62
a) Butun sinf 3 ta zvenoga bo’linadi.Birinchi zveno savol beradi, ikkinchisi javob
qaytaradi, uchunchisi esa baho qo’yib, uni asoslab beradi va qo’ygan baholarini
o’qituvchiga beradi. Ikkinchi kuni uy vazifani tekshirishda ikkinchi zveno savol
beradi, uchunchi zveno javob beradi, birinchi zveno baho qo’yib, uni asoslab beradi.
Uch darsdan keyin qaysi zveno ilg’or chiqqanini o’qituvchi e’lon qiladi va ularning
yutuq kamchiliklarini ko’rsatib o’tadi.
b)O’qituvchi o’zi zvenolarga topshiriq beradi. Har zvenodan bittadan o’quvchini
hay’at a’zosi qilib tayinlaydi.Masalan, “Atmosfera bosimi” mavzusiga quyidagicha
topshiriqlar berish mumkin.
1-topshiriq. Har bar zvenodan bittadan o’quvchini birinchi partalarga o’tqaziladi
ularga topshiriq beriladi:
a) 700 mm. sim. ust.; b) 750 mm. sim. ust; d) 770 mm. sim. ust atmosfera
bosimlarini N/m
2
da ifodalang.
Birinchi va to’g’ri ishlagan o’quvchiga “5”ball qo’yiladi. Keyin ishlaganlarga va
masalaning to’g’ri noto’g’ri echilishiga qarab tegishlicha ball qo’yiladi.
2- topshiriq . Har bar zvenodan bittadan o’quvchini birinchi partalarga o’tiradi.
Yuzi 100m
2
bo’lgan uy tomiga atmosfera bosim kuchini aniqlang . Nima
uchun tom bosib tushmaydi? Atmosfera bosimini normal deb hisoblang.
3- topshiriq Xohlovchilarga atmosfera bosimning mavjud birliklarini
doskaga yozish topshiriladi. Bu yerda to’g’ri va tez yozish e’tiborga olinadi.
O’quvchilarga yakuniy baho qo’yish uchun ularga quyidagicha savollar beriladi.
1.
Nima uchun Torichelli tajribasi yordamida atmosfera bosimni o’lchash
mumkin?
2.
“Atmosfera bosimi 750 mm. sim. ust.ga teng” degan yozuv nimani bildiradi?
3.
Simob o’rniga suv olinsa, Torichelli tajribasi qanday o’zgaradi?
Yakun yasashda ilg’or zveno va eng yaxshi bilgan o’quvchi e’lon qilinadi.
II.
Estafeta o’yini.
O’qituvchi 3 ta varaqqa topshiriqni yozib har bir zvenoga bir varaqdan
beradi. Har bir zvenoda birinchi partada o’ng yoki chap tomonda o’tirgan
o’quvchiga topshiriqlar yozilgan varaq beriladi. I- topshiriqqa javob yozib
ikkinchisi partada o’zining orqasidagi o’quvchiga beradi. U ikkinchi savolga
javob yozib ,orqasiga uzatadi, shu kabi oxirgi partadagi o’quvchi navbatdagi
savolga javob yozib, yonidagi o’quvchiga beradi, u javob yozgandan keyin
oldindagi partada ro’parasida o’tirgan o’quvchiga uzatadi. Shu tariqa varaqdagi
savollarga ketma-ket javoblar yozilib ,birinchi partaga yetib keladi va
o’qituvchiga tegadi. Topshiriqni birinchi topshirgan va javoblarning sifatiga
qarab qaysi zveno ilg’or chiqqanini kelasi darsda e’lon qilinadi.
Quyidagi ba’zi bir mavzularga oid masala va mashqlardan iborat
topshiriqlardan misollar keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: