O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti


Konfet mahsulotlarini joylashtirish, tamg’alash va saqlash



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet268/373
Sana06.02.2022
Hajmi2,02 Mb.
#434061
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   373
Bog'liq
oziq-ovqat mahsulotlari ekspertizasi

Konfet mahsulotlarini joylashtirish, tamg’alash va saqlash 
Ko’pchilik shokolad bilan sirlangan konfetlar va sirlanmagan konfetlar o’ralgan holda 
chiqariladi. Konfetlar bitta etiketka qog’oziga, etiketka bilan ichki qog’ozga, etiketka bilan folga 
va ichki qog’ozga, etiketka bilan folgaga yoki folganing o’ziga o’ralgan bo’lishi mumkin. 
Etiketkalar chiroyli bezatilgan bo’lib, ularda tayyorlangan korxona, uning qaerdaligi, konfetning 
nomi ko’rsatilishi kerak. 
Konfetlar donalab sotiladigan, tarozida tortib sotiladigan yoki qadoqlangan(qutichalarga, 
stelofan yoki polietilen paketlarga) bo’lishi mumkin. 
O’ralmagan konfetlar hamma hildagi yashiklarga sof massasini 10 kg dan oshirmay, 
o’ralganlari esa taxta yoki faner yashiklarga 15 kg dan oshirmay joylanadi.
Konfet va drajelar oddiy usullar bilan tamg’alanadi. Konfet joylangan tashqi idishlarga 
«Quruq joyda saqlansin», «Quruq va sovuqroq joyda saqlansin» yoki «Qattiq urilmasin» singari 
manipulyastion tamg’alar bosiladi. 
Konfet mahsulotlari quruq, harorati 18
0
S dan va havoning nisbiy namligi 75 % dan ortiq 
bo’lmagan quruq va ozoda xonalada saqlanadi.
Konfet mahsulotlarining kafolatlangan saqlash muddatlari quyidagicha: shokolad bilan 
sirlangan konfetlarning o’ralgani –4 oy, o’ralmagani –3 oy, yog’li shakar qiyomi bilan sirlangan 
va sirlanmagan konfetlar-2 oygacha. Eng ko’p saqlanish muddatiga ega bo’lgan konfet 
mahsulotlariga karamelsimon irislar kiradi. Ularning saqlanish muddati 6 oy qilib, belgilangan. 
Drajelar ham tashqi tomondan bulama qobig’i mavjudligi sababli saqlashga bardoshli mahsulot 
hisoblanadi. Masalan, qandli drajelarning kafolatlangan saqlash muddati 3 oy qilib, shokoladli 
drajelarning saqlash muddati esa 2 oy qilib belgilangan. 
Ko’pgina konfet mahsulotlari uzoq saqlanmasdan, tezda buziladi. Ularda bo’ladigan 
asosiy o’zgarishlarga konfetlarning qurib qolishi, namlanishi, yog’ moddasining oksidlanib achib 
qolishi kabi o’zgarishlar kiradi. Ko’pincha pomadali, marstipanli, mevali, kuvlangan konfet 
massalari qurishga moyil hisoblanadi. Buning oldini olish uchun ba’zan tayyor pomadali 


177 
massaga invertaza fermenti preparatini qo’shadilar. Bu ferment preparati saxarozani parchalab, 
suyuq fazaning ko’payishini kelirib chiqaradi. 
Karamelga o’xshash massalar, masalan iris massalari namlanib qolishga juda moyil 
hisoblanadi. Ba’zi konfet massalarida qandning kristallanib qolish holatini ham kuzatish 
mumkin. 
Shuningdek, tarkibida yog’ mavjud bo’lgan konfetlar (sutli, yong’oqli) yog’ moddasining 
havo kislorodi ta’sirida oksidlanishi sababli buzilib, sifatini yo’qotishi mumkin. Ularda namlik 
qancha ko’p bo’lsa, shuncha tez buzilish holati kuzatiladi. Konfetlar uzoq saqlansa ular o’ziga 
xos xushbo’yligini ham yo’qotadi. 
Tarkibida shokolad va yong’oq mavjud bo’lgan konfetlar hasharot-zararkunandalar bilan 
ham zararlanishi mumkin. Shu sababli, konfetlarni saqlaganda ana shu nuqsonlarning paydo 
bo’lishiga yo’l qo’yilmasligi kerak. 

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   373




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish