Jadvalni to’ldiring
1-guruh
Savol
|
Mahalliychilik, millatchilik, urug’ aymog’chilik, korruptsiyaga qarshi kurash nega zarur?
|
(F) Fikringizni bayon eting
|
|
(S) Fikringiz bayoniga sabab ko’rsating
|
|
(M) Ko’rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring
|
|
(U) Fikringizni umumlashti-ring
|
|
2-guruh
Savol
|
Mafkuradagi mutloq jamoaviy va mutloq individual yondashuvlarning salbiy oqibatlari nimalardan iborat?
|
(F) Fikringizni bayon eting
|
|
(S) Fikringiz bayoniga sabab ko’rsating
|
|
(M) Ko’rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring
|
|
(U) Fikringizni umumlashti-ring
|
|
G’oyaviy tahdidlarning yo’nalishlari
Bugungi kunda mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalash masalasi tobora davlat siyosatining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Zero, istiqlol sharofati bilan mamlakatimizda sog’lom dunyoqarashli, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash maqsadida turli ijtimoiy-siyosiy islohotlar amalga oshirilmoqdaki, ular yosh avlodni har tomonlama komil inson qilib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. SHuning uchun ham Prezidentimiz I.A.Karimov “Albatta, har bir bandaga rizq-nasibani Olloh taolo beradi. Lekin bu hayotda nasibasi butun va to’la bo’lishi uchun insonning o’zi ham chin dildan intilishi, zurriyodini sog’lom muhitda tarbiyalashi katta ahamiyatga ega ekanini unutmasligimiz zarur”3 deb yozadi. Yurtboshimizning bu fikrlaridan ma’lum bo’ladiki, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-madaniy tizimdagi islohotlar nafaqat farovon turmush tarzini yo’lga qo’yish, balki ma’naviyati yuksak yangi avlodni shakllantirishga xizmat qiladigan ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaratishni nazarda tutadi.
Bugungi kunda jahon tinchligi va xavfsizligiga tahdid solayotgan jiddiy muammo – xalqaro terrorizmning avjiga chiqishidir. Terrorchilikka ixtisoslashgan transmilliy uyushgan jinoiy guruhlar faoliyat ko’lamini kengaytirib, ushbu guruhlar tomonidan amalga oshirilayotgan qo’poruvchilik harakatlari tobora vahshiy va g’ayriinsoniy tus olmoqda4. Afsuski, xalqaro terrorchilik xavfining o’sishi begunoh insonlar ko’rayotgan jismoniy va ma’naviy zararning ortib borayotganligida namoyon bo’lmoqda. Amerika Qo’shma SHtatlarida 2001 yil 11 sentyabr kuni ro’y bergan qo’poruvchilik harakatlarining natijasida bir necha daqiqada minglab insonlarning hayotiga nuqta qo’yilib, ularning aynan jahondagi eng qudratli davlat hududida sodir etilganligi hech bir istisnosiz, o’zining harbiy hamda iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish darajasidan qat’i nazar, har bir mamlakat terrorchilik qurboniga aylanish mumkinligini tasdiqladi.
Jahon taraqqiyotining hozirgi bosqichida insoniyat g’oyat murakkab va ziddiyatli jarayonning guvohi bo’lmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |