To’rtinchi tamoyil. Aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat yuritish. Bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda, aholini, ayniqsa kam ta’minlangan oilalarni, bolalar va keksalarni ijtimoiy himoyalash yuzasidan oldindan ta’sirchan choralar ko’rilishi lozim.
Kuchli ijtimoiy siyosatning tarkibiy qismlari va yo’nalishlari ko’p. Ular ijtimoiy ta’minot, yangi ish o’rinlari yaratish, sog’liqni saqlash, xalq ta’limi, madaniyat, sport va jismoniy tarbiya sohalari faoliyatini mablag’ bilan ta’minlash va isloh qilishdan tortib, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquq-tartibotni ta’minlashgacha bo’lgan masalalarni qamrab oladi.
Kuchli ijtimoiy siyosat olib borish va aholining turli qatlamlarini ijtimoiy muhofaza qilish O’zbek modelining insonparvarlik mohiyatini belgilovchi tamoyillardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |