10-mavzu. Yalpi talab va yalpi taklif. Iste’mol, jamg‘arma va investitsiyalar.
Reja:
Yalpi talab va taklif tushunchasi. Yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi muvozanat va uning o‘zgarishi. Iste’mol fondi va iste’mol sarflari, iste’mol va jamg’arma hajmiga ta’sir etuvchi omillar. Investitsiyalarning mazmuni va vazifalari. Investitsiyalar turlari va manbalari.
Тayanch iboralar: yalpi talab, yalpi taklif, iste’mol, unumli iste’mol, jamg’arish, iste’molga va jamg’arishga o‘rtacha moyillik, iqtisodiy jamg’arish, investitsiya, investitsion faoliyat, investitsiyalar samaradorligi.
Yalpi talab va taklif tushunchasi.
YAlpi talab (aggregate demand, AD) - bu barcha iste’molchilar, ya’ni aholi, korxonalar va davlat tomonidan narxlarning muayyan darajasida sotib olinishi mumkin bo‘lgan turli tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talabning umumiy hajmi yoki milliy iqtisodiyotdagi real pul daromadlari hajmidir.
Yalpi talab miqdor jihatidan aniqlanadi va uning umumiy miqdori turli omillar ta’sirida o‘zgarib turadi.
Turli o‘quv qo‘llanmalari va darsliklarda yalpi talab miqdorini aniqlash usullari va unga ta’sir etuvchi omillarni bayon etishda turli jihatdan yondoshiladi. Jumladan, akademik V.Vidyapin va boshqalarning umumiy tahriri ostida chop etilgan «Iqtisodiyot nazariyasi» bo‘yicha darslikda yalpi talab iqtisodiyot alohida sohalari sarflarining yig’indisi sifatida ifodalanadi, ya’ni:
,
bu yerda:
Yd – yalpi talab;
C – uy xo‘jaliklarining iste’mol sarflari;
I – xususiy sektorning investitsiya sarflari;
G – davlat xaridi;
NX – sof eksport.14
Akademik V.Kamayev esa yalpi talabni real yalpi milliy mahsulot unsurlariga bo‘lgan umumiy pul talabi sifatida namoyon bo‘lishini hamda uni pulning miqdoriy nazariyasiga muvofiq quyidagi ko‘rinishda ifodalanishini ta’kidlaydi:
,
bu yerda:
AD – yalpi talab;
M – pul miqdori;
V – pulning aylanish tezligi
P – narx darajasi.15
Bundan ko‘rinadiki, yalpi talab milliy ishlab chiqarish hajmi va narx darajasiga bevosita bog’liq.
Boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda, narx darajasi qancha past bo‘lsa, iste’molchilar (mamlakat ichidagi hamda chet eldagi) milliy ishlab chiqarish real hajmining shuncha katta qismini va aksincha, narx darajasi qancha yuqori bo‘lsa, shuncha kam qismini sotib oladi. SHunday qilib, boshqa sharoitlar o‘zgarmagan holda narx darajasining oshishi ishlab chiqarishning real hajmiga bo‘lgan yalpi talab hajmining kamayishiga sabab bo‘ladi. Aksincha, narx darajasining pasayishi ishlab chiqarish hajmiga yalpi talabning oshishiga olib keladi. YAlpi talabga narxdan tashqari ta’sir qiluvchi omillarning o‘zgarishi ham milliy ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga olib keladi.
N arx R
darajasi
AD
0 Y
Ishlab chiqarish real hajmi
Do'stlaringiz bilan baham: |