5
1. Fuqarolarning mehnat qilishga oid huquqlarini amalga oshirishning
shakli sifatida mehnat shartnomasi tushunchasi va uning taraflari
O„zbekiston
Respublikasi
Mehnat
kodeksining
72-moddasida
ko„rsatilishicha, mehnat shartnomasi xodim bilan ish beruvchi o„rtasidagi muayyan
mutaxassislik, malaka yoki lavozimga oid ishni ichki mehnat tartibiga bo„ysungan
holda taraflar kelishuvi, mehnat to„g„risidagi qonunlar va boshqa normativ
hujjatlar bilan belgilangan shartlar asosida haq evaziga bajarish haqidagi
kelishuvdir. Mehnat shartnomasi o„z mazmuni va mohiyati jihatidan ko„p qirrali
bo„lib, birinchidan, mehnat shartnomasi fuqarolarning mehnat qilish huquqlarini
amalga oshirish shaklidir; ikkinchidan, mehnat shartnomasi mehnatga oid huquqiy
munosabatlarni keltirib chiqaruvchi va vaqt davomida amal qilishini ta'minlovchi
asosdir; uchinchidan, mehnat shartnomasi mehnat huquqining instituti sifatida
namoyon bo„lib, u fuqarolarni ishga qabul qilish, boshqa ishga o„tkazish hamda
ishdan bo„shatishga oid normalar majmuidan iboratdir.
Mehnat shartnomasi, eng avvalo fuqarolar tomonidan o„zlarining
Konstitutsiyada belgilangan mehnat qilish huquqlarini amalga oshirishning asosiy
shaklidir.
Mehnat shartnomasining tushunchasi muhim ahamiyatga ega bo„lib, u
shartnomaning asosiy belgilarini ham o„z ichiga oladi.
Ayni vaqtda mehnat shartnomasining tushunchasi mehnat shartnomasining
unga yaqin bo„lgan boshqa turdosh fuqarolik-huquqiy shartnomalaridan farqini
ajratish imkoniyatini beradi. Chunki bu shartnomalarni amalda qo„llash
fuqarolarning mehnat faoliyati bilan bog„liq bo„lib, mehnat shartnomasi tuzgan
xodimlarga nisbatan mehnat haqidagi qonunlar tadbiq etiladi.
Shunday qilib, mehnat shartnomasi, birinchidan, xodim hamda ish
beruvchining erki va maqsadini ifoda etuvchi kelishuvidir;
ikkinchidan, kelishuvga muvofiq, xodim qandaydir bir ishni bir martda
bajarish majburiyatini emas, balki muayyan mutaxassislik, malaka yoki lavozim
bo„yicha biror ishni, boshqacha qilib aytganda, muayyan mehnat funksiyasini
bajarish majburiyatini oladi;
uchinchidan, kelishuvga muvofiq, xodim ma'lum mehnat funksiyasini shu
korxona, muassasa, tashkilotda bajarish majburiyatini oladi.
Mehnat funksiyasi esa umumiy mehnat jamoasi tarkibida bajariladi.
Mehnat jamoasining har bir ishtirokchisi korxona, muassasa, tashkilotning
shaxsiy tarkibiga kiritiladi va ichki mehnat tartibi qoidalariga bo„ysunadi;
to„rtinchidan, mehnat shartnomasi uzluksiz davom etuvchi huquqiy
munosabatdir, jumladan, shartnoma muayyan muddatga tuzilgan hollarda ham;
beshinchidan, mehnat shartnomasiga muvofiq, ish beruvchi xodimga mehnat
qonunlarida, jamoa shartnomasida, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan ish
haqini to„lash turish va mehnat sharoitini ta'minlab berish majburiyatini o„z
zimmasiga oladi. Mehnat shartnomasining bu belgilari uni fuqarolik-huquqiy
shartnomalaridan,
jumladan,
pudrat,
topshiriq,
mualliflik
va
boshqa
shartnomalardan farq qilish imkoniyatini beradi. Masalan:
6
a) pudrat shartnomasi (O„zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining
631-moddasi).
Pudrat shartnomasiga ko„ra, bir taraf (pudratchi) ikkinchi taraf
(buyurtmachi)ning topshirig„iga binoan, ma'lum bir ishni uning yoki o„zining
materiallaridan butun mas'uliyatni o„z zimmasiga olib bajarish majburiyatini oladi,
buyurtmachi esa bajarilgan ishni qabul qilish va buning uchun haq to„lash
majburiyatini oladi. Shartnomaning ob'ekti pudratchining mehnati natijasidir;
b) topshiriq shartnomasi (O„zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining
817-moddasi). Bunga asosan, bir taraf (vakil) o„ziga ikkinchi taraf (topshiriq
beruvchi) tomonidan topshirilgan ma'lum yuridik harakatlarni uning nomidan va
uning xisobidan bajarish majburiyatini oladi.
Agar topshiriq bajarganlik uchun qonun yoki shartnomada haq to„lash
nazarda tutilgan bo„lsa, topshiriq beruvchi ishonchli vakilga haq to„lashi lozim
(O„zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 818-moddasi).
Topshiriq shartnomasining predmeti vakil tomonidan amalga oshiriladigan
muayyan yuridik harakatlar, chunonchi, uning tomonidan qonun hujjatlariga zid
bo„lmagan turli bitimlar (shartnomalar) hisoblanadi;
v) muallif shartnomasi (O„zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining
1037-moddasi). Bu shartnoma muallif tomonidan intellektual faoliyat natijalarini
yaratish va ulardan foydalanish to„g„risidagi shartnomadir.
Eng muhimi shundaki, barcha fuqarolik-huquqiy shartnomalarining
predmetini ma'lum ishning natijasi, individual aniq mehnat topshirig„ining
bajarilishini tashkil etadi. Ayni vaqtda bularning hammasi ijro etuvchining
korxonada o„rnatilgan ichki mehnat tartibi qoidalariga itoat etmagan holda
bajariladi. Shu jihatdan mehnat shartnomasining mazmuni butunlay boshqachadir.
Mehnat shartnomasining fuqarolik-huquqiy shartnomalardan farq qilish
ancha murakkab bo„lgan hollarda uning quyidagi belgilari asos qilib olinishi
mumkin:
birinchidan, xodim mehnat shartnomasiga muvofiq, qandaydir konkret ishni
bir marta bajarish majburiyatini emas, balki muayyan ixtisos, malaka yoki
lavozimga oid ishni, ya'ni muayyan mehnat funksiyasini bajarish majburiyatini
oladi (yoki ikkita, yo bir necha funksiyani bajarishni o„z zimmasiga olishi mumkin,
basharti mehnat shartnomasida bir necha kasbni bajarish to„g„risida kelishilgan
bo„lsa).
Mehnat shartnomasining bu sharti xodimning korxona, muassasa,
tashkilotning mehnat jamoasi tarkibiga (xato muayyan muddatda bo„lganda ham)
xatto, uning rasmiy jihatdan korxonaga qabul qilinganligi, mehnat jamoasi tarkibi
ro„yhatiga kiritilganligi)dan qat'iy nazar, qo„shilganligini anglatuvchi hamda
boshqa shartnomalardan farqini bildiruvchi eng asosiy belgisi hisoblanadi.
Mehnat shartnomasiga muvofiq, xodim mehnat tartibi qoidalariga
bo„ysungan holda muayyan ixtisos, malaka, lavozim bo„yicha ishni bajarish
majburiyatini oladi. Mehnat intizomiga bo„ysunish mehnatga oid huquqiy
munosabatlarigagina xosdir;
ikkinchidan, mehnat shartnomasiga muvofiq, xodim belgilangan mehnat
shartnomasini bajarish, ya'ni belgilangan ish vaqti davomida ishlash, belgilangan
7
ishlab chiqarish normasini bajarish majburiyatini oladi. Korxonada o„rnatilgan
ichki mehnat tartibi qoidalariga bo„ysungan holda muayyan ixtisos, malaka,
lavozimga oid ishni bajarish shu korxonaning xodimi sifatida ishlashni, ya'ni
mehnat shartnomasi asosida ishlashni bildiradi;
uchinchidan, xodimning mehnat shartnomasi yuzasidan kelib chiqadigan
majburiyatlari qat'iy va jiddiy xarakterga ega bo„lib, uni bajarishni boshqa shaxsga
topshirish mumkin emas.
Mehnat shartnomasi (kontrakt)ning taraflari Mehnat kodeksinin 72-
moddasida ko„rsatilgan.
quyidagilar mehnat shartnomasi (kontrakt)ning taraflari bo„lib hisoblanadi:
xodim - 16 yoshga to„lgan O„zbekiston Respublikasi fuqarosi, shuningdek,
xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo„lmagan shaxslar (boshqa hollarda ota-onasidan
birining yoki uning o„rnini bosuvchi shaxsning yozma roziligi bilan qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda 15 yoshdan;
ish beruvchi - korxona, shu jumladan ularning rahbarlari timsolida,
korxonaning alohida tarkibiy bo„linmalari, mulkdorning o„zi ayni vaqtda bir
vaqtda rahbar bo„lgan xususiy korxonalar;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda 18 yoshga to„lgan ayrim
shaxslar.
Umumiy qonunga binoan, 16 yoshga to„lgan shaxslar ishga qabul qilinadilar.
Demak, fuqarolarda mehnatga oid huquqiy layoqat ular 16 yoshga to„lgandan
boshlab vujudga keladi. Fuqarolarda muomala layoqati va huquqiy layoqat
vujudga kelishi xususida ham mehnat huquqi fuqarolik huquqidan farq qiladi.
Fuqarolik huquqida huquqiy layoqat bilan muomala layoqatining paydo bo„lish
paytlari o„rtasida vaqt nuqtai nazaridan ma'lum tafovut bo„lsa, mehnat huquqida bu
ikki kategoriya bir-biri bilan uzviy bog„liq va bir paytda vujudga keladi. Buning
sababi, har qanday jonli mehnat har bir individuidning shaxsiy o„z erkiga bog„liq
faoliyatdir. Shuning uchun ham mehnat majburiyatlari vakillar orqali amalga
oshirilishi mumkin emas. Fuqarolik huquqida esa bunga yo„l qo„yiladi. Masalan,
topshiriq shartnomasi. Bu shartnomaga binoan vakillar topshiriq beruvchi nomidan
va uning xisobiga harakat qilish burchini olganligi sababli o„ziga berilgan vakolat
doirasida qilgan barcha ijobiy, qonuniy harakatlari topshiriq beruvchi uchun
bevosita huquq va burchlarni vujudga keltiradi.
Qonunga binoan, yuridik shaxs huquqiga ega bo„lgan korxonalar,
muassasalar va tashkilotlar mehnat shartnomasining ikkinchi tarafi bo„lib
hisoblanadilar.
Ba'zan amalda formal nuqtai nazardan yuridik shaxs huquqiga ega
bo„lmagan, lekin mustaqil ravishda ishga qabul qilish huquqi berilgan, o„zi uchun
ajratilgan ish haqi fondi, bankda alohida xisobot schyoti bo„lgan va mustaqil
balansda turuvchi korxonalar ham mehnat shartnomasining tarafi sifatida namoyon
bo„ladilar. Shuni ham ta'kidlash lozimki, korxonalar bilan bir qatorda xodimlarga
haq to„lash sharti bilan shartnoma tuzgan jamoat va kooperativ tashkilotlar ham
mehnat shartnomasining tarafi bo„ladilar.
Fuqarolar faqat o„z ehiyoji uchun boshqa shaxslarning mehnatidan
foydalanish mumkin. Masalan, uy xizmatchisi, enaga, shofyor, mashinistkalar
8
bilan mehnat shartnoasi tuzishi mumkin. qonunchilikda o„rindoshlik bo„yicha
ishlash to„g„risida mehnat shartnomasi tuzilishiga yo„l qo„yiladi.
Taraflarning mehnat huquqlari va majburiyatlari yig„indisi mehnat
shartnomasi mazmunini tashkil qiladi. Mehnat shartnomasi: 1)asosiy shartlar, ya'ni
bularsiz mehnat shartnomasini tuzilgan deb hisoblash mumkin emas; 2)qo„shimcha
(ixtiyoriy) shartlar, ya'ni bular haqida kelishish majburiy emas.
Mehnat shartnomasining mazmuni taraflar kelishuvi bo„yicha, shuningdek
mehnat to„g„risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
Mehnat shartnomasi taraflarining kelishuvi bilan asosiy (zarur) shartlar belgilanadi.
quyidagilar mehnat shartnomasi (kontrakt)ning zarur shartlari hisoblanadi:
ish joyi - xodim ishga qabul qilinayotgan korxona, muassasa, tashkilot
(uning tarkibiy bo„linmasi)ning nomi;
xodimning mehnat funksiyasi mazmuni lavozim yo„riqnomalari, malaka
ma'lumotnomalari va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilanadigan muayyan
mutaxassislik, malaka yoxud lavozimga oid ish (Rahbarlar, mutaxassislar va
xizmatchilarning hamda boshqalarning yagona tariff - malaka ma'lumotnomasi,
malaka ma'lumotnomalariga muvofiq);
ishning boshlanish kuni-qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat
shartnomasi imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi, agar ishning boshlanish
sanasi qayd etilmagan bo„lsa, xodim shartnoma imzolangan kundan keyingi ish
kunidan (smenadan) kechikmay ishga tushishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |