3.5. Kompaniya raqobat mavqeining kuchli va zaif jihatlari Tarmoqdagi raqobat tarkibini o’rganishdagi keyingi qadam - bu raqobatlashayotgan kompaniyalarning bozordagi o’rnini aniqlashdir. Tarmoqdagi korxonalar raqobat mavqeini taqqoslashning asosiy usuli - bu strategik guruxlar kartasini to’zishdir.
Strategik guruxlar kartasi - tarmoqda raqobatlashayotgan Korxonalarning raqobat mavqelarini aks ettiruvchi asbobdir. Bu tahliliy usul tarmoqning umumiy tahlili va xar bir Korxonaning bozordagi mavqeini bir biriga bog’laydi. Buning uchun tarmoqda ishlayotgan barcha kompaniya va korxonalar strategik guruxlarga bo’linadi. Strategik guruxlarga raqobat uslubi va bozordagi mavqei bir xil bo’lgan Korxonalar kiritiladi. Bozordagi asosiy raqobatchilar nechta bo’lsa strategik guruxlar soni xam shuncha bo’ladi, ammo buning uchun raqobatchilarning xar biri o’zining raqobat usuliga va bozorda o’z mavqeiga ega bo’lishi lozim20.