Guruh jamoasini tashkil etish va tarbiyalash jarayonida guruh rahbarining tashkilotchilik funksiyasi juda katta ahamiyatga egadir. “Tashkilotchilik” tushunchasining o‘zi keng ma’noga ega. Maxsus bir maqsadni ko‘zlab u yoki bu ishni, tadbiriy choralarni tashkil etish guruh rahbaridan katta malaka va maxsus mahoratni talab qiladi. Tashkilotchilik funksiyasi bir nechta elementlarga bog‘liqdir.
A. O‘tgan ishlarni tahlil qilish, uning muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligi sabablarini belgilab olish.
B. Guruhda o‘tkaziladigan barcha ishlar tarbiyaviy harakterga ega bo‘lib, ma’lum maqsadni ko‘zlab o‘tkazilishi va guruh rahbari turli tarbiyaviy ishlarni o‘tkazishda oldin shu ishning modelini tuza bilish lozim.
V. Guruh rahbari oldiga qo‘yilgan maqsadga erishish uchun o‘z oldiga aniq vazifa qo‘ya bilish lozim.
G. Guruh rahbari har bir tarbiyaviy choralarni amalga oshirishda o‘qituvchi va talabalarning qobiliyatlariga qarab, vazifalarni taqsimlash, ma’lum reja asosida tarbiyaviy tadbirlarning o‘tkazish o‘rni, vaqti, soati, javobgar shaxslar va tizimliligini aniqlash lozim.
D. Ma’lum tarbiyaviy ish bajarishda bajaruvchi kishilarni ish uchastkalaridagi joy-joyiga qo‘yish, vazifalarni to‘g‘ri taqsimlash, ishga boshqa o‘qituvchilarni, ota-onalar, talabalar, otalik tashkilotlari va ish ob’ektini aniqlash lozim.
Guruh rahbarining jamoani tashkil qilish bo‘yicha asosiy faoliyati.
Har bir talabani shaxs sifatida o‘rganish.
Talabalarni guruhda tarbiyalashni tashkil etish.
Talabalarning bilim-tarbiyasini oshirish va ularning tartib intizomini mustahkamlash.
Guruhda darsdan tashqari ishlarni tashkil etish va o‘tkazish.
Fan o‘qituvchilarining tarbiyaviy ishlarini birlashtirish (koordinatsiyalash).
Talabalarning ota-onalari bilan ishlash.
Ta’lim muassasasi ijtimoiy pedagogining guruh jamoasini tashkil etishi va tarbiyalashga qo‘yilgan talablar. - Jamoa nazariyasi koidalariga muvofik, uni yaratish metodikasi ishlab chikilgan. Uning umumiy asoslari kuyidagilardan iborat: talablar kuyish, faollarni tarbiyalash, ukuv, mexnat, ijtimoiy-siyosiy va ommaviy-madaniy faoliyatdagi istikbollarni tashkil etish, soglom jamoatchilik fikrini shakllantirish, ijobiy an’analarni yaratish va kupaytirish.
- Ta’riflangan bu koidalar har kanday jamoa (ta’lim muassasasi, guruh jamoasi, ta’lim muassasasidan tashkari talabalar birlashmasi va xokazolar)ni shakllantirish va rivojlantarish uchun kullanma xisoblanadi. Mazkur bobda gap guruh jamoasini barpo etish va rivojlantirish, guruh rahbarining shu yunalishdagi ishi xakida boradi.
- Tarbiya metodlarini tanlashda ularning jamoaning rivojlanish darajasiga mosligi muvaffakiyatning muhim sharti xisoblanadi. SHuning uchun har bir pedagog tarbiyaviy ishni guruhdagi jamoa munosabatlarining rivojlanishi darajasi (boskichi, davri)ni aniklashdan boshlaydi. Pedagogning esa yangi guruh bilan kup marta ish boshlashiga tug‘ri keladi: o‘z mexnat faoliyatining dastlabki yilida, guruhni navbatdagi bitirib chikish mavsumidan keyin, ba’zan esa ta’lim muassasasida vujudga kelgan vaziyat taqozosi bilan. Guruh rahbari uzining metodlari jamoaning rivojlanishiga tuskinlik kilmasligi uchun shunday keyingi ishlari davomida vakti vakti bilan jamoaning rivojlanish darajasini anglab turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |