O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo'qon davlat pedagogika instituti tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi


II-SEMESTR MAVZU: KULOLCHILIK SAN`ATINIG AXLOQIY, G’OYAVIY VA ESTETIK TARBIYADAGI AXAMIYAT. KULOLCHILIK SAN`ATINI NAZARIY VA AMALIY JIHATDAN O`RGANISH



Download 11,44 Mb.
bet9/60
Sana13.07.2022
Hajmi11,44 Mb.
#786300
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   60
Bog'liq
badiy kulol

II-SEMESTR
MAVZU: KULOLCHILIK SAN`ATINIG AXLOQIY, G’OYAVIY VA ESTETIK TARBIYADAGI AXAMIYAT. KULOLCHILIK SAN`ATINI NAZARIY VA AMALIY JIHATDAN O`RGANISH.
Reja:

  1. Mustaqillik yillarida kulolchilik san’atini rivojlanishi.

  2. Kulolchilik san’atining milliy an’analar asosida shakllanishi.

1990 yillarda O`zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy hayotining o`z holiga kelishi natijasida, an`anaviy qadriyatlarga diqqat etibor qaratildi. Chet ellar bilan aloqalar kengaytirildi. Respublikada bir qator xalqaro muassasalar ochildi va ular xalq san`atiga bo`lgan e`tiborni kuchaytirdilar. Chunonchi, 1995 yilda bo`lib o`tgan (BMTning 50 yilligi munosabati bilan) -respublika yarmarkasida O`zbekistonda mavjud kulolchilik markazlarining vakillari ustalari maxsus tayyorlangan “Usta guvohnomasi” sertifikatiga sazovor bo`ldilar. Bular o`z maktab an`analarini qadrlab va rivojlantirib kelayotgan ustalar R.Zuxurov (Denov), M.Turopov (G’urumsaroy), I.Komilov (Rishton), Alisher va Abdulla Narzullaevlar (G’ijduvon), Namoz va No``mon Obkaqulovlar (Urgut), R.Matjonov (Xorazm), A.Raximov (Toshkent).


1997 yili O’zbekiston Badiiy Akademiyasini tashkil etilishi Mustaqil O’zbekistonimizning Madaniy hayotida muhim voqea bo’lib, u mamlakatda badiiy ta’lim-tarbiyani rivojlantirishi, badiiy merosni o’rganish, san’at va madaniyatni zamonaviy kamolotini ta’minlashda muhim vosita bo’lib xizmat qilmoqda.
O’zbekiston madaniy merosga, ayniqsa kulolchilik san’ati bo’yicha katta ma’rosga egadirki, bu merosni o’rganish va ijodiy rivojlantirish bugungi kunda asosiy ta’limiy va tarbiyaviy vazifa bo’lib qolmoqda.
Davr talabidan kelib chiqilgan xolda kulolchilik san’atini an’anaviy va noan’anaviy texnologiyasi va uslublarini rivojlantirishni alohida e’tiborga olinib unga shart-sharoitlar yaratib berilmoqda.
Shularga ko’ra kulolchilik san’ati ustalari-rassomlari o’z ijodlarida an’anaviy uslublarni qayta tiklash bilan birga yangi talqindagi noan’anaviy uslublarda ijod qilishga ham kirishmoqdalar
O`zbekiston kulolchilik san`atining eng boy merosini saqlab qolgan maskan hisoblanadi. Mustaqillik qo`lga kiritilishi bilan noan`anaviy kulolchilik san`at vakillarida mahalliy madaniyatning tarixiy qatlamlariga qiziqishlari kuzatildi. To`g’ri, bu jarayonga rassom kulollar tomonidan 1970-1980 yillarda tamal toshi qo`yilgan bo`lib, Markaziy Osiyo xalqlari boy badiiy madaniyatining avvallari ma`lum sahifalarni ochib beruvchi qadimshunoslik va tarixiy fan yutuqlari evaziga erishilgan edi.
1990 yillarda hamma sohada – iqtisodiy, siyosiy va madaniy yo`nalishlarda xallqaro arenaga bevosita chiqish imkoniyatlari keng ochildi. Ayniqsa, oxirgi jabha, o`ta boy madaniy va badiiy merosga ega bo`lgan, XX-asr rassomlari va ustalari ijodlari bilan samarali xazinaga ega davlatimiz uchun alohida muhim ahamiyat kasb etadi.
1999-2000 yillar mobaynida O`zbekistonda Amaliy san`atning noan`anaviy kulolchiligi bo`yicha turli mavzularni (“Orol fojeasi”, “O`zbekiston – Amir temur vatani”, “Buyuk ipak yo`li - XX-asr: Yangi falsafa” va xokozolar) qamrab bir necha xalqaro simpoziumlar o`tkazildi. Ushbu simpoziumlarda (1990-1992-1995-11996) dunyoning turli xil mamlakatlaridan etuk ustalar kulolchilik san`atining eng go`zal namunalarini yaratishga masharraf bo`ldilar. Ushbu xalqaro simpoziumlardan biri 1996 yil maydan 7 maygacha Toshkentda noan`anaviy kulolchilik san`ati bo`yicha “Buyuk ipak yo`li - XX-asr: YAngi falsafa” mavzusida o`tkazildi. XX-asrda Buyuk ipak yo`li xalqlarning birdamligini o`zaro anglashlarini, o`zaro bog’liqligini ifoda etuvchi ramzga, majozga aylandi, butunlay o`zgarayotgan dunyoning yangi sharoitda madaniy an`analar va ijodiy g’oyalarning bir-biriga singib borishining ellarning erkin aralashuvi ruxining namoyon etadi.
Simpozium ishtirokchilari umumiy mavzu doirasida ijodda o`z-o`zini ifoda qilish erkinligini nomoyish etadilar. Bu esa ular asarlaridagi kompozitsion va texnologik echimlarning rango-rangligini belgilash bilan birga, ayni paytda ustalarning nafaqat ijodiy individualligini, balki ularning qaysi mantaqadan yoki mamlakatdan kelganligini ham ko`rsatib berdi. Simpoziumning shiori uning asosiy ma`nosini anglatib, induvidial aniq echimlarning yaxlit ekspozitsiyali majmuaga birlashtirish uchun imkoniyat yaratib berdi. Moxiyatan, Buyuk ipak yo`lining yangi falsafasi mavzuiga bag’ishlangan yakuniy ko`rgazmada G’arbu Sharq zamonaviy madaniyatlarining samarali uchrashuvi ko`rindi. Bu ajoyib yaqinlashuv zamonaviy dunyo kulolligi ko`zgusida qiziqarli mazmun va hayotiylik kasb etdi. Simpoziumda Sharq misolida Qirg’iziston, Qozog’iston va O`zbekiston kulollari, G’arbdan esa Latviya, Shveytsariya va Frantsiya kulollari asarlari taqdim etildi. Anjuman davomida o`zbekistonlik kulollar H.Mirzayev “Soat”, N.Qo`ziyeva “Buxorolik qizlar”, “Shamchiroq”, S.Smolyakov “Zamin xotirasi”, X.Xudoyberdiyev “Saraton”, B.Gulov “Chanqovuz” asarlarini yaratdilar.
Toshkentlik kulol N.Qo`ziyevaning asarlari mo``jazgina ishlangan. Ular ajoyib kichik muhitga xos xislatga ega bo`lib, shinam va yorqindir, go`yo lirik kuylar yo`g’irilgandek tuyuladi. “Buxorolik qizlar” asarining nafis ishlangan bosh qismi, o`ziga xos shaklidagi “Shamchiroq” shular jumlasidandir. YOqilgan shamchiroqning yonayotgan nurlari uncha katta bo`lmagan teshiklar orasidan taralib turadi. Bu ishning shakl-shamoyili sharq munajjimining bosh kiyimini, yoritib turgan devorlari esa tungi yulduzli osmonni eslatadi. SHuni ta`kidlash joizki, N.Qo`zievaning oxirgi yillarda yaratgan ijodiy namunalari (“Avtoportret” (2000), “Erkak va ayol”, “Belgilar sehri” (2000) mavzu qamrovining kengligi, shakl-shamoyillaridagi shartlilik, umumiylik xususiyatlari ustun turishi, rangning mustaqil holdagi ahamiyati, shu bilan birga ijodkor tanlagan leytmotiv turli talqinda davom etadi.
S.Smolyakovning “Zamin xotirasi” deb nomlangan ko`lamli-fazoviy kompozitsiyasi chor tarafdan tomosha qilishga mo`ljallangan bo`lib, asardagi ritm muttasil rivojlanib boradi. Doira markazidan tarqalayotgan qismlarda qum yotqazilgan bo`lib, unda insonning qo`l-oyoqlari izlari aks etib, soat miliga teskari yo`naltirilgan. Bu esa erning aylanishi holatini eslatadi.
Toshkentlik boshqa bir kulol H.Mirzayevning “Soat” deb nomlangan ishi majozga ega vaqtning tutqich bermas qadami ulkan qumsoat tarzida ramziy ifodalangan. Ko`zga ko`rinmas bo`shliqni esa shamotning ko`ndalang o`rnatilgan qismi mujassam etgan.
Samarqandlik kulol X.Xudoyberdiyevning “Saraton” kompozitsiyasi echimi yana ham qiziqarli. Yozning harorati, saraton taftini xis qilish so`ndirilgan oqimtir rangda va fakturaga tik yo`l-yo`l tushirilgan to`lqinlar timsolida muvaffaqiyatli ifoda etilgan. Tomoshabinni sarobni tomomsha qilish tuyg’usi tark etmaydi, rangli plastik echim muallifga ijodiy ilhom baxsh etgan qumli dashtliklar, O`rta Osiyoda an`anaviy bo`lgan loysuvoq uylar yuzalari ko`rinishi bilan hamohang bo`lib ketadi. Qochirimlarga boy bo`lgan xalq madaniyati an`analariga murojat qilish buxorolik kulol B.Gulovning “Chanqovuz” asarlarida ham ko`zga tashlanadi. O`tmishda mahalliy aholi tomonidan suv uchun foydalanilgan bu idishlar o`ziga xos talqin qilingan. Muallif ko`zani boshlarini osmonga cho`zgan ikki xayvon tanasi o`rtasidan an`anaviy musiqa asbobi o`sib chiqqan holda tasvirlaydi. B.Gulov fol’klor-ertak ruhidagi yo`sinda bezakli naqsh va shakllar yordami bilan xayoliy afsonaviy mahluqning yuzasini bezagan holda o`ziga xos ifoda etadi.
O`zbekistonda o`tkazilgan simpoziumlar shundan dalolat berdiki, Markaziy Osiyo amaliy san`atning noan`anaviy kulolchilik sohasidagi ustalarning ijodiy tamoyillari bir-biriga o`xshamagan holda o`zlarining madaniy-tarixiy an`analariga uzviy bog’liq – bu esa adabiy, fol’klor, epos, afsonalardan foydalanishda ko`riladi. Bunday bog’liqlik ularning asarlariga hamisha o`ziga xos kolorit va kerakli tamoyillik baxsh etadi. Badiiy Akademiyaning ko`rgazmalar zalidagi “Navro`z”, “Eng ulug’ va aziz”, Mustaqillik bayramlariga bag’ishlangan ko`rgazmalar, shu bilan birga BMT loyihasi bo`yicha “Le Meridian” mehmonxonasida (998) o`tkazilgan “O`zbekistonning xunarmandchilik buyumlari” savdo ko`rgazmalari so`nggi yillarda an`anaga aylandi.
Ushbu ko`rgazmalarda noan`anaviy kulolchilik asarlari ham ishtirok etgan. Mikerina L. – jigarrang, ko`k, moviy ranglar jilosi orqali yil fasllarini aks ettuvchi “Dekorativ laganlar” (2000) turkumi bilan, Kozlova L. Samarqand terrakotalariga hamohang, ammo zamonaviy shakl-shamoyillar bilan uyg’unlashgan va ayol qiyofasida tasvirlangan “Bayram”, “Romans”, “Afsonadagi qiz” (2000), “SHodlik”, “Ohangdoshlik” (2000) asarlari bunga misol bo`lishi mumkin. SHu bilan birga bu ko`rgazmalarda noan`anaviy kulolchilik sohasida ko`p yillardan beri samarali mehnat qilib kelayotgan ustalarning ijodiy izlanishlari bilan baxramand bo`lasiz. A.Turg’unov asarlari o`ziga xos shoirona matnga, serjilva qatlamga ega “Oqshom”, “Suhbat”, “Oltin kuz”, “Jang” (2000), F.Toshmuhamedovning “Taqdir g’ildiragi” (1999), “Etuklik” (1996), “Sahovat” (2000) asarlari fikrlashga moyillik tug’diruvchi teran falsafiy mushohadalar va madaniy qadriyatlar in`ikosi bilan yo`g’irilgan bo`lsa, R.YAngibaevning “Sherdor” (1999) asarlarida tarixiy-madaniy muammolar plastik tarzda talqin etilgan. Savdo ko`rgazmalarida samarqandlik kulollar X.Xaqberdiyev va Z.Muxtorov asarlarida turli hayvonlar va qushlarning ko`rinishlarini ifodalash, yo`qolib ketgan shakllarni qayta tiklashga bo`lgan intilishdan dalolat beradi.
Akademik Sh.Mo`minova asarlari (“Voha”, “Kuz”, “Sharq ayollari” va xokozolar) shakllari yaxlitligi, makonga o`zaro faol munosabatda bo`ladigan murakkab barokko kompozitsiyalari kabi nafis ifodaviylik, yorqin rangdorlikka erishishda iste`dodli kuloldan katta mahorat sarf qilishni taqazo etadi. U yaratayotgan nafis chinni mahsulotlarda aks ettirilayotgan kompozitsiyalarda personajlarning aniq, ta`sirchan tavsifini, syujetlarning o`ziga xos obrazli echimlarini ko`rish mumkin. Shu bilan birga uning asarlarida qator ayollarning nazokatli timsoli mujassam etgan chinni haykalchalarni uchratish mumkin. Rassom kulolning xom ashyo sifatida chinnidan foydalanishi, undan eng zamonaviy texnologiya asosida ish ko`rib, rango-rang, bezaklari g’oyat nafis hamda murakkab buyumlar yaratishga imkon yaratadi.
Davlat yordamini xis qilgan ustalar o`z mahsulotlarining raqobatbardoshligiga e`tibor qilib, manfaatdorlikka erishish uchun ish ko`lamini kengaytirmoqdalar. Bir qator maxsus kichik korxonalar tuzilmoqda.
Agar 70-80 yillarda noan`anaviy kulolchilikdan ko`rgazmalardan tashqari, shahar muxitiga o`rnatish va inter’erlarda qo`llash keng tus olgan bo`lsa, hozirda zamonaviy mahalliy me`morchilikda ko`proq qo`llanilmoqda. SHu bilan birga shaxsiy imorat qurilishlarida kamin, fontanlar ishlash ham keng tus olmoqda, bu ham Art Biznes (san`at tijorati) bilan bog’liq masalalardan biridir. Noan`anaviy kulolchilik asarlarini shahar muhitida, bog’ va hiyobonlarda o`rnatish kabi yo`nalish rivoji muammoli sohalardan biri bo`lmoqda.
1999-2000 yillarda kulollar ijodida nafaqat afsona, doston yoki fol’klor ohanglari va obrazlarni, balki qadimgi va o`rta asrlar tasviriy san`ati yodgorliklarida saqlanib qolgan syujetlarni ham o`z ichiga qamrab oluvchi tarixiy madaniy muammolar plastik tarzda talqin qilish omiliga aylandi17.
1999-2005 yillarda juda ko’plab rassomlar noan’anaviy kulolchilik san’ati asarlarini yaratdilar.
1996 yili Toshkenttda noan’anaviy kulolchilik san’ati bo’yicha «Buyuk ipak yo’li XX asr: yangi falsafa» mavzusida o’tkazilgan xalqaro simpozumi va uning yakunidagi ko’rgazmada Sharq bilan G’arb madaniyatini, aniqrog’i kulolchilik san’atini uchraShuvi bo’ldi. Bu ko’rgazmada O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Frantsiya, Latviya va Shveytsiya kabi mamlakatlarni zamonaviy, noan’anaviy asarlari bilan qatnashgan rassomlar ijodida ko’rindi-ki, bu asarlarda zamon san’ati, madaniyati yutuqlari va falsafiy dunyosi ifoda etilgan.
Ko’rgazmada namoyish etilgan O’zbekistonlik kulol-rassomlardan N.Quziyeva, X.Mirzayeva, Sh.Muminova, S.Smolyankov, X.Xudoyberdiyev, B.Gulov asarlari zamon ruxi bilan, yangi dunyoviy san’at falsafasini ifoda etilgani kuzatiladi.
T oshkenttlik kulol-rassom X.Mirzayevaning «Soat» mavzusidagi badiiy-kompozitsiyasida esa odam zotiga g’oyat zarur bo’lgan vaqtning shiddatli va to’xtamas qadami. Ulkan qum soati mazmunida, ramziy holatda ifoda etiladi. Bu asar tomoshabinni mantiiqiy fikrlashga chorlaydi. Bu ko’zga ko’rinmas bo’Shliqni Shamotning bir qismi vositasida anglib olishga imkon beradi. Shular qatorasiga N.Quziyevaning «Erkak va ayol», S,Smolyakovning «Zamin xotirasi», B.Gulovning «Chanqovuz», Sh.Mo’minovaning «Voha» kabi asarlari ham tamoshabinni falsafiy fikr yuritishga undaydi. Bu asarlar o’zlarining hajmi, qurilishi, shaklii, tuzilishi, rang tusi va kompozitsiyasidan qat’iy nazar rassom ular zamirida xalq-imizning milliy ma’naviy dunyosini tarixiy-taraqqiyoti, urf-odatlari, aqlu-zakovati va san’ati-madaniyatini ilmiy asosda, ijodiy muhitda, obrazli tasvirlarda ifoda etadi.
Buxorolik kulol B.Gulovning «Chanqovuz» asarlri o’tmishda suv uchun qo’llanib kelingan ko’zanin o’ziga xos tasviriy holatini yaratadi. Asarda ko’zani boSh qsmini osmonga cho’zilgan holatidagi ikki qomati orasida musiqa asbobini o’sib chiqqan holati tasvirga olinadi. Ra10-15ssom bu asarni yaratishda qochirimlarga boy xalq madaniy me’rosidan foydalanadi. Asardagi afsonaviy mahluqni ertaklar ruhidagi badiiy naqsh va shakli, tasvirlar bilan bezaydi.
S o’nggi yillarda amaliy san’atga bag’ishlab o’tkazilayotgan «O’zbekiston hunarmandchiligi buyumlari» ko’rgazmalarida namoyish etilayotgan noan’anaviy kulolchilik buyumlari ham tobora ko’payib bormoqda.
Ular orasida M.Mirkarimning «Laganlar», L.Kozlovaning «Bayram», «Shodlik», «Afsonadagi qiz»kabi asarlari ham yil fasllari, odamlarning dunyoqarashlari, afsonaviy motivlar asosida ifoda etilgan.
Amaliy san’at ko’rgazlarni kuzatar ekanmiz, ularda mamlakatimiz kulol ustalarini noan’anaviy uslublarda yaratilgan san’at asarlarida mavzularning rang-barangligi, asarning yaratilishi, materiallari, syujetlarini zamon talabiga mosligini ko’rish bilan ijodning yangi, noan’anaviy xarakterini anglab olasiz.
Kulolchilik san’ati bo’yicha ijodkor maktablar: Rishton, G’ijduvon, G’urumsaroy, Xorazm, Samarqand kabi kulolchilik markazlari an’anaviy texnologiya va uslublarni ham tobora takomillashtirib, yangidan-yangi, g’oyat kuchli badiiy mazmunga ega bo’lgan san’at asarlarini yaratmoqdalar-ki, ular oldidan tomoshabin keta olmay, undagi g’oyat nozik, nafis, bejirim bezak kompozitsiyalariga maxliyo bo’layotganini ko’rasiz.
Hozirgi zamon kulolchiligining noan’anviy texnologiya va uslubida yaratilgan asarlar tomoshabinni mantiqiy tafakkurga, falsafiy mushohadaga boShlasa, an’anaviy milliy kulolchilik, qadriyatimiz va an’analarimizga hurmat, ehtirom, ota-bobolar san’atiga ta’zimga chorlaydi. Mustaqillik yillarida yaratilgan: M.Rahmatovning «Qo’shquloqli ko’za» (G’urumsaroy), M.Turopovning «Lagan» (G’urumsaroy), Sh.Yusupovning «Lagan» (Rishton), Alisher va Abdullo Narzullayevlarning «G’ijduvon sopol buyumlari» (G’ijduvon), A.Rahimov «Xumcha» (Toshkentt), M.Nazirovning «Ko’za» (Samarqand), A.Matchonovning «Bodiya-Lagan» (Xorazm), B.Barotboyevning «Laganlar» (Qo’qon) kabi zamonaviy motivlarda an’anaviy uslublarda yaratilgan bu asarlari o’zining materiali, konstruktsion shaklii-shamoyili va ularni yaratishdagi sir, bezak, tasvir kompozitsiyasi, rang va bo’yoqlardagi ham an’anaviy, ham noan’anaviy texnologiyani uyg’unligi ham buyumlar badiiy ustunligini ta’minlaydi.

Download 11,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish