O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti



Download 9,72 Mb.
bet92/209
Sana31.12.2021
Hajmi9,72 Mb.
#242640
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   209
Bog'liq
Mintaqaviy iqtisodiyot maruza matni-2

2.Yoqilg’i-energetika majmui.

Yoqilg’i-energetika sanoati tarmoqlaridagi o’zgarishlar turli darajada kechmoqda. 1990-2014 yillarda yoqilg’i-energetika sanoatida mahsulot ishlab chiqarish 3 martaga ordi. Ushbu tarmoqning jami sanoat ishlab chiqarishdagi ulushi 18,3 foizdan 33,9 foizga chiqdi, mamlakatning yoqilg’i-energetika mustaqilligi ta’minlandi va tarmoqning qayta ishlash salohiyati kengaydi. Ayniqsa, neft va gaz kondensatini qazib olish yillik hajmi 1990 yilga nisbatan 2014 yilda 1,8 martaga, tabiiy gaz ishlab chiqarish hajmi 1,8, yonuvchi gaz ishlab chiqarish esa mazkur davrda 15,6 barobarga o’sdi. Bu sanoat tarmog’i gaz, neft, ko’mir qazib chiqarish, neftni qayta ishlash va tayyor mahsulotlarni iste’molchilarga etkazib berishni o’z ichiga oladi. Shulardan biri elektro energetikadir.

Elektroenergiya tarixi 1923 yilda Toshkent yaqinidagi Bo’zsuv kanalida GES qurilishi bilan boshlanadi. Ushbu GESning birinchi navbati 1926 yilda foydalanishga topshirilgan. 19 ta GESdan iborat Chirchiq-Bo’zsuv kaskadi muhim energiya manbaidir.

O’zbekiston rivojlangan elektr energetika tizimiga ega. Respublikada umumiy quvvati 11220 mVt.ga teng 37 elektrostantsiya ishlaydi. Shundan 9800 mVt issiqlik stanttsiyalariga, 1420 mVt gidroelektrstanttsiyalarga to’g’ri keladi. Barcha elektrostantsiyalar salohiyati bir yilda 56-57 mlrd kVt/s. ga teng elektroenergiya ishlab chiqarishga imkon beradi. Suv elektr stantsiyalari orasida eng kattasi Chorbog’ GES hisoblanadi (quvvati 660 ming kVtdan ortiq). Issiqlik elektrostantsiyalari ichida Sirdaryo, Yangi-Angren, Toshkent va Navoiy IESlari har birining quvvati 1000 mVt.dan oshadi. O’rta Osiyoda eng yirik – Tolimarjon IESining qurilishi davom etmoqda, bir necha yuz kilometrlik elektr uzatuvchi liniyalar ishga tushirildi. Yangi Angren IESining 7-energiya bloki qurib ishga tushirildi. Sirdaryo IESi modernizattsiya qilindi. Toshkent, Sirdaryo, Navoiy, Taxiatosh kabi yirik issiqlik elektrostantsiyalari respublikadagi asosiy elektroenergiyani hosil qilmoqda. Toshkent IESining quvvati 1920 ming kVt ga yaqin, Yangi Angren IESniki 2400 ming kVt (Nurobod shaharchasi). Shuningdek, Angren shahrida Angren - 1 IES (600 ming kVt) ham ishlab turibdi. Mazkur issiqlik elektr stanttsiyalari ko’mir, mazut va gaz asosida ishlaydi. Bugungi kunda mamlakatdagi gidroelektrostanttsiyalarining umumiy quvvati 1420 megavatni, elektr tarmoqlarining uzunligi 224 ming kilometrni tashkil etadi. Chorvoq, Xojikent, G’azalkent, Farhod GESlari elektroenergiyaga bo’lgan ehtiyojni ta’minlashga xizmat qilmoqda. Aynan elektr energiya hosil qilish va uni iste’mol qilish bo’yicha O’zbekiston MDH davlatlari ichida Rossiya, Ukraina, Qozog’istondan keyin to’rtinchi o’rinda turadi. 2008 yilda ishga tushirilgan uzunligi 165 kmlik Yangi Angren issiqlik elektr stantsiyasi-“O’zbekiston” yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyasi barpo etildi. Sirdaryo issiqlik elektr stanttsiyasini “So’g’diyona” kuchlantirish stantsiyasi bilan bog’laydigan, G’uzor-Surxon yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalari va Toshkent shahri elektr ta’minoti ob’ektlari loyihalarini amalga oshirish ishlari davom etmoqda. Xojiza konida polimetall rudalarga ishlov berish kabi loyihalar, Navoiy kon-metallurgiya kombinatining bir qator yangi ob’ektlarini barpo etish ishlari nihoyasiga etkazildi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, bir necha kichik stanttsiyani o’z ichiga olgan “Yangi Angren-O’zbekiston” LEP-500 elektr uzatish liniyasi, Qamchiq dovoni orqali o’tadigan 165 kmlik “Ohangaron-Pungon” magistral gaz quvuri, “G’uzor-Surxon” yuqori voltli elektr uzatish liniyasini qurish bo’yicha strategik investittsiya loyihalarini amalga oshirish natijasida mamlakatimizda yagona elektr va gaz tarmog’i tizimlarini tashkil etish ishlari, asosan yakunlandi.

Neftni qazib olish va neftni qayta ishlash sanoatining tashkil etilishi respublika energetika xavfsizligini ta’minlay boshladi. Mazkur yoqilg’i sanoati tarmog’ining asosiy korxonalari Toshkent, Farg’ona, Qashqadaryo, Buxoro va Surxondaryo viloyatlarida qurilgan. Chunki, respublikadagi 160 dan ortiq neft va gaz konlarining 115 tasi Buxoro-Xiva geologik provintsiyasida, 27 tasi Farg’ona vodiysi, 10 tasi Surxondaryo, 7 tasi Ustyurtda joylashgan.

Mustaqillik yillarida energetika mustaqilligiga erishishni ta’minlash bo’yicha dasturga binoan neft va gazni qayta ishlaydigan tarmoqlarni rivojlantirish maqsadida eng zamonaviy texnologiyalarga ega bo’lgan Buxoro neftni qayta ishlash zavodi Frantsiyaning “Teknep” va Sho’rtangaz gazximiya majumasi “ABB” kabi xorij kompaniyalari bilan hamkorlikda yaratildi. Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi to’liq rekonstruktsiya qilindi (u Yaponiya firmalari bilan birgalikda 250 mln. AQSh dollariga yaqin mablag’ hisobiga qayta ta’mirlandi). Gaz ximiya tarmog’ining yaratilishi tabiiy gazni to’liq qayta ishlash va ishlab chiqarishning yangi shakllarini, tarmoqlarini yo’lga qo’yishga imkon berdi. Shuningdek, “Gazli” qo’shimcha kompressor stanttsiyasi ishga tushirildi, “Qo’ng’irot” kompressor stanttsiyasida kuniga 35 million kub metr gazni quritadigan inshoat barpo etildi. Turkmanistondan O’zbekiston hududi orqali Xitoyga o’tadigan gaz quvurini tortish ishlari yakunlandi. Gaz qazib olish va uning ist’emoli yildan-yilga ortib bormoqda. Chunonchi, 1991 yilda 41,8 mlrd metr kub gaz ishlab chiqarilgan bo’lsa, 2015 yilda bu ko’rsatkich 54,2 mlrd metr3 etdi. Respublika yoqilg’i balansida hissasi 90 foizga teng bo’lgan gaz xom ashyosi murakkab geologik qatlam, ya’ni 3500 metr va undan chuqurdan qazib olinadi. Aholini qulay yoqilg’i turi bilan ta’minlash maqsadida Andijon viloyatining Xo’jaobod shahrida yirik er osti gaz ombori qurilgan. Bu inshootni qurishga 70 mln AQSh dollari sarflangan.

Respublika hududidagi Farg’ona, Oltiariq va Buxorodagi Qorovulbozor neftni qayta ishlash zavodlari, Muborak va Sho’rtandagi gazni qayta ishlash zavodlari xilma-xil neft va gaz mahsulotlari ishlab chiqarmoqda va hatto ayrim neft mahsulotlari chetga eksport ham qilinmoqda. Sho’rtang neft-gaz zavodida yiliga 125 ming tonna polietilen, 140 ming tonna suyultirilgan gaz, 130 ming tonna engil kondensat, 4 milliard kub metrdan ziyod gaz va 4 ming tonna oltingugurt olinadi.

Gazni qayta ishlaydigan zamonaviy zavod qurishni o’z tarkibiga olgan Qandim guruhi konlarini, shuningdek Xauzak va Shodi konlarini o’zlashtirish, istiqbolli uglevodorod xom ashyo konlarida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish bo’yicha yirik loyihalar mavjud. Mazkur loyihalardan tashqari Surg’il koni bazasida Ustyurt gaz-kimyo majmuasini barpo etilishi, Qalmoqqir konini kengaytirish va rekonstruktsiya qilish, Navoiy issiqlik elektr stanttsiyasida bug’-gaz moslamasini qurilishi, Yangi Angren issiqlik elektr stanttsiyasinining beshta energiya blokini yil davomida ko’mir asosida ishlash tizimiga o’tkazilishi strategik jihatdan muhim ahamiyatga egadir.



Yoqilg’i–energetika majmuida ko’mir sanoatining o’rni ham bor. Angren qo’ng’ir ko’mir koni va Surxondaryodagi Sharg’un, Boysun toshko’mir konlarining yoqilg’i balansida ulushi katta. Ularning umumiy zahirasi 2 milliard tonna. Angren qo’ng’ir ko’mir koni O’zbekistonda chiqariladigan jami ko’mirning 95 foizini beradi. Ushbu kondagi ko’mir qatlamlari orasida joylashgan kaolin asosida “Kaolin” qo’shma korxonasi ham ishlab turibdi.


Download 9,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish