PIYODALAR VA YO’LOVCHILARNING VAZIFALARI. MAXSUS TRANSPORT VOSITALARINING IMTIYOZLARI. SVETAFOR VATARTIBGA SOLUVCHINING ISHORALARI Piyodalarning majburiyatlari
Piyodalar trotuardan yoki piyodalar yo’lkasidan, ular bo’lmaganda esa yo’l yoqasidan yurishlari kerak. Xajmi katta yuklarni olib ketayotgan piyodalar, shuningdek nogironlarning dvigatelsiz kajavasida harakatlanayotgan shaxslarning trotuar yoki piyodalar yo’lkasidan harakatlanishi boshqa piyodalarning harakatlanishiga xalaqit berayotgan bo’lsa, ular qatnov qismining chetidan harakatlanishlari mumkin.
Trotuar, piyodalar yo’lkasi, yo’l yoqasi bo’lmasa yoki ulardan yurishning imkoniyati bo’lmagan xollarda piyodalar velosiped yo’lkasidan yoki qatnov qismining chetidan (ajratuvchi bo’lagi bor yo’llarda qatnov qismining tashqi chetidan) bir qator bo’lib yurishlari mumkin.
Qatnov qismining chetida harakatlanayotgan piyodalar transport vositalarining harakatiga qarama-qarshi yo’nalishda yurishlari kerak. Nogironlarning dvigatelsiz kajavasida harakatlanayotgan, mototsikl, moped, velosiped yetaklab ketayotgan shaxslar esa bunday xollarda transport vositalarining harakat yo’nalishi bo’ylab yurishlari kerak.
Piyodalar yo’lkasida, trotuarda, yo’l yokasida piyodalarning harakatlanishiga xalaqit beradigan qurilma va to’siqlar o’rnatish taqiqlanadi.
Piyodalarning tashkiliy jamlanmasiga yo’lning qatnov qismida bir qatorda to’rt kishidan ortiq bo’lmasdan, faqat transport vositalarining harakat yo’nalishi bo’ylab o’ng tomondan yurishga ruxsat etiladi.
Jamlanmaning oldi va orqasida chap tomondan qizil bayroqcha, korong’i vaqtda yoki yetarlicha ko’rinmaslik sharoitida esa oldinda oq, orqada qizil rangli chiroq ko’targan kuzatuvchilar bo’lishi kerak.
Bolalar guruhini trotuarlar va piyodalar yo’lkalaridangina, ular bo’lmaganda esa
yo’l yoqasidan faqat kunduzi va katta yoshdagilar kuzatuvida olib yurishga ruxsat etiladi.
Piyodalar yo’lning qatnov qismini piyodalar o’tish joylaridan, shuningdek yer osti va yer usti o’tish joylaridan, ular bo’lmaganda esa chorraxalarda trotuar chiziqlari yoki yo’l yoqasi bo’ylab kesib o’tishlari kerak.
Piyodalarga ko’rinadigan oraliqda o’tish joyi yoki chorraha bo’lmasa, ajratuvchi bo’laksiz va to’siqsiz yo’llardan yo’lning ikki tomoni yaxshi ko’rinadigan joyidan, qatnov qismining chetiga nisbatan to’g’ri burchak ostida kesib o’tishlariga ruxsat etiladi.
Yo’l harakati tartibga solingan joylarda piyodalar tartibga soluv chining yoki piyodalar svetoforlarining, ular bo’lmaganda esa transport svetoforlarining ishoralariga amal qilishlari kerak.
Harakat tartibga solinmaydigan piyodalar o’tish joylarida, piyodalar yaqinlashib kelayotgan transport vositalarigacha bo’lgan masofani va ularning tezligini chamalab ko’rib, o’tish o’zlari uchun xavfsiz ekanligiga ishonch xosil qilganlaridan so’ng yo’lning qatnov qismiga chiqishlariga ruxsat etiladi.
Shuningdek, ular yo’lning qatnov qismini piyodalar o’tish joylaridan tashqarida kesib o’tishda transport vositalarining harakatlanishiga xalaqit bermasliklari, yaqinlashib kelayotgan transport vositalarining yo’qligiga ishonch hosil qilmasdan turib, ko’rinishni cheklovchi, to’xtab turgan transport vositasi yoki boshqa biror to’siq panasidan chiqmasliklari kerak.
Yo’lning qatnov qismida, shuningdek piyodalar o’tish joylarida harakatlanayotgan piyodalarga telefondan foydalanish, tele, videomahsulotlarni ko’rish, radio audio mahsulotlarni eshitish, kitob yoki davriy matbuot o’qish, hamda e’tiborni chalg’itadigan boshqa elektron vositalardan foydalanish taqiqlanadi.
Piyodalar to’xtab turgan avtobus va trolleybusning orqa tomonidan, tramvayning esa oldi tomonidan yo’lni kesib o’tishlari shart.
Yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash bilan bog’lik bo’lmasa yo’lning qatnov qismiga chiqqan piyodalar ushlanib qolmasliklari va to’xtamasliklari kerak. O’tishga ulgurmagan piyodalar qarama-qarshi yo’nalishda gi transport oqimlarini ajratuvchi
chiziqda to’xtash lari lozim. Keyingi harakatlanish xavfsiz ekanligiga ishonch hosil qilgandan so’ng va svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralarini hisobga olgan holda o’tishni davom ettirishlari mumkin.
Yalt-yalt etuvchi ko’k rangli yoki ko’k va qizil rangli chiroq mayokchasi va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan transport vositalari yaqinlashib kelayotgan bo’lsa, piyodalar qatnov qismidan o’tmasliklari, unda harakatlanayotganlari esa, bu transport vositalariga yo’l berishlari va zudlik bilan qatnov qismini bo’shatishlari kerak.
Yo’nalishli transport vositalarini faqat qatnov qismidan baland joylashgan kutish maydonchalarida, ular bo’lmaganda esa, trotuar yoki yo’l yoqasida kutishlari kerak. Qatnov qismidan baland joylashgan maydonchalar bilan jixozlanmagan bekatlarda yo’nalishli transport vositalari to’la to’xtagandan so’ng unga chiqish uchun qatnov qismiga chiqishga ruxsat etiladi. Undan tushgandan keyin ushlanib qolmasdan qatnov qismini bo’shatishlari shart.
Qatnov qismi bo’ylab bekatlarga borayotgan yoki undan qaytayotgan piyodalar ushbu Qoidalarning 18 -21 bandlari talablariga amal qilishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |