O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti


Tabiatdan oqilona foydalanish va tabiatni muhofaza qilishning asosiy yo’nalishlari



Download 9,72 Mb.
bet74/209
Sana31.12.2021
Hajmi9,72 Mb.
#242640
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   209
Bog'liq
Mintaqaviy iqtisodiyot maruza matni-2

4.Tabiatdan oqilona foydalanish va tabiatni muhofaza qilishning asosiy yo’nalishlari.

O’zbekiston Respublikasida ishga solinayotgan foydali qazilma konlari boshqa mamlakatlardan o’zining juda katta zahiralari bilangina emas, balki quyidagi bir qator xususiyatlari bilan ham ajralib turadi:



Birinchidan, tabiiy va mineral-xom ashyo zahiralari yirik konlarda to’plangan bo’lib, ularni qazib olingan joyning o’zidayoq kompleks qayta ishlash imkoniyati bor;

Ikkinchidan, foydali qazilmalarning ko’pgina turlari tarkibida foydali komponentlar yuqori darajada bo’libgina kolmay, katta miqdorda yo’ldosh elementlarga ham ega;

Uchinchidan, konlarning ko’pchiligida ochiq usulda ishlash mumkin, rudalarni boyitish texnologiyasi ham nisbatan oddiy. Bu texnologiya ko’p miqdorda foydali komponentlar chiqarishni va jahon bozorida xaridorgir mahsulot olishni ta’minlaydi;

To’rtinchidan, ko’pgina foydali qazilma konlari yaxshi o’zlashtirilgan, aholi zich yashaydigan hududlarda joylashgan. Ular qulay transport infratuzilmasiga, shu jumladan suyuq va gaz holatidagi foydali qazilmalar uchun quvur transportiga ega.

Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida mineral-xom ashyo resurslari ham ichki, ham tashqi bozorning iste’mol ob’ekti bo’lib hisoblanadi. Shu tufayli, tog’-kon sanoati ishlab chiqarayotgan mahsulotlar milliy iqtisodiyotni quyidagi muammolarini echishga yo’naltirilgan bo’lishi lozim:

• xalq xo’jaligi talabini an’anaviyturdagi mineral-xom ashyolar bilan to’liq ta’minlash;

• tashqaridan kirib kelayotgan mineral-xom ashyolar o’rnini to’ldirish;

• milliy xo’jalikning yangi sohalarini xom ashyo bilan ta’minlash;

• ekologik vaziyatni (kimyoviyo o’g’itlarni tabiiy o’g’itlarga almashtirish) va sanitar-gigienik vaziyatni (yod, brom, shifobaxsh minerallar) yaxshilanishini tashkil etish;

• tashqi bozorni o’zlashtirish va ijobiy savdo balansini tashkil etish.

Shulardan kelib chiqib, bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat mineral-xom ashyo bazasini mustahkamlashda ulardan samarali va oqilona foydalanilishi lozim.

Aksariyat konlarning bir-biriga yakin joylashganligi va uchraydigan foydali qo’shimchalarni qazib olish mumkinligi ob’ektlarning ahamiyatini ancha oshiradi. Ammo mineral-xom ashyo negizini rivojlantirishda katta imkoniyatlar borligiga qaramay, bu sohada kupgina muammolar ham mavjud.

Keyingi yillarda jahon bozorida oltin va boshqa rangli metallarning narxi juda pastlab ketdi. Bu hol energetika xom ashyosiga ham taalluqlidir. Bunday sharoitda faqat yuqori sifatli, ya’ni tarkibida foydali qo’shimchalar miqdori ko’p, ishlatish sharoitlari va ma’danlarni qayta ishlash usuliga ko’ra texnologik jihatdan ilg’or va ekologik ta’minoti yuksak darajada bo’lgan mineral xom ashyo zahiralari raqobatbardosh bo’lishi mumkin.

Bugungi kunda mamlakatimiz mineral xom ashyo bazasini mustahkamlash maqsadida quyidagi vazifalar amalga oshirilmoqda:

1. Respublikada yagona bo’lgan metall parchalari hisobiga ishlovchi O’zbekiston metallurgiya kombinatini xom ashyo bilan ta’minlash maqsadida Davlat geologiya qo’mitasi temirga oid geologiya-kidiruv ishlarini olib bormoqda. Hozirgi vaktda 450 mln. tonna ma’dan (o’rtacha temir miqdori - 15%) zahirasiga ega bo’lgan Tebinbuloq (Qoraqalpog’iston Respublikasi), 70 mln. tonna ma’dan (miqdori - 33%) zahirasiga ega bo’lgan Temirkon (Jizzax viloyati) va 16 mln. tonna, (miqdori - 34%) ma’dan zahirasiga ega bo’lgan Syurenota (Toshkent viloyati) singari uchta kon mavjud..

2. Qoraqalpog’iston Respublikasining Qo’ng’irot shahrida osh tuzi va ohaktoshdan iborat xom ashyo negizida yiliga 210 ming tonna kaustik va kaltsiyli soda ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan soda zavodining II navbati ishga tushirildi. Zavodning to’la quvvatda ishlay boshlashi bilan respublikamiz o’zini o’zi soda bilan to’la ta’minlaydi.

3. Navoiy viloyatida Qizilkum fosforit kombinati qurilmokda. Zavodning quvvati yiliga 1190 ming tonna bo’lgan kontsentratni tashkil etadi. Korxonaning ishga tushirilishi bilan, respublikada fosforitga bo’lgan talab to’laligicha qondiriladi. Bugungi kunda mamlakatimizga fosforit qo’shni Qozog’iston Respublikasidan keltirilmoqda.

4. Qashqadaryo viloyatida quvvati yiliga 300 ming tonna bo’lgan kaliy xlor ishlab chiqaradigan kaliy zavodini qurish loyihalashtirmoqda. Korxona ishga tushishi bilan, respublikaning kaliy xlorga bo’lgan talabi qondiriladi. Hozirgi kunda kaliy xlor Rossiya va Belorussiyadan keltirilmoqda.

5. O’zbekistonda Avstriya bilan hamkorlikda Kvartskumi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "Kvartspesok" qo’shma korxonasi tashkil etilgan. Kvarts qumi ilgari respublikamizga Tojikiston Respublikasidan olib kelinar edi.

6. Issiqlikni o’tkazmaydigan materiallar (vermikulit, bazalt va b.) konlari bo’yicha geologiya ishlarini olib borish lozim. Bugungi kunda mamlakatimizga vermikulit Rossiyadan keltirilmoqda.

Yuqorida bayon etilgan masalalar o’zaro uzviy bog’liq bo’lib, zamonaviy texnika va texnologiyani maqbul boshqarishni, respublika iqtisodiyotidagi muammolarni aniq belgilab, ularni xal qilishning samarali yo’llarini izlab topishni taqozo qiladi. Bu esa katta mablag’ talab qiluvchi geologiya-qidiruv ishlari, tog’-kon sanoatini rivojlantirish kabi iqtisodiyotdagi muhim vazifalarning qay darajada hal etilishiga bog’liq.






Download 9,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish