O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti metrologiya va standartlashtirish bo’yicha amaliyot va tajriba ishlari bo’yicha uslubiy qo’llanma



Download 1,63 Mb.
bet66/71
Sana13.01.2022
Hajmi1,63 Mb.
#357382
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71
Bog'liq
2 5244574965893697749

Tajriba ishi №4

Mavzu: O’zgarmas tok ko’priklari yordamida qarshilikni o’lchash.

Tajriba ishidan maqsad: Talabalarga o’zgarmas tok ko’priklari yordamida o’lchash haqida tushuncha va bilim ko’nikma shakllantirish.

Nazariy qism

Yagona tizimli ko'prikda to'rtta yelka, quvvat manbai va nol ko'rsatkich mavjud. Agar qarshilik A va B nuqtalari teng potensialga ega bo'lsa, u holda nol indikatorda tok oqimi mavjud bo'lmaydi va bu holatda ko'prik muvozanatlashgan deb aytiladi. Quyidagi muvozanat tenglamasi hisoblanadi:

Z1*Z4=Z2*Z3
Agar Z4-noma'lum qarshilik bo'lsa, quyidagi tenglikdan uni topib olamiz

Z4=Z2*Z3/Z1


Demak, muvozanat nol indikatorning qarshiligiga bog'liq emas,

chunki tok oqimi u orqali o'tmaydi, shuningdek quvvat manbaining kuchlanishi va qarshiligiga ham bog'liq bo'lmaydi. Shuning uchun, barqaror holatdagi quvvat manbai talab qilinmaydi.



Agar zanjir nafaqat aktiv, reaktiv qarshiliklardan iborat bo'lsa, ular Z fazaviy ko'rinishida va shunda ko'prik fazaviy burchaklari quyidagicha ifodalanadi

Ф1+Ф4=Ф2+Ф3

Fazaviy burchaklarning tengligini modulini ta’minlash uchun ikki mustaqil kattalikni o'zgaruvchan tok ko'prigida rostlash kerak bo'ladi. Induktiv va sig'im tashkil qilgan sxemalarni ketma-ket va parallel ko'rinishda ifodalash mumkin.

Rezistorli ko'prikda doimiy quvvat manbai ishlatilishi mumkin va bunda ko'prikning faqat bitta elementi sozlanishi mumkin. Ko'priklar induktiv va sig'imni o'lchash uchun ham ishlatiladi. Reaktiv tarkibiy qismlar ketma-ket yoki parallel ko'rinishda ulanishi mumkin. Ko'prikning sezgirligi- juda muhim parametr bo'lib, muvozanatdan kichik ta’sirlarga javob berish qobiliyati sifatida tavsiflanadi. Bu muvozanat pozitsiyasidan sozlanishi qarshiligining bir xil o'zgarishi bilan nol ko'rsatkichli indikator tok oqimining oshishi kabi ifodalanadi. Ko'prikning maksimal sezgirligida Z2=Z4 ga teng bo'lganligi tufayli Z1=Z3 ga ham teng bo'ladi. Aniqlikni oshirish uchun Z3 yetarli darajada kata bo'lish kerak. Nol indikator o'rniga magnitoelektrik qurilma ishlatilishi mumkin. Bundan tashqari radiopriomnik va o'lchov kuchaytirgichlaridan foydalanish mumkin. Ishlab chiqarishda va laboratoriyada qarshilikli, sig'imli, induktivlikli o'lchov ko'priklari va boshqalar keng ishlatiladi.

Bu ko'priklar zanjirda berilgan g'altak yoki sig'im bilan taqqoslash orqali induktivlikni o'lchashda ishlatiladi. Bu ko'prikni tok bilan ta’minlash uchun o'zgaruvchan tok manbaidan foydalaniladi. Eng keng tarqalgan induktivlikni aniqlash usuli qiymati berilgan induktivlik bilan ko'prik orqali taqqoslash hisoblanadi. Agar ko'prik muvozanat holatga kelsa Rx va Lx quyidagicha aniqlanadi:



Bu yerda R1- g'altak- L1 ni yoqish uchun ishlatiladigan rostlanadigan qarshilik.

Ko'prikning muvozanat holatida RX va LX ni tenglashtirish uchun, R1 va L1 ni rostlashimiz

kerak bo'ladi. Agar g'altakning o'zining qarshiligi juda kata bo'lganda biz r qarshilikni olishga majbur bo'lamiz. Bu induktivlikni o'lchash diapozonini kengaytirish uchun qo'llaniladi. Maksvell-Vin ko'prigi. Maksvell tomonidan taklif etilgan Vinnning rivojlantirilgan usuli bu qarshilikka parallel ulangan sig'imning yordami bilan induktivlikni aniqlashdan iborat. Bunda kondensatordagi tok g'altakdagi tokdan ilgarilab ketishi mumkin va bunda fazaviy kompensatsiya

ya`ni sig'im va g'altakni ko'prikning turli qarama-qarshi yelkalariga joylashtirishimiz kerak. Ko'prikning muvozanatlashuvi quyidagicha ifodalanadi:

Muvozanatlashtirilgan avtomatik ko'priklar quyidagi afzalliklarga ega:

1) ko'prikning ko'rsatishi ta'minlash kuchlanishiga bog'liq emas;

2) asbobning ko'rsatishi harorat o'zgarishi bilan chiziqli bog'langan;

3) o'lchashlar (ko'prikni mvozanatlashtirish) avtomatik amalga oshiriladi;

4) termoqarshilik ulashning uch simli usuli ulash simlari qarshiligining o'zgarishidan hosil bo'lgan ko'rsatishlardagi xatoligini keskin kamaytirish yoki hatoni yo'qotish imkonini beradi.

Kamchiliklariga quyidagilar kiradi:

1) sxemada muvozanatlashtirish uchun qurilmaning zarurligi;

2) kichik qarshiliklarni o'lchash qiyinligi yoki mutlaqo mumkin emasligi.

Nazorat savollari:



  1. Avtomatik tok ko’priklari haqida ma’lumot?

  2. Muvozanatlashtirilgan ko’priklar vazifasi va funksiyasi?

  3. Ushbu tok ko’priklarining kamchiligi va afzalligi haqida ma’lumot.


Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish