Ilk xristianlik firqasi.
Ilk xristianlik firqasi 1-2 asrlarda xristian diniy
ta‘limoti shakllanishi davrida vujudga kelgan sektalardir. Xristianlik hech qachon
yaxlit din bo‘lmagan. Xristianlikning eng ilk asari ―Ioann vahiynomasi‖ da
xristianlarning turli guruhlari (Nikolantlar) Vaalam tarafdorlari, ayol payg‘ambar
Iezavela tarafdorlari) eslatib o‘tilgan.
Ebionitlar sektasi (kambag‘allar) yahudiylar marosimla-rini bajarishni tark
qilmagan dastlabki xristianlar bo‘lib, ular tamomila tarki dunyo qilishga da‘vat
etganlar. Isoning ikkinchi marta qaytib kelishini kutganlar, boylikka qarshi
chiqqanlar. Isoni taqvodor odam sifatida ulug‘laganlar, uni cho‘qinish vaqtida
osmondan ilohiy ruh tushgan, deb hisoblaganlar.
II asrning ikkinchi yarmida montanchilar sektasi paydo bo‘lgan. Ular taqdirni
oldindan aytib berish bilan shug‘ullanganlar, zohidlikni targ‘ib qilganlar,
episkoplar hokimiyatini tan olmaganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |