III .Quvib o’tish
Haydovchi quvib o’tishni boshlashdan oldin:
o’zi o’tmokchi bo’lgan harakatlanish bo’lagi quvib o’tish uchun yetarlicha masofada bo’sh ekanligiga, quvib o’tish jarayonida harakatlanishga xavf tug’dirmasligiga va boshqa harakat qatnashchilariga xalakit bermasligiga;
shu bo’lakda orqada harakatlanayotgan transport vositasi quvib o’tishni boshlamaganligiga;
oldinda harakatlanayotgan transport vositasi quvib o’tish, chapga buri lish (kayta tizilish) ishorasini bermayotganligiga;
quvib o’tishni tugallayotganda quvib utilayotgan transport vositasiga xalakit bermasdan ilgari egallagan bo’lakka qaytib uta olishiga ishonch xosil qilishi shart.
Relьssiz transport vositalarini faqat chap tomondan quvib o’tish ga ruxsat beriladi. Birok chapga burilish ishorasini berib, burilishga kirishgan transport vositasini quvib o’tish o’ng tomondan amalga oshi riladi.
Quvib utilayotgan transport vositasining haydovchisiga harakat tezligini oshirish yoki boshqaxattiharakatlar bilan quvib o’tishga to’sqinlik qilish taqiqlanadi.
Quvib o’tishni tugallagandan so’ng haydovchi ilgari egallagan harakatlanish bulagiga kaytishi shart (o’ng tomondan ruxsat etilgan quvib o’tish dan tashqari).
Birok ushbu yo’nalishda harakatlanish uchun ikki yoki undan ortik bo’lak bo’lsa, ushbu Qoidalarning 67bandini xisobga olgan xolda, quvib o’tayotgan haydovchi o’zi egallagan bo’lakka kaytgani zaxoti keyingi quvib o’tishni bosh lashiga turri keladigan xollarda, agar u orqada o’zidan katta tezlikda harakatlanayotgan transport vositalariga xalakit bermasa, egallagan bulagida harakatlanishni davom ettirishi mumkin.
Quvib o’tish quyidagi xollarda taqiqlanadi:
tartibga solingan chorrahalarda qarama-qarshi harakatlanish bulagiga chikib; tartibga solinmaydigan chorrahalarda asosiy xisoblanmaydigan Yo’llarda
harakatlanishda (aylanma harakatlanishli chorrahalarda quvib o’tish, kaja vasiz ikki g’ildirakli transport vositalarini quvib o’tish va ruxsat etilgan xollarda o’ng tomondan quvib o’tish bundan mustasno);
piyodalar o’tish joylarida piyodalar bo’lganda;
temir Yo’l kesishmalarida va ulargacha 100 metrdan kam masofa kol ganda; quvib yoki aylanib o’tayotgan transport vositalarini;
tepalikning oxirida va Yo’lning ko’rinishi cheklangan joylarida kara maqarshi harakatlanish yo’nalishiga chikib;
3.20 va 3.22 Yo’l belgilari ta’siri doirasida.
Aholi punktlaridan tashqaridagi Yo’llarda sekin harakatlanadigan yoki katta xajmli transport vositasini quvib o’tish kiyin bo’lgan xollarda uning haydovchisi ushbu transport vositasini iloji boricha Yo’lning o’ng tomoniga olishi, zarur bo’lganda esa orqasida tuplanib qolgan transport vositalarini o’tkazib yuborish uchun To’xtash i kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |