MAVZU: DARSDAN TASHQARI VAQTLARDA TA’LIM-TARBIYA MUASSASALARIDA BAYRAMLARNI, OMMAVIY TADBIRLARNI TASHKIL ETISH
KIRISH
I-bob. Ta’lim-tarbiya muassasalarida olib boriladigan ijtimoiy tarbiyaning ahamiyati va mazmuni
Ta’lim-tarbiya muassasalarida olib boriladigan ijtimoiy tarbiyaning mazmuni;
Darsdan tashqari vaqtdagi tarbiyaviy ishlar mazmuni va unga qo‘yiladigan talablar;
Bob bo’yicha xulosalar;
2-bob. Darsdan tashqari vaqtlarda ta’lim-tarbiya muassasalarida bayramlarni, ommaviy tadbirlarni tashkil etish va amaliy namunasi
2.1. Darsdan tashqari vaqtlarda ta’lim – tarbiya muassasalarida bayramlarni, ommaviy tadbirlarni tashkil etish metodikasi
2.2. Darsdan tashqari vaqtlarda ta’lim-tarbiya muassasalarida bayramlarni, ommaviy tadbirlarni tashkil etish namunasi
Bob bo’yicha xulosalar.
XULOSA VA TAVSIYALAR
|
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
|
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat qurish va jahon hamjamiyati tomonidan rivojlangan davlat sifatida o‘rin olish vazifasi qo‘yildi. Albatta yurtimizda jahon talablariga mos keladigan, har tomonlama rivojlangan, o‘z kasbini puxta egallagan, vatanparvar fidoyi insonlarni tarbiyalab etishtirishda ta’lim muassasalarida o‘qitishni yanada yuksak bosqichga ko‘tarish, uning tarbiya bilan uyg‘unligini ta’minlash katta ahamiyatga ega. Bu jarayonda olib boriladigan ijtimoiy tarbiyaning tashkil etilishi ham o‘ziga xos ahamiyatga ega.
O’zbekiston Rrespublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli farmon bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Rrespublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasining 4.4-bandi Ta`lim va fan sohasini rivojlantirishga qaratilgan bo’lib, unda “ta`lim va o’qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oily ta`lim muassalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish” qat`iy vazifa sifatida belgilanadiki, uning asosida zamon bilan birga faoliyat yuritish muhim hisoblanadi.
Keyingi yillarda o‘quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarda ta’lim-tarbiya muassasalarida bayramlarni, ommaviy tadbirlarni tashkil etish masalalariga oid muammolar yuzasidan ko‘plab tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Pedagog olimlarimiz tomonidan yaratilgan bir necha risola, qo‘llanma, ilmiy-tadqiqot ishlari bunga yaqqol misol bo‘la oladi. R.H.Jo‘raev, P.Holmatov, SH.SHaripov, B.Raximov, U.Nishonaliev, N.Saidaxmedov, O‘.Tolipov, S.Nishonova, R.Safarovalarning tadqiqot ishlari shular jumlasidandir. O‘quvchilarini ta’lim jarayonida g‘oyaviy-siyosiy, axloqiy tarbiyalashning usul va vositalari muammosiga bag‘ishlangan tadqiqot ishlari ko‘plab uchrasada, biroq bu sohadagi ishlarni tashkil etishdagi muammolar hali ko‘p ekanligi ma’lum.
Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda tadbir va bayramlarni tashkil etishning ahamiyatini yanada chuqurroq ochib berish uchun “Darsdan tashqari vaqtlarda ta’lim-tarbiya muassasalarida bayramlarni, ommaviy tadbirlarni tashkil etish” mavzusi kurs ishi uchun belgilab olingan bo’lib, hozirgi kunda O’zbekiston demokratik davlatchilik islohotlarini amalga oshirar ekan, jamiyat quruvchilari kelajagimiz vakillari va ular ta’lim-tarbiya olayotgan ta’lim muassasalarida g’oyaviy-siyosiy-ahloqiy tarbiyani to’g`ri yo’lga qo’yish va rivojlantirish masalasi eng dolzarb vazifalardan bo’lib qolaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |