1.7. Qatlam va yer usti sharoitida neftning fizik xossalari
Neftning va neft gazlarining fizik xossalari hamda uning sifat tavsiflari
alohida uglevodorodlarniing yoki alohida guruhlarning (fraksiyalarning) tarkibiga
22
bog„liq bo„ladi. Neftning tarkibida og„ir uglevodorodlar ko„p miqdorda bo„lsa,
benzin fraksiyalari kam ajralib chiqadi va katta zichlikka ega bo„ladi.
Neftning zichligi massasini egallab turgan hajmiga nisbatiga teng.
Amaliyotda neftning 4
0
Sda distillangan suvning zichligiga nisbatan nisbiy
zichligidan foydalaniladi. Odatda neftning zichligi suvdan yengil, uning zichligi
750 dan 950 kg/m
3
gacha bo„ladi. Neftning zichligi 900 kg/m
3
dan kichik bo„lsa
yengil, katta bo„lganda – og„ir neft deb ataladi. Ko„rsatib o„tish kerakki, harorat
ko„tarilganda neftning zichligi kamayadi va undagi erigan gazlarning miqdori
oshadi.
Shunday qilib, gazga to„yingan qatlam neftining zichligi gazsizlantirilgan
gazning zichligidan kichik bo„ladi, gaz qanchalik olinsa shunchalik farq katta
bo„ladi.
Neftning zichligini aniqlashda areometrlardan (densimetrlar), piknometrlar
va maxsus asboblardan (Vestfal tarozisidan) foydalaniladi.
Tashigshda transport vositalarini loyihalashtirishda va ishlatishda uning
qovushqoqligi asosiy fizik xossalaridan biri hisoblanadi. Zarrachalar bir - biriga
nisbatan harakatlanganda qarshilik ko„rsatish xossasiga qovushqoqlik deb ataladi.
Neftning qovushqoqligi dinamik µ (Pa∙s) va kinematikka ν (m
2
/s) bo„linadi.
Neftning qovushqoqligi odatda 1Pa∙s, shuning uchun ixtiyoriy birliklar
(mPa∙s) yoki birliklar sistemasidan tashqari qovushqoqlik stoksda: 1 St
═
10
-4
m
2
/s
foydalaniladi.
Kinematik qovushqoqlik dinamik qovshqoqlikni uning zizligiga nisbatidan
aniqlanadi:
(1.1)
Harorat ko„tarilganda neftning qovushqoqligi pasayadi, bosim oshganda esa
ko„tariladi. Yuqori molekulali uglevodorodlar qovushqoqlik qiymatini oshiradi,
shuning uchun yengil neftning qovushqoqligi og„ir neftnikidan kichik bo„ladi.
Qatlam sharoitidagi neftning qovushqoqligi gazsizlantirilgan neftnikidan kichik
bo„ladi.
Neftning qovushqoqligini o„lchashda kapillyar viskozimetr va rotatsion
turdagi maxsus asboblardan foydalaniladi. Birinchi holatda kalibrovkali teshik
23
orqali vaqt bo„yicha oqib o„tadigan neftni suvga nisbatan oqib o„tish nisbatlari
orqali aniqlanadi. Rotatsion viskozimetrlar orqali neftni qarshiligini o„lchash oraliq
tirqishlarning neft bilan to„ldirilgan ikkita koaksial silindrlarini bir-biriga nisbatan
aylanish qarshiligi bo„yicha aniqlanadi.
Qatlam sharoitida neftda hamma vaqt erigan gaz mavjud bo„ladi, ba‟zida
1000 m
3
/t (o„rtacha 100 m
3
/t)gacha bo„ladi. Neftda gazning erish xususiyati
eruvchanlik koeffitsiyenti kattaligini tavsiflaydi yoki gaz omili deyiladi. Gaz omili
deganda atmosfera bosimiga keltirilganda 1 t neftdan ajraladigan yoki uni tarkibida
eriydigan gaz hajmi tushuniladi.
Neftli gazning komponentlari neftda har xil eruvchanlikka ega bo„ladi.
Malekulyar massa oshganda gazlarning eruvchanlik koeffitsiyenti o„sadi. Shunday
qilib, etanning eruvchanligi besh marta metandan, 20 marta propandan katta.
Harorat oshirilganda eruvchanlik kamayadi.
Amaliyotda ko„pincha gazlarning eruvchanligiga nisbatan neftning
tarkibidan gazni ajralish holatlari bilan to„qnash kelinadi. Erigan gazlarning
birinchi po„fakchalarini ajralib chiqishini boshlanishiga – to„yinish bosimi deb
ataladi. To„yinish bosimi R
t
qatlam nefti bilan gazni termodinamik muvozanatini
tavsiflaydi. Neft qatlamda to„yinish bosimidan yuqori bosimda joylashganda
to„yinmagan deyiladi. Bosim R
t
ning qiymati uglevodorod gazlariga hamda
nouglevodorod gazlari masalan, neftda juda past eriydigan azot gazlariga bog„liq
bo„ladi. Qatlamdagi bosimning qiymati R
t
dan past bo„lganda neftda hamma gazlar
erimaydi, uning bir qismi qatlamning ko„tarilgan (do„ppi) qismini egallaydi va gaz
do„ppisini hosil qiladi. Neftning tarkibidan erigan gazning ajralish jarayoni
quduqning stvoli bo„ylab harakatlanganda hamda neft gaz quvur uzatmalarida va
tovar neftini tayyorlashda ajratish pog„onasining eng so„nggi bosqichida sodir
bo„ladi.
To„yinish bosimi tovar neftning to„yingan bug„ bosimi bilan bir xil nisbatda
bo„lmaydi. Bunda gaz va suyuqlik fazasi fazalarning belgilangan nisbatida
termodinamik muvozanatda bo„ladi.
Neftning elektrik xossasi tarkibida suvning mavjudligiga va minerallashgan
darajasiga bog„liq hamda toza uglevodorodlar elektr o„tkazmaydigan hisoblanadi
va yuqori qarshilik ko„rsatish xususiyatiga ega bo„ladi. Neftni elektr zaryadlarini
24
to„plash xususiyatidan foydalanib, tok o„tkazuvchi jihozlarning elementlarini yerga
ulash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |