«Og‘izdan — og‘izga» nafas berishda tibbiyot xodimi kasalning yon tomonida turib, bir qo‘li bilan bemor burnini bekitadi, ikkinchi qo‘li bilan esa, kasalning engagiga ohista
bosib og‘zini ochadi (og‘ziga doka yoki bint yopib qo‘ygan ma’qul) shundan keyin chuqur nafas olib, lablarini kasalning og‘ziga mahkam jipslashtiradi va zo‘r bilan nafas chiqaradi. Havoni berib bo‘lgandan keyin lablarini bemor og‘zidan oladi. Sun’iy nafas berishni yaxshi nazorat qilib borsa bo‘ladi. Havoni puflab kiritganda avval u oson o‘tadi, o‘pka to‘lib cho‘zilib borgan sayin qarshilik ortib boradi. Sun’iy nafas berayotgan bo‘lsa, nafas berilgan paytda ko‘krak qafasining kengayishi yaxshi ko‘rinib turadi.
Yurak faoliyati saqlanib turgan paytda berib boriladigan sun’iy nafas tezligi bir daqiqaga 20—25 martagacha yetkaziladi. Sun’iy berish bilan bir vaqtda yurak ustidan massaj qilinayotgan bo‘lsa, zo‘r bilan nafas berib turishni bir daqiqaga 12—15 marta tezlik bilan bir maromda takrorlab borish kerak, ya’ni ko‘krak qafasi 4—5 marta qisilganda bir marta nafas berib borish kerak bo‘ladi. Bunda puflab nafas berish yurak massajida ko‘krak qafasi qisiladigan paytga to‘g‘ri kelib qolmasligi kerak. Til va epiglotisni oldinga surib qo‘yadigan S simon havo o‘tkazuvchi naydan foydalanish og‘izdan-og‘izga qilib, sun’iy ventilatsiyani o‘tkazishni ancha oson- lashtiradi.
«Og‘izdan—burunga» havo puflash usuli sun’iy nafas oldi- rishning eng ta’sirchan va oddiy usullaridan hisoblanadi. Bemor boshini orqaga ko‘proq engashtirib chalqancha yotqiziladi. Buning uchun bemorning kuraklari ostiga bolishga o‘xshatib yumaloqlangan kiyim bosh yoki adyol qo‘yiladi. Bemorning jag‘i mahkam qisilgan hollarda og‘izdan—burunga sun’iy nafas oldirish usuli foydali hisoblanadi. Bu maqsadda bir qo‘l bilan bemor boshini manglayidan orqaga engashtiriladi, ikkinchi qo‘l bilan iyagidan ushlanadi va pastki jag‘ni yuqoriga ko‘tarib og‘zi bekitiladi.
So‘ngra chuqur nafas olib lablar bilan burunni qamrab, jadallik bilan nafas puflanadi. Bolaga sun’iy nafas oldirishda og‘iz va burunni birgalikda mahkam qamrab olinadi va havo puflanib (oz miqdorda) ko‘krak qafasining ko‘tarilishi kuzatib turiladi. Bolalarda nafas tezligi bir daqiqada 16—18 marta atrofida bo‘lishi kerak. Sun’iy nafas oldirishda Ambu va Ruben qopchasi nihoyatda qulay. Yuqorida bayon etilgan usullarga qaraganda, asboblar (apparat DP-1, DP-2, DP-3, RO-3, RO-5, RO-6 va hokazolar) yordamida nafas oldirish ko‘proq samara beradi. Asboblarning, ayniqsa, so‘nggi modellari qo‘llanilganda bemorning nafas olishi va chiqarishi avtomatik
119
boshqariladi. Sun’iy nafas oldirish mustaqil nafas olish tiklanguncha cheklanmagan holda uzoq muddat amalga oshirilishi mumkin. Hozirgi paytda yosh bolalar uchun:
«Bebilok—800»;
«Mikrovent» asboblari qo‘llaniladi.
Traxeya intubatsiyasi va traxeostomiya haqida
tushunchalar
O‘pkani davomli sun’iy ventilatsiya qilishda, albatta, traxeya intubatsiya qilinadi, bu holda laringoskop yordamida unga endotraxeal naycha kiritiladi. Traxeyani intubatsiya qilish, nafas yo‘llarini ochiq tutib turishning eng qulay usuli hisoblanadi. Bunda tilning orqaga ketishi va o‘pkaga qusuq massasining tushish xavfi bartaraf qilinadi.
Endotraxeal naycha orqali og‘izdan naychaga zamonaviy apparatlar—respiratorlar yordamida ventilatsiya o‘tkazish ham mumkin. Bu apparatlar bir necha kun va hatto, oylar mobaynida o‘pkaning sun’iy ventilatsiyasini o‘tkazishga imkon beradi. 3—4 kun- dan ortiq sun’iy nafas oldirish zarur bo‘lganda bemorga traxeostomiya operatsiyasi o‘tkaziladi.
Traxeostomiya — shoshilinch operatsiya, bo‘yinning oldingi yuzasini kesib, traxeyaga naycha kiritishdan iborat. Traxeostomiya, shuningdek, difterik va soxta krup, hiqildoqdagi yot jismlar, hiqildoq shikasti sababli yuz bergan asfiksiyalarda ham qo‘llanilishi mumkin. Bundan tashqari, ovoz boylamlarining falajlanishi va siqilishi, hiqildoqning juda ham kuchli shishishi, bo‘yindagi o‘smalar, traxeostomiyaga klassik ko‘rsatma bo‘lib hisoblanadi.
Nafas yo‘llarining aspiratsion va shilliq moddalar bilan to‘lishi natijasida, ko‘krak qafasining har xil jarohatlari oqibatida qovurg‘alararo mushaklar innervatsiyasining buzilishi bilan kechadigan umurtqa bo‘yin jarohatlari oqibatida va bosh miyaning jarohati yoki qon tomirlar patologiyasi natijasida kelib chiqqan nafas jarayonining buzilishida, o‘tkir nafas yetishmovchiligi yoki spontan nafas olishning yo‘qligi, hiqildoq siqilib qolishining dekompensatsiyasi va terminal bosqichda shoshilinch traxeostomiya qilish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |