O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti “tasdiqlayman”


seminar, laboratoriya mashg’ulotlari, o’quvchilarning mustaqil ta’limini



Download 3,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet222/294
Sana05.01.2022
Hajmi3,77 Mb.
#317960
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   294
Bog'liq
fizikani oqitish texnologiyalari va loyihalashtirish

seminar, laboratoriya mashg’ulotlari, o’quvchilarning mustaqil ta’limini 
loyihalashtirish

 
Fizikadan o’quv predmeti sifatida o’quvchilarda juda katta qiziqish uyg’otish kerak. 
SHuning  uchun,  har  o’quv  yilida  har  guruhda  o’tilgan  mavzular  bo’yicha  har  xil  fizik  
kechalar uyushtirish juda samaralidir, chunki o’quvchi o’tilgan darsda har xil tushunchalar 
va formulalar bilan tanishadi. 
 
Fizikaga oid asbob va uskunalardan foydalanish, sodda o’lchov va tajribalar asosida 
xulosalar chiqarishga o’rganadi. 
 
Fizikaviy  kecha  berilgan  bilimlarni  mustaxkamlanishining  noan’anaviy  bir 
ko’rinishidir.  Fizik  kechada  har  bir  o’quvchi  o’zining  ochilmagan  qirralarini  namoyon 
qilishi,  jumladan  aktyorlik  mahoratini  namoyon  etishi  mumkin.  Fizik  kechalardan  biri 
haqida  fikr  yuritamiz.  Masalan,  “Tebranish  va  yana  tebranish”  mavzusidagi  fizik  kechani 
o’tkazish metodikasi bilan tanishaylik. 
 
Tadbirning  maqsadi:  o’rganilgan  materialni  mustaxkamlash  va  takrorlash, 
o’quvchilarning  dunyoqarashlarini  shakllantirish,  estetik  did  va  qiziqishlarini  tarbiyalash, 
mustaqil holda adabiyotlardan foydalanishga o’rgatish. 
 
Zaruriy  jihozlar:  plakatlar,  demonstratsion  tajribalar,  devoriy  gazetalar,  qo’lda 
tayyorlangan fizik asboblar. 
 
Tadbirning davom etish vaqti – 2.5 soat. 
Bunda  “Tebranishlar  va  to’lqinlar”  mavzusi  o’tilgandan  so’ng  har  bir  guruh  o’z 
komandasini tuzishi va uni himoya qilishi zarur. Har bir guruhga:  
a) fizik kechaning mavzusiga oid guruh nomini o’ylab topish; 
b) raqib komanda va jyuri a’zolari bilan tanishuv; 
v) dasturni tayyorlash topshiriladi. 
Tayyorlanish uchun 2 hafta vaqt beriladi. 
Kechaning borishi: 
Hay’at (jyuri) tarkibiga  guruh rahbarlari,  litseylarda  amaliyot o’tayotgan  talabalarni 
jalb etish mumkin. 
Har  bir  xay’at  a’zosi  kechaning  dastur  topshiriqlari  va  baholash  mezonlari  bilan 
tanishtirilishi lozim. 
Kechani o’tkazish bosqichlari va topshiriqlari quyidagilardan iborat:  
T/R 
 
Bosqichlar va topshiriqlar 
Komandalar (guruhlardan) olingan 
ballar (5 ballikda) 


 
132 
1. 
Salomlashish, tanishtiruv 
 
2. 
Hayot formulasi 
 
3. 
Krossvord 
 
4. 
Kim ko’p? 
 
5. 
Sardorlar bellashuvi 
 
6. 
Sahna ko’rinishi 
 
7. 
Pantamino  
 
8. 
Aytishuv  
 
 
Jami: 
 
 
1-bosqich:  
Salomlashish (uyga vazifa). O’quvchilar guruh nomini kechaning mavzusidan kelib 
chiqqan  holda  (masalan,  “Mayatnik”)  deb  tanlashlari,  salomlashishda  ham  “Tebranish” 
mavzusiga  asoslanishlari  mumkin.  Bu  ijodiy  topshiriq  bo’lib,  har  bir  guruh  o’z  qiziqishi 
bilimi va quvnoqliklarini namoyon etishadi. 
Kechaning  mazmunida  quyidagilar  bo’lishi  mumkin,  ya’ni  bunda  1-guruh  klassik 
tanishtirish, 2-guruh “Qishli qirovli kunlarning birida ...” deya nomlangan she’rni kechaning 
mavzusiga  moslab  fizikchasiga    o’zgartirishi,  3-guruh  va  4-guruh  sahna  ko’rinishini 
tayyorlashi,  shuningdek,  guruhlardan  biri 
LC
T

2

  formulasini  bosh  mavzu  qilib  olib, 
yana biri esa metronom tovushlari (urishlari) ostida “... vals” o’ynashi mumkin. 
O’quvchi tomonidan quyidagi she’r o’qilishi ham mumkin: 
Tebranishlar, tebranishlar, 
Sizlar – g’am va anduhlar. 
Mexanik, elektrik – har xil tebranishlar. 
Mana bir davr, 
Mana endi ikkinchisi ham 
Qanchalik u charchaydi, 
Qanchalik u jonga tegdi. 
 
2-bosqich:  
Hayot  formulasi.  Bunda  guruhlarga  oq  qog’oz  tarqatiladi  va  unga  o’quvchilar 
tebranishlarga  doir  formulalarni  yozib  borishlari  kerak.  Qanchalik  ko’p  formula  yozishsa, 
guruh shuncha ko’p ball to’playdi. 
3-bosqich:  
Krossvord. Guruhlarga “Tebranish” mavzusiga oid krossvordlar tarqatiladi va hay’at 
a’zolari    o’quvchilar  ishni  boshlashlaridan  oldin  vaqtni    belgilab  oladilar.  Qaysi  guruh 
birinchi bo’lib topshiriqni bajarsa, o’sha guruh g’olib hisoblanadi. Krossvordni o’qituvchilar 
kollektivi yoki hay’at a’zolari tomonidan  tuzish mumkin. 
4-bosqich: 
“Kim  ko’p?”.  Guruhlarga    “Elektromagnetizm”  so’zi  yozilgan  varaq  tarqatiladi. 
Bunda  “Tebranish”  mavzusining  har  bir  harfiga  iloji  boricha  ko’p  so’z  tuzish  kerak.  Kim 
ko’p yozsa, o’sha g’olib hisoblanadi. 
5-bosqich: 
Sardorlar  bellashuvi.  Har  bir  sardor  rasmda  tasvirlangan  asbobni  oladi.  Topshiriq: 
olgan asbob yordamida turli xil tebranish jarayonlarini ko’rsatish va tushuntirish kerak. Kim 
ko’p  hodisani ko’rsatsa va tushuntirsa, o’sha g’olib bo’ladi. 
6-bosqich: 
“Bir mayatnik diskatekadan qaytayotib ketvorgan tezlikni uchratib qoldi. U pod’ezd 
oldida ko’zlari to’rt bo’lib Rezonansni kutardi. Biroq, Rezonans...” kelmadi. 


 
133 
Tezlik  katta  chastotada  bezovtalana  boshladi,  biroq  shu  payt  uning  cho’ntagidagi 
uyali telefoni jiringlab qoldi. Bu qo’ng’iroqni Fazalar Siljishi qildi. U Rezonans bilan Grafik 
to’qnashib  qolib,  avtomobil  halokatida  halok  bo’lganini  yetkazdi.  Tezlik  xonim 
Rezonanssiz  yashay  olmasligini  bilardi.  Nima    qilish  kerak?  Uning  hayotida  eng  qiyin  ... 
davr boshlandi. 
7-bosqich: 
Pantomimo.  Guruh  sardori  qura  topshiriq  oladi.  Undagi  topshiriqda  guruh  sahna 
ko’rinishi  o’ynab  ko’rsatishi  (masalan,  rezonans,  harakatlanayotgan  mayatnik,  tebranish 
konturini tasvirlashi) kerak, boshqa guruhlar nima tasvirlanganini o’ylab topishlari kerak. 
 
8-bosqich: 
Aytishuv.  Bu  konkurs  dasturning  qo’shimcha  (zapas)  qismi  hisoblanadi.  Uning 
maqsadi  shundan  iboratki,  taqdim  etilgan  har  bir  ibora  yoki  ma’nosi  bo’yicha  teskarisini 
iloji boricha tez aytish kerak. Bunday ibora (yoki so’zlarni) guruhlar oldindan tayyorlaydiar, 
ularning  javoblarini  esa  raqib-guruhlar  yozadilar.  Masalan,  “tebranuvchi  harakat”  iborasi 
beriladi, uning teskarisi  “takrorlanmaydigan tinchlik” iborasi bo’ladi.  
Xulosa
  qilib  aytganda,  bunday  kechalar  o’quvchilarga  juda  yoqadi  va  ular  bunday 
tadbirga  ishtiyoq  bilan  tayyorlanadilar.  Bunda  o’quvchilar  o’zlarining  ijodiy 
izlanuvchanliklarini,  mustaqil  ishlash  qobiliyatlarini  namoyon  qiladilar.  Bu  bilan  ularning 
fizika faniga bo’lgan qiziqishlari ham yanada oshadi. 
 

Download 3,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish