O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo’qon davlat pedagogika instituti



Download 355,84 Kb.
bet7/93
Sana15.11.2020
Hajmi355,84 Kb.
#52587
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   93
Bog'liq
Миллий гоя пед тех

2-o’quv topshiriq

Tarmoqlash” usulidan foydalanib, javob toping




Muhim muammoning yechimini topishga yordam beradi va “Tarmoqlash” usuli orqali muammo hal qilinadi.




Миллий ғоя билан боғлиқ бўлган фанлар




Тарих

Qanday



Ҳуқуқшунослик


Фалсафа


Иқтисодиёт назарияси



Маънавият асослари

Диншунослик


Mavzu: MILLIY ISTIQLOL G’OYASI FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI
1. Milliy istiqlol g’oyasi fanining predmeti (I.1- chizma). “Milliy istiqlol g’oyasi” - mustaqillik yillarida davr talabi va jamiyatimiz ehtiyoji tufayli shakllangan zamonaviy zaruriy fandir. Uning vazifasi, eng avvalo, yoshlarga umuminsoniy qadriyatlar zamirida ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etayotgan xalqimizning maqsad-muddaolari va orzu-intilishlarini, bir so’z bilan aytganda, jamiyatimizning shakllanib kelayotgan milliy is-tiqlol g’oyasining asosi va tamoyillarini o’rgatishdan iborat. Zotan, Prezidentimiz ta’kidlaganidek: Milliy g’oya birinchi navbatda yosh avlodimizni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbiga insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini payvand qilishdek olijanob ishlarimizda madadkor bo’lishi zarur.1

Bu fanning asosini ham Yurtboshimiz I. Karimov asarlari asosida tayyorlangan “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” risolasi tashkil etgan.

Milliy istiqlol g’oyasi jamiyatimiz taraqqiyoti va kelajagi-ning mafkuraviy-ma’rifiy-ma’naviy tamoyillarini ifoda etib, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, yurtimizda ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishga xizmat qiladigan mafkura to’g’risidagi yaxlit tizimli, izchil ta’limotdir. Bu ta’li-mot o’z tushuncha va tamoyillari, tarixiy negizlari, ilmiy, falsa-fiy, dunyoviy va diniy, milliy hamda umumbashariy ildizlariga ega muayyan tarixiy zaruriyat mujassam bo’lgan fanning mohiyatidir.

Aniq maqsad va vazifalarga yo’naltirilgan milliy istiqlol g’oyasi xalqimiz va millatimizga taraqqiyot tamoyillarini ko’rsatib boruvchi umummilliy dastur bo’lib, unda jamiyatimizning rivojla-nishi qonuniyatlari o’ziga xos tarzda aks etadi. Milliy istiqlol g’oyasining asosiy tushuncha va tamoyillarini o’rgatish, o’rganishda quyidagilarga alohida e’tibor berish zarur:



– ma’naviy, mafkuraviy ishlarni olib borishda aholining yoshi, tafakkuri, dunyoqarashi va qiziqishlarini hisobga olish;

– targ’ibot, mashg’ulotlar jarayonida tazyiq o’tkazmasdan ma’rifiy asosda ish tutish, yoshlarning mustaqil va erkin fikrlash, bahs-munozara yuritish ko’nikmalarini oshirishlarini rag’batlantirish;

– targ’ibotchi va tinglovchilar o’rtasida o’zaro hamfikrlik va ham-korlik muhitini shakllantirish, mavzuning tushuncha va tamoyil-larini sharhlashda hayotiy misollardan samarali foydalanish;

– Dunyo va mamlakatimizda ro’y berayotgan voqealar tahlilida ja-hon va mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari ma’lumotlaridan qiyosiy dalillar keltirish;

– yoshlarda g’oyalar o’z ma’no-mohiyatiga ko’ra asosan bunyodkor yoki vayronkor bo’lishi haqidagi hayotiy va haqqoniy tasavvurlarni shakl- lantirish;

– milliy istiqlol g’oyasining umuminsoniy mohiyatini yoritish asosida mustaqillik biz uchun eng oliy qadriyat, uni asrab-avaylab, boyitib kelgusi avlodlarga yetkazish har birimizning muqaddas burchimiz ekanini xalq, yoshlarning qalbi va ongiga singdirish.

Milliy istiqlol g’oyasi yurtimizda yashayotgan har bir millat, ijtimoiy guruh, din, partiya yoki qatlam vakili uchun umumiy mezondir. SHu ma’noda, milliy istiqlol g’oyasi 136 dan ziyod millat vakillaridan tashkil topgan O’zbekiston xalqining, mustaqillikni mustahkamlash yo’lidan borayotgan jamiyatimizning umumiy g’oyasidir.

2. Milliy istiqlol g’oyasining bosh maqsadi va vazifalari (I.2 - chizma). Ma’lumki, har qanday millat va xalq, har qanday ijtimoiy tuzum va davlat muayyan bir tamoyillar va qadriyatlar asosida hayot kechiradi hamda o’z manfaatlarini, maqsad-muddaolari, orzu-inti-lishlarini ko’zlab, bosh maqsadni aniqlab, harakat qiladi.

Milliy istiqlol g’oyasining bosh maqsadi ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishga xizmat qilishdir.

Ushbu ta’rifdan kelib chiqadigan fanning maqsadi: milliy is-tiqlol g’oyasining asosiy tushuncha va tamoyillarini yosh avlod va qal-biga singdirishdan iboratdir.



Inson o’zining aql-zakovati, iymon-e’tiqodi va ijtimoiy meh-nati bilan boshqa barcha tirik jonzotlardan farqlanib, uning ongida doimo qandaydir tushunchalar, fikrlar qarashlar tahlil natijasi tas-diqlanib yoki inkor etilib boriladi. Fiziolog olimlar odam hatto uxlayotganda ham uning miyasi yuragi kabi tinimsiz ishlab turishini aniqlaganlar.

Dunyoviy fanlar ham, diniy fanlarda ham inson oliy ongli mav-judot hisoblanib, uning ongi, odatda, shartli ravishda ikkita katta qismga bo’linadi: Bulardan birinchisi – insonning ruhiy ola-mi; ikkinchisi – fikriy olam, ya’ni tafakkur olamidir.

Har qanday g’oya, odatda, fikr sifatida alohida olingan shaxs ongida shakllanadi, keyinchalik ko’pchilikka maqbul, ijobiy bo’lsa, jamiyatning turli qatlamlari orasida tarqaladi, maqbul bo’lsa, turli elat va millatlar orasida yoyiladi va ularni fikran hamda ruhan yaqinlashtiradi, salbiy bo’lsa, begonalashtirib, odamlarni bir-biriga qarshi qo’yishga xizmat qiladi.

Mustaqil hayotga qadam qo’yayotgan har bir yangi avlod dastlab oila, so’ngra o’zi yashayotgan jamiyatda mavjud g’oyalar ta’sirida tarbiyalanadi, muayyan qarashlar va g’oyalarni o’z e’tiqodiga singdiradi, ular zamirida o’ziga maqbul yangi g’oyalarni yaratadi va targ’ib etadi. Bir so’z bilan aytganda, insoniyat jamiyati g’oyalarsiz mavjud bo’lmaydi.

Bu mulohazalardan so’ng, tabiiyki, shunchalar ahamiyatli g’oya, milliy g’oya o’zi nima? Ularning oddiy fikrdan farqi bormi? – degan savollar tug’iladi.

G’oyaga ta’rif berish uchun, avvalo uning mohiyatini namoyon eta-digan asosiy xususiyatlarni sanab o’tish lozim bo’ladi. G’oyaning eng muhim xususiyati – inson va jamiyatni maqsad sari yetaklaydigan, ularni harakatga keltiradigan safarbar etadigan fikriy kuch ekanidadir.

G’oya fikr ifodasi yoki fikrlar majmuasidir, ammo o’zining ij-timoiy xarakteri bilan oddiy fikrlardan farqlanadi. Boshqacha aytganda, har qanday fikr g’oya bo’la olmaydi, ammo har qanday g’oya asosida fikr, fikrlar yotadi.

G’oya deb, inson tafakkurida vujudga keladigan, ijtimoiy kuchga ega bo’lgan, ruhiyatga kuchli ta’sir o’tkazib, jamiyat va odamlarni harakatga keltiradigan, ularni maqsad – muddao sari yetaklaydigan fikr, fikrlar majmuasiga aytiladi.

Milliy g’oya esa biron bir mamlakat xalqi (xalqlari) ning tub manfaatlarini ifoda etadigan, uni o’z oldiga qo’ygan maqsadlari sari birlashtiradigan va safarbar etadigan eng ilg’or, insonparvar fikrlar majmuasidir.

O’z tarixi va taraqqiyotining tub burilish davrlarida har qanday millat va xalq o’z kelajagini o’zi belgilashi, unga yetishishning o’ziga mos yo’llarini tanlashi hayotiy zaruriyatga aylanadi. SHu jarayonga xos ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy yo’nalishlarga munosib barcha g’oyaviy (fikriy) tamoyillarni ham belgilab oladi. Bunda butun millat uchun umumiy bo’lgan g’oyalar nihoyatda ulkan ahamiyat kasb etadi va ularning majmuasi milliy g’oya bo’ladi.

Mustaqillik yurtimizda yashayotgan barcha xalqlar uchun eng ulkan tarixiy burilish davri bo’ldi, tabiiyki, bu davr o’ziga xos asosli g’oyalarning shakllanishini ham talab qildi.

Tarixiy jihatdan zaruriyat, hayotiy ehtiyoj hisoblangan bunday g’oyalar O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov tomonidan vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo hamjihatlik, diniy bag’rikenglik kabi milliy, ayni paytda, umuminsoniy qadriyatlar sifatida asoslab berildi.1

Milliy istiqlol g’oyasining qator muhim tarixiy vazifalari bor:

– birinchidan, milliy istiqlol g’oyasi aholini, avvalambor, yosh avlodimizni vatanparvarlik, el – yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbida insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini payvand qilishdek olijanob ishlarimizda madadkor bo’lishi zarur;

– ikkinchidan, u Vatanimizning shonli o’tmishi, buguni va buyuk kelajagini uzviy bog’lab turishga, o’zimizni ulug’ ajdodlarimiz boqiy merosining munosib vorislari deb his qilish, shu bilan birga, jahon va zamonning umumbashariy yutuqlariga erishmoqqa yo’l ochib beradigan va shu maqsadlarga muttasil da’vat qiladigan g’oya bo’lishi kerak;

uchinchidan, milliy istiqlol g’oyasi kelajagi buyuk davlat qurayotganimizga mustahkam ishonch bag’ishlab ruhimizni baland, belimizni baquvvat qilishga xizmat qilishi lozim.

G’oya va mafkura. G’oya tushunchasi mafkura tushunchasi bilan cham-barchas bog’liq, aniqrog’i biri ikkinchisini yaratadigan hodisadir. Mafkura kelib chiqishiga ko’ra arabcha so’z bo’lib, fikrlarning ko’pli-gini bildiradi va o’zbek tiliga ko’p asrlardan buyon o’zlashib ketgan. SHuningdek, tafakkur (fikrlar majmuasi) va mutafakkir (fikrlar egasi) so’zlari asosida ham fikr tushunchasi yotadi.

Mafkura - muayyan guruh yo qatlamning, millat yoki davlatning ehtiyojlarini, maqsad va intilishlarini, ijtimoiy - ma’naviy tamoyillarini ifoda etadigan g’oyalar, ularni amalga oshirish usul va vositalari tizimidir.

Tarixan quldorlik, feodalizm va kapitalizm kabi ijtimoiy tuzumlarda har xil tabaqa va qatlamlarining mafkurasi turlicha bo’lib kelgan. Buning asosida esa manfaatlar turlichaligi, ularni qondirish imkoniyatlari va uslublarining har xilligi yotadi. Qatlamlar o’rtasida qutblashuv, ya’ni tabaqalashuv kuchaygan, man-faatlar kurashi avj olgan tuzumlarda mafkuralar o’ta siyosiylashib, har biri hukmronlikka intiladi, natijada aholi qatlamlari orasida keskin qarama – qarshiliklarni keltirib chiqaradi. Ma’lum bir tarixiy sharoitlarda ba’zi mafkuralar davlat ideologiyasi, ya’ni hukmron mavqega ega bo’lishi mumkin. Mafkuralar tarix taqozosi bilan o’z mavqeini yo’qotsa-da, lekin ma’lum muddat millat ma’naviyatining tarkibi sifatida saqlanib qolishi mumkin. Xalq ularning ta’siridan quvvat olgan, ma’naviy oziqlangan, ular o’z qadriyatlarini saqlagan.

Insoniyat tarixida o’z talab–ehtiyojlarini boshqa xalqlar hisobiga qondirish istagi talonchilik va bosqinchilik, buyuk dav-latchilik, ekstremizm kabi mafkuralarni yuzaga keltirgan g’oyalar xalqlar boshiga ko’p kulfat solgan. Ana shunday g’oyalar majmuasidan biri sobiq sho’roviy tuzum mafkurasidirki, biz uning asorat-laridan hanuz batamom xalos bo’lganimiz yo’q.

Ijtimoiy hamkorlikka asoslangan, erkin, demokratik jamiyat barpo etishni ko’zlagan davlatimizda milliy mafkura aholining barcha qatlamlarini jipslashtirib, umummanfaat va yagona maqsad yo’lida harakatga chorlaydi. Bunday mafkurada ziddiyatli jihatlar emas, umuminsoniy tamoyillar kuchayib boradi.

Prezidentimiz I. A. Karimov jamiyat mafkurasiga shunday ta’-rif bergan: “Odamlarning ming yillar davomida shakllangan dunyo-qarashi va mentalitetiga asoslangan, ayni vaqtda shu xalq, shu mil-latning kelajagini ko’zlagan va uning dunyodagi o’rnini aniq-ravshan belgilab berishga xizmat qiladigan, kechagi va ertangi kun o’rtasida o’ziga xos ko’prik bo’lishga qodir g’oyani men jamiyat mafkurasi deb bilaman”.1

Sodda qilib aytganda, jamiyatimizning mafkurasi shu jamiya-tning fikriy-g’oyaviy tayanchi bo’lishi, oddiy inson va uning man-faatlarini ifoda etishi, xalqimizning bexatar, tinch – omon, fa-rovon, badavlat turmushga erishishi uchun kuch - g’ayrat manbai bo’lishi lozim.

Milliy mafkura, birinchidan, o’zligimizga, muqaddas an’ana-larimizni anglash tuyg’ularini, xalqimizning ko’p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga bugun qo’yilgan oliy maqsad va vazifalarni qamrab olishi shart.

Ikkinchidan, jamiyatimizda bugun mavjud bo’lgan xilma – xil fikrlar, ziddiyatlar va g’oyalar, erkin qarashlar, har qanday toi-falar va guruhlarning intilishlari va umidlaridan, har qanday insonning e’tiqodi va dunyoqarashidan qat’iy nazar, ularning barchasini yagona bayroq atrofida birlashtiradigan, xalqimiz va davlatimizning daxlsizligini asraydigan, el – yurtimizni eng buyuk maqsadlar sari chorlaydigan yagona g’oya – mafkura bo’lishi kerak.

Uchinchidan, milliy mafkuramiz har qanday millatchilik va shunga o’xshagan unsurlardan, boshqa elat va xalqlarni mensimaslik, ularni kamsitish kayfiyati va qarashlaridan mutlaqo xoli bo’lib, qo’shni davlat va xalqlar, umuman jahon hamjamiyatida, xalqaro maydonda o’zimizga munosib hurmat va izzat qozonishda poydevor va rahnamo bo’lishi darkor. Milliy mafkura vositasida el – yurt bir-lashadi, o’z oldiga buyuk maqsadlar qo’yadi va ularni ado etishga qodir bo’ladi. Millat, xalqning hamjihatligi esa har qanday taraqqiyot-ning garovidir.

Binobarin, milliy mafkura har qanday xalqni – xalq, millatni – millat qiladigan, uning yo’li va maqsadlarini aniq – ravshan ko’rsatib beradigan fandir.

Mustaqillik yillarida jamiyatimiz a’zolarining dunyoqarashi, fikrlash tarzida teran o’zgarishlar ro’y berdi. Xalqimizni birlash-tiradigan, bunyodkorlik faoliyatiga safarbar etadigan, uning ezgu maqsadlari va hayotiy manfaatlarini o’zida ifodalaydigan milliy g’oya va mafkurani yaratish ijtimoiy – siyosiy va ma’naviy taraq-qiyotimizning muhim sharti bo’lib qoldi. Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek: “Oldimizga qo’ygan olijanob maqsad – muddao-larimizga yetish, eski mafkuraviy asoratlardan batamom xalos bo’-lish, g’oyaviy bo’shliq paydo bo’lishiga yo’l qo’ymaslik, begona va yot g’oyalarning xurujidan himoyalanish, bunday tajovuzlarga qarshi tura oladigan har tomonlama barkamol insonlarni voyaga yetkazish zaru-rati xalqimiz va jamiyatimiz manfaatlariga mos yangi mafkurani shakllantirishni taqozo etmoqda”.

Milliy istiqlol mafkurasining yoshlar ongiga singdirilishi uning maqsad va vazifalarini chuqur o’rganish bilan bevosita bog’liq, shuning uchun mafkura maqsadlarini bilish eng dolzarb va muammoli masalalardan biridir.

Har qanday mafkura o’z oldiga muayyan maqsadlarni qo’yadi. Bu maqsadlar pirovard natijaga erishishning yo’llari, vosita va usul-larini belgilaydi. Mafkuraning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

– odamlarni muayyan g’oyaga ishontirish;

– shu g’oya atrofida uyushtirish;

– g’oyani amalga oshirish uchun safarbar etish;

– kishilarni ma’naviy – ruhiy jihatdan rag’batlantirish;

– g’oyaviy tarbiyalash;

– g’oyaviy immunitetni shakllantirish;

– harakat dasturiga ega bo’lish.

Istiqlol mafkurasining vazifalari uning o’z oldiga qo’ygan bosh maqsadidan kelib chiqadi. Unda bosh maqsadga erishishning vosita va usullari, yo’llari aniqlanadi.

SHu ma’noda, odamlarimizda mustaqil dunyoqarash va erkin ta-fakkurni shakllantirish – milliy istiqlol mafkurasining asosiy vazifalaridan biridir. Milliy mustaqillik – buyuk ne’mat, ya’ni har bir xalq o’z taqdirini o’zi belgilashi, o’z yurtiga o’zi egalik qilishi, ajdodlar an’anasini davom ettirishi, jahon hamjamiyatida o’ziga munosib o’rin egallashi uchun noyob imkoniyatdir. Mustabid tuzum xalqlarning milliy mustaqillikka, erkin fikrlashga bo’lgan intilishini bo’g’ar, insonni mutelik, itoatkorlikda ushlab turishga zo’r berib, mohiyatan g’ayriinsoniy va inson tabiatiga zid edi. SHu boisdan ham u inqirozga yuz tutdi.

Mustaqillik yillarida Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan milliy qadriyatlirimizni tiklash, tariximizni chuqurroq o’rganish, undan saboq olishga alohida e’tibor berilishi bejiz emas edi. CHunki mustaqillikning qadr - qimmatini teran his etish uchun, avvalo, tarixni bilmoq, xalqimiz boshiga tushgan sinovlarni, mustamlakachilik asoratlarini, xo’rliklarini yurakdan his etmoq, ozodlik uchun kurash yo’lidagi ulug’ ajdodlarimiz jasoratidan voqif bo’lmoq zarur. Zero, “Tarixni bilmay turib, mafkuraning falsafiy negizlarini anglab bo’lmaydi. CHunki mafkuraning falsafiy asos-lari o’z davrida tarixiy haqiqat tufayli tug’ilgan”.1

Istiqlol mafkurasi kishilar ongiga singdirilishi bilan ular-da Vatan taqdiri uchun mas’ullik, yagona Vatan tuyg’usi shakllanadi. CHunki shaxsiy g’oya va manfaatlar shaxs faolligini kuchaytiruvchi omil bo’lsa, istiqlol mafkurasi o’zida butun bir xalqning hayotiy manfaat va intilishlarini aks ettiradi.

“Vatanga muhabbat hissi odamning qalbida tabiiy ravishda tu-g’iladi. Ya’ni inson o’zligini anglagani, nasl-nasabini bilgani sari yuragida Vatanga muhabbat tuyg’usi ildiz otib, yuksala boradi. Bu ildiz qancha chuqur bo’lsa, tug’ilib o’sgan yurtga muhabbat ham shu qadar cheksiz bo’ladi”.2

3. Milliy istiqlol g’oyasining boshqa fanlar bilan aloqador-ligi. Insoniyat jamiyati, insonlar faoliyati turli munosa-batlar, o’zaro aloqalar ifodasidir. Mustaqil respublikamizda milliy istiqlol g’oyasi ma’lum bir ta’sir ko’rsatmaydigan sohaning o’zi yo’q. SHu bois jamiyatdagi barcha fanlar kabi milliy istiqlol g’oyasi ham o’ziga turdosh va turdosh bo’lmagan fanlar bilan aloqada rivojlanib, o’zi ham ularni boyitib, ularga ta’sir ko’rsatib boradi. U, ayniqsa, ijtimoiy - iqtisod, ijtimoiy - siyosiy, gumanitar fanlar bilan yaqin aloqada bo’ladi. Bu fanlar orasida tarix, etnografiya, falsafa, etika, siyosatshunoslik, huquqshunoslik, dinshunoslik va ma’naviyat asoslari fanlari bilan munosabati ustuvor ahamiyat kasb etadi.




Download 355,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish