O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti “tasdiqlayman”


Komandalarga tayyorlangan savollar



Download 3,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet217/276
Sana29.01.2022
Hajmi3,77 Mb.
#416266
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   276
Bog'liq
fizikani oqitish texnologiyalari va loyihalashtirish (1)

Komandalarga tayyorlangan savollar. 
1.
Metallni bolg’a bilan tez-tez urib isitish mumkin. Bu mexanikaviy ish nimaga sarf 
bo’ladi? 
2.
Quvvat birliklarini ayting? 
3.
CHoynak qancha ko’p isitilsa undagi suv shuncha sekin qaynaydi. Nimaga shunday? 
4.
Elektromagnit induksiya hodisasini kim qachon kashf qilgan? 
5.
Daraxt bargiga tuproqdan ildiz orqali ko’p miqdordagi suv uzluksiz kelib turadi. Bu 
suv qayerga ketadi? 
6.
Bug’ turbinalarida suv bug’ining qanday tur energiyasidan foydalaniladi? 
7.
Siz issiqlik dvigatellarining qanday turlarini bilasiz? 
Albatta, savollar va javoblar oralig’ida badiiy qism, ashula, o’yin, intermediyalardan 
foydalaniladi. 
SHuni ta’kidlash joizki, maktabda sinfdan tashqari ishlar qanchalik yaxshi tashkil etilsa, 
o’quvchilar faolligi shunchalik oshib boradi, ular mustaqil fikrlashga o’rganadilar, eng 
muhimi u yoki bu fanga qiziqishlari ortadi, ayniqsa iqtidorli o’g’il-qizlar birin-ketin ko’zga 
tashlana boradilar. Bu, o’z navbatida iqtidorli bolalarni aniqlash va ular bilan alohida ish 
olib borishda o’qituvchiga katta yordam beradi. 
Fizikadan olimpiadalarga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish ham sinfdan tashqari 
ishlardan biri hamda muhimi hisoblanadi. 
Birinchi marta fan olimpiadasini o’tkazish XX asrning 60-yillarida boshlanib fizika-
matematika fani xissasiga to’g’ri kelgan. Bu ish o’zini oqlagandan keyin sekin-asta boshqa 
fanlardan ham olimpiadalar o’tkazila boshlandi. 
Olimpiadalar bir necha bosqichdan iborat bo’lib, avval maktab litseyda so’ng tuman 
miqyosida keyin shahar yoki viloyat miqyosida, so’ngra respublika miqyosida va nihoyat 
xalqaro miqyosda o’tkaziladigan bo’ldi. 
Olimpiada o’tkazilishidan avval o’quvchilar bilimini baholash uchun jyuri 
tayinlanadi. Olimpiadalar vaqtida o’quvchilar bilimini jyuri bir necha usullar bilan sinab 
ko’radi. 
I navbatda masalalar yechish orqali, II navbatda amaliy tayyorgarligini kuzatish 
maqsadida laboratoriya ishlarini bajarish hamda tushuntirib berishlari orqali va nihoyat test 
savollariga javob berish orqali sinab ko’riladi. Har bir holat uchun alohadi-alohida ball 
qo’yib boriladi, natijada qaysi o’quvchi ko’proq ball to’plagan bo’lsa, shu o’quvchi g’olib 
deb tanlanadi. O’rinlar shu asosda ketma-ket taqsimlanadi. 
Fizikadan olimpiadaga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish ham o’qituvchidan katta 
ma’suliyat, mehnatni talab qiladi. 
O’qituvchi avval parallel bir necha sinfdan fizikadan bilimi chuqur bo’lgan bir necha 
o’quvchini ajratib oladi, ya’ni 7-sinfdan, 8-sinfdan, 9-sinfdan, 10-sinfdan, 11-sinfdan 


136 
fizikaga qiziqqan bir necha o’quvchini ajratib oladi. Har bir sinf o’quvchilariga alohida-
alohida ko’rsatmalar beradi, tushunmagan mavzularini tushuntirib beradi, uyga topshiriqlar 
beradi, xaftada, bir marta nazorat qiladi. O’zida bir bo’lgan fizikaga doir adabiyotlarni o’qib 
o’rganishlari uchun olib kelib beradi. O’quvchilar adabiyotlarni o’qib olimpiadaga 
tayyorgarlik ko’ra boshlaydilar. 
I tur olimpiada, ya’ni maktab miqyosida olimpiada o’tkazish muddati I chorak 
oxiriga, ya’ni 4-10 noyabrlarda o’tkaziladi. Bunda maktab fizika o’qituvchilaridan biri jyuri 
raisi bo’ladi. Rais boshchiligida olimpiada uchun masalalar tanlanadi. Qaysi kuni olimpiada 
o’tkazilishi e’lonlar doskasiga yozib qo’yiladi. 
O’quvchilarni bir sinfga yig’ib, o’qiydigan sinfiga qarab variantlar tarqatiladi. 
Ma’lum muddatdan keyin ishlar yig’ib olinadi. Ishlarni fizika o’qituvchilari tekshirib 
avvaldan kelishilgan shartga asosan ballar qo’yiladi. Eng yuqori ball olgan o’quvchilar 
ismi, shariflari va ishlari maktab rahbari buyrug’i asosida tuman olimpiadasiga yuboriladi. 
G’olib o’quvchi bilan o’qituvchi yanada jiddiyroq tayyorgarlik ko’ra boshlaydi. Tuman 
olimpiadalarini o’tkazish yanvar oylariga to’g’ri keladi. Bu yerda olimpiada ikki turda 
nazariy va amaliy bilimlarini sinash orqali o’tkaziladi. 
So’ngra shu asosda viloyat va respublika olimpiadalari o’tkaziladi. Respublika 
olimpiadalarida umumiy to’plangan ball barcha ballarning 75 % ortiq ball to’plagan 
o’quvchilarga o’rin beriladi va xalqaro olimpiadada qatnashish tavsiya etiladi. 
Xulosa qilib, aytganda fizikadan o’tkaziladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlarning 
barchasi o’quvchilarni fizika va texnika fanlariga qiziqshini orttirishga xizmat qiladi. 
Fizika ta’limi jarayonida dars tizimi bilan bir qatorda darsdan tashqari ishlarni tashkil
qilish va o’tkazish katta ahamiyatga ega. Bunda o’quvchilarning darsda olgan bilimlarini 
mustaxkamlash, chuqurlashtirish, mustaqil ishlash, ijodiy tafakkur qilish, qobiliyatlarini 
hamda amaliy ko’nikma va malakalarini rivojlantirish umumiy holda fizika faniga bo’lgan 
qiziqishlarini oshirish nazarda tutiladi. 
Fizikadan darsdan tashqari ishlarning ko’rinishlari turlichadir (1-sxema). 
Darsdan tashqari ishlarni tashkil qilishda quyidagi prinsiplarga amal qilish kerak: 
-
ixtiyoriylik; 
-
o’quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish; 
-
o’quvchilarning garmonik ijodiy rivojlanishini ta’minlash; 
-
ishlarning ijtimoiy foydali yo’naltirilishi; 
-
uning keng ommaviylashganligi; 
-
har qanday topshiriqlarni bajarishning majbariyligi; 
-
darsdan tashqari ishlarning o’quv ishlari bilan aloqasi va h.k. 
Darsdan tashqari ishlarning guruhli shakliga fizikaviy to’garaklar, darsdan tashqari 
o’qishlar, devoriy gazetalar chiqarish, “Quvnoqlar va zukkolar konkursi”, “O’tkir zexnlilar 
konkursi” kabilarni kiritish mumkin. 
Fizikadan darsdan tashqari ommaviy tadbirlarga olimpiadalar, konkurslar, kechalar, 
uchrashuvlar, haftaliklar kabilarni kiritish mumkin. 

Download 3,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish