O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Protestantsizmning o‟ziga xos xususiyatlari



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/95
Sana06.02.2022
Hajmi1,9 Mb.
#432693
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   95
Bog'liq
Диншунослик Услубий Кўлланма сўнгги doc

Protestantsizmning o‟ziga xos xususiyatlari: 
-
ruhoniylarning oila qurishi man‘ etilmaydi; 
-
samoviy huzur-halovat to‘g‘risidagi ta‘limotni rad qilingan; 
-
o‘lganlarga bag‘ishlab duo o‘qish, aziz avliyolarga sig‘inish, ular sharafiga 
bag‘ishlab bayramlar o‘tkazish, muqaddas murdalarga va ikonalarga (ikona 
yunoncha so‘z bo‘lib, uning ma‘nosi tasvir, obraz, g‘ayritabiiy mavjudodlarning 
rasmlari, relefli tasvirlari bo‘lib, ular katolitsizm va pravoslavieda sig‘inish 
predmetlari hisoblanadi) topinish bekor qilinadi; 
-
ibodat uylaridan ortiqcha hashamlar, mehroblar, ikonalar, haykallar, 
qo‘ng‘iroqlar olib tashlanib, oddiy holga keltirildi; 
-
monastirlar va monaxlar jamoasi ham barham toptirilgan; 
-
ibodat nihoyatda soddalashtirildi, va‘z aytish, duo o‘qish, psalomlarni 
(yunoncha pasaltir tarkibini tashkil etuvchi diniy qasidalar, ashulalar, xudoga 
hamdu sanolar o‘qish, iltijo, arz-dod (zorlanish), qarg‘ash kabilarni ona tilida 
o‘qish va kuylash joriy qilindi; 
-
Bibliya birdan-bir manba deb qaralib, muqaddas rivoyatlar rad qilindi. 
Bibliya milliy tillarga tarjima qilindi, uni o‘rganish va sharhlash «gunoh» 
hisoblanmaydi. 
Bu o‘ziga xos xususiyatlar burjuaziya demokratiyasining yangi diniy 
yo‘nalishga nisbatan tadbiq etish asosida paydo bo‘lgan. 
Protestantsizm ichki yo‘nalishlarida: Lyuteranlik, tsving-lichilik, kalvinizm, 
anglikanchilik, mennochilik, anabap-tizm, unitarizm kabi mazhablar mavjud. Bu 
mazhablar XVI-XVIII asrlarda paydo bo‘lgan edi.
Sekta lotincha-―ajralgan‖, ―uzilgan‖, ―mazhab‖ degan ma‘noni bildiradi. 
Xristianlikda barcha yo‘nalishlarda ham firqalar bor. Ayrim sektalar mustaqil diniy 
oqimga aylanib ketgan. Xristianlikning o‘zi dastlab yahudiy dinidagi sekta 
bo‘lganligi boshda aytib o‘tilgan edi. Rasmiy hukmron din sektaga mansub 
ruhoniylarni bid‘atchilar, ular shaytonning yo‘liga kirib ketganlar, deb 


68 
qoralaydilar, O‘tmishda sektantlik harakatlari yangi diniy aqidalar, marosimlar, 
bayramlar, rivoyatlar, ayrim diniy peshvolar, alviyolar ta‘limotiga amal qilish,
ijtimoiy-siyosiy sinfiy-tabaqaviy manfaatlar, rasmiy dindan norozilik oqibatlarida 
va boshqa sabablarga ko‘ra kelib chiqqan va rivojlangan. 
Biroq sektantlik juda xilma-xil bo‘lib, uning ichki ziddiyatlari ko‘p. Agar 
sektalarning aksar ko‘pchiligi diniy yangi tarixiy sharoitga moslashtirish asosida 
paydo bo‘lgan bo‘lsa, shunday sektalar ham borki, ular eski dinni avvalgi holida, 
hech qanday o‘zgarishsiz saqlab qolishga intiladilar.

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish