O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan muhandislik-texnоlоgiya


Unifikatsiyalashtirish va agregatlashtirish metodlarining mohiyati



Download 231,21 Kb.
bet11/36
Sana31.12.2021
Hajmi231,21 Kb.
#235135
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36
Bog'liq
amaliy 25980

Unifikatsiyalashtirish va agregatlashtirish metodlarining mohiyati.


Standartlashtirishda unifikatsiyalashtirish va agregatlashtirish asosiy metodlardan xisoblanib, u mashinasozlikka oid ob’ktlarni standartlashtirishda, yangi texnika va texnologiyani joriy etishda keng qo’llaniladi va samarali xisoblanadi.

Mashinasozlik maxsulotlari texnik darajasi, detalь va qismlarning ishonchliligini ta’minlashda katta axamiyatga ega.

Unifikatsiya (lotincha unio–birlik va facare–qilmoq, ya’ni, biror narsani birxillashtirish, bir xil shakl yoki tizimga)–bir xil faoliy vazifa bajaradigan ob’ektlarni aniqlangan belgilari bo’yicha qo’llanish samaradorligi xaqidagi ma’lumotlar asosida ularning sonini ratsional qisqartirib birxillashtirishdir (masalan, optimal konstruktsiyaga).

Uning afzalligi yana shundaki, uning natijalarini yana qayta standartlashtirish zarurati bo’lmaydi. Ammo buyumni standartlashtirishda albatta detallarning unifikatsiyalashtiril-ganligiga asoslanadi.

GOST 23945.0-80 me’yoriy xujjatga muvofiq unifikatsiyalashtirishning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:

–standartlarni ishlab chiqish, buyumlarni ishlab chiqishga, tayyorlashga, ularga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlashga sarflanadigan vaqtni kamaytirish xisobiga ilmiy-texnik taraqqiyot (IGT) ni jadallashtirish;

–loyixalash bosqichida va ishlab chiqarish jarayonlarida buyum yuqori sifati va uning elementlari o’zaro almashinuvchanligini taminlash;

–loyixalash va tayyorlashga sarf-xarajatni kamaytirish;

–mamlakatni qo’riqlash talablarini ta’minlash.

Unifikatsiyalashtirishning yo’nalishlar bo’yicha asosiy vazifalari quyidagicha:

–yangidan yaratilayotgan buyumlar guruxi yoki bir-biriga bir xil avval loyixalangan, bir xil tarkibiy elementlardan foydalanish:

–yangi yaratilayotgan yoki takomillashtirilayotgan ob’ektga unifikatsiyalashgan tarkibiy elementlarni ishlab chiqish;

–konstruktiv unifikatsiyalashgan buyumlar qatorini ishlab chiqish;

–material, tarkibiy qism va buyumlarga nisbatan maqsadga muvofiq minimal nomenklaturnasini aniqlash.

Unifikatsiyalashtirish ob’ektlari quyidagilardan iborat:

–bir-xil faoliy vazifani bajarib, o’zaro almashinuvchi detallar;

–faoliy vazifasi bo’yicha yaqin gabarit o’lchamlari va ekspluatatsiya ko’rsatkichlari (unumdorlik quvvat) bo’yicha kam farq kiladigan agregatlar (qismlar, yig’ma birikmalar), texnologik jarayon yoki xizmat ko’rsatish doirasida qullaydigan modullar avtomatik tizmlar;

–faoliy vazifa o’zi yaqin, bir xil operatsiyalarni bajaradigan, konstruktiv tuzilish bir xil yoki o’zaro yaqin, ishchi parametrlari, gabarit o’lchamlari kam farq qiladigan mashina va mexanizmlar.



–texnologik jarayon va xizmat ko’rsatish soxalarining unifikatsiyasi.

Unifikatsiyalashtirish soxa xamda korxona bo’yicha toifalanadi.

Mashinasozlikning rivojlanishi uning toboro takomillashib va murakkablashib borishini taqozo etadi. SHu bilan birga mashinasozlik, asbobsozlik, texnologik uskuna va jixozlarning yangi avlodlarini yaratishda, uni tashkil etuvchi-butlovchi qismlari detallari standartlashtiriladi, ya’ni unifikatsiyalashtiriladi, bir xil faliy xususiyatga ega bo’lib takrorlanuvchi detallar va ularning o’lchamlari mumkin qadar bir xillashtiriladi.

Mashinani bir butun buyum sifatida qarasak uni mayda bo’laklarga ajratib bir-biriga bog’liq bo’lmagan va o’xshash vazifalarni bajaradigan agregatlarga ega bo’lamiz.

Mashina, uskuna, jixoz, ya’ni buyumning tarkibiy qism bo’lmish agregatlarni faoliy vazifasi, gabarit o’lchamlari va ekspluatasiya ko’rsatkichlarini imkoni boricha bir-xillashtirib agregatlashtirish imkonini yaratamiz.

Agregatlashtirish usuli-mashina (buyum)larni takroriy va ko’plab qo’llaniladigan, unifikatsiyalashtirilgan detal va yig’ma birikmalardan rasiyanal foydalanish imkonini beradi. Agregatlashtirish xar qanday yangi mashina (buyum)ni aloxida yagona-original namunasini emas balki mavjud ishlab chiqilayotgan agregat va detallarni mashina konstruksiyasiga moslab yig’ish va shu tariqa mashina, jixoz (buyumlarning) yangi avlodini minimal sarf-xarajatlar bilan amalga oshirishni ta’minlaydigan, standartlashtirishning samarali usullaridan xisoblanadi.

Agregatlashtirish – bu xar xil buyumlarni, mashina, uskuna va jixozlarni yaratishda geometrik va faoliy o’zaroalmashuvchanlik qo’p qayta foydalanadigan aloxida standart unifikatsiyalangan uzellar yaratish va ishlatish metodidir.

Demak agregatlashtirishning rivojlanish negizida standartlashtirish yotadi. Agregatlashtirishni keng joriy etish parametrik standartlashtirish jarayonlarini qaytarib o’tirmay xar xil o’lcham va xususiyatlarni yuqori sifat ko’rsatkich ta’minlash imkonida foydalaniladi.

Mashinasozlikda agregatlash metodini joriy etish:

-ishlab chiqarish darajasi va avtomatlashtirish imkoni oshishi xisobiga ish usulini oshirish va tannarxni kamaytirishga olib keladi;

-ishlab chiqarish jarayonlarini yangi buyumga moslashda yuqori darajali

egiluvchanlik va mobillik imkonlarini nomoyon etadi;

-yangi buyum ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishda ishlab chiqarishni rostlash va moslash jarayonlarini tezlashtiradi, arzonlashtiradi, qulaylik tug’diradi.

Agregatlashtirish metodi moxiyatiga ko’ra nafaqat mashinasozlik, asbobsozlik texnologik jarayonlari va tamirlash ishlarida balki xalq xo’jaligining boshqa jabxalari qurilish, qishloq xo’jaligi xamda xar xil xizmat turlarini modulli tashkil etishda o’ziga xos prototip usul sifatida nomoyon bo’ladi.

Download 231,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish