O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti ahmadaliyev A’zamjon Rustamovich. «Kurashchilarning tehnik tayorgarligini mahsus harakatli o`yinlar yordamida rivojlantirish uslubiyoti»



Download 124,03 Kb.
bet26/28
Sana06.01.2022
Hajmi124,03 Kb.
#323041
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
09.07.2021

IIIBOB. TADQIQOT NATIJALARI

3.3.Kurashda texnik harakatlarni amalga oshirishdagi maxsus harakatli o’yinlar orqali rivojlantirish.

Nazorat guruhi 2-BO’SM dasturi asosida mashg'ulotlarga qatnashgan bo’lsa, tadqiqot guruhi 6 oy davomida (2020 yil dekabr-2021 yil may oylarida) harakatlarni amalga oshirishdagi chidamlilikni rivojlantirishga yo’naltirilgan vositalar qo’llanildi. erkin kurashichilarning texnik- taktik harakatlarni amalga oshirishdagi chidamlilikni rivojlantirishga yo’naltirilgan jismoniy mashqlar samarasini oshirish uchun quyidagi uslublar qo’llanildi: takroriy kuchlanishlar; qisqa muddatli maksimal kuchlanishlar; tobora o’sib boradigan og'irliklar; zarbaviy; izometrik kuchlanishlar uslublari;

Takroriy kuchlanishlar uslubi shundan iboratki, sportchi mashqni “songi nafasigacha” bajarishda maksimal og'irlikdan 70-80% ga teng bo`lgan mashqlarini takroran bajaradi. Ushbu uslub kuch mashqini bajarishni nazarda tutadi. Har bir seriya - “so’ngi nafasgacha”, hammasi bo’lib 3-4 seriya, seriyalar o’rtasidagi dam olish oralig'i 4-6 minut. Takroriy kuchlanishlar uslubining bir turi dinamik kuchlanish uslubi xisoblanadi.

Mashqlarni maksimaldan 20-30% oraliqda chegaradagi tezkorlikda bajarish bilan tavsiflanadi. Bunda katta mushak zo’riqishiga og'irlik vazni hisobiga emas, balki yuqori tezlikdagi harorat xisobiga erishildi.

Qisqa muddatli maksimal kuchlanish uslubi hozirgi paytda mushaklarning mutloq kuchini oshirish uchun eng samarali hisoblanadi. U chegaradagi va chegaraga yaqin bo’lgan og'irliklar bilan ishlashni nazarda tutadi. Mushaklar trenirovkasida maksimal kuchlanishlar uslubi trenajerlar va bitta yondashishda bitta ikkita harakatlar yordamida, katta og'irlikdagi shtanga bilan bajariladigan mashqlarda jim, silatin ko’tarilish, dast ko’tarish, o’tirib turish namoyon buladi. Trenirovkada hammasi bo’lib, 3-4 yondashish bajariladi. Yondashishlar o’rtasidagi dam olish oralig'i 3-5 minut.

Tobora o’sib boradigan og'irliklar uslubi bitta trenirovka mashg'uloti singari keyingilarda ham qarshilik ko’rsatish hajmining asta-sekin o’sib borishini nazarda tutadi.

Trenirovka mashg'ulotida sportchi 10 marta ko’tara oladigan (10 MT) og'irlikdan 50 % ga teng og'irlik bilan boshlash tavsiya etiladi, ikkinchi yondashishda mashq 10 MT dan 75 % og'irlik bilan bajariladi, uchinchi yondashishda esa 10 MT dan 100 % og'irlik bilan bajariladi. Trenirovka davomida hammasi bo’lib 3 ta yondashish amalga oshiriladi. Yondashishlar o’rtasidagi dam olish oralig'i 2-4 minut. Har bir yondashishda mashq chegaradagi tezlik bilan aniq toliqib qolgunga qadar bajariladi.

Zarbaviy uslub, og'irlikning kenetik energiyasi va shahsiy gavda og'irligidan foydalanish yo’li orqali mushak guruhlarini zarbdor rag'batlantirishga asoslangan.

Mashqlanayotgan mushaklarning kamayayotgan og'irlik energiyasini yutib olib, mushaklarning faol xolatga keskin o’tishiga, ish kuchlanishining tez rivojlanishiga yordam beradi, mushakda qo’shimcha kuchlanish imkonichtini xosil qiladi. Bu keyingi itaruvchi harakat shiddati va tezkorligini hamda qoloq ishdan yengib o’tiladigan ishga tez o’tishini ta'minlaydi. oyoqlar potrlovchan kuchini rivojlantirishning zarbdor uslubini qo’llash usuli sifatida chuqurlikka sakrab, ketidan balandlikka yoki uzunlikka sakrash bilan bajariladigan mashqlarni aytish mumkin, mashq 70-80 sm balandlikdan oyoq tizzalarini bir oz bukkan xolda yerga tushib, keyingi tez va shiddat bilan yuqoriga otilib chiqish orqali bajariladi. Sakrashlar seriyalab: 2-3 seriyadan, har bir seriyada 8-10 tadan sakrashlar bajariladi. Seriyalar o’rtasidagi dam olish oralig'i 3-5 minut. Mashq xaftada ko’pi bilan ikki marta bajariladi.

Mushaklarning izometrik kuchlanishi uslubi turli mushak guruhlarining 4-6 sek. dvom etadigan statik maksimal kuchlanishni nazarda tutadi. Izometrik mashqlarning qiymati shundaki, ularning hajmi uncha, katta emas, ko’p vaqt olmaydi, bajarishi ancha oson. Bundan tashqari, ularning yordamida ma'lum bir mushak guruhiga zarur holatlarda, gavda qismlarini bo’lish yoki yozishning tegishli bo’g'im burchaklarida tanlab ta'sir ko’rsatish mumin.

Chidamlilik sifatlarini rivojlantirish uchun har xil cho’zish mashqlardan foydalanish, zarbdor rejim, sakrovchanlik mashqlari, kompleks va trenajyor moslamalaridan keng foydalanish zarur. Chidamlilik sifatlarini rivojlantirish uchun Yu.M.Zakaryayev reaktiv tez xarakat va sakrash metodlaridan foydalanish kurashda yaxshi natija berishini aytib, quyidagi mashqlarni tavsiya etadi.

Joyidan turib uzunlikka sakrash, yugurib kelib uzunlikka sakrash, balandga sakrash, chuqurga sakrash va yuqoriga sapchish, maxsus koptokni uloqtirish, yadro uloqtirish, gir uloqtirish, ikki qo’llab o’zidan oldinga va orqaga uloqtirish, harakatli o’yinlar tezkorlik bilan uzviy bor liq bo’lgan, yugurish bilan bog'liq bo’lgan estafetalar, sakrash bilan bog'lik bo’lgan, to’siqlardan o’tish estafetalar, sport o’yinlari (tennis, futbol, basketbol), bir oyoqda sakrash, ikki oyoqda sakrash, oldinga sakrash, ikki oyoqda sakrash, oldinga harakatlanish, orqaga, yonga sakrash, joyida turib sakrash, yugurib kelib (koptok, basketbol, hit) sakrash.

Kombinasion harakatlarni amalga oshirishdagi chidamliligini rivojlantirishning o’ziga xos tomoni, asosiy metodik trenirovkalar davomiyligi umumiy chidamlilikni rivojlantirishga qaratilgandir.

Trenirovka jarayonida quyidagilar chidamlilikning rivojlanishiga yordam berdi; 1) yuklama hajmi 2) harakat tempi 3) ish davomiyligi va xarakteri

4) trenirovka darslar oralig'i 5) trenirovkalar davrlarining teng bo’linishi

6) boshlang'ich daraja

Chidamliligini rivojlantirining asosiy yo’llari, ishni 25-50% og'irlikda maksimal kuchda o’rtacha temp bilan bajarildi. Bu ishda bir xil og'irlikda, bir xil tempda kuch chidamliligini rivojlantirish uchun samara bo’ladi, agar ish og'ir toliqqanda bajarilsa (oxirgi kuchgacha). natija yaxshilanadi. Nazorat va tadqiqot guruhlarida tadqiqot boshlanishi va yakuni qayd etilgan ko’rsatkichlar №2-3 jadvalda ko’rsatilgan. Jadvaldan ko’rinib turibdiki, nazorat va tadqiqot guruhlarida kuzatilgan natijalar dinamikasi tanlangan mavzuning asosiy va uning oldiga qo’yilgan ilmiy faraz to’la-to’kis ijobiy xol etilganini isbot qildi.

Yuqorida qayd etilgan tadqiqot natijalari tadqiqot guruhida aylangan yo’naltirilgan jismoniy mashqlar majmuasini afzalligidan dalolat beradi.

Tadqiqot guruhida qayd etilgan maxsus chidamlik malakali erkin kurashchilarida kuzatilgan natija darajasida rivojlanganligi tasdiqlandi. Ushbu taqqoslov qo’llarni bukuvchi va yozuvchi mushaklar kuchiga ham taaluqli.

Nazorat va tadqiqot guruhlari tarkibidagi kurashchilar vestibulyar analizatorining aylanma tezlanish ta'siriga qarshi turg'unligi yo’naltirilgan jismoniy mashqlarni aylanma tezlanishlar ta'sirida qo’llash natijasida shakllangan vestibulyar turg'unlik (tadqiqot guruhida) muvozanat saqlash funksiyasini anchagina mukammalashganini tasdiqlaydi.

Bunday uslubiyat asosida muvozanat saqlash turg'unligini mashg'ulotlar davomida orttira borish sport mahoratini shakllantirish, qolaversa musobaqa taqdirini ijobiy xal qilish imkonini beradi.

Tadqiqotlar natijasida tadqiqot guruhi barcha ko’rsatkichlar bo’yicha nazorat guruhiga nisbatan yuqori natijalarga erishdi.

O’z vazniga teng sherikni 60 sekund davomida “yelkalardan oshirib tashlash” texnik-taktik xaraktini bajarishda nazorat guruhidagi ko’rsatkich 0,58% o’sish bo’lsa, tadqiqot guruhida esa bu ko’rsatkich 8,42% ni tashkil etdi.

O’z vazniga teng sherikni 60 sekund davomida “qo’lidan tortib yelkalardan oshirib tashlash” texnik-taktik xaraktini i bajarish nazorat guruhida 0,52% o’sish bo’lsa, tadqiqot guruhida esa bu ko’rsatkich 10,53% ni tashkil etdi..

O’z vazniga teng sherikni 60 sekund davomida “qo’l va bo’yinni old-tepadan ushlab qayirib yiqitish - yelkalardan oshirib tashlash” texnik-taktik xaraktini bajarish nazorat guruhida 2,09% o’sish bo’lsa, tadqiqot guruhida esa bu ko’rsatkich 9,49% ni tashkil etdi.

O’z vazniga teng sherikni 60 sekund davomida “qo’l va belini ushlab beldan oshirib tashlash” texnik-taktik xaraktini i bajarish nazorat guruhida 2,24% o’sish bo’lsa, tadqiqot guruhida esa bu ko’rsatkich 2,88% ni tashkil etdi.

O’z vazniga teng sherikni 60 sekund davomida “qo’lidan tortib beldan oshirib tashlash” texnik-taktik xaraktini bajarish nazorat guruhida 19,3% o’sish bo’lsa, tadqiqot guruhida esa bu ko’rsatkich 2,08% ni tashkil etdi.

O’z vazniga teng sherikni 60sekund davomida qo’l va bq’yinni old-tepadan ushlab qayirib yiqitish - yelkadan oshirib tashlash texnik-taktik xaraktini bajarish nazorat guruhida 2,79% o’sish bo’lsa, tadqiqot guruhida esa bu ko’rsatkich 10,28% ni tashkil etdi.



Yuqoridagi foiz bo’yicha O’zgarishdan tashqari B.Pirson bo’yicha bog'liqlik darajasi ham ko’rib chiqildi. Unga ko’ra (№4 jadval), nazorat guruhidagi tadqiqot boshi va ohiridagi ko’rsatkichlarning bog'liqligi - 0,99 (yuqori darajadagi bog'liqlik)ni ko’rsatdi. Tadqiqot guruhidagi tadqiqot boshi va ohiridagi ko’rsatkichlarning bog'liqligi - 0,97 (yuqori darajadagi bog'liqlik)ni ko’rsatdi.


Download 124,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish