O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov, Tollibay Boltayevich Mustanov



Download 10,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet480/534
Sana14.04.2022
Hajmi10,08 Mb.
#552287
1   ...   476   477   478   479   480   481   482   483   ...   534
Bog'liq
FARMAKOLOGIYA . Дарслик. 2020

Simobni sariq oksidini
ko‘proq ko‘zni infeksion jarohatlanishda ( 
kon'yuktivit, keratit) qo‘llashadi. 
Simob amidoxloridini
odatda piodermiya kabi teri 
xastaliklarida qo‘llash uchun ko‘rsatma beriladi. 
Simob birikmalari bilan o‘tkir zaharlanish, odatda simob ikki xloridini 
tasodifan yoki maqsadli ravishda ichish bilan bog‘liqdir. U qorin sohasida og‘riq, 
qayt qilish, diareya ( ovqat hazm trakti shilliq qavatiga kuydiruvchi ta'sir tufayli), 
hamda MNS va yurak-tomir sistemasi ( o‘tkir yurak yetishmovchiligi, kollaps) 
tomonidan bo‘ladigan o‘zgarishlarda ( kuchli susayish bilan almashinuvchi 
qo‘zg‘alish) namoyon bo‘ladi. 2-4 kundan keyin buyrak (“sulemali buyrak”) va 
ovqat hazm trakti (stomatit, yazvali kolit) tomonidan nekroz bilan bog‘liq belgilar 
rivojlanishi kuchayadi. Jarohatlarni aynan Shu a'zolarda joylashishi simob 


- 818 -
birikmalarini organizmdan ajralishini asosiy yo‘llari buyrak, hamda yo‘g‘on ichak 
va so‘lak bezlari bilan bog‘liqligi bilan tuShuntiriladi.
Simob ikki xlorid bilan o‘tkir zaharlanishni davolash avvalam bor dori 
vositani so‘rilishini oldini olishdan iboratdir. Ushbu maqsadda me'da yuviladi, 
unga simob birikmalarini antidoti bo‘lmish unitiol ( simobni bog‘lab oluvchi 
sulfgidril guruh lari bor) kiritiladi. Ba'zida faollashtirilgan ko‘mir, burushtiruvchi 
moddalar eritmasini, tuxum oqsilini kichik hajmda kiritiladi. Me'dani yuvishni juda 
extiyorlik bilan amalga oshirish lozim, chunki simob ikki xlorid qizil o‘ngach va 
me'da shilliq qavatini jarohatlaydi. Shundan keyin surgi dorilari beriladi, hamda 
unitiol eritmasi bilan sifon ko‘xna qilinadi. Qonga so‘rilgan dori vositani 
faolsizlantirish uchun unitiolni tomirga kiritiladi.
yengil va o‘rta darajadagi zaharlanishda peshob ajralishini shidatli 
kuchaytirish samaradordir. Kuchli zaharlanishda, ayniqsa buyrak faoliyatini 
buzilishi bilan kechishida tomirga unitiol va tetatsin-kalsiy
1
(SaNa
2
EDTA) kiritib 
gemodializ va peritonial dializni qo‘llashga to‘g‘ri keladi. Simob dori vositasi 
bilan surunkali zaharlanishda ( merkuzalizm
2
) og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati 
(stomatit), hamda MNS, qon hosil qilish a'zolari va boshqalar shikastlanadi. Bu 
ko‘proq kasb bilan bog‘liq simob dori vositalari bilan ishlash tufayli yuzaga 
keluvchi zaharlanish natijasidir. Shu sababli zaharlanish manbaasini bartaraf etish 
birinchi va asosiy tadbir bo‘lib hisoblanadi. Antidot sifatida unitiol, hamda tetatsin-
kalsiy, natriy tiosulfat qo‘llashadi.
_______________________ 
1
Simob bilan kompleks birikmalar hosil qiladi. 
2
Grekchadan mercurius – simob. 
Bundan tashqari organizmdan moddani tezroq chiqarib tashlash uchun 
tadbirlar , hamda simptomatik terapiya amalga oshiriladi.
Kumush dori vositalaridan 
kumush nitrat
( lyapis; AgNO
3
), 
protargol 

kumush proteinat) va 
kollargol
(kumush kolloid eritmasi). Ular mikroblarga 
qarshi, burushtiruvchi va yallig‘lanishga qarshi ta'sirlarga ega. Ularni 
oftalmologiyada ( kon'yunktiit, blennoreya), yaralarni xo‘llash, peshob yo‘llari va 


- 819 -
peshob xaltasini yuvish uchun qo‘llaniladi. Bundan tashqari kumush nitrat katta 
konsentratsiyalarda va qalamchalar sifatida eroziyalar, yazvalar, ortiqcha 
granulyasiyalarda, hamda traxomada qo‘llaniladi. 
Antiseptik va burushtiruvchi vosita sifatida oftalmologiyada 
mis sulfatni
( mis 
ko’poros; CuSO
4
·5H
2
O), 
rux sulfatni 
(ZnSO
4
) qo‘llashadi. Traxomada tarkibida 
mis sulfat, nitrat kaliya, achchiq tosh va kamfora bo‘lgan maxsus ko‘z qalamini 
qo‘llashadi. Eruvchan tuzlar (mis sulfat va rux sulfat ) peshob yo‘llari va peshob 
xaltasini yuvish uchun qo‘llanishi mumkin. 
Oksidlovchilar guruh iga
vodorod perekisi ( H
2
O
2
) va kaliy permanganat 
(kaliy nordon margansovkasi, KMnO
4
). Ular antiseptik va dezodorantlik ta'sirga 
ega. Ikkala dori vositani ta'sir prinsipi kislorodni ajratishdan iborat. 
To‘qimalardagi katalaza ta'sirida vodorod perekisi kislorod molekulasini 
ajralishi bilan parchalanadi. 
H

O
2
2 H + O

Ammo molekulyar kislorodning oksidlash, binobarin, mikroblarga qarshi 
faolligi juda past. Vodorod perekisini qo‘llaganda yaralar, jarohatlar, bo‘shliqlarni 
kislorod pufakchalarini ajralishi va ko‘pik hosil bo‘lishi bilan bog‘liq mexanik 
tozalanishi katta ahamiyatga ega. Vodorod perekisi dezodorantlik xossasiga ham 
ega. Dori vosita qisqa ta'sir etadi. Bundan tashqari vodorod perekisi qon oqishini 
to‘xtashani osonlashtiradi. 
Kaliy permanganat organik moddalar bilan aralashganda atomar kislorodni 
ajratadi. 
2KMnO

+ H
2
O
2KON + 2MnO
2
+ 3O. 
Atomar kislorodning antiseptik ta'sir kuchi molekulyar kislorodga nisbatan 
birmuncha ko‘proq ifodalangan. Umikroblarga qarshi va dezodorantlik xossasini 
namoyon qiladi va hosil bo‘layotgan marganets oksidi burushtiruvchi ta'sirga ega. 
Katta konsentratsiyalarda kaliy permanganat Mahalliy ta'sirlantiruvchi va 
kuydiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Dori vositani eritma ko‘rinishida chayqash, yuvish, 


- 820 -
kuyish tufayli hosil bo‘lgan yaralarga ishlov berish, jarohat yuzalarini xo‘llash, 
morfin, fosfor va boshqalar bilan zaharlanganda me'dani chayqash uchun 
qo‘llaniladi. 
Antiseptiklarga 
aldegidlar va spirtlar
guruh iga mansub bo‘lgan ba'zi 
birikmalar kiradi.
Aldegidlarning namoyondalaridan biri bu formaldegid eritmasidir ( formalin: 
tarkibida formaldegid – NSNO 36,5-37,5% ni tashkil etadi). U kuchli antimikrob 
va dezodorantlik xossalariga ega. Uni dezinfeksiyalash vositasi, hamda terlashni 
bartaraf etish maqsadida teriga ishlov berish uchun qo‘llaniladi, chunki 
formaldegid eritmasi ta'sirida epidermisning zichligi ortadi ( oqsillarni 
denaturatsiyasi tufayli ) va ter ajralishi kamayadi. Dori vosita kuchli darajada 
Mahalliy ta'sirlantirish ta'siriga ega.
Etil spirti kuchli darajada antimikrob xossaga ega. Uni asboblarni 
dezinfeksiyasi, jarrox qo‘li va operatsiya maydoniga ishlov berish uchun 
qo‘llaniladi. Etil spirtinig antimikrob faolligi uning konsentratsiyasini ortishi bilan 
kuchayadi. Ammo terini zararsizlantirish uchun epidermisning chuqurroq 
qatlamlariga kirib boruvchi 70% etil spirtidan foydalanish 95% ga nisbatan 
yaxshiroq. Antiseptik sifatida qator kislotalar va ishqorlar ishlatilishi mumkin. 
Jumladan shilliq qavatlarni yuvishda va og‘iz bo‘shlig‘ini chayqash uchun bor 
kislotasi (N
3
VO
3
) tavsiya etiladi. Uni teri ustiga kukun ko‘rinishida sepish va 
surtma ko‘rinishida qo‘llash mumkin. Ammo bor kislotasini antimikrob faolligi 
past. 

Download 10,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   476   477   478   479   480   481   482   483   ...   534




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish