15.7.Tuberkulyozga qarshi vositalar. Virusga va zaxmga qarshi vositalar Zaxmni davolashda asosiy o‘rinni benzilpenitsillin dori vositalari egallaydi. Bu maqsadda qisqa (benzilpenitsillinning natriyli yoki kaliyli tuzlari) va davomli ta'sir etuvchi (benzilpenitsillinning novokainli tuzi, bitsillinlar) penitsillinlar qo‘llaniladi. Benzilpenitsillinlar tez va kuchli treponemotsid ta'sir ko‘rsatadilar. Ularga treponemalarning chidamliligi rivojlanganligi qayd etilmagan. Benzilpenitsillinning dori vositalari zaxmning hammma bosqichlar(davrlari)da ham samarador. Ularning dozasi va qo‘llash davomiyligi xastalikning shakli va bosqichiga qarab belgilanadi.Benzilpenitsillinlarni ko‘tara olmaganda (masalan, allergik reaksiyalar bilan bog‘liq holatlarda) zaxmni davolash uchun boshqa antibiotiklar – tetratsiklinlar, eritromitsinlar, azitromitsin, seftrioksonlarni qo‘llash mumkin. Ammo ular samaradorliligi bo‘yicha benzilpenitsillinlardan kuchsizdirlar.Antibiotiklardan tashqari zaxmni davolashda vismut dori vositalarini qo‘llashadi. Jumladan biyoxinol (yod vismut xininning neytral shaftoli moyida 8% aralashmasi) va bismoverol (monovismut sharob kislotasining asosli vismut tuzining neytrallangan shaftoli moyidagi aralashmasi). Antibiotiklardan farqli o‘laroq, vismut dori vositalarining ta'sir spektri zaxm qo‘zg‘otuvchisi bilan cheklanadi. Faolliklari bo‘yicha benzilpenitsillindan kuchsizdirlar. Ularning treponemastatik ta'sirini sulfilgidril guruh tutgan fermentlar faolligini susayishi bilan bog‘lashadi. Dori vositalarning shifobaxsh ta'siri benzilpenitsillinlarnikiga nisbatan ancha sekin rivojlanadi. MITdan vismut dori vositalari so‘rilmagani uchun ularni mushak ichiga kiritiladi. Asosan buyrak orqali peshob tarkibida, hamda kam miqdorda, ichak va ter bezlari orqali ajraladi. Vismut dori vositalarini zaxmning hamma shaklida qo‘llashadi. Noxush ta'sirotlar nisbatan kam kuzatiladi. Ushbu dori vositalarga xos bo‘lgan noxush o‘zgarishlar bu tishning emal qismida milkni qirg‘og‘i bo‘ylab qora dog‘ning hosil bo‘lishi hisoblanadi. Gingivit1, stomatit2, kolit, diareya, dermatit rivojlanishi mumkin. Buyrak va jigarni shikastlashi kamdan-kam kuzatiladi. Vismut dori vositalarini qo‘llaganda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining holati, buyrak va jigar faoliyatlarini kuzatish lozim.Zaxmning kech bosqichlarida gummalarni so‘rilib ketishini tezlashtirish uchun yod birikmalari (kaliy yodid) qo‘llaniladi.
Dori vositalar
Nomi
Kattalar uchun o‘rtacha terapevtik doza kiritish yo‘li