Jadvalni to’ldiring
1-guruh
Savol
|
Insoniyat tarixida g’oya va mafkuralar namoyon bo’lishining qanday asosiy bosqichlari mavjud?
|
(F) Fikringizni bayon eting
|
|
(S) Fikringiz bayoniga sabab ko’rsating
|
|
(M) Ko’rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring
|
|
(U) Fikringizni umumlashti-ring
|
|
2-guruh
Savol
|
Prezident Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat - engilmas kuch” kitobida g’oyalar tarixi va falsafasi, milliy g’oyaning mazmun-mohiyati, shakllanishi va namoyon bo’lishi haqida?
|
(F) Fikringizni bayon eting
|
|
(S) Fikringiz bayoniga sabab ko’rsating
|
|
(M) Ko’rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring
|
|
(U) Fikringizni umumlashti-ring
|
|
2-Ilova
3-Ilova
Insert usulidan foydalanib ishlash qoidasi
1. Ma’ruza matnini o’qib, matnning chetiga quyidagi belgilarni qo’yib chiqing:
B – bilaman
+ - men uchun yangi ma’lumot
- men bilgan ma’lumotni inkor qiladi
? – noaniq (aniqlashtirish talab qiladigan) qo’shimcha ma’lumot.
2. Olingan natijalarni jadval shaklida rasmiylashtiring.
№
|
Mavzu savollari
|
B
|
-
|
+
|
?
|
1.
|
|
|
|
|
|
2.
|
|
|
|
|
|
3.
|
|
|
|
|
|
4.
|
|
|
|
|
|
5.
|
|
|
|
|
|
6.
|
|
|
|
|
|
7.
|
|
|
|
|
|
Milliy g’oya, ijtimoiy taraqqiyot va mafkuraviy jarayonlarning
o’zaro bog’liqligi
Insoniyat ijtimoiy taraqqiyoti uzoq davom etgan tarixiy jarayon bo’lib, unda kishilarning erishgan moddiy va madaniy merosi o’z aksini topgan. Tarixiy taraqqiyot jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy, g’oyaviy-mafkuraviy rivojlanishi bilan uzviy bog’liq holda yuz beradi.
Har bir davlat va jamiyat qurilishi bir-biridan shakl va mazmun jihatdan farq qilib, bu ularning rivojlanish xususiyatlaridagi o’ziga xoslikni belgilaydi. Ayni paytda, dunyodagi barcha davlatlar va jamiyatlarning paydo bo’lishi va rivojlanishida umumiylik ham mavjud bo’ladi. Bunday umumiylik real ijtimoiy asoslarga ega bo’lib, u insoniyatning umumiy manfaat va maqsadlarini ifoda qiluvchi g’oyalarda yaqqol ko’rinadi. Xususan, ijtimoiy - tarixiy taraqqiyotdagi umumiylik, mutanosiblik tamoyillari insoniyatni birlashtirish, uyushtirish, jipslashtirish, yagona ezgu maqsadga safarbar etish jarayonida namoyon bo’ladi. SHunday qilib, har bir davlat va jamiyat rivojlanishida umumiylik, mutanosiblik bilan birga o’ziga xoslik ham bor. Bunday o’ziga xoslikning yuzaga kelishiga o’sha davrdagi siyosiy tuzum, iqtisodiy hayot, madaniy turmush, g’oyaviy-mafkuraviy muhit ta’sir ko’rsatadi. «Sodda qilib aytganda, - degan edi Prezident I.Karimov, - muayyan davlat va jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichi hayotning o’zi o’rtaga qo’yayotgan shart va talablarning hisobga olinishini taqozo etadi.
Aytish mumkinki, taraqqiyotning har bir bosqichi - bu yangi muammolar va ularni bartaraf etish yo’lidagi yangi vazifalar demakdir.
Bu - hayot qonuniyati, biz uni inkor etolmaymiz va inkor etishga haqqimiz ham yo’q»1.
Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, har qanday jamiyatning u yoki bu davrdagi ijtimoiy-siyosiy taraqqiyoti vorislik tamoyiliga ega bo’lsada, biroq u konkretlik xususiyatiga egadir. Konkretlik xususiyati o’z navbatida taraqqiyotning har bir ijtimoiy-siyosiy bosqichining mazmun, mohiyatini belgilab beradi. Boshqacha aytganda, tarixiy taraqqiyotning mavjudlik belgisi uning g’oyaviy-mafkuraviy mazmunida namoyon bo’ladi. SHu nuqtai nazardan, tarixiy taraqqiyot bilan g’oya va mafkuralarning uyg’unligi insoniyat rivojlanishining muhim shartidir. Ayni paytda, har qanday g’oya va mafkura xalq, millatning tub manfaatlari asosidagina real kuchga aylanishi mumkin. «Milliy g’oya haqida ko’p va uzoq fikr yuritish mumkin. U hayotning o’zi kabi cheksiz mavzudir. Milliy g’oya xalqning milliy manfaatlaridan kelib chiqadi va uni o’zida ifoda etadi»,2 - deydi Prezident I.Karimov.
Darhaqiqat, milliy manfaatni o’zida ifoda etgan g’oyagina yashovchan bo’ladi va uning moddiy kuchga aylanish imkoniyatini yaratadi. Masalan, hozirgi sharoitda milliy mafkuramizning asosiy g’oyalari shakllanib bo’lgan. Ular xalqimiz tarixiy taraqqiyoti davomida sinovlardan o’tgan. Ayniqsa, ularning ichida Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligi kabi asosiy g’oyalar hozir milliy mafkuramizning tayanch g’oyalari hisoblanadi
Ushbu g’oyalar mazmun-mohiyat jihatdan bir-birini to’ldiradigan hamda mantiqan egiz g’oyalar sifatida baholanishi mumkin. SHu o’rinda ta’kidlash lozimki, g’oya va mafkuralar hukmron siyosiy kuchning vaqtinchalik va xato maqsadlarini bajarishga qaratilganda ularning ijtimoiy nufuzi yo’qoladi. Masalan, sovet mustabid tuzumi davrida xalqimiz o’tmishi faqat urushlardan iborat tarix sifatida talqin etildi. Milliy ozodlik harakatlari, erk, Vatan ravnaqi uchun olib borilgan har qanday kurash sinfiy kurash sifatida bayon etildi.
Mustaqillik sharoitida boy o’tmishimiz va milliy madaniyatimiz xolisona, ilmiy asosda o’rganila boshladi, ularga to’g’ri yondoshuv va munosabatlar yuzaga keldi CHunonchi, Eron axmoniylariga qarshi SHiroqning, Iskandar Zulqarnaynga qarshi Spetamenning, arab fotihlariga qarshi Abu Muslim va Muqannalarning, mo’g’ul istilosiga qarshi Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Najmiddin Kubro, Mahmud Torobiy va boshqalarning, ayniqsa adolatparvar, ma’rifatparvar xukmdor Amir Temurning sa’i-harakatlari, shuningdek, Po’latxon, Dukchi Eshon qo’zg’olonlari - bularning bari hech qanday «sinfiy kurash»ga aloqasi yo’q edi. Bunday harakatlarni yuzaga keltirgan, unga kuch bag’ishlagan asosiy omil milliy g’oya bo’lib, uning mohiyatini yurt ozodligi, tinchligi, Vatan ravnaqi va xalq farovonligi tashkil etardi.
Tarixiy taraqqiyotda mafkuralarning o’rni va ahamiyatini ko’rsatib, Prezidentimiz I.Karimov, mafkura faqat bugun emas, har doim ham eng dolzarb siyosiy-ijtimoiy masala, har qanday jamiyatni sog’lom, ezgu maqsadlar sari birlashtirib, uning o’z muddaolariga erishishi uchun ma’naviy-ruhiy kuch-quvvat beradigan poydevor bo’lib kelganligini ta’kidlaydi. SHuning uchun milliy mafkuraning ijtimoiy taraqqiyotdagi o’rni va ahamiyatini belgilab olish o’ta muhimdir.
Milliy istiqlol mafkurasi o’z oldiga buyuk maqsad va vazifalarni qo’yib, istiqbol sari muttasil rivojlanib, ilgarilab borayotgan O’zbekistonda yashayotgan barcha xalqlar va millatlarni jipslashtiruvchi, ularning kuch-qudratlarini birlashtirib, yagona maqsadga yo’naltiruvchi kuchdir. Jamiyatda fuqarolarni birlashtiruvchi yagona umumiy g’oya va mafkura bo’lmasa, parokandalik yuzaga keladi. Mafkuraning birlashtirish, uyushtirish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratilishi ham shundan.
Hayotiy kuzatishlar, ba’zan ziyolilarimiz o’rtasida ham bizga milliy g’oya, milliy mafkura nima uchun, kim uchun kerak, uning ma’no-mohiyati nimadan iborat, degan muhim masalaga yana bir bor oydinlik kiritish zarurati mavjud. Bunda, ya’ni milliy g’oyada O’zbekiston xalqining mamlakatimiz rivojida belgilab olgan asosiy maqsad va muddaolarining ifodasi mujassamlashgan.
Birinchidan, o’zining kelajagini ko’rmoqchi va qurmoqchi bo’lgan har qanday davlat yoxud jamiyat, albatta o’z milliy g’oyasiga suyanishi va tayanishi zarurligi bilan bog’liq;
Prezident Islom Karimov ta’biri bilan aytganda, «davlat tizimi, uni boshqarish va olib borilayotgan siyosat avvalo aniq va ravshan ifodalangan mafkura asosiga qurilmog’i lozim. Ya’ni, oldin davlat qurilishi va undan keyin mafkura paydo bo’lishi o’zi g’ayritabiiy hol. Buni yaxshi anglab olishimiz lozim. Ya’ni, oldin g’oya paydo bo’ladi, undan keyin g’oya asosida mafkura, mafkura asosida esa tizim, siyosat paydo bo’ladi»1. Demak, o’z milliy g’oyasiga tayanmagan jamiyat inqirozga duchor bo’lishi, o’z yo’lini yo’qotib qo’yishi muqarrar.
Ikkinchidan, milliy g’oya O’zbekiston xalqining asosiy maqsad va muddaolarining ifodasi sifatida shuning uchun ham zarurki, odamlar ongini, tafakkurini o’zgartirmasdan turib, ko’zlangan oliy maqsad – ozod va obod jamiyatni, erkin va farovon hayotni barpo etib bo’lmaydi. Buning uchun esa, odamlar muayyan g’oyaga ishonishi va tayanishi zarur. Bu jarayon o’z-o’zidan harakatga kelmaydi, albatta. Negaki, keng xalq ommasini biron bir g’oyaning ilg’or va insonparvar ekaniga ishontirmoq uchun, avvalo, mazkur g’oyaning to’g’ri, hayotiy va ilg’or ekanligiga ishontirish zarur. Ishontirmoq uchun uning ilmiy va hayotiyligiga alohida e’tibor qaratish bilan birga milliy g’oyaning o’zi mamlakatimiz xalqining asosiy maqsad va muddaolari hamda manfaatlarini ifodalashi kerak.
Uchinchidan, milliy g’oyaning zarurligi millatning o’zligini to’la anglash jarayoni bilan bog’liq. Negaki, millat o’zligini to’la anglamas ekan, biron-bir buyuk o’zgarishlar qilib bo’lmaydi. Milliy o’z-o’zini anglash u yoki bu millatni o’zga millatlardan ajralib ketishiga emas, balki o’zligini anglagan millatlarning ma’rifatlashgan hamkorliklarining mustahkamlanib borishiga xizmat qiladi. Ana shunday o’ta murakkab vaziyatda milliy o’zlikni anglashda milliy g’oyaga asosiy tayanch kuch, ilmiy-nazariy va amaliy dastur sifatida har bir insonning ruhi, kayfiyati, hissiy kechinmalariga kirib borish orqali uning qalbi hamda ongiga ta’sir ko’rsatadi. Bu milliy g’oyaning xalq hayotiga yaqin, unga bevosita daxldor ekanligini ta’kidlash lozimdir.
Demak, O’zbekiston mustaqilligini mustahkamlashda milliy g’oyada bugungi hayotning eng dolzarb muammolari, uning strategik maqsadlari bilan dialektik bog’lanishi uning yashash shartidir.
To’rtinchidan, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlashda milliy g’oyaning zarurligi yana bir muhim holat bilan ya’ni bugun bizning tarixiy o’zgarishlar davrida totalitar tuzumdan erkin demokratik bozor munosabatlariga asoslangan demokratik tuzumga o’tish sharoitida yashayotganligimizdan kelib chiqmoqda. Bu davrning o’ziga xos xususiyatlarini chuqur tahlil qilgan mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov shunday xulosaga keladi:
«Bu o’tish davri o’ziga xos, juda katta g’ov va to’siqlarga duch kelishi, qattiq kurashlar orqali kechishi barchamiz uchun ayon bo’lmog’i darkor. Xalqimiz va jamiyatimizni mana shu davrda yangi ufqlar sari boshlash, da’vat qilishda maqsadlarimiz aniq bo’lishi kerak. Bunday maqsadlarga esa avvalo chuqur o’ylangan va puxta ishlangan mafkura asosida yetishish mumkin»1. Demak, milliy g’oya mustaqillikni mustahkamlash g’oyasining o’zagi bo’lgan - tanlagan taraqqiyot yo’limizning to’g’ri adolatli va haqqoniy ekanligiga, u mana shu zaminda istiqomat qiladigan har bir insonning hayotiy manfaatlariga mos tushishiga keng ommani ishontirish orqali ularni bunyodkorlik ishlariga safarbar etish uchun xizmat qiladi.
Mustaqillikni asrab-avaylash, himoya qilishda milliy g’oyaning o’rnini hech boshqa biron bir omil bosolmaydi. SHu nuqtai nazardan davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlari, maqsad va vazifalarini ma’naviy jihatdan ta’minlash, bugungi kunda mamlakatimiz taqdiri uchun o’ta dolzarb masaladir. Buning yorqin ifodasi Prezident I.A.Karimovning O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining o’n to’rtinchi sessiyasi (2004 yil 29 aprelь)dagi «Vatanimizning tinchligi va xavfsizligi o’z kuch-qudratimizga, xalqimizning hamjihatligi va bukilmas irodasiga bog’liq» haqidagi nutqida hamda Oliy majlisning mamlakatimiz fuqarolariga murojaatnomasida bayon etdi. Xususan unda shunday deyilgan: «Bugun bashariyat o’ziga xos va ziddiyatli bir davrda yashamoqda. Bir tomondan ilm-fan va texnika, yuksak texnologiyalar taraqqiy etib, insonparvarlik g’oyalari, demokratik qadriyatlar, o’zaro hamkorlik dunyo bo’ylab qaror topib bormoqda. Ayni vaqtda yer yuzining turli mintaqalarida qurolli mojarolar ro’y berayotgan, xalqaro terrorizmning yangi-yangi xurujlari oqibatida ming-minglab odamlarning hayotdan ko’z yumayotgani ham shu zamonning ochiq haqiqatidir»1.
«Мафкура ҳар қандай жамият ҳаётида зарур. Мафкура бўлмаса одам, жамият, давлат ўз йўлини йўқотиши муқаррар. Қаердаки, мафкуравий бўшлиқ вужудга келса, ўша ерда бегона мафкура ҳукмронлик қилиши ҳам тайин».
Жамиятимиз мафкураси халқни-халқ, миллатни-
миллат қилишга хизмат этсин2.
И.А.Каримов
Milliy g’oya xalqning ishonch va e’tiqodiga aylansa, u o’zining kutilgan samarasini beradi. SHuning uchun ham ishonch va e’tiqod masalasi milliy g’oyada muhim mezon hisoblanadi. Mamlakatimiz rahbari «FIDOKOR» gazetasi muxbiri savollariga bergan javoblarida «mafkura faqat bugun emas, balki hamma zamonlarda ham eng dolzarb siyosiy-ijtimoiy masala, har qanday jamiyatni sog’lom, ezgu maqsadlar sari birlashtirib, uning o’z muddaolariga erishishi uchun ma’naviy-ruhiy kuch-quvvat beradigan poydevor bo’lib kelgan» deb ta’kidlaydi. O’zbekistonning hozirgi davlat hududida yashagan halqlarning uch ming yillik tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, aksariyat hollarda bosqinchilar zulmi ostida yashaganligini ko’ramiz. Darhaqiqat, eramizdan avval VI asrda - Eronlik ahmoniylar, IV asrda - Yunon bosqinchisi Aleksandr Makedonskiy, eramizning birinchi asrlarida - Xitoyliklar, VII asrlarda - arab baadaviylari, XII asrlarda - mo’g’il istilochilari, XIX asrdan boshlab, avval CHor Rossiyasi, keyin «Qizil imperiya» iskanjasida ezilib yashaganligiga ko’hna tariximiz guvoh bo’lgan.
SHulardan kelib chiqib fikr qiladigan bo’lsak, tabiiy ravishda, nega xalqimiz bunchalik ezilib yashagan, sababi nima, degan savol tug’iladi. Uning turli sabablari faylasuflar, tarixchilar, siyosatshunoslar tomonidan u yoki bu tarzda izohlangan. Lekin uzoq davom etgan bu milliy fojeaning asosiy sababi - millatning g’oyaviy-mafkuraviy tarqoqligi, parokandaligidir. Zero, milliy tariximizda ozodlik, mustaqillik uchun kurashib yorqin iz qoldirgan: SHiroq, To’maris, Spitamen, Muqanna, Najmiddin Kubro, Jaloliddin Manguberdi, Maxmud Tarobiy, Temur Malik va boshqa buyuk milliy qahramonlar xalqni ozodlik, mustaqillik g’oyalariga sobit ergashtirishga harakat qilganlar. Milliy g’oyaning, jamiyat mafkurasining xalq ishonchi, mukammal e’tiqodiga to’la aylanmaganligi sababli mag’lub bo’lganlar. Mamalakat yovlar oyog’i ostida payxon bo’lgan, millat g’ururi, sha’ni toptalgan.
1991 yil tarixiy voqea - O’zbekistonning Mustaqillikka erishgandan so’ng o’zbek xalqi o’z mustaqilligini saqlab qola oladimi yoki yana mustamlakachilikning yangi ko’rinishlariga xos hayot kechiradimi, degan dilemmani kun tartibiga qat’iy qilib qo’ydi.
Mustaqillikka erishgandan keyin mustabid tizimning yakka hukmron bo’lgan kommunistik mafkurasidan bezib, zada bo’lib qolgan o’zining milliy g’oyasi negizlari bo’lgan madaniy qadriyatlari, urf-odat va an’analaridan begonalashtirilgan xalq jamiyatning barcha sohalarini «mafkuradan holi qilish»ni qo’llab-quvvatladi. Xalqni birlashtirish, mustaqillikni mustaxkamlashning muqobili bo’lmagan bir yo’li - o’zbek xalqini uyushtiruvchi, yangi jamiyat qurishga safarbar etuvchi Milliy g’oyani, jamiyat mafkurasini shakllantirib, xalq ishonchi va e’tiqodiga aylantirish bilan bog’liq edi. I.Karimov 1993 yil 6 may kuni Oliy Kengashning XII sessiyasida so’zlagan nutqida: «Oldimizda turgan eng muhim masala, bu – milliy istiqlol mafkurasini yaratish va hayotimizga tatbiq etishdir. Bizning eng ulug’ maqsadimiz, eng ulug’ g’oyamiz, eng ulug’ shiorimiz shuki, O’zbekistonning bitta yo’li bor: mustaqillikni mustaxkamlab, istiqlolni mustaxkamlab - olg’a yurish. Mafkuramiz, tutgan yo’limiz, bor g’ayratimiz ana shu ulug’vor niyatga yo’naltirilishi kerak. Xalqimizni, barcha siyosiy kuchlarni, jamiyat tashkilotlarini yakdil, bir jon, bir tan qiladigan g’oya ham aslida shu»1, degan edi.
Milliy istiqlol mafkurasi - xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchni orttirishning ilmiy-nazariy yo’nalishlari ishlab chiqilishi bilan birga uning shart-
sharoitlari, omillarning ham xilma xil ekanligini hisobga olish muhim. Ayni paytda bu jarayonning eng muhim jihati shundan iboratki, har qaysi fuqaro, har qaysi inson jamiyat taraqqiyotida unga bo’lgan o’z munosabatini aniqlab olishi zarur. Insonning mohiyatini, uning ijtimoiy ehtiyojlari tizimi, narsa va hodisalarga ongli munosabati tashkil qiladi. Aniqroq qilib aytganda, ichki botiniy e’tiqodi, orzu-umidlari ijtimoiy mavjudotligining ma’no-mazmunini belgilaydigan sifat ko’rsatgichidir. Ularni shartli ravishda ilohiy va dunyoviy yo’nalishlarga ajratish an’anasi maavjud. Xususan, ularning milliy g’oyalarda namoyon bo’lishi tarzida olib qarasak, bu sifatlar insoniyat mavjudligining zaruriy sharti bo’lib, dunyoviy hamda ilohiy g’oyalarning e’tiqodga aylanishi, faoliyat motivi, xarakatlantiruvchi mexanizmi ham, shu ma’no-mazmunning xarakterini belgilaydi. Bu dunyo tuzilishining sir-sinoatlari, odamlarning ongi va tafakkurida diniy e’tiqod bilan birga aql, tajriba asosiga qo’yilgan dunyoviy bilimlar mujassamligida o’zining ifodasini topib kelgan.
Insonning individual g’oyasi, bir tomondan, ijtimoiy borliqning shaxs hayoti darajasida namoyon bo’lishi, ikkinchi tomondan, uning zaruriy sharti, komponenti, atributi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, shaxs individual g’oyalari ijtimoiy birliklarning maqsadi, orzu umidlari, ishonch-e’tiqodi doirasida konkretlashib, umuminsoniy g’oyalarning tarkibiy qismiga aylanadi. Ya’ni, shaxs e’tiqodi, ishonchiga asoslangan amaliy faoliyati: xalq, millat, ijtimoiy tabaqa manfaatlari, ehtiyojlari asosida umumlashadi.
Turli ijtimoiy birliklarning o’ziga xos individual ishonchi, e’tiqodiga aylangan g’oyalar - millat manfaatlari, ehtiyojlari «chorrahasi»da tutashib, milliy g’oyani va ularni amalga oshirish usullari hamda vositalari bo’lgan mafkuralarni vujudga keltiradi.
Milliy g’oya - muayyan hududda yashayotgan turli ijtimoiy guruh va tabaqalarning, millat va elatlarning, xilma-xil diniy e’tiqodli kishilarning manfaatlariga mosligida, ularning dunyoviylik va ilohiylik xususiyatlari mutlaqo shartli hamda nisbiydir. Aniqroq qilib aytganda, milliy g’oya xalqning ishonchi va e’tiqodini ifodalaganligi uchun, ularning mavjudligini hamda rivojlanish istiqbollarini namoyon qiladi. SHu nuqtai nazardan, milliy g’oya jamiyatni tashkil qilgan shaxslar, individlar va ijtimoiy guruhlarning siyosiy partiyalarga mansubligidan, qaysi dinlarga e’tiqod qilishidan, millati va irqidan, ijtimoiy maqsadidan qat’iy nazar, ularning manfaatlarini integratsiyalashtiruvchi hamda universallashtiruvchi ijtimoiy faoliyat omili hisoblanadi.
Jamiyatning mafkurasi, turli ijtimoiy ong shakllari va amaliyot yo’nalishlari: ta’lim-tarbiya, fan va ilmiy muassasalar, madaniyat va ma’naviy-ma’rifat, adabiyot va san’at, din, jismoniy tarbiya va sport sohalarida integratsiyalashgan kompleks-sistemali faoliyatni taqozo qiladi. Bu vazifaning murakkabligi:
Birinchidan, uzoq tarixiy davrlarda davom etgan mustamlakachilik siyosati xalqni tarixiy xotiradan, milliy qadriyatlardan mahrum qilish chegarasiga keltirib qo’ygan edi.
Ikkinchidan, shu davrlarda totalitarizm, volyuntarizm siyosatining tashkiliy-institutsonal tizimi xalq ongida mustamlakachilikka nisbatan «ko’nikish effektini» vujudga keltirib: bo’ysinuvchanlik, qullik stereotiplarini shakllantirgan. Boshqacha qilib aytganda, «uzoq yillar davomida bu tuzum faqat jamiyat unga zo’rlab bo’ysindirilgani uchungina emas, balki jamiyat zo’rlik yo’li bilan mafkuraviy qolipga moslashtirilgani uchun ham totalitar deb atalib kelindi1.
Uchinchidan, yangi vujudga kelgan mustaqil davlatlar ustidan hukumronlik qilishning mukammal mafkuraviy usullaridan, vositalaridan foydalanishga tayyor turgan davlatlarning «g’oyaviy emansipatsiyasi», «mafkuraviy agressiyasi» keng miqyosda hujum boshlashi bilan xarakterlanadi.
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin, milliy g’oya va jamiyat mafkurasini shakllantirish, ularni xalq ishonchi va e’tiqodiga aylantirishning bir-biri bilan bog’liq ikki vazifasi kun tartibiga qo’yildi. Ularni, shartli ravishda, ijtimoiy-siyosiy makon, tarixiy zamon nuqtai nazaridan ichki va tashqi yo’nalishlarga ajratish maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |