O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov, Tollibay Boltayevich Mustanov



Download 10,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/534
Sana14.04.2022
Hajmi10,08 Mb.
#552287
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   534
Bog'liq
FARMAKOLOGIYA . Дарслик. 2020

6.3-Rasm.
Levadopaning ta’siri (A) va uning karbidopa bilan birgalikda 
ta’siri (B). GEB-gematoensefalik baryer; minus-susaytiruvchi ta’sir. Qizil 
rangga bo’yalish darajasi dofaminning MNS va boshqa to’qimalardagi 
konsentratsiyasini ifodalaydi. 
Nojo’ya effektlarni levadopa bilan gematoensefalik baryerdan o’tmaydigan
periferik DOFA-dekarboksilaza ingibitorlari (k a r b i d o p a , b e n s e r a z i d ) 
bilan birgalikda qo’llanilganda kamaytirish mumkin. Tarkibida levadopa va 
karbidopa bo’lgan (s i n e m e t , n a k o m ) va levadopa va benserazid bo’lgan 
Периферик тўқималар 
МНС 
Периферик тўқималар 


МНС 


- 322 -
(m a d o p a r ) dori vositalar ishlab chiqarilgan. Bunday tarkibli dori vositalar 
levadopani MNS ga ko’p miqdorda o’tishiga yordam beradi. Bunda
Levadopaning ichak va jigarda (umumiy qon aylanish tizimiga ko’proq o’tadi), 
periferik to’qimalarda, masalan buyrakda (qonda yuqori miqdori ta’minlanadi), 
miyaning endotelial kapillyarlarida (levadopani miya to’qimasiga kirishiga 
to’sqinlik qiluvchi enzimatik baryerni bartaraf qiladi) dekarboksillanish 
jarayonini ingibirlanishiga olib keladi. Levadopani samaradorligini oshirish 
uchun, nojo’ya effektlarini kamaytirish uchun, DOFA–dekarboksilazani 
ingibitorlaridan tashqari KOMT ni falajlovchi dori vosita entakapon (komtan) 
ishlatiladi. O’xshash bo’lgan tolkapon dori vositasini ishlatilishi cheklangan, 
bu dori vositada gepatotoksik ta’sir yuqori. Bundan tashqari ko’ngil aynish, 
qayt 
qilishda 
periferik 
to’qimalar, 
markaziy 
qusish 
zonalardagi 
dofaminoretseptorlarni falajlovchi domperidon (gematoentsefalik baryerdan 
o’tmaydi) moddalari buyuriladi. Ruhiy kasallik rivojlansa markaziy 
dofaminoretseptorlarni falajlovchi klozapin ishlatiladi (D

ga qaraganda D
4
retseptorlarga nisbatan 10 marta faol). Levadopani tanlab ta’sir qilmaydigan 
MAO ingibitorlari bilan birgalikda ishlatilib bo’lmaydi (chunki MAO 
noradrenalin, dofaminni faolsizlantiradi, agarda MAO faolligi susaysa keskin 
gipertenziya kuzatilishi mumkin), piridoksin (vitamin V
6
) bilan ham, chunki 
piridoksin levadopa faolligini susaytiradi. Levadopa 5 yil ichida eng samarador 
ta’sir ko’rsatadi. Asta sekin o’rganib qolish, diskineziya va boshqa nojo’ya 
ta’sirlar kelib chiqadi. Dori vositani yurak–qon tomir, jigar, buyrak 
kasalliklarining og‘ir holatlarida va psixozlarda ishlatib bo’lmaydi. 
Parkinsonizmni 
davolashda 
qo’llaniluvchi, 
dofamin 
retseptorlarini 
qo’zg‘atuvchi xususiyatga ega bo’lgan dori vositalarga b r o m o k r i p t i n
(parlodel) kiradi. Kimyoviy tuzilishiga ko’ra alkaloid ergokriptinning yarim 
sintetik hosilasi (lizergin kislotasi unumi) bo’lib, dofaminergik D

retseptorlarini agonisti hisoblanadi. Parkinsonizmga qarshi yuqori faollikka 
ega. Bromkriptin prolaktin va o’sish gormoni somatotropinni ishlab 


- 323 -
chiqarilishini susaytirish xususiyatiga ega. Ichishga buyuriladi, oshqozon ichak 
traktidan 30% ga yaqini so’riladi. Ko’p qismi jigar to’siqlaridan o’tganda o’z 
faoliyatini yo’qotadi. Organizmdan asosan o’t-safroda ichak orqali chiqib 
ketadi. Bromokriptin levadopa bilan kombinatsiya holatida qo’llaniladi. 
Davolashni boshlang‘ich davrlarida nojo’ya effektlaridan: ko’ngil aynash, qayd 
qilish, ortostatik gipotenziya kuzatilishi mumkin. Uzoq muddat qo’llanilganda 
ruhiy o’zgarishlar, diskineziya, etil spirtini ko’tara olmaslik, qabziyat kabi 
nojo’ya effektlar kuzatiladi. 
D
2
va D
3
dofamin retseptorlarining agonistlaridan biri bo’lib 
r o p i n i r o l
(rekvip) 
hisoblanadi. 
Parkinsonizmga 
qarshi 
ta’siri 
neostriatumdagi 
postsinaptik 
D
2
dofaminoretseptorlarga 
ta’siri bilan 
tuShuntiriladi. Prolaktin sekretsiyasini pasaytiradi, parkinsonizmga qarshi 
xususiyati bo’yicha ropinirol bromokriptindan ustun. 
Yuqorida aytilganidek, dofaminergik ta’sirotni kuchaytirish uchun, dofaminni 
faolsizlantirish jarayonini susaytirish lozim. Yuqorida ko’rsatilganidek, 
dofaminergik ta’sirni kuchaytirishni bir yo’li dofaminni faolsizlantirish 
jarayonini to’xtatishdan iborat. MAO –B ingibitorlari Shu asosda ta’sir qiladi. 
S e l e g i l i n (deprenil) tanlab, qaytmas holda Shu fermentni falajlaydi. Bu dori 
vositani odatda levodopa bilan birgalikda ishlatiladi. Tanlab ta’sir qilmaydigan 
MAO ingibitorlaridan farqi Shundaki, simpatomimetiklar bilan o’zaro ta’sir 
qilganda gipertenziv reaksiyalarni chaqirmaydi. Tajribalarda aniqlanishicha, 
selegilin MAO- B ni falajlashidan tashqari neyroprotektor xususiyatiga ega, 
ishemiya va neyrotoksik moddalar ta’sirida neyronlarning jarohatlanishini 
kamaytiradi. Qisman bu glial astrostitlardan ajralib chiquvchi nervlarning 
o’sish faktorlarini indukstiyalashiga bog‘liq. Klinik ma’lumotlarga ko’ra 
selegilin bemorlarda neyrodegenerativ (Altsgeymer kasalligi) kasalliklarda 
ijobiy natija bergan. Istisno emaski, Shunday natijani Parkinson kasalligida 
ham berishi mumkin, bu maxsus tekshirishlarni talab qiladi. 


- 324 -
Parkinsonizmga qarshi moddalarga, glutamatergik ta’sirni kamaytiruvchi 
m i d a n t a n (amantadin gidroxlorid, simmetrel) dori vositasi kiradi. 
Zamonaviy tuShuntirishga ko’ra, midantan NMDA-retseptorlarni falajlab, 
po’stloq glutamat neyronlarining neostriatumga stimullovchi ta’sirini 
kamaytiradi. Bu Parkinson kasalligini klinik ko’rinishlarini: rigidlik, titroq, 
gipokineziyani kamaytiradi. Bundan tashqari, midantan qora substansiya 
neyronlariga nisbatan neyroprotektor effektga ega. Bu holat ko’rsatilgan 
neyronlarning NMDA-retseptorlarini susaytirishi va hujayralarga kalsiy 
ionlarini kirishini susaytirishga, bu esa neyronlarning destruksiyasini, 
kasallikni rivojlanishini susaytiradi. Midantan ba’zi bir M-xolinolitik ta’sirga 
ega. 
Midantan 
Parkinson 
kasalligini, 
simptomatik 
parkinsonizmni 
(postenstefalitik yoki serebrovaskulyar), va ayniqsa levadopa ishlatib 
bo’lmaydigan holatlarda qo’llaniladi. Midantan gipokineziyani kamaytiradi yoki 
bartaraf qiladi, rigidlik va qaltirashni esa kamroq darajada kamaytiradi. 1-2 va 
undan ko’proq kundan so’ng holat yaxshilanadi, bir necha kun, ba’zida 
haftalardan so’ng maksimal effekt kuzatiladi. Bemorlar midantanni ko’p 
hollarda yaxshi ko’taradilar. Nojo’ya effektlaridan ba’zida uyqusizlik, 
gallyutsinatsiya, ortostatik gipotenziya, dispeptik o’zgarishlar, bosh og‘rig‘i 
kuzatiladi. Dori vositani MNS ni bir qator kasalliklarida: gallyutsinatsiyalar 
bilan kechuvchi, tutqanoq shaklidagi titroqlarda, hamda jigar va buyrakni og‘ir 
kasalliklarida ehtiyotlik bilan qo’llanilishi kerak. Dastlab A
2
tipdagi gripp 
viruslarini profilaktika qilish uchun viruslarga qarshi dori vosita sifatida 
amantadin nomi bilan taklif qilingan. Midantanni levadopa bilan kombinatsiya 
holatida qo’llash maqsadga muvofiq, bu holatda doza kamaytiriladi. 
Parkinsonizmga qarshi moddalarning oxirgi gruppasi markaziy xolinolitiklar 
deb nomlanadi. Bu moddalar markaziy xolinoretseptorlarni falajlaganligi 
tufayli, bazal gangliyalarda xolinergik ta’sirlarni susaytiradi. Atsetilxolinning 
sinteziga, ajralib chiqishiga, gidroliziga ta’sir qilmaydi. Shunday dori 
vositalardan keng qo’llaniluvchi dori vosita s i k l o d o l (artan, trigeksifenidil 


- 325 -
gidroxlorid). U markaziy hamda periferik M-xolinolitik ta’sirga ega. MNS ga 
ta’sir qilib, ekstrapiramid sistemani jarohatlanishi bilan bog‘liq bo’lgan harakat 
buzilishlarini kamaytiradi yoki bartaraf qiladi. Siklodol samarali darajada 
titroqni va kam darajada mushaklar rigidligini, kamroq gipokineziyani bartaraf 
qiladi. Siklodol Parkinson kasalligida, parkinsonizmda va ekstrapiramid 
sistemaning jarohatlanishi bilan bog‘liq bo’lgan boshqa patologik holatlarda 
qo’llaniladi. Siklodol antipsixotik moddalarning qo’llanilishi natijasida kelib 
chiqqan parkinsonizm holatlarida samarali hisoblanadi. Dori vosita ichish 
uchun buyuriladi. Modda ingichka ichakdan yaxshi so’riladi va tez 
organizmdan chiqib ketadi. Kumulyatsiya kuzatilmaydi. Uzoq muddat 
qo’llanilganda o’rganib qolish kelib chiqadi. Periferik M-xolinoretseptorlarni 
falajlanishi, bir qancha nojo’ya effektlarni (og‘iz qurishi, taxikardiya, 
akkomodatsiyani buzilishi, ichak silliq mushaklarining tonusini susayishi) 
kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Siklodolni spazmolitik ta’siri atropinsimon, 
hamda miotrop (papaverinsimon) ta’siriga bog‘liq. Siklodolni dozasi oshganda 
MNS da buzilishlar (qo’zg‘alish, galyutsinatsiya) kelib chiqadi. Siklodolni 
glaukomada, prostata bezi gipertrofiyasi natijasida kelib chiqqan siydik 
ajralishini buzilishida, yurak, jigar, buyrak kasalliklarida ehtiyotlik bilan 
qo’llash kerak. Yoshi katta kishilarga Siklodol buyurilmaydi (xotira 
yomonlashadi, fikrlash buziladi). Parkinsonizmni davolashda ba’zan boshqa 
markaziy 
xolinoblokatorlar: 
t r o p a t s i n , 
(difeniltropin 
gidroxlorid), 
b e n z t r o p i n m e z i l a t (kogentin) va boshqalar qo’llaniladi Hamma sanab 
chiqilgan parkinsonizmga qarshi dori vositalar etiotrop davolovchi moddalarga 
kirmaydi. Ular parkinsonizm sindromini kamaytiradi yoki bartaraf qiladi, 
Shuning uchun davolovchi effekti qo’llanilgan vaqtda saqlanib turadi.
Dori vositalar 


- 326 -
Nomlari 
Kattalar uchun o’rtacha 
terapevtik miqdori, va 
yuborish yo’li. 
Ishlab chiqarish shakli. 
Levodopa - 

Download 10,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   534




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish