3-bob. Metrologiyaga oid faoliyatni tashkil etish
13-modda. O‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashga doir normativ hujjatlar
Metrologiya normalari va qoidalarini belgilovchi hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida majburiy kuchga ega bo‘lgan o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashga doir normativ hujjatlarni tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasida o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashga doir normativ hujjatlarning quyidagi turlari qo‘llaniladi:
o‘lchash vositalarini qiyoslash uslubiyoti;
o‘lchash vositalarini kalibrlash uslubiyoti;
o‘lchashlarni bajarish uslubiyoti;
sinov vositalarini attestatsiyadan o‘tkazish uslubiyoti.
O‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashga doir normativ hujjatlar jumlasiga metrologiya tekshiruvini o‘tkazish tartibini belgilovchi standartlashtirish bo‘yicha hujjatlar ham kiradi.
O‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash uslubiyotlari, sinov vositalarini attestatsiyadan o‘tkazish uslubiyoti metrologik ekspertizadan o‘tkazilishi lozim.
O‘lchashlarni bajarish uslubiyoti metrologik attestatsiyadan o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |