O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov


Estrogen va antiestrogen dori vositalar



Download 30,26 Mb.
bet307/427
Sana03.03.2022
Hajmi30,26 Mb.
#480426
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   427
Bog'liq
Xarkevich perevod 04.07.2019 (1)

Estrogen va antiestrogen dori vositalar
Kimyoviy tuzilishi jihatidan estrogen1 dori vositalar steroid (tabiiy gormonlar va ularning hosilalari) va nosteroid (sintetik dori vositalar) birikmalarga bo‘linadilar. (8 jadvalga va kimyoviy tuzilishiga qarang). Steroid tuzilishli estrogenlardan tibbiyot amaliyotida homilador ayol yoki homilador jonivorlar peshobidan olinadigan estron (follikulin), hamda estradiol qo‘llaniladi.
Estradiolni benzoat, dipropionat, valeriat bilan efir ko‘rinishida ishlatiladi. Estradiol dipropionat estrondan faolliroq va anchagina davomliroq ta'sir etadi. Agar estronni har kuni kiritilsa, estradion dipropionatni 2-4 kunda bir marta kiritiladi.. Estron va estradiolning efirlarining moyli eritmalarini mushak ichiga kiritiladi. Ichilganda ular samarasiz, chunki jigarda tez parchalanadi.
Nomi yuqorida qayd etilgan vositalardan yarim sun'iy dori vosita etinilestradiol (mikrofollikulin) tubdan farq qiladi. U eng faol estrogen. Agar estron ning faolliligini 1 deb hisoblansa etinil estradiol faolligi 50 ga mos keladi. Bundan tashqari, etinilestradiol ichilganda ham samarador, chunki etinil guruhi uni jigarda parchalanishdan saqlaydi. Dori vositaning ta'siri davomli emas (kuniga 1-2 marta qabul qilinadi). Yarim sintetik estrogen bo‘lgan mestranol organizmda etinilestradiolga aylanadi. U ichiladi. U ko‘pincha kontratseptivlar tarkibiga kiradi. Enteral yo‘l bilan kiritilganda nosteroid tuzilishli, estrogenlik faollikka ega bo‘lgan sintetik vositalar ham samradordirlar. Ulardan biri geksan hosilasi bo‘lgan s i n i s t r o l (geksestrol)dir. Faolligi bo‘yicha u estrondek. Uni ichiladi va mushakga kiritishga (tavsiya etiladi) buyuriladi.


Jinsiy gormonlar, ularning dori vositalari, sintetik analoglari va ularni o‘rin bosuvchilari, antagonistlari.

Guruh

Estrogenlar va ularning antagonistlari

Gestagenlar va ularning antagonistlari

Androgenlar va ularning antagonistlari

Tabiiy gormonlar va ular almashinuvi mahsulotlari(steroidlar)

Estradiol
Estron
Estriol

Progesteron
Pregnandiol

Testosteron
Androsteron

Jinsiy gormonlar prepa
ratlari va ularni analog
lari (steroidlar)

Estron
Estradiol dipropionat
Etinil estradiol

Progesteron
Pregnin
Oksiprogesteron
Kapronat

Testosteron
Propionat
Testosteron enantat
Metil testosteron

Gormonal faollikka ega
bo‘lgan sintetik vositalar (nosteroidlar)

Sinestrol





Jinsiy gormonlar antagonistlari

Klomifen sitrat
Tamksifen sitrat*

Mifepriston
(RU 486)

Siproteron atsetat
Flutamid
Finasterid**

*Tamksifen xar-xil to‘qimalarda yo antiestrogen ta'sir (sut bezida), yo estrogen (suyaklar va boshqalar) ta'sir ko‘rsatadi. Bunday dori vositalarni estrogen retseptorlarining modulyatorlari deb ataldadi. Klomifen barcha to‘qimalarda faqat antiestrogen ta'sir ko‘rsatadi


** digidrotesteron sintezining ingibitori
_________________________________________
1Estrus- oqma (grekchadan oistros –xoxish istak, genos – tug‘ilish)
Estrogenlarni tuxumdonlar funksiyasini yeishmovchiligida (hayz ko‘rish siklini buzilishlarida –aminoreya1, dismenorya2 axta qilingandan keyingi buzilishlarda) tug‘ruqdan keyingi davrda laktatsiya (sut ajralishini) to‘xtatish uchun qo‘llaniladi. Estrogenlarni (masalan, sinestrol) prostata bezi raki hamda sut bezi rakini (60 yoshdan katta ayollarda) kompleks davolashda qo‘llaniladi. Estrogenlar murakkab (kombinatsiyalangan) kontratseptiv vositalar tarkibiga kiradi.
O‘rniga-o‘rin ishlatishga asoslangan gormon terapiya klimakterik buzilishlar yoki tuxumdonni jarroxlik usuli bilan olib tashlangan hollarda qo‘llaniladi. Bu maqsadda yo sof estrogen dori vosita-proginova-21 (tarkibida estradiol valerat), klimara (tarkibida estradiol bo‘lgan kerakli ta'sirni 7 kun ta'minlovchi plastir) yo estrogenlar bilan gestagenlar tutgan (gestogenlarni endometritning giperplaziyasini oldini olish uchun qo‘shiladi) dori vositalar qo‘llaniladi. Shu kabi kombinatsiyalangan dori vositalardan biri klimanorm (9 ta tabletkasi estradiol valerat, 12 ta tabletkasi estradiol valerat+levonorgestrel tutadi) hisoblanadi. Bu dori vositalarda estrogen va gestagenlar Shunday dozada tanlab olinganki, u estrogenlarning lipidlar almashinuviga, yurak-tomir va MNS ga ijobiy ta'sirini saqlab qolish, ularning suyaklarga antirezorbtiv ta'sirini kuchaytirish va bir vaqtning o‘zida endometriyni giperplastik jarayonlar rivojlanishidan himoya qilish imkoniyatlarini beradi.
Premenopauzada yoki yoshlik davrida tuxumdonlarni jarroxlik yo‘li bilan olib tashlagan hollarda odatda 2 fazali dori vositalarni uzuq-uzuq rejimda beriladi. Postmenapauzada uzluksiz rejimda qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Bu maqsad uchun tarkibida bir xil miqdorda estradiol valerat va yangi gestagen bo‘lmish –modda almashinuviga ijobiy ta'siri va yaxshi o‘zlashtirilishi bilan ajralib turuvchi dienogest tutgan k l i m o d i e n dori vositasi mavjud.
Klimakterik davrdagi estrogen yetishmovchiligida d i v i t r e n , d i v i n a, i n d i v i n (estradiol valerat va medroksiprogesteron atsetatni har xil dozalarda tutadi) va d i v i g ye l (transdermal gel shaklida estradiol gemigidratlar tutadi) qo‘llaniladi.
O‘rniga ishlatishga asoslangan gormonoterapiya nafaqat klimakterapiya belgilarini kamaytirish yoki bartaraf etishga imkoniyat yaratadi, balki estrogenlar yetishmovchiligi tufayli yuzaga keluvchi osteoporozni oldini oladi va unga davolovchi ta'sir ko‘rsatadi.
Estrogenlarni davomli qo‘llaganda bachadondan qon ketishi yuzaga kelishi mumkin. Shu bilan bir qatorda estrogenlar qon ivishini kuchaytiradi va u tromboemboliya rivojlanishining sababi bo‘lishi mumkin. Ba'zan shishlar kuzatiladi. Estrogenlar ichilganda ko‘ngil aynish, qayt qilish, ich ketish bo‘lishi mumkin. Erkaklarda estrogenlar feminizatsiya3, libidoni4 susayishi, jinsiy bexollikni rivojlantiradi.60 yoshgacha bo‘lgan ayollarda jinsiy a'zolar, sut bezi o‘simtalari bo‘lgan hollarda estrogenlarni qo‘llash man etiladi. Endometriyada, bachadondan qon ketishiga moyillik bo‘lgan hollarda ham ularni qo‘llashga ko‘rsatmalar berilmaydi. Estrogenlarni buyrak, jigar xastaliklarida ehtiyot bo‘lib qo‘llash lozim. Keyingi yillarda amaliyot shifokorlari xazinasida yangi guruh dori vositalari – antiestrogen vositalar paydo bo‘ldi. Ular nosteroid tuzilishli sintetik moddalardir.
_______________________________________
1 Jinsiy voyaga yetgan (balog‘atga yetgan) qizlarda hayz ko‘rishni bo‘lmasligi. Grekchadan a- bo‘lmasligi, men-oy, rhco- oqadi.
2 Hayz ko‘rishni buzilishi. Dis- (grekchadan)- funksiya buzilishini qayd etuvchi pristavka.
3 Erkaklarda ayollarning ikkilamchi jinsiy belgilarini rivojlanishi
4 Libido - lotinchadan jinsiy mayl

Ularning ta'sir prinsipi spetsifik retseptorlar bilan bog‘lanishlari tufayli estrogenlarga xos bo‘lgan ta'sirotlarni yuzaga keltirishdan iboratdir (3-chizma). Jumladan, ular gipotalamus (lyuteinizatsiyalovchi va follikulo rag‘batlantiruvchi rilizing omillarni ajralishi) va gipofiz (gonadotrop gormonlarni ajralishi) funksiyasini boshqarishda qatnashuvchi estrogen retseptorlarini qamal qiladilar.


Bunda manfiy teskari bog‘lanish buziladi va bu sistema faollashadi. Natijada gonadotrop gormonlar ajralishi ortadi, bu o‘z navbatida tuxumdon o‘lchamlarini kattalashishiga va ular funksiyasini kuchayishiga olib keladi. Shundan kelib chiqib bu kabi dori vositalar masalan klomifen sitrat (klostilbegit)ni ayollar bepushtligida qo‘llaniladi. Bundan tashqari tamoksifen va toremifen (fareston) kabi antiestrogen vositalar sut bezi xavfli o‘simtasini davolashda qo‘llaniladi.

Download 30,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish