Fanga ajratilgan o’quv saotlarining o’quv turlari bo’yicha TAQSIMOTI
№
|
Mavzular
|
Ma’ruza
|
Amaliy (seminar)
|
Mustaqil ish
|
1.
|
Mintaqaviy iqtisodiyot fanining mohiyati va vazifalari.
|
1
|
1
|
2
|
2.
|
Mintaqalarda ishlab chiqarishni joylashtirish va uni hududiy tashkil qilishning ilmiy-uslubiy asoslari.
|
1
|
1
|
2
|
3.
|
O’zbekiston iqtisodiyotining hududiy tarkibi va iqtisodiy rayonlashtirish asoslari.
|
1
|
2
|
2
|
4.
|
Mintaqalarning tabiiy-iqtisodiy salohiyati va uni baholashning uslubiy asoslari.
|
1
|
2
|
2
|
5.
|
Mintaqalar aholisi va mehnat resurslari
|
1
|
2
|
2
|
6.
|
Mintaqalarning moliyaviy resurslari va byudjet munosabatlari.
|
1
|
2
|
2
|
7.
|
O’zbekiston mintaqalarida sanoat tarmog’ini rivojlantirishning hududiy jihatlari
|
1
|
1
|
2
|
8.
|
Mintaqalarda qishloq xo’jaligining hududiy ixtisoslashuvi
|
1
|
1
|
2
|
9.
|
O’zbekiston transport , infratuzilmasi rivojlanishining mintaqaviy rivojlanish xususiyatlari
|
1
|
1
|
2
|
10.
|
Mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tartibga solish va uni boshqaruvdagi roli.
|
1
|
1
|
2
|
11.
|
Mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni imkoniyatlari
|
1
|
1
|
2
|
12.
|
Mintaqaviy iqtisodiy siyosat, ahamiyati va uni amalga oshirish yllari
|
1
|
1
|
2
|
13.
|
Mintaqalarning tashqi iqtisodiy aloqalari va eksportni ko’paytirish yo’llari
|
1
|
1
|
2
|
14.
|
Mintaqalarda tabiat komponentlaridan foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish.
|
1
|
1
|
2
|
Jami
|
14
|
18
|
28
|
Reyting baholash mezoni
Nazorat turidagi topshiriqlarning nomlanishi
|
Maksimal yig’ish mumkin bo’lgan ball
|
O’tkazish vaqti
|
|
I. Oraliq nazoratdagi ballar taqsimoti
|
30 ball
|
|
Ma’ruza mashg’ulotlarida
|
|
1. Talabaning ma’ruza mashg’ulotlarida faol ishtirok etishi, muntazam ravishda konspekt yuritib borayotganligi uchun
|
8
|
semestr davomida
|
|
2. Mustaqil ravishda berilgan topshiriqlarni bajarganligi uchun (referat, esse, kollokvium, amaliy topshiriqlar: testlarini topshirishi, keys-stadi, o’quv loyihalari va b.q.)
|
10
|
semestr davomida
|
|
3. Birinchi va ikkinchi oraliq nazoratlar (ma’ruzachi tomonidan olinadi)
|
12
|
10- hamda 19- mavzulardan keyin
|
|
II. Joriy nazoratdagi ballar taqsimoti
|
40 ball
|
|
Amaliy mashg’ulotlarda
|
|
1. Talabaning mashg’ulotlarda faol ishtirok etganligi, berilgan savollarga to’g’ri javob berganligi, mustaqil topshiriqlarni (referat va taqdimotlarni) bajarganligi uchun
|
22
|
semestr davomida
|
|
2. Birinchi va ikkinchi joriy nazoratlar (amaliy yoki seminar mashg’ulot o’qituvchisi tomonidan olinadi)
|
18
|
5- hamda 9- mavzulardan keyin
|
|
III. Yakuniy nazorat
|
30 ball
|
semestrning oxirgi ikki haftasida
|
Jami:
|
100 ball
|
|
Talabaning fan bo’yicha o’zlashtirish ko’rsatkichining namunaviy mezonlari:
|
|
Talabaning fanni o’zlashtirish darajasi (bilim, malaka va ko’nikma darajasi)
|
Ballar
|
A) xulosa va qarorlar qabul qilish
|
86-100 ball
|
ijodiy fikrlay olish
|
mustaqil mushohada yurita olish
|
olgan bilimlarini amalda qo’llay olish
|
mohiyatini tushunish
|
bilish, aytib berish
|
tasavvurga ega bo’lish
|
B) mustaqil mushohada yurita olish
|
71-85 ball
|
olgan bilimlarini amalda qo’llay olish
|
mohiyatini tushunish
|
bilish, aytib berish
|
tasavvurga ega bo’lish
|
V) mohiyatini tushunish
|
55-70 ball
|
bilish, aytib berish
|
tasavvurga ega bo’lish
|
G) aniq tasavvurga ega bo’lmaslik
|
0-54 ball
|
bilmaslik
|
NAZARIY MASHG’ULOTLAR MAZMUNI
Nazariy mashg’ulotlar mazmuni
1-mavzu. “Mintaqaviy iqtisodiyot” fanining mohiyati va vazifalari. “Mintaqaviy iqtisodiyot” fanining predmeti, vazifalari va tadqiqot metodlari. Uning shakllanish davri va boshqa fanlar bilan aloqasi. XIX-XX asrlarda mintaqaviy tadqiqotlar maktabi va fanning bugungi kundagi rivojlanish yo’nalishlari. Mintaqaviy rivojlanish nazariyasi va uning maqsadi. Mintaqa iqtisodiyotini shakllantirish qonuniyatlari hamda uning asosiy jihatlari. “Mintaqa”, “Rayon”, “Hududiy sistema” va “Mintaqaviy xo’jalik” tushunchalari. Mintaqada iqtisodiy faoliyat. Mintaqaviy siyosat asoslari. Davlat mintaqaviy siyosatining asosiy yo’nalishlari va uni amalga oshirish metodlari.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: Ma’ruza, birgalikda o’qish, texnika: insert, blits-so’rov, grafik tashkil etuvchilar.
2-mavzu. Mintaqalarda ishlab chiqarishni joylashtirish va uni hududiy tashkil qilishning ilmiy-uslubiy asoslari. Ishlab chiqarishni joylashtirishning asosiy omillari va qonuniyatlari. Ishlab chiqarishni joylashtirishning klassik g’oyalari. Bozor munosabatlari sharoitida ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish tamoyillari. Mintaqalarda innovatsion ishlab chiqarishni joylashtirish nazariyasi va innovatsiyaning diffuziyasi. Ishlab chiqarishni hududiy tashkil qilishning mohiyati va asosiy shakllari. Hududiy ishlab chiqarish majmualarining mohiyati va turlari. Hududiy klasterlar tushunchasi.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: Ko’rgazmali, ma’lumotli, anjuman ma’ruza, jamoada ishlash.
3-mavzu. O’zbekiston iqtisodiyotning hududiy tarkibi va iqtisodiy rayonlashtirish asoslari. Iqtisodiy rayonlashtirish nazariyasi, uni tashkil etishning asosiy tamoyillari va vazifalari. Hududiy mehnat taqsimoti, uning bosqichlari. Mintaqaviy ixtisoslashuv va uning samaradorligi, mintaqaning tarmoqning ixtisoslashuvini aniqlash metodlari. Iqtisodiy rayonlar tushunchasi. O’zbekistonni iqtisodiy rayonlashtirish. Mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishi va iqtisodiy rayonlari o’rtasidagi aloqadorlik. Milliy iqtisodiyotning hududiy tarkibi va iqtisodiy rayonlar.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: Ko’rgazmali ma’ruza, suhbat
4-mavzu. Mintaqalarning tabiiy-iqtisodiy salohiyati va uni baholashning uslubiy asoslari. Mintaqalarning tabiiy-iqtisodiy salohiyati va uning tasnifi. Mintaqa salohiyatidan foydalanish samaradorligi va uning tarkibiy elementlari. Mintaqada iqtisodiy o’sish omillari. Iqtisodiy salohiyat va uning tarkibi. Respublika hududlarining tabiiy-iqtisodiy salohiyatini baholash metodlari. O’zbekiston hududlarining tabiiy sharoiti va qazilma boyliklariga baho berish. Mintaqa rivojlanishining resurs bazasi va uni shakllantirish masalalari.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: Ma’ruza-axborot, aqliy hujum, texnika: blits-so’rov, diqqatni jalb qilish savollari
Do'stlaringiz bilan baham: |