8.4. Diversifikatsiyalangan korxonaning strategiyasini aniqlash
Diversifikatsiyalangan kompaniya strategiyasini baholashdagi asosiy masala, u kirib borayotgan tarmoqning jozibalilik masalasi xisoblanadi. Tarmoq qanchalik jozibali bo’lsa, korxona oldida foyda olishning shunchalik yaxshi o’zoq muddatli istiqbollari ochiladi. Tarmoqning jozibadorligini uchta yunalish bo’yicha baholash mumkin:
1. Portfeldagi xar bir tarmoqning jozibadorligi. Bunda kuyidagi savol urinli bo’ladi: «Bu tarmoq kompaniya va unda ishlashi uchun yetarli darajada yaxshimi?» Kompaniyaga o’z mablagini kuygan xar bir tarmoq jozibalilik darajasi bo’yicha test sinovidan utishi mumkin.
2. Xar bir tarmoqning boshqalarga nisbatan jozibadorligi.
Bu xolda javob berilishi kerak bo’lgan savol, « Portfelning kaysi tarmogi jozibalirok, kaysi biri jozibasizrok?» Tarmoqlarni shu ko’rsatkich bo’yicha turlarga bo’lish korporatsiya resurslarini joylashtirish tugrisida karor qabo’l qilish uchun dastlabki sharoit xisoblanadi.
Barcha tarmoqlarning yagona gurux sifatidagi jozibadorligi. Bunda kuyidagi savol quyiladi: «Tarmoqlar yigindisi qanchalar jozibali ?» Daromadlarning va foydasi asosan jozibasiz tarmoqlardagi faoliyat turlari xisobiga shakllanayotgan kompaniyalar, balki o’zining ishbop faollik portfelini qayta tarkiblash masalasini ko’rib chiqishi zarur bo’ladi.
Diversifikatsiyalangan kompaniyalarning ko’pchiligini amalda quyidagicha tasniflash mumkin:
- bog’liq va bog’liq bo’lmagan biznesning kamroq tabaqalangan qismi bilan asosiy biznes bilan savdo xajmi bo’yicha tadbirkorlik qilish (korporatsiyaning tuliq savdo xajmining taxminan uchdan bir yoki undan kamroq);
- bog’liq o’rta korxonalarning kamroq miqdori (2-5ta) bilan tor diversifikatsiyalangan tadbirkorlik;
- ko’plab bog’liq o’rta korxonalar bilan qat’iy tabaqalangan xolda ish olib borish;
- bog’liq bo’lmagan tarmoqlarda bir necha o’rta korxonalar bilan tor diversifikatsiyalangan xolda ish olib borish;
- ko’pgina bog’liq bo’lmagan sohalarda ko’plab o’rta korxonalar bilan qat’iy differentsiyalangan xolda ish olib borish;
- bog’liq bo’lmagan tarmoqlardagi ko’plab o’rta korxonalar bilan ishlash (biroq xar bir sohadagi o’rta korxonalar guruxlarga birlashtirilgan);
Korporatsiya tomonidan qabo’l qilingan strategiyani baholash quyidagi bosqichlarni o’z ichiga olishi lozim:
- mavjud strategiyani identifikatsiyalash;
- o’rta korxonalar portfelini tahlil qilish uchun uning bir yoki bir necha matritsasini yasash;
- xar bir o’rta korxonaning o’zoq muddatli jalb qiluvchanligini baholash va taqqoslash;
- ularning qaysi biri tarmoqdagi sharoitlarga eng yaxshi mos kelishini aniqlash maqsadida kompaniyaning xar bir o’rta korxonasidagi raqobat kuchini baholash va taqqoslash;
- o’rta korxonalarni ularning faoliyat tarixi (evolyutsiya bosqichlari) va istiqbollari bo’yicha saralash;
- xar bir o’rta korxonani korporativ strategiyaga mos kelishi jixatidan baholash va ularning korporatsiya uchun nisbiy strategik axamiyatini aniqlash;
- o’rta korxonalarni yangi investitsiya uchun imtiyozlari bo’yicha saralash, xar bir o’rta korxona uchun asosiy taraqqiyot va strategik yunalishlarni belgilash (agresiv rivojlanish, erishilgan yutuqlarni ximoyalash, «echintirish», «xosilni yig’ib olish», tugatish);
- korporatsiyadagi umumiy diversifikatsiya holatini aniqlash (o’rta korxonalardagi savdo xajmlarining nisbati, korporatsiya bo’yicha, ulardagi joriy daromad bo’yicha);
- diversifikatsiya bazasini kengaytirish yoki qisqartirishning korporatsiya uchun axamiyatini baholash;
- bog’liq va bog’liq bo’lmagan o’rta korxonalarning korxona portfelidagi nisbatini baholash;
- korporatsiyaning milliy miqyosdagi va biznesni baynalmilallashtirishdagi rivojlanish tendentsiyalari;
- asosiy o’rta korxonalar va biznesdagi mavjud pozitsiyalarni kuchaytirish bo’yicha sunggi hatti‑harakatlarning natijalari;
- portfelni yangi o’rta korxonalar bilan tuldirish bo’yicha hatti‑harakatlar;
- zaif va bush o’rta korxonalarni qisqartirish;
- o’rta korxonalardagi investitsiyalarning nisbatini baholash;
- strategik maqsadlarni amalga oshirish va raqobatli ustunliklarni ustirish bo’yicha korporatsiyani boshqarish samaradorligini baholash;
Tahlil natijasida ushbu yunalishlar bo’yicha quyidagi savollarga javob topish lozim:
- korxonaning portfelida kerakli o’rta korxonalar bormi?
- portfelda daromadli o’rta korxonalar soni yetarlimi?
- rivojlanayotgan va sunib borayotgan o’rta korxonalar o’rtasida muvozanat bormi?
- «rivojlanayotgan g’oliblar»ni va «suroq belgilari»ni moliyaviy ta’minlash uchun «daromad ishlab chiqaruvchi»lar yetarlimi?
- kompaniyaning asosiy biznesi yetarlicha daromadli va istiqbollimi yoki u «sog’in sigir»mi?
- korxonaga shuncha o’rta korxona xaqiqatdan ham kerakmi yoki ularni qisqartirish kerakmi?
- korxonada korporatsiya miqyosida katta ulushga ega bo’lgan tarmoq peshqadami bormi yoki korxonao’rtacha-zaif pozitsiyalardagi ko’plab o’rta korxonalardan iboratmi?
- korporatsiyaning umumiy pozitsiyasini yaxshilash uchun qaysi o’rta korxona faoliyatini tugatish kerak?
Do'stlaringiz bilan baham: |