15
3. Ayrim turdagi mehnat shartnomalarini tuzishning o‘ziga xos
xususiyatlari
Amaldagi mehnat qonunchiligida mehnat shartnomasining bir qancha
ko„rinishlari, ya'ni turlari mavjud bo„lib, bular asosan shartnomaning muddati,
uning mazmunining o„ziga xos xususiyati, shartnomaning shakli va uni tuzish
tartibiga oid jihatlariga qarab klassifikatsiya qilinadi.
Mehnat shartnomasi muddatlariga qarab ikkiga bo„linadi:
a) nomuayyan muddatga tuziladigan shartnomalar;
b) muayyan muddatga tuziladigan shartnomalar, ya'ni besh yilga qadar
muddatga, shuningdek muayyan ishni bajarish muddatiga mo„ljallab tuziladigan
shartnomalar. Bu yerda shuni alohida ta'kidlash lozimki, eng keyingi shartnoma
ishning tugallanish muddatini aniq belgilash imkoniyati bo„lmagan hollarda
tuziladi. Shuning uchun ishning tugallanish muddati shartnomaning muddati bo„lib
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: