Yurak to‘xtashining sabablari va belgilari. Yurak faoliyatining buzilishi va to‘xtashi turli vaziyatlarga ko‘ra, suvga cho‘kkanda, bo‘g‘ilganda, elektr yoki yashindan shikastlanganda, miyaga qon
120
quyilganda, miokard infarktida, issiq urganda, ko‘p qon yo‘qo- tilganda, yurak sohasiga qattiq urilganda, muzlab qolganda, kuyishda, yurakning boshqa kasalliklarida va har qanday sharoitda kasalxonada, uyda, ko‘chada, ishxonada to‘xtab qolishi mumkin. Yurak to‘xtashi ko‘pincha turli xildagi gipoksiyalar, giperkapniya va asidozga olib keladigan jarayonlardan so‘ng boshlanadi. Natijada, qon aylanishining buzilishi, yurak yetishmovchiligi va nihoyat yurakning to‘xtashi kelib chiqadi.
Qon aylanishning buzilishiga ikki omil: yurak-qon tomirlari faoliyatining buzilishi va qon tomiri devorining tonusi oshishi sabab bo‘ladi. Bu yurakning nasos xususiyati uning baroretseptorlariga qon yoki boshqa suyuqliklarning bosimi ta’siri tufayli ro‘yobga chiqadi. Yurak mushaklarining qon bilan ta’minlanishi ham tomir ichi bosimiga bog‘liq. Bosim yetarli darajada bo‘lsa, yurak toj tomirlarining qon bilan ta’minlanishi yetarli darajada bo‘ladi. Yurak to‘xtab qolishining ikki turi farqlanadi:
Asistoliya (yurakning haqiqiy to‘xtab qolishi);
Qorinchalar fibrillatsiyasi (yurak muskulining muayyan tolalari betartib, nomutanosib qisqaradi).
Birinchi holda ham, ikkinchi holda ham yurak qonni «hay- dash»dan to‘xtaydi va tomirlarda qon oqmay qo‘yadi. Yurak to‘xtashining belgilari quyidagilar:
Hushdan ketish.
Puls bo‘lmasligi, jumladan, uyqu va son arteriyalarida ham.
Yurak tonlari eshitilmasligi.
Nafas to‘xtashi.
Teri va shilliq pardalarning oqarganligi yoki ko‘karganligi.
Qorachiqlarning kengayganligi.
Muskullar tortishishi: bu belgi hushdan ketish vaqtida paydo bo‘lishi va yurak to‘xtashining dastlabki, sezilarli belgisi bo‘lishi mumkin.
Bu belgilar qon aylanishi to‘xtaganligi haqida shu qadar ishonchli dalolat beradiki, bunda qo‘shimcha tekshiruv: qon bosimni o‘lchash, pulsni sanash, shifokor kutmasdan bir daqiqani o‘tkazmay, zudlik bilan reanimatsiyaga, yurak massaji va sun’iy nafas oldirishga kirishish kerak. Yurakni massaj qilish doimo sun’iy nafas oldirish bilan parallel holda o‘tkazilishi kerakligini unutmaslik lozim, shuning natijsida aylanib yuradigan qon kislorod bilan ta’minlanadi. Aks holda, reanimatsiyadan foyda yo‘q.
121
Yurakni tashqaridan massaj qilish. Tashqi massajning mo- hiyati yurakni to‘sh va umurtqa pog‘onasi orasida ritm bilan siqishdan iborat. Bunda qon chap qorinchadan aortaga haydaladi va xususan, bosh miyaga tushadi, o‘ng qorinchadan esa, o‘pkaga tushib, bu yerda kislorodga to‘- yinadi. To‘shga bosim tushishi to‘xtagandan keyin, yurak bo‘shliqlari yana qonga to‘ladi (42-rasm).
42-rasm. Bolalarda yurakni yopiq usulda uqalash:
a—ko‘krak yoshida; b—maktabgacha yoshda; d—maktab yoshida.
Yurakni tashqi massaj qilishda bemorni qattiq joyga (pol, yerga) chalqancha yotqiziladi. To‘shakda yoki yumshoq yuzada massaj qilish mumkin emas. O‘rta tib- biyot xodimi bemorning yon to- monida turadi va ustma-ust qo‘- yilgan qo‘l kaftlari bilan to‘shni umurtqa pog‘onasi yo‘nalishi bo‘ylab kuch bilan 4—5 sm.ga bosadi. Bunda bir daqiqada 50— 70 marta bosiladi. Qo‘llar to‘sh- ning uchdan bir pastki qismida, ya’ni xanjarsimon o‘siqdan ikki barmoq enicha yuqorida turishi kerak. Bolalarda yurak massajini faqat bir qo‘lda, emadigan go‘- daklarda esa, ikki barmoq uchida bir daqiqada 100—120 marta bosib o‘tkazish lozim. Bir yoshgacha bolalarga barmoqlarni to‘shning pastki uchi oldiga qo‘yiladi. Kattalarda massaj o‘tkazishda qo‘l kuchidan foydalanib qolmay, balki butun gavda bilan ham bosish kerak. Bunday massaj katta jismoniy kuch talab qiladi va juda charchatadi. Agar reanimatsiyani bir kishi o‘tkazsa, to‘shni 1 sekund oraliq bilan har 15 marta bosilgandan so‘ng massajni to‘xtatib, «og‘izdan—og‘izga», «og‘izdan—burunga» usulida yoki maxsus qo‘l respiratorlari bilan ikki marta qattiq nafas oldirish kerak.
122
Reanimatsiyada ikki kishi qatnashsa, to‘shni har 5 marta bosishdan so‘ng o‘pkaga bir marta puflash kerak.
Yurak massaji natijasini quyidagi belgilar bo‘yicha baho beriladi:
Uyqu, son yoki bilak arteriyasida puls paydo bo‘lishi.
Arterial bosimning 60—80 mm simob ustuni atrofidan oshishi.
Ko‘z qorachiqlarning torayishi va ularda yorug‘likka reaksiya paydo bo‘lishi.
Teridan ko‘kimtir tus va «murdanikidek» rangsizlikning yo‘qolishi.
Keyinchalik mustaqil nafas olishning tiklanishi.
Yurak fibrillatsiyasi va asistoliyasi haqida tushuncha
Asistoliyada yurak qorinchalarining qisqarishi umuman to‘xtaydi, ammo bunda miokard tonuslari ma’lum vaqtgacha saqlangan bo‘ladi.
Yurak fibrillatsiyasida yurak mushaklarining muayyan tolalari betartib, nomutanosib qisqaradi.
Defibrillatsiya — defibrillator asbobi yordamida 4000—6000 V kuchlanish atrofidagi elektr zaryadi o‘tkaziladi. Ushbu asbob fibrillatsiyaga davo qilish uchun ishlatiladi.
Uzluksiz davolash yo ‘nalishlari. Reanimatsiyada dori preparatlari qo‘llanib, yurakda modda almashinuvini tiklashga va uning qisqarish xususiyatini kuchaytirishga, qon aylanishi to‘xtaganda bo‘ladigan asidoz holatini bartaraf etishga va postreanimatsion davr asoratlari, xususan, miya shishining oldini olishga qaratilgan. Yurak faoliyatini tiklashda adrenalindan foydalanish yaxshi natija beradi. Bu preparat yurak muskuli tonusiga juda kuchli ta’sir etish xossasiga ega. Uni yurak massaji fonida yurak ichiga yoki vena ichiga osh tuzi yoki glukozaning 5 ml izotonik eritmasida suyultirilgan 0,1 % li eritmasidan 0,5 ml.dan yuboriladi. 3—5 daqiqa o‘tgach preparat yuborishni takrorlash mumkin.
Yurak ichiga dori yuborishdagi xavf-xatarlarni unutmaslik kerak, bu o‘pka toj tomirlarining shikastlanishiga olib kelishi mumkin. Adrenalin bo‘lmasa, efedrin, mezaton yoki noradrenalindan foydalanish mumkin. Kalsiy preparatlari — kalsiy xlorid va kalsiy glukonat yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Bu dorilar ham yurak qisqarishini kuchaytiradi va yurak ishi to‘xtab qolganda yaxshi ta’sir qiladi. 10 % li kalsiy xloridning 5—10 ml eritmasini yurak ichiga adrenalin bilan yuborish mumkin.
123
Reanimatsiyada novakainamid ham qo‘llaniladi, bu ayniqsa, qorinchalar fibrillatsiyasida defibrillatsiya o‘tkazishdan oldin ishlatiladi. Novakainamid ba’zan, hatto fibrillatsiyani ham bartaraf qiladi. Asidoz sharoitlarda reanimatsiya va dori-darmonlar bilan davolash ta’sirchan chiqmasligini nazarda tutish lozim. Shuning uchun dastlabki imkoniyat vujudga kelganda 4—8 % li natriy gidrokarbonat eritmasini vena ichiga yuborish zarur.
B guruhidagi vitaminlar, askorbinat kislota va kokarboksilaza, prednizalonni inyeksiya qilish katta ahamiyatga ega, bular, shuningdek, moddalar almashinuviga ta’sir etib, asidozni bartaraf etishga, yurak faoliyatini tiklashga imkon beradi. Markaziy asab sistemasini qo‘zg‘atuvchi dori moddalarini (kordiamin, lobelin, sititon, strixnin) singari nafas stimulatorlarini reanimatsiya vaqtida qo‘llash mumkin emas va zararli, chunki ular hujayralarda almashinuv jarayonini kuchaytirib, hujayralarning kislorodga bo‘lgan ehtiyojini oshiradi va shutariqa ularning gipoksiyaga chidamini pasaytiradi. Reanimatsiya vaqtida hamma dori pre- paratlarini faqat vena ichiga yoki yurak ichiga yuborish kerak. Reanimatsiya vaqtida yurakni massaj qilishni va sun’iy nafas oldi- rishni dorilar yuborish uchun to‘xtatib turish vaqti 10—15 sekund- dan oshmasligi darkor. Reanimatsiyadan keyin bemorni, avaylab transportirovka qilish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |