Topinambur (er noki).
Topinampur bu ko’p yillik, tashqi sharoitga uncha talabchan
bo’lmagan, asosan janubda o’sadigan o’simlikning uncha katta bo’lmagan (50-60 g) tuganak
mevasidir. Tuganaklar shakli ovalsimon, urchuqsimon, uzunchoq bo’ladi. Tuganaklarning rangi
sarg’ishroq, pushti, qizil, binafsha, eti esa oq, shirinroq bo’ladi. Topinamburni qovurib, qaynatib
iste’mol qilinadi va undan fruktoza, spirt kabi mahsulotlar olinadi. Topinambur tarkibida 13-
20% inulin, 6% gacha qand, 5% gacha oqsil, 2% mineral moddalar va ozroq miqdorda kraxmal
bo’ladi. Ma’lumki, inulin gidrolizlanganda fruktoza qandini hosil qiladi. Shu sababli topinambur
fruktoza ishlab chiqarishda asosiy xom ashyo hisoblanadi. Topinamburdan mollarga ozuqa
sifatida ham foydalanish mumkin. Topinambur sovuqqa chidamli bo’lganligi uchun uni qishda
tuproq tagida qoldirib, erta bahorda yig’ishtirib olsa ham bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |