O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti “tasdiqlayman”



Download 3,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/294
Sana05.01.2022
Hajmi3,77 Mb.
#317960
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   294
Bog'liq
fizikani oqitish texnologiyalari va loyihalashtirish

Fizika  chuqur  o’rganiladigan
  aniq  fanlar  va  tabiiy  fanlar  yo’nalishidagi 
akademik  litseylarda  fizika  asosiy  fan  sifatida  o’qitiladi.  SHu  munosabat  bilan  bu 
tipdagi litseylarda fizika o’qitishga alohida e’tibor qaratilishi zarur. 
Akademik  litseylarning
  bu  yo’nalishidagi  turlari  uchun  fizikadan    alohida 
dastur ishlab chiqilgan bo’lib, dasturda fizikani o’qitishning maqsadi etib quyidagilar 
belgilangan: 
-
 
umumiy o’rta ta’lim asosida fizikadan fundamental bilim berish; 
-
 
fizik  nazariya  kuzatishlar,  tajribalar  va  hodisalar  haqidagi  ma’lumotlarni 
umumlashtirilgan shakli ekanligini ko’rsatish; 
-
 
nazariya bilan  amaliyotning uzviy bog’liqligini ko’rsatish; 
-
 
fizikaning amaliy ahamiyatini ko’rsatish; 
-
 
fanga nisbatan qiziqish uyg’otish; 
-
 
fizikani o’rganishni davom ettirishga zamin yaratish. 
Dasturda  o’qitishning  maqsadidan  kelib  chiqqan  holda  fizika  o’qitishni 
vazifalari ham belgilab berilgan. Litseylarda fizikani mexanikadan boshlab elementar 
zarralar fizikasigacha bo’lgan barcha bo’limlarini hozirgi zamon talablari darajasida 
o’rganish  mo’ljallangan.  Uning  har  bir  bo’limidagi  mavzular  nomi  o’rta  ta’lim 
maktablarida  o’rganilgan  mazular  nomi  bilan  bir  xil  bo’lsada,  ular  mazmun  va 
murakkablik  darajasi  jihatidan  katta  farq  qiladi,  qonunlar  va  jarayonlar  qisman 
takrorlanishi  bilan  birgalikda  ular  chuqurroq  qaraladi,  ularning  ro’y  berish  hamda 
bajarilish  sharoitlari  chuqur  tahlil  qilinishi  ko’zda  tutilgan.  SHuningdek,  fizikaning 
hozirgi  zamon  texnikasi  va  texnologiyasida  qo’llanilishi,  uning  muammolari  bilan 
tanishtiriladi. 
Kurs  talabani  fanga  qiziqtirish,  fizikaning  fundamental  asoslarini  o’rganish, 
hamda yetarli amaliy ko’nikma va malakalar hosil qilishiga qaratilgan. 
Akademik litseylarda talabalar fizika kursi bo’yicha chuqur bilimga ega bo’lib, 
oliy  o’quv  yurtlarida  esa  o’zlari  tanlagan  yo’nalish  bo’yicha  ko’proq  tayyorlanish 
imkoniyatiga ega bo’ladilar. 
So’nggi  yillarda  fizika  sohasida  katta  o’zgarishlar  sodir  bo’lmoqda  va  uning 
yutuqlari  hayotda,  tabiatda,  texnikada  va  ekologiyada  o’z  aksini  topgan,  unda 
shuningdek,  O’rta  Osiyo  va  O’zbekistonda  fizikaning  rivojlanishi  va  unga  hissa 
qo’shgan vatanimiz olimlarining ishlarini o’rganish ham rejalashtirilgan. 
 Dastur bo’yicha fizika kursi  uchta qismga bo’lingan: 


 
30 
1)
 
“Mexanika va molekulyar fizika”; 
2)
 
“Elektrodinamika asoslari”; 
3)
 
“Tebranishlar va to’lqinlar. Optika. Atom va yadro fizikasi”. 
Bu  qismlarini  har  birini  o’rganish  uchun  240  soatdan  ajratilgan  bo’lib,  bu 
soatlardan  80  soati  ma’ruza,  120  soat  masalalar  yechish,  40  soat  esa  laboratoriya 
ishlarini  bajarish  uchun  ajratilishi  tavsiya  qilinadi.  Ko’rinib  turibdiki,  vaqtning 
salmoqli  qismi  amaliy  mashg’ulotlar  uchun  sarflanishi  tavsiya  etilmoqda,  bunga 
sabab  yoshlarda  amaliy  ko’nikma  va  malakalarni  yetarli  darajada  shakllantirishdan 
iboratdir.  Umumiy  soatlar  miqdorini  o’zgartirmagan  holda  o’qituvchi    soatlarni 
bo’limlar bo’yicha taqsimotini 10-15% gacha o’zgartirishi mumkin. 
Akademik  litseylarni  tugallagan  yoshlar  keyinchalik  Oliy  o’quv  yurtlarida 
o’zlari  tanlagan  yo’nalishda  o’qishni  davom  ettirishini  inobatga  olgan  holda  shu 
paytgacha  faqat  Oliy  o’quv  yurtlarida  o’rganilib  kelingan  ayrim  mavzular  ham 
dasturga  kiritilgan  bo’lib,  bu  mavzularni  soddalashtirilgan  holda,  isbotlarsiz,  berish 
tavsiya etiladi. 
Dasturda  akademik  litsey  talabalarini  fizikadan  bilim  va  malakasiga 
qo’yiladigan talablar ham keltirilgan bo’lib,  o’qituvchi talabalarni baholashda ularga 
asoslanadi. 
So’ngi  paytlarda  mazmunan  yaqin  fanlarni  biriktirish  (integratsiyalash) 
bo’yicha turli fikrlar bildirilmoqda. Ayrim mutaxassislar bu fikrni qo’llab-quvvatlab, 
uni o’rinli ekanligini ta’kidlashsa, boshqa bir guruhlari esa bunga qarshi turishmoqda. 
Bu  borada  bizning  respublikamizda  amaliy    ishlar  boshlangan.  Jumladan,  umumiy 
o’rta  ta’lim  maktablari    fizika  kursi  tarkibiga  astronomiya  elementlari  kiritilgan. 
Fizika kursi dasturida “Koinot fizikasi” bo’limi mavjud bo’lib, unda koinot tuzilishi 
yulduzlar  turlari,  quyoshning  harakati,  ekliptika,  Kepler  qonuni,  Oyning  harakati, 
Quyosh  va  Oy  tutilishi,  sayyoralar  va  yo’ldoshlar,  Quyosh  sistemasining  tuzilishi, 
galaktikaning  tuzilishi,  koinot  tuzilishi  haqida  o’quvchilarga  bilim  berish 
rejalashtirilgan.  Bu  bo’limning  kiritilishi,  umumiy  o’rta  ta’lim  maktablarini 
bitirganlar tugallangan bilim olishlari zarurligi, hamda astranomiya elementlari bilan 
yoshlarni  tanishtirish,  ularning  ilmiy  dunyoqarashini  shakllanishiga  yordamlashishi 
bilan asoslanadi. 
Astronomiya  bo’yicha  ayrim  elementlar  maktabda  o’tiladigan  tabiatshunoslik, 
geografiya va boshqa predmetlar tarkibiga ham kiritilgan. 
 

Download 3,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish