O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya va valeologiya asoslari kafedrasi



Download 19,5 Mb.
bet86/247
Sana17.01.2022
Hajmi19,5 Mb.
#383088
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   247
Bog'liq
Мajmua XFX барчага 2018

2. Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 oktyabrdagi “Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning tasnifi to`g’risida”gi 455-son qarorining qisqacha mohiyati

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 oktyabrdagi 455-sonli «Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning tasnifi to`g’risida»gi qarorida mamlakatimiz hududida sodir bo`lishi mumkin bo`lgan barcha favqulodda vaziyatlar kelib chiqish harakteriga va o`lchamlariga ko`ra tasniflab berilgan.

Quyida qaror keltirilgan:

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

TEXNOGEN, TABIIY VA eKOLOGIK TUSDAGI FAVQULODDA VAZIYATLARNING TASNIFI TO`G’RISIDA

Aholi va hududlarni tabiiy va Texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning tasnifi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

O`zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O`. SULTONOV

Toshkent sh.,

1998 yil 27 oktyabr’,

455-son


Vazirlar Mahkamasining 1998 yil
27 oktyabrdagi 455-son qaroriga
ILOVA

Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning

TASNIFI

Favqulodda vaziyatlar* ularning vujudga kelish sabablariga (manbalariga) ko`ra tasnif qilinadi va ular ushbu vaziyatlarda zarar ko`rgan odamlar soniga, moddiy zararlar miqdoriga va ko`lamlariga (hududlar chegaralariga**) qarab lokal, mahalliy, respublika va transchegara turlariga bo`linadi.

* Favqulodda vaziyat — bu muayyan hududda o`zidan so`ng odamlarning qurbon bo`lishi, odamlar sog’lig’i yoki atrof-muhitga ziyon etkazishi, kishilarning hayot faoliyatiga kattagina moddiy zarar hamda uning buzilishiga olib kelishi mumkin bo`lgan yoki olib kelgan avariya, halokat, stihiyali ofat, epidemiyalar, epizootiyalar natijasida yuzaga kelgan holatdir.

** Favqulodda vaziyatlar — hududlar chegaralari, ularni bartaraf etish ishlari, rahbarlari tomonidan Favqulodda vaziyatlar oqibatlari (shikastlovchi omillar) tarqalishiga qarab belgilanadi.

I. TEXNOGEN TUSDAGI FAVQULODDA VAZIYATLAR

1. Transport avariyalari va halokatlari:

ekipaj a`zolari va yo`lovchilarning o`limiga, havo kemalarining to`liq parchalanishiga yoki qattiq shikastlanishiga hamda qidiruv va avariya-qidiruv ishlarini talab qiladigan aviahalokatlar;

yong’inga, portlashga, harakatlanuvchi tarkibning buzilishiga sabab bo`lgan va temiryo`l hodimlarining, halokat hududidagi temiryo`l platformalarida, vokzallar binolarida va shahar imoratlarida bo`lgan odamlar o`limiga, shuningdek tashilayotgan kuchli ta`sir ko`rsatuvchi zaharli modda (KTKZM)lar bilan halokat joyiga tutash hududning zaharlanishiga olib kelgan temiryo`l transportidagi halokatlar va avariyalar (ag’darilishlar);

portlashlarga, yong’inlarga, transport vositalarining parchalanishiga, tashilayotgan KTKZMlarning zararli hossalari namoyon bo`lishiga va odamlar o`limi (jarohatlanishi, zaharlanishi)ga sabab bo`ladigan avtomobil’ transportining halokati va avariyalari, shu jumladan, yo`l-transport hodisalari;

odamlarning o`limiga, shikastlanishiga va zaharlanishiga, metropoliten poezdlari parchalanishiga olib kelgan metropoliten bekatlaridagi va tunellaridagi halokatlar, avariyalar, yong’inlar;

gaz, neft’ va neft’ mahsulotlarining (avariya holatida) otilib chiqishiga, ochiq neft’ va gaz favvoralarining yonib ketishiga sabab bo`ladigan magistral quvurlardagi avariyalar.

2. Kimyoviy havfli ob`ektlardagi avariyalar:

atrof-tabiiy muhitga kuchli ta`sir qiluvchi zaharli moddalarning (avariya holatida) otilib chiqishiga va shikastlovchi omillarning odamlar, hayvonlar va o`simliklarning ko`plab shikastlanishiga olib kelishi mumkin bo`lgan yoki olib kelgan darajada, yo`l qo`yiladigan chegaraviy kontsentratsiyalardan ancha ortiq miqdorda sanitariya-himoya hududidan chetga chiqishiga sabab bo`ladigan kimyoviy havfli ob`ektlardagi avariyalar, yong’in va portlashlar.

3. YOng’in-portlash havfi mavjud bo`lgan ob`ektlardagi avariyalar:

tehnologik jarayonda portlaydigan, oson yonib ketadigan hamda boshqa yong’in uchun havfli moddalar va materiallar ishlatiladigan yoki saqlanadigan ob`ektlardagi, odamlarning mehanik va termik shikastlanishlariga, zaharlanishiga va o`limiga, asosiy ishlab chiqarish fondlarining nobud bo`lishiga, Favqulodda vaziyatlar hududlarida ishlab chiqarish tsiklining va odamlar hayot faoliyatining buzilishiga olib keladigan avariyalar, yong’inlar va portlashlar;

odamlarning shikastlanishiga, zaharlanishiga va o`limiga olib kelgan hamda qidirish-qutqarish ishlarini o`tkazishni, nafas olish organlarini muhofaza qilishning mahsus anjomlarini va vositalarini qo`llanishni talab qiluvchi ko`mir shahtalaridagi va kon-ruda sanoatidagi gaz va chang portlashi bilan bog’liq avariyalar, yong’inlar va jinslar qo`porilishi.

4. energetika va kommunal tizimlardagi avariyalar:

sanoat va qishloq ho`jaligi mas`ul iste`molchilarining avariya tufayli energiya ta`minotisiz qolishiga hamda aholi hayot faoliyatining buzilishiga olib kelgan GES, GRES, TETSlardagi, tuman issiqlik markazlaridagi, elektr tarmoqlaridagi, bug’qozon qurilmalaridagi, kompressor va gaz taqsimlash shohobchalaridagi va boshqa energiya ta`minoti ob`ektlaridagi avariyalar va yong’inlar;

aholi hayot faoliyatining buzilishiga va salomatligiga havf tug’ilishiga olib kelgan gaz quvurlaridagi, suv chiqarish inshootlaridagi, suv quvurlaridagi, kanalizatsiya va boshqa kommunal ob`ektlardagi avariyalar;

atmosfera, tuproq, er osti va er usti suvlarining odamlar salomatligiga havf tug’diruvchi darajada kontsentratsiyadagi zararli moddalar bilan ifloslanishiga sabab bo`lgan gaz tozalash qurilmalaridagi, biologik va boshqa tozalash inshootlaridagi avariyalar.

5. Odamlar o`limi bilan bog’liq bo`lgan va zudlik bilan avariya-qutqaruv ishlari o`tkazilishini hamda zarar ko`rganlarga shoshilinch tibbiy yordam ko`rsatilishini talab qiladigan maktablar, kasalhonalar, kinoteatrlar va boshqa ijtimoiy yo`nalishdagi ob`ektlar, shuningdek uy-joy sektori binolari konstruktsiyalarining to`satdan buzilishi, yong’inlar, gaz portlashi va boshqa hodisalar.

6. Radioaktiv va boshqa havfli hamda ekologik jihatdan zararli moddalardan foydalanish yoki ularni saqlash bilan bog’liq avariyalar:

sanitariya - himoya hududi tashqarisiga chiqarib tashlanishi natijasida paydo bo`lgan yuqori darajadagi radioaktivlik odamlarning yo`l qo`yiladigandan ko`p miqdorda nurlanishini keltirib chiqargan tehnologik jarayonda radioaktiv moddalardan foydalanadigan ob`ektlardagi avariyalar; radioaktiv materiallarni tashish vaqtidagi avariyalar;

atrof-muhit va odamlar salomatligi uchun havf tug’diruvchi radioaktiv chiqindilar to`plagichlardagi, chiqindihonalardagi, ishlam to`plagichlardagi va zaharli moddalar ko`miladigan joylardagi avariyalar (o`pirilishlar);

radioizotop buyumlarning yo`qotilishi;

biologik vositalarni va ulardan olinadigan preparatlarni tayyorlash, saqlash va tashishni amalga oshiruvchi ilmiy-tadqiqot va boshqa muassasalarda biologik vositalarning atrof-muhitga chiqib ketishi yoki yo`qotilishi bilan bog’liq vaziyatlar.

7. Gidrotehnik halokatlar va avariyalar:

suv omborlarida, daryo va kanallardagi buzilishlar, baland tog’lardagi ko`llardan suv urib ketishi natijasida vujudga kelgan hamda suv bosgan hududlarda odamlar o`limiga, sanoat va qishloq ho`jaligi ob`ektlari ishining, aholi hayot faoliyatining buzilishiga olib kelgan va shoshilinch ko`chirish tadbirlarini talab qiladigan halokatli suv bosishlari.

II. TABIIY TUSDAGI FAVQULODDA VAZIYATLAR

1. Geologik havfli hodisalar:

odamlar o`limiga, ma`muriy-ishlab chiqarish binolarining, tehnologik asbob-uskunalarning, energiya ta`minoti, transport kommunikatsiyalari va infratuzilma tizimlarining, ijtimoiy yo`nalishdagi binolarning va uy-joylarning turlicha darajada buzilishiga, ishlab chiqarish va odamlar hayot faoliyatining izdan chiqishiga olib kelgan zilzilalar;

odamlar o`limiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo`lgan va havfli hududdan odamlarni vaqtincha ko`chirishni yoki havfsiz joylarga doimiy yashash uchun ko`chirishni talab qiluvchi er ko`chishlari, tog’ o`pirilishlari va boshqa havfli geologik hodisalar.

2. Gidrometeorologik havfli hodisalar:

odamlar o`limiga, aholi punktlarini, ba`zi sanoat va qishloq ho`jaligi ob`ektlarini suv bosishiga, infratuzilmalar va transport kommunikatsiyalari, ishlab chiqarish va odamlar hayot faoliyati buzilishiga olib kelgan va shoshilinch ko`chirish tadbirlari o`tkazilishini talab qiladigan suv toshqinlari, suv to`planishi va sellar;

aholi punktlaridagi, sanatoriy, dam olish uylaridagi, sog’lomlashtirish lagerlaridagi odamlarning, turistlar va sportchilarning jarohatlanishiga va o`limiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo`lgan qor ko`chkilari, kuchli shamollar (dovullar), jala va boshqa havfli gidrometeorologik hodisalar.

3. Favqulodda epidemiologik, epizootik va epifitotik vaziyatlar:

o`lat, vabo, sarg’ayma isitma kabi siyrak uchraydigan kasalliklarni keltirib chiqargan alohida havfli infektsiyalar;

odamlarda uchraydigan yuqumli kasalliklar rikketsiyalar — epidemik toshmali terlama, Bril’ kasalligi, Ku-isitma;

zoonoz infektsiyalar — Sibir’ yarasi, quturish;

virusli infektsiyalar — SPID;

epidemiya — alohida havfli infektsiyalarga tegishli bo`lmagan, yuqish manbai bitta yoki yuqish omili bir hil bo`lgan odamlarning guruh bo`lib yuqumli kasallanishi, bir aholi punktida — 50 kishi va undan ortiq;

aniqlanmagan etiologiya bilan guruh bo`lib kasallanish — 20 kishi va undan ortiq;

tashhisi aniqlanmagan bezgak kasalligi — 15 kishi va undan ortiq;

o`lim yoki kasallanish darajasi o`rtacha statistik darajadan 3 baravar va undan ortiq bo`lgan vaziyat;

zaharli moddalar bilan zaharlanish — jabrlanganlar soni — 10 kishi, vafot etganlar soni — 2 kishi va undan ortiq:

oziq-ovqatdan ommaviy zaharlanish — jabrlanganlar soni — 10 kishi, vafot etganlar soni — 2 kishi va undan ortiq;

epizootiya — hayvonlarning ommaviy kasallanishi yoki nobud bo`lishi;

epifitotiya — o`simliklarning ommaviy nobud bo`lishi.

III. eKOLOGIK TUSDAGI FAVQULODDA VAZIYATLAR

1. Quruqlik (tuproq, er osti)ning holati o`zgarishi bilan bog’liq vaziyatlar:

halokatli ko`chkilar — foydali qazilmalarni qazish chog’ida er ostiga ishlov berilishi va insonning boshqa faoliyati natijasida paydo bo`luvchi er yuzasining o`pirilishi, siljishi;

tuproq va er ostining sanoat tufayli kelib chiqqan toksikantlar bilan ifloslanishi, og’ir metallar, neft’ mahsulotlari,shuningdek qishloq ho`jaligi ishlab chiqarishida odamlarning sog’lig’i uchun havf soluvchi kontsentratsiyalarda qo`llaniladigan pestitsidlar va boshqa zaharli himikatlar mavjudligi.

2. Atmosfera (havo muhiti) tarkibi va hossalari o`zgarishi bilan bog’liq bo`lgan vaziyatlar:

havo muhitining quyidagi ingridientlar bilan ekstremal yuqori ifloslanishi:

oltingugurt dioksid, dioksid va azotli oksid, uglerodli oksid, dioksin, qurum, chang va odamlar sog’lig’iga havf soluvchi kontsentratsiyalarda antropogen tusdagi boshqa zararli moddalar;

katta ko`lamda kislotali zonalar hosil bo`lishi va ko`p miqdorda kislota chiqindilari yog’ilishi;

radiatsiyaning yuqori darajasi.

3. Gidrosfera holatining o`zgarishi bilan bog’liq vaziyatlar:

er yuzasi va er osti suvlarining sanoat va qishloq ho`jaligi ishlab chiqarishi oqovalari: neft’ mahsulotlari, odamlarning zaharlanishiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo`lgan tarkibida og’ir metallar, har hil zaharli himikatlar bor bo`lgan chiqindilar va boshqa zararli moddalar bilan ekstremal yuqori darajada ifloslanishi;

binolar, muhandislik kommunikatsiyalari va uy-joylarning emirilishiga olib kelishi mumkin bo`lgan yoki olib kelgan sizot suvlar darajasining oshishi;

suv manbalari va suv olish joylarining zararli moddalar bilan ifloslanishi oqibatida ichimlik suvning keskin etishmasligi.

IV. LOKAL, MAHALLIY, RESPUBLIKA VA TRANSCHEGARALI FAVQULODDA VAZIYATLAR

1. Lokal favqulodda vaziyatga favqulodda vaziyat natijasida 10 dan ortiq bo`lmagan odam jabrlangan, yohud 100 dan ortiq bo`lmagan odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan, yohud moddiy zarar Favqulodda vaziyat paydo bo`lgan kunda eng kam oylik ish haqi miqdorining 1 ming baravaridan ortiq bo`lmaganni tashkil etadigan hamda Favqulodda vaziyat zonasi ishlab chiqarish ob`ekti yoki ijtimoiy maqsadli ob`ekt hududi tashqarisiga chiqmaydigan FavqulodTabiiyiyat tegishli bo`ladi.

2. Mahalliy favqulodda vaziyatga favqulodda vaziyat natijasida 10 dan ortiq, biroq 500 dan ko`p bo`lmagan odam jabrlangan, yohud 100 dan ortiq, biroq 500 dan ko`p bo`lmagan odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan, yohud moddiy zarar Favqulodda vaziyat paydo bo`lgan kunda eng kam oylik ish haqi miqdorining 1 ming baravaridan ortiqni, biroq 0,5 million baravaridan ko`p emas, tashkil etadigan hamda Favqulodda vaziyat zonasi aholi punkti, shahar, tuman, viloyat tashqarisiga chiqmaydigan favqulodda vaziyat tegishli bo`ladi.

3. Respublika favqulodda vaziyatiga favqulodda vaziyat natijasida 500 dan ortiq odam jabrlangan, yohud 500 dan ortiq odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan, yohud moddiy zarar favqulodda vaziyat paydo bo`lgan kunda eng kam oylik ish haqi miqdorining 0,5 million baravaridan ortiqni tashkil etadigan hamda favqulodda vaziyat zonasi viloyat tashqarisiga chiqadigan favqulodda vaziyat tegishli bo`ladi.

4. Transchegara favqulodda vaziyatga oqibatlari mamlakat tashqarisiga chiqadigan, yohud favqulodda vaziyat chet elda yuz bergan va O`zbekiston hududiga dahl qiladigan favqulodda vaziyat tegishli bo`ladi.

5. Tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarga (jala, do`l, tuproq, er osti va suvning neft’ mahsulotlari, og’ir metallar, pestitsidlar va boshqa zaharli himikatlar bilan ifloslanishi, atmosferaning yo`l qo`yiladigan chegaraviy kontsentratsiyadan ortiq zararli ingredientlar bilan ekstremal ifloslanishi va boshqalar) qarshi muqobil harakat qilish maqsadida mazkur Nizomda nazarda tutilmagan miqdor ko`rsatkichlar favqulodda vaziyatlarning odamlarning hayoti, sog’lig’iga va atrof muhitga ta`sirining aniq darajasiga qarab atrof tabiiy muhitning holatini kuzatuvchi va nazorat qiluvchi vazirliklar va idoralar hamda O`zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining tegishli rahbar organlari tomonidan belgilanadi.


Download 19,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish