Standartlarni tadbiq etish tartibi
Respublikada standartlashtirish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va ta’minlashni amalga oshiruvchi idoralari etib “Standartlashtirish to’g’risida”gi qonunda (28.12.93y.) quyidagilar belgilab qo’yilgan.
xalq xo’jaligi tarmoqlarida – O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (“O’zstandart” agentligi);
qurilish, qurilish industriyasi sohasida, shu jumladan loyihalash va konstruktsiyalashda – O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi (“O’zdavarxitektqurilish” qo’mitasi);
tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga solish hamda atrof muhitni ifloslanishdan va boshqa zararli ta’sirlardan muhofaza qilish sohasida – O’zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi (Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi);
tibbiy maqsadlardagi mahsulotlar, tibbiy texnika ashyolari, dori-darmonlar sohasida hamda Respublika sanoati ishlab chiqarayotgan, shuningdek import bo’yicha Respublikaga yetkazib berilayotgan, mahsulotlarda inson uchun zararli moddalar miqdorini aniqlash masalalarida – O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash Vazirligi.
Ushbu Qonunga muvofiq davlat boshqaruv organlari (idoralar) o’z vakolatlari doirasida standartlar va texnik shartlarga, shuningdek ushbu qonunni qo’llashga doir yo’riqnomalar va izohlarni ishlab chiqadilar, tasdiqlaydilar va nashr etadilar.
Standartlarni tasdiqlagan organlar standartlarga doir tarmoq axborot jamg’armalarini hosil qiladilar va yuritadilar hamda manfaatdor iste’molchilarni xalqaro standartlar, O’zbekiston Respublikasi standartlari, xorijiy mamlakatlarning milliy standartlariga doir axborotlar bilan, shuningdek standartlashtirish sohasidagi xalqaro shartnomalar, texnik-iqtisodiy hamda ijtimoiy axborot davlat klassifikatorlari, standartlashtirish qoidalari, normalari va tavsiyalariga oid axborotlar bilan ta’minlaydilar.
Standartlashtirishni nashr qilish va qayta nashr etishni ularni tasdiqlagan organlar amalga oshiradilar.
O’zbekiston Respublikasida standartlashtirishga doir quyidagi toifadagi normativ xujjatlar qo’llaniladi:
xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar;
O’zbekiston Respublikasining davlat standartlari;
tarmoq standartlari;
texnik shartlar;
korxona standartlari;
xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari;
ma’muriy – hududiy standartlar.
Standartlashtirishga doir normativ hujjatlar jumlasiga, shuningdek standartlashtirish qoidalari, normalari, texnik-iqtisodiy axborot klassifikatorlari ham kiradi. Mazkur hujjatlarni ishlab chiqish va qo’llash tartibi “O’zstandart” tomonidan belgilanadi.
Me’yoriy (normativ) hujjatlarni joriy qilish tartibi O’zbekiston Respublikasi davlat standarti O`z DSt 1.14: 1999 da keltirilgan.
Ushbu standartda uning qo’llanish doirasi, ta’riflar, asosiy qoidalar keltirilgan. Me’yoriy hujjatlarni joriy qilish bo’yicha asosiy tadbirlar rejalarini ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish va me’yoriy hujjatlarni joriy qilish hamda me’yoriy hujjatlarni joriy etilishini hisobga olish, u bo’yicha hisobot berish va axboroti tartiblari belgilab berilgan.
Ushbu standartni qo’llanish doirasida, mazkur standart davlat ro’yxatidan o’tadigan me’yoriy hujjatlarni (MH) joriy qilish, ularga o’zgartish qo’shimchalar kiritish bo’yicha asosiy qoidalarni belgilaydi va O’zbekiston Davlat boshqaruvi idoralari, korxonalar birlashmalari, tashkilotlar va xo’jalik sub’ektlari tomonidan qo’llanishi majburiyligi qayd etilgan.
Standartlarni va boshqa me’yoriy hujjatlarni joriy etishda qo’llaniladigan atamalar va ularga muvofiq ta’riflar keltirilgan:
1. Me’yoriy hujjatni joriy qilish – me’yoriy hujjatga amal qilinishini ta’minlashga qaratilgan tashkiliy –texnik tadbirlarni amalga oshirish.
2. Me’yoriy hujjatlarga amal qilinishi – me’yoriy hujjatlarda, uning qo’llanish doirasiga muvofiq, belgilangan talablarni bajarilishi.
3. Me’yoriy hujjatni amalga joriy etish sanasi – me’yoriy hujjat huquqiy kuchga kirgan va unga amal qilish majburiy bo’lgan sana.
Standartda ko’rsatib o’tilgan asosiy qoidalarda quyidagi masalalar yoritilgan:
1. Me’yoriy hujjatni joriy qilish, uning joriy etish sanasigacha bo’lgan muddatda tugallanishi kerak. Agarda uning qo’llanish doirasiga muvofiq unda belgilangan talablarga amal qilinsa, u holda me’yoriy hujjat davlat boshqaruvi idoralari, korxonalar birlashmalari, tashkilotlar va xo’jalik sub’ektlarida joriy qilingan deb hisoblanishi mumkin.
Me’yoriy hujjatning qo’llanish doirasidagi mahsulot yoki ob’ektlar, uning joriy etish sanasidan keyin belgilangan talablarga muvofiq bo’lmasa, u holda, me’yoriy hujjatga amal qilinmagan deb hisoblanadi.
2. Yuqori tashkilot me’yoriy hujjatni o’z vaqtida joriy qilinishi uchun javobgardir, o’z qaramog’idagi korxonalarda ularning joriy qilinishi va amal qilinishini tekshirib va ta’minlab turadi.
Korxonalarda me’yoriy xujjatni joriy qilish va unga amal qilishda ularning rahbarlari va boshqa amaldor shaxslar javobgardirlar.
3. “O’zstandart”, davlat boshqaruv organlari va korxonalar birlashma-lari me’yoriy hujjatni joriy usuliyatli rahbarlikni amalga oshiradilar va hujjatni joriy etilishini nazorat qiladilar.
Me’yoriy xujjatni joriy qilish asosiy tadbirlari rejasining loyihasini MH ni ishlab chiquvchi korxona, hamda joriy qilishda ishtirok etuvchi korxonalar ishlab chiqadilar. Zarurat tug’ilganda manfaatdor korxonalar, ishlab chiquvchining boshqaruv idoralari va boshqa tarmoq ham jalb qilinishi mumkin.
Asosiy tadbirlar rejasi loyihasi va me’yoriy xujjat loyihasi birga taqrizga jo’natiladi. Olingan taqrizlar asosida tadbirlar rejasi aniqlashtiriladi.
Me’yoriy hujjatni ishlab chiquvchi, uni joriy qilish bo’yicha aniqlashtirilgan asosiy tadbirlar rejasini loyihasini unda ko’rsatilgan boshqaruv idoralariga, joriy etuvchi va ta’minlovchilarga xulosa qilish uchun yuboradilar. Zarurat bo’lsa Davlat tabiatni muxofaza qilish qo’mitasi, Davarxitektqurilishqo’m, O’zstandart va O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash Vazirligidan olinishi kerak.
Loyihani ishlab chiquvchi tasdiqlangan me’yoriy hujjat nusxasi bilan asosiy tadbirlar rejasi so’nggi taxririni bajaruvchilarga va manfaatdor tashkilotlarga yuboradi.
Me’yoriy xujjatni nusxasi olingandan so’ng manfaatdor tashkilotlar (bajaruvchilar) bir oy muddat ichida asosiy tadbirlar rejasini tuzadilar va bo’ysinuvidagi korxonalarga zaruriy ishlarni amalga oshirishni majburlovchi ko’rsatma beradilar.
Korxonalar ko’rsatma, tasdiqlangan asosiy tadbirlar rejasi yoki MHni tasdiqlanganligi to’g’risidagi axborot asosida buyruq chiqaradilar, bo’linmalar (xizmatlar, bo’limlar, tsexlar va boshq.) bo’yicha aniq topshiriqlarni o’z ichiga olgan rejalarni ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar.
Me’yoriy hujjatni joriy qilish, boshqaruv idoralarining joriy etishga oid tashkiliy-texnik asosiy tadbirlari (tadbirlar) rejalari bo’yicha amalga oshiriladi. Tadbirlarning asosiy rejasi, MH ni o’z vaqtida joriy qilishni ta’minlovchi ishlarni bajarilishini ko’zda tutishi kerak va ular asosida, uni joriy qilish uchun zarur bo’lgan tadbirlar rejasini ishlab chiqadi.
Me’yoriy xujjatlarni qo’llanish doirasiga qarab, bu rejalarda quyidagilar ko’zda tutiladi:
-joriy etilayotgan MH ni mazmuni bilan bog’liq bo’lgan asosda ilgarigi hujjatlarni qayta ko’rib chiqish, o’zgartish kiritish, bekor qilish va yangi hujjatlarni ishlab chiqish;
-texnologik jarayonlarni, ishchi rejimlarini takomillashtirish, roboto-texnik tizimlari va avtomatlashtirilgan tizimlarni joriy qilish;
-mahsulotning tajribaviy namunalarini ishlab chiqarish, sinovlarni o’tkazish va yangi mukammallashtirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga qo’yish;
-korxonaning barcha xodimlarini o’qitish, malakasini va tayyorgarligini oshirish;
- me’yoriy hujjatni joriy qilish bilan bog’liq bo’lgan boshqa tadbirlar.
Har bir tadbir bo’yicha bajariladigan ish hajmi, moliyaviy ta’minlanishi, bajaruvchilari va ularni bajarish muddatlari ko’rsatiladi.
Me’yoriy hujjatlarning joriy etilishini tugallanishi korxona rahbari yoki o’rinbosari tomonidan tasdiqlangan joriy qilish dalolatnomasi O`z DSt 1.14: standartida keltirilgan A ilova bilan rasmiylashtiriladi. Mahsulot me’yoriy hujjatini joriy qilish komissiyasi tarkibiga kelishilgan holda buyurtmachi (asosiy iste’molchi) vakili kiritiladi.
Korxonalar me’yoriy hujjatni joriy qilinishini hisobga oladi va bu to’g’ridagi tezkor axborotni yuqori tashkilotlarga yoki ular ko’rsatmasi bo’yicha ogohlantirish bo’yicha texnik qo’mitalar, tayanch tashkilotlarga taqdim etadi.
1. O’zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimida standartlashtirish ishlari bo’yicha xizmatlar haqida umumiy ma’lumotlarga ega bo’lish.
O’zbekiston Respublikasida standartlashtirish ishlarini o’tkazish-ning umumiy tashkiliy-texnik qoidalarini tartibga solib turuvchi davlat standartlashtirish tizimi faoliyat ko’rsatadi.
Respublikada standartlashtirish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va ta’minlashni “O’zstandart” agentligi, O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi (Davarxitektqurilishqo’m), O’zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi o’z vakolatlari doirasida amalga oshiradilar.
O’zbekiston Respublikasi standartlashtirish bo’yicha ishlarni Vazirliklar, texnikaviy qo’mitalar, korxonalar, birlashmalar va boshqa manfaatdor tashkilotlarning istiqbolli rejalari asosida tuzilgan yillik reja bo’yicha “O’zstandart” agentligi amalga oshiradi.
Respublika standartlashtirish rejasiga birinchi navbatda milliy standartlar talablari bilan uyg’unlashtirishni, kishilarning hayoti va sog’ligi uchun xavfsizlikni, atrof-muhitni muhofaza qilishni, iste’molchilar huquqining himoya qilinishi, milliy ijtimoiy-iqtisodiy va milliy texnikaviy dasturlarning amalga oshirishni ta’minlaydigan milliy standartni ishlab chiqish kiritiladi.
Respublikada ishlab chiqilgan standartlarga va ularga o’zgartirishlar tasdiqlanishi darajasidan qat’iy nazar O’zstandart davlat ro’yxatidan o’tkazishi lozim.
Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va shaharlarda standartlashtirish bo’yicha ishlarni tashkil qilish, muvofiqlashtirish va uning muqobil darajasini ta’minlash ishlarini O’zstandart, Davarxitektqurilishqo’m, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi va Sog’liqni saqlash vazirligining tegishli hududiy idoralari va boshqarmalari amalga oshiradi.
Sanoat va qishloq ho’jaligi tarmoqlarida standartlashtirish bo’yicha ishlarni tashkil qilish va ularni muvofiqlashtirish uchun zaruriyat bo’lgan hollarda, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, kontsernlar va boshqa xo’jalik tuzilmalarida bo’linmalarida xizmatlar va (yoki) fan – texnikaning tegishli sohalaridagi yuqori ilmiy-texnikaviy imkoniyatlarga ega bo’lgan tashkilotlarda standartlashtirish bo’yicha tayanch tashkilotlari tuziladi.
Standartlashtirish xizmati deganda standartlashtirish va bir xillikka keltirish (unifikatlashtirish) ishlarini amalga oshirish uchun ma’lum boshqarish pog’onalarida (sohalar, kontsernlar, assotsiatsiyalar, tashkilot va korxonalarda) shu ishlarni bajarish uchun maxsus tashkil etiladigan tashkilot (bo’lim) va uning faoliyati tushuniladi.
Standartlashtirish tayanch tashkiloti deganda mahsulotning turlari bo’yicha yetakchi ilmiy tadqiqot, loyiha-konstuktorlik va boshqa tashkilotlar asosida ularga biriktirilgan mahsulotlarning guruhi, xizmatlarning yoki faoliyat sohalarining standartlashtirish va bir xillashtirish ishlarini ilmiy-texnikaviy boshqarishga va Respublikaning halq xo’jaligi tarmoqlarida ularning birligini ta’minlash uchun tashkil etiladigan standartlashtirish xizmati tushuniladi.
Standartlashtirish bo’linmasi deganda standartlashtirish va bir xillashtirish ishlariga tashkiliy-texnikaviy va ilmiy-texnikaviy rahbarlik qiluvchi va shu ishlarni bevosita bajaruvchi vazirliklar (mahkamalar), birlashmalar, korxonalar, tashkilotlar, muassasalarning standartlashtirish xizmati tushuniladi.
O’zbekiston Respublikasida korxonalar (tashkilotlar)dagi standartlashtirish xizmati O’zbekiston Respublikasi rahbariy hujjati O’z RH 51-051-96 da keltirilgan umumlashgan nizom asosida tashkil etiladi.
Umumlashgan nizom, mulkchilik shaklidan qatiy nazar, korxona va tashkilotlardagi (keyinchalik-korxona) standartlashtirish xizmatining umumiy qoidalarini, asosiy vazifalarini va huquqlarini belgilaydi. Bu nizom asosida korxonalar, ishlar hajmi va xususiyatiga qarab, o’zining standartlashtirish xizmati haqidagi Nizomini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. Yirik korxonalar tarkibidagi ayrim bo’limlarda standartlashtirish guruhlari tuzilib, ular to’g’risidagi Nizom korxona standartlashtirish xizmati bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi. Standartlashtirish xizmati korxona bosh muxandisiga bo’ysunishi tavsiya etiladi.
Korxona standartlashtirish xizmatini faoliyatini tashkil etilishi umumiy qoidalari quyidagilardan iborat:
1.Standartlashtirish xizmati korxona bo’limlarida amalga oshirilayotgan standartlashtirish ishlariga ilmiy-texnikaviy va tashkiliy-uslubiy raxbarlikni olib boradi, hamda ilmiy-tadqiqot va (yoki) tajriba-konstruktorlik, texnologik-tajriba boshqa me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va joriy etishda, shuningdek boshqa bo’limlar olib borayotgan standartlashtirish ishlarida qatnashadi.
2.Standartlashtirish xizmati o’z ishida O’zbekiston Respubli-kasining amaldagi qonunchiliklari, Davlat standartlashtirish tizimi, “O’zstandart” agentligi, Davarxitektqurilishqo’m, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi, O’zbekiston Sog’liqni saqlash vazirligi (vakolatlari doirasida), standartlashtirish texnik qo’mitalari tarmoq tayanch tashkilotlari, yuqori tashkilotlar direktiv hujjatlariga amal qiladi.
3. Standartlashgirish ishlarini tashkil etish va bajarish ja-vobgarligi korxona (tashkilot) rahbari va standartlashtirish xizmati rahbari yoki javobgar shaxs zimmasiga yuklatiladi.
Korxona standartlashtirish xizmatining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
_1.Korxona (tashkilot) me’yoriy hujjatlar tizimini barpo etish bo’yicha kompleks ishlarni amalga oshirish, shu jumladan:
xalqaro, davlatlararo va hududiy standartlarga, yetakchi
chet el davlatlari (firmalari) milliy standartlariga muvofiqlash-
gan me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va joriy etish uchun zarur bo’lgan ilmiy-tadqiqot, konstruktorlik, texnologik va tajriba ishlari mavzuini va hajmini aniqlash;
mahsulotni ishlab chiqish (ishlab chiqarish) da, ishlab chiqarishga
qo’yish ishlarida uning optimal unifikatsiya ko’rsatkichlarini aniqlovchi ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik-tajriba ishlarida qatnashish;
me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va qayta ko’rishda standartlashtirish bo’yicha chet elda va Vatanimizda erishilgan tajribalarni o’rganib chiqish va undan foidalanish;
- korxona bo’limlarida bajarilayotgan standartlashtirish ishlariga tashkiliy-uslubiy va ilmiy-texnikaviy rahbarlik qilish;
- standartlashtirish bo’yicha ish rejalari bajarilishini tekshirishni ta’minlash.
2.Ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik, texnologik-
tajriba ishlarida mahsulotlarni ishlab chiqarishga qo’yish jarayonida,
havfsizlik, resurstejamkor, atrof-muhitni himoyalovchi, o’zaro almashinuvchanlik, moslashuvchanlik kabi talablarni inobatga olgan, xalqaro bozorda raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni ta’minlovchi ko’rsatkichlarni mo’’tadilligini ta’minlash, shu jumladan:
zarurat bo’lganda, boshqa bo’limlar bilan birgalikda standart-
lashtirish yillik va kelajak rejalarini ishlab chiqish;
maqsadli ilmiy-texnik dasturlarning mahsulotning texnik
ko’rsatkichi va sifatini oshirishni oldindan mo’ljal qilish qismiga
takliflar tayyorlashda, hamda mahsulotga ilgarilama talablarni belgilovchi me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashish;
boshqa bo’limlar bilan birgalikda mahsulot me’yoriy hujjat-
lari va sifatni ta’minlash tizimi loyihasini ishlab chiqish;
me’yoriy hujjatlar loyihalariga taqrizlar tayyorlashni tashkil qilish;
korxona va uning bo’limlari tomonidan ishlab chiqilgan me’-
yoriy hujjatlarni ro’yxatdan o’tkazish va hisobga olish;
korxona bo’limlarini kerakli me’yoriy hujjatlar va ular to’g’risidagi axborotlar bilan ta’minlash;
me’yoryy hujjatlar fondini yurgizish, qo’llanilayotganlarini
abonent hisobiga olish, ularga o’zgartish kiritish va bekor qilingan-
larini olib tashlash;
korxonada qo’llanilayoggan me’yoriy hujjatlarni xalqaro dav-
latlararo, hududiy standartlar va yetakchi chet el davlatlari stan-
dartlari (firmalari) talablariga muvofiqliligini ilmiy-texnik
ekspertizasini tashkil qilish;
korxonada ishlab chiqilgan texnik hujjatlarni me’yoriy tek-
shirishdan o’tkazish;
eksport qilinayotgan mahsulotlarni qabul qilishda qatnashish;
harbiy texnika va qurollanish me’yoriy hujjatlarini yurgi-
zish;
korxonaning iqtisod xizmati bilan birgalikda standartlash-
tirishning texnik-iqtisodiy samaradorligini aniqlash;
- korxona mutaxassislari uchun standartlashtirish bo’yicha tex-
nik o’quvni o’tkazish.
3.Me’yoriy hujjatlarni joriy etish va unga rioya qilishni tashkiliy-uslubiy ta’minlash quyidagilardan iborat:
boshqa bo’limlar bilan birgalikda me’yoriy hujjatlarni joriy
ztish va ularga o’zgartish kiritish tadbirlar rejasi loyihasini ish-
lab chiqish va uni bajarilishini tekshirish;
“O’zstandart” agentligi, Davarxitektqurilishqo’m, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi, Davlat Sog’liqni saqlash vazirligi idoralari tomonidan me’yoriy hujjatlarga rioya etilishini tekshirishda qatnashish;
boshqa bo’limlar bilan birgalikda mahsulotni ishlab chiqish va
ishlab chiqarishda qo’llaniladigan xom ashyo, materiallar, komplekt-
lash (butlash) mahsulotlari bo’yicha takliflarni ishlab chiqishda qat-
nashish va ularni sanoatlashtirish bo’yicha texnik qo’mita, tarmoq ta-
yanch tashkilotlariga chegaralangan ro’yxatga kiritish uchun topshirish;
materiallar, komplektlovchi mahsulotlarni tanlab olishda
va ularning texnik darajasini, resursini, chidamliligini va sifatini belgilash uchun asos bo’luvchi texnik topshiriqni ishlab chiqishda (kelishib olishda) qatnashish;
mahsulotni ishlab chiqarishga qo’yish davridagi sinov, serti-
fikatlashtirish va uni qabul qilish ishlarida qatnashish;
standartlashtirish bo’yicha majlislar, seminarlar, konferen-
tsiyalar va ko’rgazmalar tayyorlash va ularni o’tkazishda qatnashish.
4.Xalqaro, davlatlararo, hududiy standartlashtirish, stan-dartlashtirish bo’yicha ikki tomonlama hamkorlik qilish, hamda xalqaro standartlarni va chet el davlatlari (firmalari) ning milliy standartini qo’llash ishlarini bajarish.
Korxona standartlashtirish xizmatining asosiy huquqlari etib quyidagilar belgilangan:
Standartdashtirish xizmatiga quyidagi huquqlar berilishi mumkin:
- (korxona) boshqa bo’limlarini, o’rnatilgan tartib bo’yicha,
standartlashtirish bo’yicha ish rejalarini, me’yoriy hujjatlar loyihasini ishlab chiqishga, loyihalar bo’yicha taqrizlar tuzishga,
maslahatlar o’tkazishga jalb etadi;
standartlashtirish masalalari bo’yicha korxona rahbariyati
nomidan boshqa tashkilotlarda vakillik qilish;
standartlashtirish masalalari bo’yicha boshqa korxonalar va
tashkilotlar bilan rahbariyat belgilagan tartibda yozma muloqot
olib borish;
me’yoriy hujjatlar talablarining buzilish hollari va stan-
dartlashtirish masalalari bo’yicha yuqori tashkilotlarga, shu jumladan
”O’zstandart” agentligining hududiy idoralariga murojaat qilish;
boshqa korxona va tashkilotlardan tushgan texnik hujjatlar-
ni qabul qilishda qatnashish;
texnik hujjatlarni amaldagi me’yoriy hujjatlarga nomu-
vofiqligi aniqlangan holda, ularga o’zgartish kiritishni texnik
xizmat bo’limidan talab qilish, texnik hujjatlar loyihasida asos-
lanmagan nostandart va birxillashtirilmagan detallar, materiallar va yig’ma qismlarning qo’llannshini bekor qilish;
standartlashtirish bo’yicha korxona bo’limlari orasidagi nizo-
ni hal etish;
boshqa bo’limlar tomonidan standartlashtirish bo’yicha ish reja-
sini va topshiriqni bajarilishini, me’yoriy hujjatlarni joriy etilishini va uning talablariga amal qilinishini tekshirib turish;
korxonaning bo’lim va bo’linmalari rahbarlaridan, standartlashtirish xizmatining asosiy vazifalari bajarish uchun zarur bo’lgan materiallar va hisobot dalillarini olib turish;
- standartlashtirish ishlarini bajarganliklari uchun korxona-
ning alohida (ayrim) xodimlarini mukofotlash to’g’risida takliflar
berish.
Korxona standartlarini ishlab chiqish, kelishib olish, tasdiqlash va ro’yxatdan o’tkazish tartibi O’zbekiston Respublikasi standarti O’z RST 1.3-92 da belgilab berilgan.
Mazkur standartni talablari tayyorlaydigan, shuningdek saqlashni, tashishni, sotishni amalga oshiradigan, foydalanadigan va tuzatadigan davlat, jamoa, qo’shma, ijaradagi va boshqa korxonalar hamda tashkilotlar uchun majburiy hisoblanadi.
Korxona standartlarini belgisi O’zbekiston Respublikasi nomining qisqartmasi - “O’z” dan keyin qo’yiladigan “KST” indeksidan so’ngra korxona standartlarini tasdiqlagan tashkilotning shartli raqamli belgisidan, korxona standartining tartib raqamidan va tasdiqlangan yildan iborat bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |