O‟zbekiston Respublikasi Oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi N. N. Maxmudov, T. R. Yuldashev, B. Sh. Akramov



Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/147
Sana03.01.2022
Hajmi7,63 Mb.
#316597
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   147
Bog'liq
konlarda neft gaz suvni yigish va tayyorlash texnologiyasipdf 2

 
Surxandaryo  regioni
  –  eng  eski  neft  qazib  olish  regioni  hisoblanadi.  Bu 
yerda  qayta  ishlashda  har  xil  xossalarga  ega  bо„lgan  neft  konlari  joylashgan 
qaysiki,  neftning  tarkibida  alfaltsmola  moddalarining  miqdori  80%  gacha  hamda 
zichligi  930...1000  kg/m
3
  gacha  о„zgaradi.  Bitumli  neftlarni  tayyorlash  maxsus 
standart “Yо„l ishlari uchun neft” Tsh 39.2 – 136:2004 asosida amalga oshiriladi, 
ya‟ni  ulardan  biri  neftni  suvsizlantirish  kо„rsatgichi  5,0%  dan  kо„p  emas  (2.8-
rasm). Bitumli neftni suvsizlantirishning asosiy xususiyati umumlashtirilgan tovar-
texnologik  rezervuarlarni  birgalikdagi  qо„llanilishi  bо„lib,  u  yerda  emulgatorlarni 
kiritish (bug„ uzuatmasi orqali), emulsiyani bug„ yordamida qizdirish, rezervuarga 
uzatish  tizimi  (naychalar  qini  bilan  birgalikda  fazalarning  ajralish  sathida 
joylashadi),  emulsiyani  deemulgatorlar  bilan  jadal  qorishish  jarayonini  (barbotaj) 
ta‟minlaydi. Bunday  tizimning kamchiligi  bir vaqtning  о„zida har  xil  korroziyani 
chuqurlashtiruvchi  omillar–yuqori  minerallashgan  suvlar,  tindirgichdagi  yuqori 
harorat,  neftning  tarkibidagi  oltingugurt  miqdorining  kо„pligi  natijasida  paydo 
bо„ladi.   


 
55  
Buxoro-xiva  regioni
  –  О„zbekistondagi  asosiy  neft  qazib  oluvchi  region 
hisoblanadi  bu  yerda  gaz  tagi  turidagi  uyumlar  bilan  kesishgan  neftgaz  va 
neftgazkondensat konlari ishlatiladi. Bu konlardan qazib olinadigan neft yuqori gaz 
omillariga ega bо„lib, gazni gaz dо„ppisidan qazib oluvchi quduqlarga yorib kirishi 
bilan  tavsiflanadi  va  yо„ldosh  gazlarni  utilizatsiya  qilish  talab  qilinadi.  Qatlam 
energiyasidan  va  neft  quduqlaridan  qazib  olinadigan  xom  ashyodan  tejamkorlik 
bilan foydalanish uchun yuqori va past bosimli gazlarni utilizatsiya qilishda neftni 
tayyorlash  qurilmasiga  kо„p  pog„onali  ajratish  qurilmasi  biriktiriladi.  Bunday 
bosimli  yig„ish  tizimi  yuqori  bosimli    va  haroratli  konlarda  ya‟ni,  Kо„kdumaloq, 
Janubiy  Kemachi,  Jenov,  Shimoliy  Shо„rtan,  Shakarbuloq,  Umid  konlarida 
qо„llanilmoqda (2.9, 2.10, 2.11 –rasmlar).  
Neft  qazib  oluvchi  quduqlardan  mahsulotlar  (gazlift;  neft  va  gazni  yaxlit 
quduq  tо„ri  orqali  birgalikda  oladigan;  yuqori  boshlang„ich  gaz  omili  200-
700m
3
/m
3
  gacha  yetadigan)  shleyflar  orqali  kondagi  YP  (yig„uv  punkti)ga 
tо„planadi va bu yerda alohida guruhli о„lchov qurilmasi orqali har bir quduqning 
debiti о„lchanadi. 
YPda alohida quduq mahsulotlari yaxlit oqimli KNB ga(kirish nitkasi bloki) 
birlashtiriladi va yuqori bosimli yig„uv kollektori orqali (6 MPa dan yuqori) neftni, 
gazni  va  qatlam  suvini  kompleks  tayyorlash  qurilmasiga  uzatiladi  (2.9-rasm).  S-
101  birinchi  pog„onali  ajratgichda  neftdan  ajratiladigan  gaz  6,0-5,8  MPa  yuqori 
bosim  bilan  GQIZ  (gazni  qayta  ishlovchi  zavodning)  gaz  uzatmasiga  kiradi,  gaz 
ikkinchi pog„ona S-102  va uchinchi S-103 pog„onalarda ajratilib 1,5 va 0,6 – 0,25 
MPa  bosim  bilan  GQIZ  ga  tashish  uchun  siquv  –  kompressor  stansiyasiga 
tо„planadi.  Qatlam  va  tovar  suvlari  suvsizlantirishda  ajratilgan,  qatlam  suvini 
gazsizlantirish  va  ajratish  apparatlari  orqali  ketma-ket  о„tgandan  sо„ng  sig„im 
idishiga  tо„planadi  va  undan  keyin  konda  qatlam  bosimini  saqlab  turish  uchun 
nasos  yordamida  qatlamga  haydaladi.  Neft  gazsizlantirilgandan  va  termik 
kimyoviy  suvsizlantirilgandan  keyin  tovar  rezervuarida  tо„planadi  va  u  yerdan 
neftni  qayta  haydovchi  stansiyaning  nasoslari  yordamida  neft  uzatmalari  orqali 
NQIZlariga yoki NQE (neft qо„yish estakadasiga) haydaladi. 
 


 
56  
 
2.9-rasm. Qatlamning yuqori energiyasidan foydalaniladigan germetikli NTQ 
sining sxemasi (bosim va issiqlik): 
YP-yig„ish punkti;  KBN-kirish bloki nitkasi;  GО„Q-guruhli о„lchov qurilmasi;  S-
101, S-103, S-104 -neftgaz ajratgichlari; O-1 -tindirgich; D-deemulgatorni kiritish 
nuqtasi;  DV-1  -neft;  YE-2,3  -tayyorlagan  suv  uchun  drenaj  sig„imi;  QSD-qatlam 
suvi degazotori; R-101 - ajratgich; N - nasos; YE-1 – neft tо„planishi uchun sig„im; 
YE-2,3  –  tayyorlangan  suv  uchun  sig„im;  TPR-tik  pо„lat  rezervuari;  QP-
qizdiruvchi  pech;  S-sifon;  NQHS-neftni  qayta  haydovchi  stansiya;  NQIZ-neftni 
qayta  ishlovchi  zavod;  YUS-yuvuvchi  suv;  QBST-qatlam  bosimini  saqlab  turish; 
KIHT-kon ichida  haydash tizimi. 
Yirik  konlardagi  neft  quduq  mahsulotlarini  haydash  YPdan  to  NTQsigacha 
alohida ikkita kollektor orqali amalga oshiriladi. Bunda bittasi orqali suvsiz quduq 
mahsuloti,  ikkinchisi  orqali  suvlangan  neft  haydaladi  (2.10  –  rasm).  Yig„ish 
kollektorlari orqali neftni, gazni va suvni yig„ish quduq ustidagi bosim ostida yoki 
nasoslardan foydalanish orqali amalga oshiriladi. Kollektorlarning diametri NTQsi 
joylashgan  masofaning  uzoqligiga  (5  –  20  km)  bog„liq  holda  150  mm.dan  350 
mm.gacha  qabul  qilinadi  hamda  tayyor  mahsulotni  olish  bо„yicha  bir  nechta 
variantlar texnik-iqtisodiy jihatdan taqqoslanib oydinlashtiriladi. 


 
57  
 
2.10 - rasm. Kon maydonlarida neftni, gazni va suvni yig„ishning prinsipial 
sxemasi: 
1-otma  chiziq;  2-birinchi  pog„ona  ajratgich;  3-  halqali  gaz  yig„ish  kollektori;  4-
toza  neftni  yig„ish  kollektori;  4a-suvlangan  neftni  yig„ish  kollektori;  5-ajratgich  -
deemulsator;  6-suvni  tayyorlash  qurilmasi;  7-suv  haydovchi  nasos  stansiyasi;  8- 
Blokli  (kustovoy)  nasos  stansiyalariga  (BNS-KNS)  suv  uzatma;  9-ikkinchi 
pog„ona ajratgichi; 10-magistral gaz uzatmasi; 11-tovar rezervuari parki; 12-tovar 
neftni haydovchi nasos; 13-magistral neft uzatmasi 
 
Neft  gazlarini  yig„ish  va  uni  iste‟molchilarga  yetkazib  berish  uchun  neft 
konining  maydonida  gaz  uzatmalarining  tizimi  va  kompressor  stansiyasi  quriladi. 
Gaz  yig„ishning  hisobiy  sxemasini  tanlashda  gazni  tо„xtovsiz  ta‟minlashning 
manevr tizimini qо„llanmasiga asolaniladi.    
Bunday  talablar  murakkab  konlarni  ishlash  va  birinchi  navbatda  har  xil 
qalinlikdagi  neft  hoshiyali  neftgazkondensat  konlarini  ishlatish  bilan  bog„liqdir. 
Respublikamizda  bunday  neftgazkondensat  konlarida  uyumlarni  о„zlashtirishning 
kompleks  loyihalari  muvaffaqiyatli  ishlatilmoqda.    2.11-rasmda  neftga  tо„yingan 
qatlamlarga gazli ta‟sir etib, neftgazkondensat aralashmalarini olishning prinsipial 
sxemasi kо„rsatilgan. Konni loyihalashtirish va ishlatishning tartibida konda qazib 
oluvchi  va  haydovchi  quduqlarning  tо„ri  hamda  neft  va  gazni  tayyorlash, 
komressor stansiyasi – bittasi orqali gazni tashish uchun quritish qurilmasi (0,5/5,5 


 
58  
MPa)  va  ikkinchisi  orqali  quritilgan  gazni  qatlamga  haydash  (3,5/25  MPa) 
inshootlari  keltirilgan.  
Yuqorida  keltirilgan  neft  qazib  oluvchi  quduqlardan  yig„ish  tizimining 
afzalligi  har  bir  aniq  holatlarda  neft  va  gazni  qazib  olish  tumanining  spetsifik 
joylashuvi hisobga olinadi hamda konni jihozlash va aniq loyihani amalga oshirish 
bо„yicha texnik qarorlar amalga oshiriladi. 
Neft  va  gaz  konlarini  jihozlashda  va  zamonaviy  qazib  olish 
texnologiyasining taraqqiyotida asosiy e‟tibor neft qazib oluvchi regionlarda infra 
tuzilmani  kompleks  rivojlantirishda  obyektlarni  maksimal  unikatsiya  qilish  orqali 
yuqori sifatli mahsulot olishga qaratilgan.  
Shunday  qilib  konlardan  yig„iladigan  neftni  tabiiy  harorati  50...60
0
S  ni 
tashkil  qiladi,  neft  faqat  deemulgator  yordamida  ishlanadi,  ajratgichlardan  va 
tindirgichlardan  samarali  foydalanish  uchun    deemulgatorlar  KNB  (kirish  nitkasi 
blokiga)  yoki  YP  (yig„ish  punktiga)  dozirovka  qilinadi.  Texnologik  rezervuarda 
suvdan ajratish va suvni chiqarib yuborish amalga oshiriladi, tayyorlangan neft esa 
о„z  oqimi  bilan  tovar  rezervuariga  chiqariladi.  Yuqori  bosimli  qazib  olinadigan 
yо„ldosh  gaz  Muborak  gazni  qayta  ishlash  zavodida  utilizatsiya  qilinadi,  past 
bosimli  gaz  esa  loyihaga  asosan  SKS  (siquv  –kompressor  stansiyasi)si  orqali 
utilizatsiya  qilinadi  yoki  yuqori  bosimli  gaz  bilan  ejeksiyalash  yо„li  orqali  
utilizatsiya  qilinadi.  Qatlam  va  tovar  mahsulotidan  ajralgan  suvlar  NTQsidan 
tozalash  inshootiga  chiqariladi  va  QBST  (qatlam  bosimini  saqlab  turish  )  tizimi 
orqali qatlamga haydaladi.  
 

Download 7,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish