Tuzlashda, rangida va o’rab-joylanishida bo’ladigan nuqsonlar.
Tuzlilik darajasining bir
hil emasligi. Agar tuzlash jarayonida qiyin eriydigan katta kristall tuzlardan foydalanilsa va
tuzlash texnologiyasi buzilsa bu nuqson paydo bo’ladi.
Pista rangi. Bu nuqson asosan eritilgan sariyog’larni past haroratda saqlaganda
karotinning kimyoviy o’zgarishi natijasida vujudga keladi. Karotin yog’ning suyuq qismida
erigan bo’ladi. Past haroratda yog’ning kristallanishi natijasida karotinnning konstentrastiyasi
suyuq yog’da ortadi. Havo kislorodi ta’sirida karotin tezda oksidlanadi va uning oksidlanishidan
hosil bo’lgan moddalar esa aynan pista rangli bo’ladi.
Pergament qog’oziga zich joylamaslik. Sariyog’ zich joylanishi kerak. Aks holda sariyog’
ichida bo’shliqlar qolib, u erda suvning to’planishini keltirib chiqaradi. Natijada sariyog’ havo
bilan to’yinib, mog’or bakteriyalarining rivojlanishi uchun qulay sharoit vujudga keladi.
Noto’g’ri tamg’alash. Idishlarga joylanib, noto’g’ri yoki aniq tamg’alanmagan
sariyog’larni sotuvga ruxsat etilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |