O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA-MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
MUQIMIY NOMIDAGI QO‘QON DAVLAT PEDAGOGIKA
INSTITUTI
FIZIKA – MATEMATIKA FAKULTETI
INFORMATIKA O‘QITISH METODIKASI TA’LIM YO‘NALISHI
302-guruh talabasi
JOʻRAYEVA SEVINCHXON ABRORJON QIZIning
“Informatika o‘qitish texnologiyalari va loyihalashtirish” fanidan
“ “INTERNETDA ISHLASHNI TA'MINLOVCHI DASTURLAR” MAVZUSINI OʻQITISHDA KEYS TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH” mavzusidagi
KURS ISHI
ILMIY RAHBAR:
|
____________________
|
QO‘QON – 2020
MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………………………
|
|
I. ASOSIY QISM……………………………………………………………
|
|
1.1
|
Internetda ishlashni ta'minlovchi dasturlar…………………………….
|
|
1.2
|
Keys-stadi metodi……………………………………………………....
|
|
1.3
|
Keys-stadi ta’lim metodi mohiyatli sifatida va didaktik o‘ziga xos xususiyatlari. ……………………………………..………………….…
|
|
1.4
|
Intellektual mahsulot sifatidagi keysning asosiy manbalari……………
|
|
1.5
|
Didaktik maqsadlariga ko‘ra keyslar………………………………...…
|
|
XULOSA……………………………………………………………………..
|
|
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………….…..….
|
|
KIRISH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Keys-stadi metodini ta’lim jarayonida keng tatbiq qilishning dolzarbligini belgilovchi omillar. Keys-stadini oliy o‘quv yurtining ta’lim amaliyotiga keng tatbiq etishdir. Barkamol insonni shakllantirishga imkon beruvchi o‘quv-tarbiya jarayoni sifatini oshirishning muhim vazifasi ta’lim samaradorligini ta’minlashdir. Ta’lim samaradorligi ta’lim mazmunining asosiy maqsad va vazifalarga mosligi, uning ilmiy jihatdan asoslanganligi, izchilligi, turmush bilan bog‘liqligi, shuningdek, ta’lim mazmuniga mos metodlar, shakllar va vositalar majmuasi tanlanishi bilan ta’minlanadi.
Metodlar juda xilma-xildir. Biz ulardan ba’zilarini tashkil etish va ularni o‘tkazish tartibi haqida to‘xtalamiz. O‘quvchilarda mantiqiy, aqliy, ijodiy, tanqidiy, mustaqil fikrlashni shakllantirishga, qobiliyatlarini rivojlantirishga, kelajakda raqobatbardosh, yetuk mutaxassis bo‘lishlariga yordam beradigan tavsiyalar beramiz.
Keltirilgan tavsiyalardan foydalanuvchi o‘qituvchilar o‘quv jarayonini tashkil etish uchun havola etilgan metodlarni xuddi shu tartibda o‘tkazishlari shart emas. Har qaysi o‘qituvchi bu metodlar asosida ularning umumiy shaklini olgan holda o‘zlarining darslarini o‘qitish texnologiyalarini yaratishlari, berilgan metodlarni to‘liq yoki ularning ba’zi bir bosqichlari, elementlarini ishlatishlari mumkin.Mamlakatimizda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, yangilanishlar va chuqur ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga nisbatan yoshlarimizni, talabalarimizni o‘zlarining har tomonlama asoslangan, ob’ektiv, real nuqtai-nazarlari hamda qarashlarining to‘g‘ri asosda ishlab chiqilishiga yo‘naltirish ham juda muhim masalalardan biridir. Bu o‘rinda Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning quyidagi ko‘rsatmalari alohida ahamiyatga ega: “... yosh avlodimizning qalbi va ongini asrash, ularni milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, farzandlarimizning dunyoda ro‘y berayotgan siyosiy jarayonlarning ma’no-mazmuni va asl sabablarini chuqur anglashi, o‘z atrofida sodir bo‘layotgan voqealar haqida haqqoniy ma’lumotlarga, eng muhimi, o‘z mustaqil fikriga ega, sodda qilib aytganda, oqni qoradan ajratishga qodir bo‘lishiga erishish ta’lim-tarbiya va ma’naviy-ma’rifiy ishlarimizning asosiy sharti va mezoni bo‘lishi darkor” ([1], 8-9 betlar).
Do'stlaringiz bilan baham: |