O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov, Tollibay Boltayevich Mustanov



Download 10,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/534
Sana14.04.2022
Hajmi10,08 Mb.
#552287
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   534
Bog'liq
FARMAKOLOGIYA . Дарслик. 2020

6.6.Anksiolitiklar 
Anksiolitiklarning (anxius-hayajon, qo‘rquv qamragan, lysis-eritish) 
asosiy xossalari bu hayajon, qo‘rquv, bezovtalanish, taja-vuzkorlik, tez jahl 
chiqish kabi belgilarni bartaraf etishdir. 
Ular ta’sirida tinchlantirish, atrof muhitga befarqlik, bosiqlik, 
kamharakatlik rivojlanadi. Anksiolitiklarni asosan nevrotik va nevrozsimon 
(reaktiv) holatlarda qo‘llaniladi. Psixozlarda ular samarasizdirlar. Ankisiolitiklar 
sifatida eng ko‘p qo‘llaniladigan vositalar benzodiazipin unumlari. Ularning 
ta’sir mexanizmi sizlarga ayon. 
Xlozepid - benzodiazepin unumlari ichida birinchi bo‘lib qo‘llanilgan 
anksiolitik. 
MNSga 
tinchlantiruvchi 
ta’sir 
ko‘rsatadi, 
mushaklarni 
bo‘shashtiradi, tirishishni daf etadi. Uxlatuvchi, analgetiklarning ta’sirini 


- 333 -
kuchaytiradi. Mo‘tadil uyqu chaqiradi. Nevrotik holatlarda qo‘rquv, hayajon, 
betoqatlik, taranglikni susaytiradi. Antipsixotik ta’sirga ega emas. Katta 
dozalardagi psixomator qo‘zg‘alishni kamaytiradi. MITdan tez so‘riladi. T
½
=8-
10 soat. Platsentar barerdan o‘tadi, buyrak orqali ajraladi.
Qo‘llanilishi: nevrotik holatlar, uyqusizlik, migren, klimakterik 
o‘zgarishlarda, bemorlarni operatsiyaga tayyorlashda, harakatni buzilishlarida, 
miozitlarda, artrit, bursitlar va Shu kabi mushaklarning taranglanishi bilan 
kechadigan xastaliklarda, ekzema va qichishish bilan kechadigan dermatitlarda, 
tutqanoq xastaligida, abstenensiya sindromini daf etishda (narkomaniya, 
alkogolizm).
Nitrazepam, sibazon va fenozepam qo‘llash mumkin bo‘lmagan hollarda 
ishlatilmaydi.
Nozepam
 
- kimiyoviy tuzilishi va farmakologik xossalari bo‘yicha 
xlozepid va sibazonga o‘xshash lekin yumshoqroq ta’sir etadi, zaharliligi 
pastroq, miorelaksantlik va tirishishga qarshi ta’siri sust. Xlozepid va sibazonga 
nisbatan, bemorlar yaxshi qabul qiladilar. Boshqa benzodiazepin hosilalari kabi 
qo‘llaniladi, ehtiyot shartlari ham ularnikiday.
Mezapam - Bu dori vositaning tinchlantiruvchi ta’siri ba’zi 
faollashtiruvchi xossasi bilan mujassamlashgan. Mezapam ”kunduzgi” 
anksiolitik hisoblanadi, chunki mehnat qobiliyatini kamroq buzadi. Narkotik, 
analgetik va uxlatuvchi vositalar ta’sirini kuchaytiradi. Miorelaksantlik va 
uxlatuvchilik xossasi sust bo‘lganligidan quvvatsizlangan bemorlar, hamda 
qariya va bolalarda qo‘llash mumkin. 
Noxush ta’sirlari: bosh aylanish, kabziyat, akkomodatsiyaning buzilishi, 
taxikardiya, ayrim hollarda uyqusirash kuzatiladi. Transport haydovchilari, 
operatorlarda qo‘llanilganda ehtiyot bo‘lish kerak. 
Midazolam - Tez va qisqa ta’sirli anksiolitik. Tez rivojlanuvchi va kuchli 
sedativ, miorelaksantlik va tirishishga qarshi ta’sirga ega. MITdan yaxshi 
so’riladi, tez parchalanadi, kam zahar. Parenteral qo‘llanganda anterograd 


- 334 -
amneziya rivojlanadi. Reanimatsiya anjomlari bo‘lmagan sharoitda parenteral 
ko‘llash mumkin emas. 
Ko‘rsatmalar: premedikatsiya, kirish va kombinatsiyalangan narkoz 
uchun. Homilador, emizuvchi ayollarda, keksalarda, surunkali o‘pka, buyrak va 
jigar yetishmovchiligida qo‘llash mumkin emas.
Noxush ta’siri: qon bosimini tushishi, taxikardiya, apnoe, nafas buzilishi. 
Davomli ko‘llansa abstenensiya simptomi rivojlanadi. 
Buspiron- Bosh miyadagi 5-NT
1A 
serotonin retseptorlariga yuqori 
affinitetga ega. CHok yadro neyronlarida serotonin sintezini va ajralishini keskin 
susaytiradi, dofamin retseptorlari bilan bog‘lanadi, GAMK retseptorlariga ta’sir 
etmaydi. yetarlicha, lekin sekin-asta (1-2 hafta) rivojlanuvchi anksiolitik ta’sirga 
ega. Sedativ, miorelaksantlik, tirishishga qarshi ta’siri yuk. MITdan yaxshi 
so‘riladi, jigarda ko‘p qismi parchalanadi. T

Download 10,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   534




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish