O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti


Po’latlarni qizdirish vaqtini aniqlash



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/74
Sana26.02.2022
Hajmi2,03 Mb.
#466800
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   74
Bog'liq
Materialshunoslik-maruza-1585626618


1.2. Po’latlarni qizdirish vaqtini aniqlash

Metallarni bolg’alash, shtamplash va temirchilik usuli bilan payvandlashda 
qizdirishdan maqsad metall plastikligini oshirish, termik va ximiyaviy termik ishlov 
berish deganda metallarni mexanik,ximiyaviy va fizik xossalarini o’zgartirish 
tushuniladi.Metallarni qizdirish uchun issiqlik elektr toklari yordamida yoki induktsion 
tok hosil qilish orqali issiqlik hosil qiluvchi qizdirish pechlari yoki termik pechlar 
yordamida amalga oshiriladi.Qizdirish avval metall tashqi yuza qismida,so’ngra ichki 
qismi bo’ylab tarqala boshlaydi.Metallarni induktiv oqim hosil qilish orqali qizdirishda
isiqlik zagatovkani butun yuzasi bo’ylab tarqaladi,natijada qizdirish yuqori tezlik bilan 
amalga oshadi. 
Metallning bolg’alanish oldidagi temperaturasi bilan bolg’alanish oxiridagi temperaturasi 
orasidagi farq temperatura oralig’i deb ataladi.Bolg’alash uchun metallni qizish 
temperaturasi shunday bo’lishi kerakki,metall faqat bolg’alash oldidan ham bolg’alash 
oxirida ham yuqori plastik hossalarga ega bo’lishi kerak. 
Metallarni bosim ostida ishlov berishda qizdirish temperaturasi ishlov berilayotgan 
metall xossalari (misol uchun alyuminiyni qizdirish temperaturasi 250-500
0
S,po’lat uchun 
1150-1300 
0
S ) va ishlov berish jixozi turiga bog’liq.Termik va ximik-termik ishlov 
berishda qizdirish temperaturasi ishlov berish turiga va metall tuzilishiga bog’liq. 
Metallarni atmosferada yoqilg’i yoqish orqali yoki elektro pechlarda qizdirishda 
metall yuza qismi oksidlanishi va uglerodsizlanish holati sodir bo’ladi.Bunday qizdirishni 
yopiq (tyomnыm) qizdirish deb ataladi. 
Ximik-termik qizdirish asosan atmosfera sharoitida olib boriladi.Metallarni faol qizdirish 
mufel pechlari yoki elektr qizdirigich pechlari yordamida amalga oshiriladi. 
Issiq holda bosim bilan ishlov berishda metall ximiyaviy xossalari va ishlab 
chiqrish usullariga asoslanib aniq temperatura oraliqlarini bilish lozim. 
Metall va qotishmalarni issiq holda bosim bilan ishlov berishda temperatura oraliqlari 
Qotishma turlari 
Tavsifi yoki markasi 
Issiq holda ishlov berish 
temperaturasi 
boshlanishi 
tugashi 
Uglerodli po’lat 
Uglerod miqdori 0.3% 
1200-1280 
860-900 
0.3-0.5% gacha 
1150-1200 
820-860 
05-0.9% gacha 
1050-1150 
800-850 
0.9-2% gacha 
1050-1000 
780-800 
Legirlangan 
po’latlar 
Past legirlangan 
1100—1150 825—850 
O’rtacha legirlangan 
1100—1150 850—875 
Yuqori legirlangan 
1150—1170 975—900 
Alyuminiy 
asosli 
qotishmalar 
D1 
475 
400 
AK2, AK4, AK6 
475 
420 


AK8 
475 
450 
Magniy 
qotishmalari 
MA1, MA2 
430 
350 
MAZ 
400 
300 
MA5 
370 
300 
Mis qotishmalari 
BrAJ 9-4, Br AJM 10—3 — 
1,5 
850 
750 
BrAJN10—4—4,Br KN 1 — 3 900 
700 
Ls 59 — 1 
750-800 
600 
Titan qotishmalari 
VT1,VTZ,VT4,VT5, VT6, 
VT8 
1100—
1150* 
750—800 
*Qotishmalar markasi va bolg’alash yoki shtamplash ishlov berishga turini 
qo’llanilishiga bog’liq holda temperatura aniqlashtiriladi.
Bosim bilan ishlov berishda metallarni qizdirish rejimi zagatovkani uzunligi va 
butun hajmi bo’yicha belgilangan temperaturani olishga imkon berish kerak. Metallni 
texnologik jarayonda ko’rsatilgan temperaturada qizdirish vaqti pechni ishchi qismi 
o’lchamiga va zagatovka o’lchami,metallning fizik xossalari va zagatovkani pechga 
kiritish yoki taxlash usullariga bog’liq.Misol uchun zagatovkani orasini ochish yo’li bilan 
qizdirish jipsga nisbatan tez qiziydi.Pechni ishchi qismi temperaturasi katta 
bo’lsa,zagatovkalarni qizdirish vaqti tez bo’ladi.Pechni ishchi qismi temperaturasi bilan 
zagatovka temperaturasi oralig’i temperatura bosimi deyiladi.Uning kattaligi doimiy 
qizdirish uchun 100-150
0
S ga teng. 
Turli markadagi po’latlar uchun bolg’alashning temperatura oraliqlari
Po’lat markalari 
Metallning 
qizdirishning eng 
yuqori 
temperaturasi 
Bolg’alash 
oxiridagi 
temperatura
0

Zagatovkani 
tayyorlash 
jarayonlari 
uchun 
Pardozlash 
ishlari uchun 
St2,St3,10,15,25 
1280 
800 
700 
St5,St6,St7,40,45,50,55,15X,20X 
35X,40X,30N,40SX,45X,25XSMA, 
1220 
800 
700 
18XNVA,18XNMA,5XNM,6XNM 1200 
800 
700 
45XN,U7,U8,U10,9X,9X2 
1150 
850 
800 
Tezlik bilan zagatovkalarni qizdirishda oddiy holdagi qizdirishga nisbatan 
teperatura bosimi 200-300

Sni yuqorini tashkil etadi. Alangali pechlarda zagatovkani 
qizdirish tezligi oddiy pechlarga nisbatan 3-4 marta ortiqni tashkil etadi. 
Metallni bolg’alash uchun to’g’ri qizdirish: a)qizdirishni belgilangan temperaturada 
zagatovkani buttun kesimi bo’yicha bir xil qizdirish;
b) qizdirishni ruxsat etilgan tezlikda , 
ammo metallning sifatini buzmasdan olib borish; v) metallni kuyindiga kam chiqarib va 
yoqilg’ini kam sarflab qizdirish. 
Ma’lumki, turli ximiyaviy tarkibdagi po’latlarning issiqlik o’tkazuvchanlik xossasi 
bir xil emas. Po’latni tarkibida legirlovchi arralashmalar qanchalik ko’p bo’lsa,uning 


issiqlik o’tkazuvchanligi shuncha kam bo’ladi. Issiqlik o’tkazuvchalik xususiyati 
qizdiralyotgan quymaning ichiga issiqlikning qanday tezlik bilan tarqalishini ifodalar 
ekan,uglerodi oz bo’lgan po’lat kesimi bo’yicha bir tekis temperaturagacha legirlangan 
po’latga qaraganda tezroq qiziydi. Qalin quymalarda temperaturada bir tekis 
taqsimlanmaydi: uning o’rta qatlami ustki qatlamiga qaraganda past temperatuga ega 
bo’ladi. Bunda, metallning o’rta qatlamidagi temperatura bilan ustki qatlamidagi 
temperatura o’rtasidagi farq, po’latning issiqlik o’tkazuvchanlik xususiyati qancha past 
bo’lsa, shuncha ko’p bo’ladi. Pech temperaturasi va qizdirilyotgan quyma sirtidagi 
temperaturalar farqi qizdirish tezligi qancha katta bo’lsa va quyma qancha qalin bo’lsa, 
shuncha katta bo’ladi. 
Temperaturaning quyma kesimi bo’yicha bir tekis taqsimlanmasligi oqibatida 
metallda temperatura kuchlanishi hosil bo’ladi. Temperatura kuchlanishi metallning ustki 
qatlamlari ichki qatlamlariga qaraganda ancha yuqori temperaturagacha qizib,ichki 
qatlamlariga qaraganda ko’proq kengayishi oqibatida hosil bo’ladi. Bunda quyma yoki 
zagatovkaning ustki qatlamlari kam qizigan metall uski qatlamining kengayishiga to’ 
sqinlik qilib turgan ichki qatlamlaridan qanday bo’lmasin uzilibchiqib ketishiga 
intiladi,shuning uchun quymaning kesimi bo’yicha bir tekis qizdirilmasligi oqibatida, 
uning yuqori qatlamlarida siquvchi kuchlanish(zo’riqish) hosil bo’ladi.O’rta qatlamlarida 
esa cho’zuvchi kuchlanish (zo’riqish) hosil bo’ladi. Bu kuchlanishlar qizdirish vaqtida 
metallning yorilishiga sabab bo’ladi. 
Zagatovka yoki quymalarni qizdirish jarayoni ikki davrga bo’linadi: birinchi davr 
past temperaturada, 500-700
0
S
gacha qizdirish, ikkinchi davr –temperaturada,bolg’alash 
tempeaturagacha qizdirish. Qizdirishning birinchi davri muhimdir. CHunki, past 
temperaturada po’latning plastikligi kam bo’ladi, yuqori legirlangan po’lat esa oz issiq 
o’tkazuvchan bo’ladi. Yirik quyma va zagatovkalarni, ayniqsa, yuqori legirlangan 
po’latlardan bo’lgan quyma va zagatovkalarni qizdirish juda extiyotkorlik bilan olib 
borilishi, quyma yoki zagatovkalarda yorilish hosil qiladigan temperatura kuchlanishi 
bo’lmasligi kuzatib turilishi kerak. SHuning uchun qizdirish tezligi chegaralanishi, sovuq 
quymalarni pechga solishdagi temperatura, ayniqsa yuksak legirlangan po’latlardan 
tayyorlangan quymalarni pechga solishdagi temperatura 600-800

Sdan oshmasligi kerak. 
Uglerodli yumshoq po’latlardan tayyorlanganzagatovkalarni, shuningdek, qalinligi 
100mm gcha bo’lgan, legirlangan po’latlardan tayyorlangan zagatovkalarni pechь 
bolg’alash temperaturasigacha qizdirilgan holdagina solish mumkin.
Ikkinchi davr –yuqori temperaturada qizdirish-qizdirishning katta tezlikda bo’lishi 
bilan harakterlanadi. Uglerodli po’latlarning plastikligi 500-700

S dan ortiq 
temperaturada yaxshi bo’ladi,shuning uchun qizigan vaqtda hosil bo’ladigan ichki 
temperatura kulanishi quyma yoki zagatovkada yorilish hosil qilmasligi mumkin. Bu 
davrda qizdirilgan metallning kuyib ketmasligi uchun,qizdirishni kuzatib turish kerak. 
Buning uchun yuqori temperatura bilan qizdiradigan pechlarningtemperaturasi metallni 
qizdirish temperaturasidan ko’pi bilan 100-150
0
S ortiq bo’lmasligi kerak.
Metallarni 
qizdirishda 
metall 
kengayadi, 
kengayish 
teng 
tomonlama 
bo’lmaydi.Yuqori temperaturada qizdirishda metallarni tashqi yuzalari ichki yuzalariga 
nisbatan ko’proq kengayadi,chunki temperatura ichki yuzalarga asta sekinlik bilan yetib 
boradi. Metallarni kengayishini uning ichki qismi tortishishi to’xtatib qoladi.Natijada 


metallni tashqi yuzalari qizishi qisish yuklanishi, ichki qismi cho’zish kuchlanishini 
o’tkazish uchun tajriba o’tkazish mumkin.
Qalinligi 150mm bo’lgan zagatovkani qizdirish uchun zaruriy vaqt quyidagi 
N.N.Dobroxotov-V.F.Kopыtov ifodalari orqali aniqlanadi. 
T=αK D
D
Bu yerda: T-Qizdirish vaqti (soatlarda) 
α-pechga zagatovkalarni joylashtrishga bog’liq koefitsient 
K-metall turiga bog’liq koefitsient,uglerodli va kam legirlangan po’latlar uchun 10 
ga,yuqori legirlangan po’latlar uchun 20 ga teng.
D-zagatovka diametri va qalinligi,m 

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish