O‟zbekiston Respublikasi Oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi N. N. Maxmudov, T. R. Yuldashev, B. Sh. Akramov


 Uglevodorod xom-ashyosini tayyorlash xususiyatlari



Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/147
Sana03.01.2022
Hajmi7,63 Mb.
#316597
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   147
Bog'liq
konlarda neft gaz suvni yigish va tayyorlash texnologiyasipdf 2

1.5. Uglevodorod xom-ashyosini tayyorlash xususiyatlari 
Neft yerning bag„ridan mahsuldor qatlamdan maxsus burg„ilangan ishlatish 
quduqlari  orqali  kirib  keladi.    Neftni  qazib  olish  jarayonida  neft  bilan  birgalikda 
har xil mexanik zarrachalar (tog„ jinsi va sement zarrachalari), neft va suvda erigan 
har xil kristallar ko„rinishidagi suvlar va mineral tuzlar quduq orqali yerning ustiga 
ko„tariladi.   
Ma‟lumotlarga  asoslanadigan  bo„lsak  60-75  %  qazib  olinadigan  neft 
quduqlarning suvlanganlik sharoitida qazib olinadi. Neft qatlam suvlari bilan qazib 
olinganda  emulsiya  hosil  bo„ladi  va  ularni  bir-birida  erimaydigan  ikkita  mexanik 
aralashma  (neft  va  suv)  ko„rinishida  qarash  mumkin.  Neftning  tarkibida  suvning 
bo„lishi  haydaladigan  suyuqlikning    hajmini  va  transport  xarajatlarini  oshiradi. 
Bunda  neftning  qovushqoqligi  oshadi  va  uglevodorod  xom  ashyosini  qayta 
ishlashni qiyinlashtiradi. Neftning tarkibida 0,1 % miqdoridagi suvning mavjudligi 
rektifikatsiya  kolonnasida  ko„pirishni  jadallashtiradi  va  haydash  texnologiyasini 
buzadi. 
Neftning  tarkibidagi  suvli  eritmaning  minerallashgan  tuzli  aralashmasi 
quvur uzatmalarda korroziya muhitini hosil qiladi. 
Neftning  tarkibida  mexanik  zarrachalarning  mavjudligi  neftni  qayta 
haydashda  jihozlarni  yemirilishga  olib  keladi,  mazut  va  gudronlar  yoqilganda 
qoldiqlarni  ko„paytiradi,  sovutish  pechlarida  va  issiqlik  almashtirgichlarda 
yotqiziqlarni  hosil  qiladi,  jihozlar  tezda  ishdan  chiqadi  va  issiqlik  uzatuvchanlik 
koeffitsiyenti pasayib ketadi.  


 
19  
Mexanik aralashmalar qiyin ajraladigan emulsiyalarni hosil bo„lishiga sabab 
bo„ladi.  
Qatlam  neftining  tarkibida  katta  miqdordagi  uglevodorodlarning  yengil 
fraksiyalari  mavjud  bo„ladi  va  bosim  pasayganda  gaz  fazasiga  o„tishni 
tezlashtiradi.  Uglevodorodlarning  bunday  qismiga  neftda  erigan  neft  (yo„ldosh) 
gazi  deyiladi.  Bosim  pasayganda  neftning  gazsizlanishi  –  bu  qatlam  va  yer  usti 
sharoitidagi neft xossalarining biri-biridan farq qilish holatidir.  
Yo„ldosh  gaz  –  bu    etandan-pentangacha  bo„lgan  uglevodorodlardir.    U 
qimmat baho xom ashyo bo„lib, undan spirtlar, sintetik kauchuk, eritmalar, suyuq 
mator yoqilg„isi, o„g„itlar, sun‟iy tuqimalar va boshqa organik sintez mahsulotlari 
olinadi. Shuning uchun yengil fraksiyalarni yo„qotilishiga yo„l qo„yilmaydi. 
Neft  mahsulotlari  magistral  quvur  uzatmalarga  berilishidan  oldin 
suvsizlantiriladi,  tuzsizlantiriladi,  gazsizlantiriladi  va  mexanik  zarrachalardan 
tozalanadi. 
Yerning  ustiga  chiqib  kelgan  tabiiy  gazning  tarkibida  katta  miqdordagi 
suvlar, suyuq uglevodorodlar (kondensat) va mexanik zarrachalar bo„ladi. Bundan 
tashqari gazning tarkibida odamlarning sog„ligiga ta‟sir etuvchi hamda quvurlarda 
va  gazdan  foydalaniladigan  jihozlarni  korroziyalanishini  tezlashtiruvchi  xavfli 
komponentlar, oltingugurt va karbonat angidrit gazi mavjud bo„ladi. Tabiiy gazda 
azot ham bo„ladi. 
Gazda  qattiq  zarrachalarning  mavjudligi  gaz  bilan  aralashib  kompressor 
detallarini,  gaz  uzatmalarining  armaturalarini  shikastlantiradi  hamda  nazorat  – 
o„lchov  asboblarini  ishdan  chiqaradi.  Gaz  uzatmalarining  ba‟zi  bir    past 
uchastkalarida  joylashgan  oraliqlarda  qattiq  zarrachalarning  to„planishi  natijasida 
ko„ndalang  kesim  yuzalari  kichrayadi  va  o„tkazish  ko„rsatgichini  kamaytiradi. 
Mexanik  zarrachalar  quvur  uzatmalarda,  armaturada  va  asboblarda  korroziya 
muhitini hosil qiladi. Gaz uzatmalariga qattiq kristallar ko„rinishidagi namlik aniq 
harorat  va  bosimda  gidratlarni  shakllantiradi  va  quvur  uzatmaning  ko„ndalang 
kesim yuzasini to„liq berkitib qo„yadi. 
Oltingugurt  kuchli  zararli  va  korroziyani  hosil  qiluvchi  komponent 
hisoblanadi.  Oltingugurtli  gazdan  sanoatda  foydalanilganda  ishlab  chiqariladigan 


 
20  
mahsulotning sifatiga salbiy ta‟sir ko„rsatadi. Uglerod gazi gazni yonish issiqligini 
kamaytiradi. 
Gaz  magistral  quvurlariga  uzatishdan  oldin  quritiladi,  mexanik  va  zararli 
zarrachalardan tozalanadi. 

Download 7,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish