MAVZU: ZAMONAVIY SHAXARSOZLIKDA KULOLCHILIK SAN`ATIDAN KENG FOYDALANISH ISTIQBOLLARI
Reja:
Toshkent kulolchilik maktabi.
Usta kulollar hayoti va ijodi
Rishton kulolchilik maktabi.
Ma’lumki kulolchilik san’ati-hunarmandchilikning bir turi bo’lib, u o’zbek xalq amaliy san’atining eng qadimgi va xalqning eng katta ijodiyoti sifatida ming yilliklar va asrlar osha rivojlanib, takomillashib kelayotgan san’atdir.
O’rta Osiyoning kulolchilik buyumlari eramizdan avvalgi IV-III ming yilliklardan paydo bo’lganligi haqida arxeolog olimlar ilmiy-ashyoviy dalillar asosida ma’lumot va xulosalarini beradilar. CHunki, O’rta Osiyoning Enalit davri tadqiqotchilari ma’lumotlariga ko’ra eramizdan avvalgi IV-III ming yilliklarda O’rta Osiyoda kulolchilik buyumlarini pishiriladigan xumdonlar va rangdor sopol buyumlarini ishlanish jarayonini ifoda etadigan ashyoviy dalillarni ko’plab topilgan.
Qadimgi Xorazm arxeologik tadqiqoti ekspeditsiyasi boshlig’i arxeolog-olim S.Tolьstovning ilmiy xulosalari «Kaltaminor madaniyati» ning «Tozabog’yob», «Suvyorg’on», «Amirobod» topilmalari eramizdan avvalgi III ming yillikka oid bo’lib, ular orasida bo’yalmagan va bo’yalgan Kulolchilik buyumlari borligini asoslaydi9.
S.Tolьstov yana tadqiqotlari davomida eramizdan avvalgi 1-ming yillikda qadimgi Xorazmda kulolchilik charxidan foydalanilganligi va bu yerdan sirti qizil-angop va lak qoplangan sopol buyumlarning shakli ming yilliklar osha o’zgarmaganligi yoki juda kam o’zgarganligini bayon etadi.10 SHuningdek Qadimgi o’zbek kulolchiligi xaqida «Konguy madaniyati»ga oid «Jonbosqal’a», «Qiy qirilgan qal’a», «Ayozqal’a» «Tuproqqal’a», «Teshikqal’a», «Jettisor» kabi qadimgi Xorazm arxeologik manzilgohlaridan topilgan sopol buyumlar kulolchilik san’atini bu o’lkada ancha yuksak darajada rivojlanganligini asoslab beradi11.
Qadimgi Surxonning «Bolalik tepa», «Fayoz tepa», «Ayritom», «Sopolli tepa», «Jarquton», «Mirshodi» arxeologik manzilgohlaridan topilgan sopol buyumlari ham eradan avvalgi ming yilliklarda O’zbekiston hududida kulolchilik san’atini yuksak darajada rivojlanganligini ko’rsatadi. Arxeolog-olimlar A.Okladnikov, A.Asqarovlar bu o’lkadan loydan ishlangan sopol idish-tovoqlar, budda haykalchalari, keramik buyumlar topganlar-kim, ular ham qadimgi o’zbek kulolchiligi tarixi geografiyasini kengaytirib beradi.
Qadimgi Farg’ona arxeologik jihatdan to’la o’rganib chiqilmagan bo’lsada, bir qator izlanishlar bu o’lka san’ati va madaniyatiga oid tarixiy arxeologik maьlumotlar berdi. Bu ma’lumotlar o’zbek kulolchiligi san’ati tarixini o’rganishga anchagina ilmiy manba’lar beradi.
Mustaqillik yillarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar qadimgi Farg’ona tarixini, uning san’ati va madaniyatiga oid bir qator tarixiy-yangiliklarni ishlab chiqdilar. Bu tadqiqotlar qadimgi Farg’onaning Axsikent, CHust, Koson, Kubo, Bob, SHaxrixaybar kabi shaharlari tarixini, san’ati va madaniyati rivojlanishi yo’llarini asoslab berdi.
Farg’ona arxeologik tadqiqotlari natijalariga ko’ra «Buonamozor», «Dalvarzin», «Ashqoltepa», «Bo’ztepa», «Mug’tepa», «Balandtepa», «Sopollitepa» kabi manzilgohlardan topilgan sopol buyumlar bu o’lkada ham eradan avvalgi ming yilliklarda kulolchilik san’atiga e’tibor ancha yaxshi bo’lganligi va bu san’at bilan jiddiy shug’ullanganligiga ishonch hosil qilinadi.
Chunki, bu o’lkada sopol buyumlar avvallari qo’lda va keyinchalik kulolchilik charxida yasalib, ularni avvallari tuproq rangida bo’yalgani, keyinchalik tabiiy ranglarda bo’yalgani va yana keyinchalik buyumlarga sodda ko’rinishda bezaklar berilgani arxeolog-olimlarni xisobotlarida va nashrli qo’llanmalarida bayon etilgan.
Zarafshon vohasining shahar va qishloqlarida jumladan, kulolchilik juda yaxshi rivojlanganligi ko’rsatiladi-ki, bular arxeolog-olimlar bergan ma’lumotlarida ham o’z aksini topadi. Chunki Buxoro, Samarqand, Varaxsha, Afrosiyob kabi qadimiy shaharlarni arxeolog jihatidan o’rganish jarayonida kulolchilik san’ati bu shaharlar taraqqiyotida muhim rol o’ynagani ko’rsatib o’tiladi. IX-XIII asrlarda Afrosiyobda g’oyat bejirim, nafis jilolanuvchi va jaranglovchi, naqshinkor, sirlangan idish-tovoq-lar, chiroqlar, siyoxdon kabi sopol buyumlar ishlab chiqarilgani va O’rta Osiyo Eron va Afvg’aniston bozorlarida sotilgani haqida ma’lumotlar bor12. Afrosiyob kulolchiligi buyumlarida naqshlar, qush va hayvonlar tasviri, manzaralar va arab alifbosida she’rlar, maqollar, duolar yozilgan bo’lib, ular odamlarni ilm-ma’rifatga, yaxshilikka, sahiylikka, bahodirlikka chaqirgan.
O’zbekistonni yana bir shahri Varaxsha bo’lib, bu shahar arxeologik izlanishlarini boshqargan arxeolog-olim V.Shishkin, bu shaharni I-II asrlarda gullab yashnagan, hunarmandlar shahri bo’lganligini asoslab berdi.
Shahar VI asrga kelib «Buxorxudotlar» qarorgohi bo’ladi. SHaharni arxeologik tekshirishlar natijasida bu shaharda O’rta asrlarda amaliy san’atni juda yaxshi rivojlanib, me’morchilik taraqqiyotiga kattagina ijobiy ta’sir etgani kuzatiladi. Chunki I-II asrlarda bu yerda chiroyli binolar qurilgani, amaliy san’atni kulolchilik va keramika buyumlari, shisha idishlar va chaqa pullar qo’yilgani ko’rsatiladi. Sopol buyumlar, sopol va keramik g’ishtlardan foydalanganligini arxeologlar asoslab beradilar.
Buxoro-Zarafshonning eng qadimiy shahri bo’lib, uning san’ati va me’morchiligi juda qadimdan shakllangan 13.
Buxoro arxeologik tadqiqodchilari A.Yakubovskiy, V.SHishkin va Ya.G’ulomov kabilar Buxoro shahrini tashkil topishi va uning san’ati-madaniyati tarixini aniqlashda katta ishlarni amalga oshirdilar. SHuningdek, arxeologlar xalq amaliy san’ati va uning kulolchilik sohasi xaqida ham bir qator yangi materiallar topdilar. Ular XV-XVI asrlardan Buxoro kulolchiligi juda yaxshi rivojlanganligini va bu davrda kulolchilik buyumlarini bezatilishida och qizil, sariq, oq va jigar ranglardan foydalanganligini ko’rsatadilar. XVI asrning oxiri XVIII asrni boshlarida Buxoro sopol buyumlari biroz dag’allashdi. Bu davrda koshin juda kam ishlatildi2.
XIX-XX asrlarda Buxoro kulolchiligi yana noziklashdi, go’zallashdi. Bezaklar turli xil ranglarda berilib, ranglar jilosi ko’zga tashlanadigan bo’ldi. Hom-ashyo sifati ham, sopol ishlash texnologiyasi ham o’zgardi, takomillashdi.
SHuningdek, Zarafshonning Xisor, Yangob, Urgut, SHahrisabz kabi shahar-qishloqlarida kulolchilik ancha yaxshi rivojlandi.
Zarafshon kulollari sopol va keramika buyumlarini ishlab-chiqarishda yangidan-yangi texnologiyalarni qo’llashdi. Natijada, buyumlar g’oyat chiroyli, serhasham, jozibali, naqshinkor qilib ularni nafisligini ta’minladilar.
Keyingi davrlarda ham Samarqand, Buxoro, SHahrisabz kulolchiligi o’z an’analarini va mavqeini saqlab qoldilar.
Toshkent vohasida ham ancha qadimdan xalq amaliy bezak san’ati, jumladan, uning kulolchilik san’atini rivojlan-ganligini arxeolog-olimlar asoslab berdilar.
Bu o’lkada joylangan shahar-qishloqlardan bundan 2000 yil avvalgi kulolchilik buyumlari topilgan. Arxeolog-olimlar: I.Veselovskiy, M.Maseon, Ya.G’ulomov, A.Asqarov, U.Islomov, R.Sulaymonov, V.Bulatova kabilar olib borgan izlanishlar natijasida Toshkent va uning qishloqlaridan 700 dan ortiq manzilgohlar topilib, ularning ko’pchiligidan kulolchilik buyumlari topilgan. Toshkent va uning qishloqlarida kulolchilik barcha asrlarda rivojlanib, takomillashib kelgan. Bu o’lkada «SHosh», «Iloq», «Binkot», «Tunqat», «Xarashket», «SHuturkent» «Nujkat», «Xudaykent», «Cрinozkent», «Isfitob», kabi nomlarda atalgan shahar-qishloqlar bo’lib, ularda o’z davri talabidagi kulolchilik buyumlari ishlab chiqilgan. Bu shaharlarda o’rta asrlarda ham kulolchilik juda yaxshi rivoj topganligi asoslab beriladi. 14
V-VIII asrlarga oid suv ichiladigan kulolchilik buyumi Toshkent vohasidan ham topilgan.
IX asrga oid sopol siyoxdon Binkatdan topiladi.
X asrlarda Samarqand, SHosh (Binkat), Farg’ona (Axsikat)da sopolga sir berib, ishlangan kulolchilik buyumlari ko’plab ishlab chiqazilgan.15 Sopol buyumlar naqsh, gullar, qush va hayvonlar tasviri bilan bezatiladigan bo’ldi.
O’zbekistonning eng qadimiy, o’troqlashgan aholisi yashaydigan o’lkasi Surxon vohasi bo’lib, bu o’lkani B.Denike, M.Masson, A.Asqarov, V,.Masson, L.Alьboum, G.Pugachenkova, U.Islomov, G.Parfenov kabi ko’plab arxeolog-olimlar tadqiq etganlar.
Ular «Teshiktosh», «Mochay», «Ayritom», «Xolchayon», «Dalvarzin», «Bolaliktepa», «Fayoztepa», «Qoratepa», «Termez» kabi manzilgohlarni aniqlab, bu yerlardan tasviriy san’atning hamma turlariga oid ashyoviy materiallarni topganlar.
Ular orasida ko’plab sopol buyumlar borligini yozadilar. Surxonning «Sopollitepa» arxeologik manzilgohidan qal’a topib, bu qal’ada 20 ga yaqin sopol pishirish xumdonlarini aniqlagan. Bu xumdonlarning aksariyati ikki qavatli bo’lib, unda yapoloq-yassi buyumlar va uzun bo’yli-cho’ziq shakldagi sopol idishlar pishirilgan.
Bu o’lkadan topilgan sopol buyumlar turli davrlarga oid bo’lib, ularning shakli, ishlanish uslublari ham turlicha bo’lganligi kuzatiladi.
Bu topilmalar Surxon kulollarini tinimsiz ijod qilganligini va ular sopol buyumlarini qo’lda, qo’l charxida va oyoq charxida ishlab chiqarganliklarini to’la asoslaydi 16.
O’rta asrlardagi Surxon arxeologik izlanishlari asosida Termez shahridan Termezshoxlar saroyi aniqlanib, undan 8,5 x 8,5 metrli hajmdagi suv hovuzi topiladi. Bu hovuz ham asosan sopol-keramik plitalardan va sopol quvurlardan ishlanganligi aniqlanadi.
Bularning barchasi Surxon vohasida kulolchilik san’ati paydo bo’lganidan boshlab, asrlar osha rivojlanib, takomillashib kelganligini asoslab beradi.
Buxoro, Samarqand kulolchilik maktablarini o’ziga xos tomonlarini G’ijduvon kulolchiligi o’zida to’la ifoda etadi. G’ijduvon kulolchiligi maktabi buyumlarining shakli, tuzilishi va bezatilishi jihatidan Buxoro, Samarqand, SHahrisabz, Urganch, Denov kulolchilik maktablariga o’z ta’sirini o’tkazib keladi. Lekin buyumlarni bezatishda G’ijduvon va SHaxrisabz kulollari mo’yqalam (qalami) uslubida ishlasalar, Ugrut va Denov kulollari «chizma» uslubda, ya’ni chizma naqshlar uslubida ijod qiladilar.
G’ijduvon buyumlarida uzluksiz-islimli naqshdan ko’proq foydalanadilar. Bu kompozitsiyalarda jiyda guli, bodom, no’xot mevasi, bodom bargidan ko’proq foydalanadilar. G’ijduvon bezaklarida rang uyg’unligiga alohida e’tibor beradilar.
SHahrisabz kulolchiligi ham Zarafshon kulolchiligi an’analari asosida ishlasa ham, buyumlarning texnik qurilishi, shakl tuzilishi va ularni bezatilishiga ko’ra o’ziga xos yaxlitlik yaratadi. SHahrisabz kulolchiligida ilonizi, zanjira va qushmarak kabi grix uslubiga yaqin bezaklar ham uchrab turadi.
Xorazm, Xiva kulolchiligi maktablarida sopol buyumlarini shakli, tuzilishi va texnologik xolatlariga ko’ra boshqa maktablardan o’ziga xos talablarda farqlanadi.
Xorazm kulolchiligida ko’proq chuqur tovoq, likop, tarelkalar ishlashda o’ziga xos alohida talablar qo’yiladi. Buyumlarni bezatilishida ham grix, ham islimidan va ham aralash turlaridan o’ziga hos maqomda ijodiy foydalanadilar. Buyumlar bezagida geometrik shakllar, o’simlik barglari, shuningdek ayrim kompozitsiyalarda qush va xayvonlar tasviridan ham unumli foydalanadilar. Bugungi kunda Xorazm kulolchiligini asosan «Modar» va «Kattabog’» kulolchilik markazlari yuksak e’tiqod bilan ijodiy kamoloti yo’lida faoliyat ko’rsatmoqda.
Xiva kulolchiligi Xorazm kulolchiligi san’ati an’analarini o’zida mujassam etgan holda rivojlanib keladi. O’rta asrlarda Xiva shahri qurilishi avj oladi. XVII-XIX asrlarda bunyod etilgan Ichanqal’a qurilishida kulolchilik va keramika asosiy bezak vositasi bo’ladi. SHuningdek, shahar qurilishida sopol quvurlar, yassi plitalar, qoshinlar va g’isht parchinlar ko’plab binolarni qurilishi, bezatilishida qo’llanildi.
Xiva kulollari turli xildagi idish-tovoqlar; ko’za, xum va xumchalarni yasash va ko’rishda xar hil shakllarni o’zlashtirib, ularni bezashda mayda tursimon, to’g’ri chiziq, yon ko’rinishidagi guruxlarga mansub bo’lib, ularni asosini to’g’ri va siniq chiziqlar ilon izi va oddiy geometrik shakllardan iborat bo’lgan xolda, ayrim o’rinlarda gul bog’lami, barg va shoxcha, nuxtachalardan foydalanalganliklari kuzatiladi.
Xullas, Xorazm kulolchiligi Kaltaminor madaniyati davridan - (eramizdan avvalgi IV-III ming yilliklar) boshlanadi-ki, bu O’rta Osiyoning eng qadimgi sopol idishi hisoblangan. Anashu qadimgi kulolchilik san’ati rivojlanib takomillashib, bugungi Xorazm, Surxon, Zarafshon va Farg’ona kulolchiligi san’ati mazmunida ifodalanadi.
Bugungi O’zbekiston kulolchiligi tobora takomillashib kelgan xolda o’zining yangidan-yangi keramika, fayansli, chinni birikmalarigacha rivojlanib, keng xalq ommasiga, me’morchilik-qurilishlarga, sanoatga va xalq xo’jaligining turli tarmoqlariga zaruriy buyumlarni eng arzon va eng mukammal xolatda yaratib bermoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |