Kirish
Mamlakatimiz o„z mustaqilligini qo„lga kiritganidan keyin erkin iqtisodiy
munosabatlar makonini yaratishni o„z oldiga maqsad qilib oldi hamda barcha
sohalarda bozor iqtisodiyoti talablarini aks ettirgan islohotlarni amalga oshirishga
kirishdi. Buning uchun mustahkam huquqiy asos sifatida 1992 yilda o„z
Konstitutsiyasini qabul qildi. Bugungi kunda barcha ijtimoiy munosabatlarni
tartibga solib kelayotgan oliy yuridik kuchga ega bo„lgan mazkur Asosiy qonun
har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida
ishlash hamda qonunda nazarda tutilgan hollarda ishsizlikdan himoyalanish
huquqlarini kafolatlab qo„ygan.
Konstitutsiyamizda o„z ifodasini topgan fuqarolarning mazkur huquqlarini
amalga oshirish yuzasidan mamlakatimizda ko„plab maxsus qonunlar, qonunosti
normativ hujjatlari qabul qilingan. Jumladan, O„zbekiston Respublikasi Mehnat
kodeksi
1
, “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari
to„g„risida
2
”gi, “Mehnatni muhofaza qilish to„g„risida
3
”gi, “Aholini ish bilan
ta'minlash to„g„risida
4
”gi qonunlar fuqarolarimizning mehnat qilishga bo„lgan
huquqlarni ro„yobga chiqarilishida huquqiy asos bo„lib xizmat qilmoqda.
Shuningdek, mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlari
har bir xodimning adolatli mehnat sharoitlarida ishlash, hayoti va sog„lig„i
muhofaza qilinishini ta'minlash, g„ayriqonuniy ravishda ishdan bo„shatishdan
himoyalash kabi muhim vazifalarni bajaradi. Xodimlarning hayoti va sog„lig„iga
xavf tug„diruvchi har qanday holatlar va ularni sodir bo„lishiga sabab bo„lgan
korxona, tashkilot, muassasalar va ularning rahbarlari mehnat qonunchiligiga
muvofiq moddiy javobgarlikka tortiladilar.
O„zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi fuqarolarning mehnat qilish
hamda adolatli mehnat sharoitlarida ishlashga oid konstitutsiyaviy normalarni
amalga oshirish yuzasidan bir qancha qoidalarni o„ziga biriktirgan. Jumladan,
O„zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq xodimlarning o„z mehnati
uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqidan oz bo„lmagan
1
Ўзбекистон Республикаси меҳнат қонунчилиги бўйича меъёрий-ҳуқуқий ҳужжатлар тўплами. Т:
Ўзбекистон, 2006 й.
2
Ўзбекистоннинг янги қонунлари. Т: Адолат, 1992 й. 6-сон, 72-бет.
3
Ўзбекистоннинг янги қонунлари. Т: Адолат, 1993 й. 8-сон, 103-бет.
4
Ўзбекистоннинг янги қонунлари.Т: Адолат, 1998 й. 19-сон, 191-бет.
4
miqdorda haq olish, muddatlari chegarasi belgilangan ish vaqtini o„rnatish, bir
qator kasblar va ishlar uchun ish kunini qisqartirish, har haftalik dam olish kunlari,
bayram kunlari, shuningdek haq to„lanadigan yillik ta'tillar berish orqali
ta'minlanadigan dam olish, xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan
sharoitlarda mehnat qilish, kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini
oshirish, ish bilan bog„liq holda sog„lig„iga yoki mol-mulkiga yetkazilgan
zararning o„rnini qoplash, kasaba uyushmalariga hamda xodimlar va mehnat
jamoalarining manfaatlarini ifoda etuvchi boshqa tashkilotlarga birlashish,
qariganda, mehnat qobiliyatini yo„qotganda, boquvchisidan mahrum bo„lganda va
qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta'minot olish huquqlarini
belgilab qo„ygan.
Yuqoridagi barcha holatlarning vujudga kelishi eng avvalo ish beruvchini
xodim bilan mehnat munosabatlariga kirishiini, ularni huquq va majburiyatlar bilan
bog„lovchi mehnat shartnomasiga to„g„ridan-to„g„ri bog„langan. Shunday ekan
mehnat shartnomasini tuzish tartibiga ham o„zaro huquq va majburiyatlar
tug„diruvchi yuridik fakt sifatida alohida ahamiyat kasb etishi juda muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |