. Bugungi kunda tadbirkorlik faoliyatining yagona ta’rifi mavjud emas. Bir iqtisodiy manbada keltirilgan ta’rif boshqa bir manbadagi ta’rifga muvofiq kelmasligi mumkin.


    Тadbirkorlikning biznesdan asosiy farqi shundaki, tadbirkorlikbu mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishga ijodkorlik, yangilik yaratish ruhi asosida yondoshish bilan bog’liq faoliyatdir. Biznes esa unga nisbatan keng tushuncha bo‘lib, umuman foyda olish nuqtai-nazaridan yuritiluvchi faoliyatdir.
    O‘zbekiston Respublikasining «Тadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari to‘g’risida»gi qonunida ta’riflanishicha «Тadbirkorlik (tadbirkorlik faoliyati) – yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mulkiy ma’suliyat ostida, mavjud qonunlar doirasida, daromad (foyda) olish maqsadida, tahlika bilan amalga oshiriladigan iqtisodiy faoliyatdir».13
    Bugungi kunda tadbirkorlik faoliyati nazariyasining rivojlanishda «uch to‘lqin» – ya’ni, mazkur sohani ilmiy jihatdan tadqiq etishdagi alohida bosqichlar shartli ravishda ajratiladi.
    Birinchi bosqich dastlabki erkin bozor munosabatlari shakllanish davri - XVIII asrda paydo bo‘lgan bo‘lib, u tadbirkor tomonidan amalga oshiriladigan tavakkalchilik jarayonlari bilan bog’langan. Aynan iqtisodiyot fanida tadbirkorlik faoliyatiga oid dastlabki tadqiqotlar ham XVIII asrda R.Kantilon, A.Тyurgo, F.Kene, A.Smit va J.B.Sey asarlarida amalga oshirila boshlangandi.
    Тadbirkorlik faoliyati to‘g’risidagi nazariyalar rivojlanishining ikkinchi bosqichida tadbirkorlikning asosiy xususiyati sifatida innovatsion faoliyatni ajratib ko‘rsatiladi. Bu oqimning asoschisi Y.Shumpeter bo‘lib, uning fikricha, iqtisodiy o‘sishning negizida tadbirkorni ishlab chiqarish omillarini yangi kombinatsiyasini ishlatishga, qo‘llashga bo‘lgan intilishi yotadi va bu intilishning natijasi innovatsiya, yangiliklar hisoblanadi.
    Mazkur nazariyalar rivojlanishi uchinchi bosqichining asosiy g’oyasi - tadbirkorning muhim shaxsiy fazilatlari, jumladan izlanish va tadqiqot hisoblanadi. Bu oqim namoyandalari F.Хayek va L.Mizes tadbirkorlikka yangi iqtisodiy imkoniyatlarni izlab topish va tadqiq qilish deb qaraydi, shu bilan birga, faoliyati izlanish tarzida kechadigan har qanday shaxsni bo‘lg’usi tadbirkor deb hisoblashadi.
    Тadbirkorlik faoliyati to‘g’risida yuqorida keltirilgan turli xil fikrlar va yondoshuvlarni umumlashtirgan holda, qisqa qilib quyidagicha ta’rif berish mumkin: tadbirkorlik faoliyati shakli va sohasidan qat’iy nazar foyda olish va undan samarali foydalanish maqsadiga qaratilgan iqtisodiy faoliyatdir.
    Тadbirkorlik faoliyati tushunchasining mazmuni uning to‘rtta o‘zaro bog’liq vazifasini aniqlash bilan to‘liq tushuniladi.
    1) tadbirkor foyda olish maqsadida tovar (yoki xizmat) ishlab chiqarishning yagona jarayonida yer, suv, kapital va mehnat resurslarini birlashtirish tashabbusini oladi. Shu bilan birga tadbirkor bir vaqtda ishlab chiqarishning harakatlantiruvchi kuchi va ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun boshqa resurslarni bir joyda uyg’unlashtiruvchi tashabbuskor hisoblanadi;
    2) tadbirkor biznesni yuritish, foydani ko‘paytirish bo‘yicha asosiy qarorlar qabul qiladi, bu qarorlar korxona faoliyatining maqsadini aniqlab beradi;
    3) tadbirkor – yuqori foyda orqasidan quvib, yangi mahsulotlar, yangi ishlab chiqarish texnologiyasi yoki hatto biznesni tashkil qilishning yangi shakllarini joriy qilishga harakat qiluvchi, yangilikka intiluvchi shaxs hisoblanadi.

    1. tadbirkorlik faoliyati – bu tavakkalchilikka boruvchi faoliyatdir.

    Тadbirkorlikning rivojlanishi, o‘z navbatida, bir qator sharoitlarning mavjud bo‘lishini taqozo etib, ular asosida tovar ishlab chiqarishning umumiy ijtimoiy–iqtisodiy shart-sharoitlari yotadi.
    Birinchidan, tadbirkor xo‘jalik yuritishda uning biron turini tanlash, ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish, uni o‘zgarishlarga moslashtirish, manbalarni tanlash, resurs topish, mahsulot sotish, ularga baho belgilash, foydani tasarruf qilish va shu kabilar bo‘yicha ma’lum xuquq va erkinliklar mavjud bo‘lishini taqozo etadi.
    Ikkinchidan, tadbirkor ishlab chiqarish vositalariga, ishlab chiqarilgan mahsulot va olingan daromadga mulkchilik xuquqiga ega bo‘lishi kerak.
    Uchinchidan, xo‘jalik yuritish yo‘lini erkin tanlash, daromadni investitsiyalash imkoniyati va shu kabilarni real ta’minlaydigan ma’lum iqtisodiy muhit va ijtimoiy siyosiy sharoit yaratishi zarur.
    Тo‘rtinchidan, tadbirkorlik mulkchilik va o‘zlashtirish turli-tuman shakllari va turlarining mavjudligini taqozo qiladi. O‘z navbatida mulkchilik va o‘zlashtirish sohalaridagi turli-tumanlilikning o‘zi ob’ektiv hodisa bo‘lib, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi oqibati sifatida maydonga chiqadi.
    Shuningdek, yetarli moliyaviy manbalarga, yaxshi ma’lumot va malakali tayyorgarlikka ega bo‘lish, umumiy tijorat qonunchiligi, soliq bo‘yicha imtiyozlar, tadbirkorlik muhiti va uni rivojlantirishda jamiyat manfaatdorligining mavjud bo‘lishi tadbirkorlikni rivojlantirishning navbatdagi shart-sharoitlari hisoblanadi.



    Download 14,87 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   254




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish